en
Feedback
Bilol Margʻiloniy

Bilol Margʻiloniy

Open in Telegram

“Robbim, ilmimni ziyoda qilgin”

Show more
2 206
Subscribers
No data24 hours
-267 days
-6330 days
Posts Archive
📣🔤🔤🔤🔤📣 ▶️🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤▶️

Duoning qabul bo‘lishiga sabab bo‘ladigan eng buyuk omillardan biri — Alloh haqida yaxshi gumonda bo‘lish, Unga bo‘lgan ishonchni mustahkam qilish va qalbni Uning qudrati hamda karamiga bo‘lgan ishonch bilan to‘ldirishdir. Shuning uchun shaytonning duo qilayotgan insonga nisbatan eng yashirin hiylalaridan biri — uning qalbidagi mana shu ishonchni zaiflashtirishga urinishidir. Chunki u insonning Robbisi haqidagi yaxshi gumonini buzsa, uning duosining ruhini va undagi eng buyuk ma’nolardan birini ham buzgan bo‘ladi. Hadis Qudsiyda Alloh taolo aytadi: «Men bandamning gumonidaman».

#qisqa Oilaviy hayotning muvaffaqiyati   «Rizvon TV» sahifasi •••┄┄┄༻❅༺┄┄┄••• 🩵 Telegram  🩷Instagram  Youtube  💙Facebook

Har safar xorijiylar haqidagi ushbu hadisni o‘qisam: "Sizlar ularning namozlari oldida o‘z namozlaringizni, ro‘zalarining oldida o‘z ro‘zangizni, amallarining oldida o‘z amallaringizni arzimas deb bilasizlar..." degan so‘zlar ustida to‘xtalib, shuni anglayman: gap faqat a’zolar bilan bajariladigan amallarning o'zida emas! Balki niyatning go‘zalligi, manhajning to‘g‘riligi, Sunnatga muvofiqlik va Muhammad ﷺ ummatiga rahm-shafqatli bo‘lish ham nihoyatda muhimdir. Zero, amalning ko‘pligi emas, uning to‘g‘ri niyat, to‘g‘ri yo‘l va Sunnatga muvofiq bo‘lishi najot mezonidir.

Ayol qanchalik ulug‘ martabali va qadri baland bo‘lsa, uning eriga bo‘lgan mehr-muhabbati, erlik haqqini ado etishi va unga kamtarlik bilan muomala qilishi shunchalik ulug‘ bo‘ladi...

إنا لله وإنا إليه راجعون Uzoq yillar davomida ilm yo'lida hijratni boshidan kechirgan, ilm va ibodatga astoydil berilgan, besh vaqt namozini masjidda ado etishga intilgan amakimiz vafot etdilar. U zotning umr yo‘llari ilm, ibodat va masjid bilan bezalgan edi. Alloh taolo u kishining ilm yo‘lidagi barcha xizmatlarini, ibodatlarini va qilgan xayrli amallarini O‘z dargohida qabul aylasin. Alloh rahmatiga olsin, qabrlarini nurga to‘ldirsin. Ilm va ibodat bilan o‘tgan umrlarini u zot uchun oxiratdagi eng go‘zal zaxiraga aylantirsin. Jannatul Firdavs bilan mukofotlasin.

"Qur'onga dalil, savol va javob" nomli ushbu kitobni bir yaqin birodar o'qib chiqing deb hadiya qilgan edi. Kitobni mutolaa q
"Qur'onga dalil, savol va javob" nomli ushbu kitobni bir yaqin birodar o'qib chiqing deb hadiya qilgan edi. Kitobni mutolaa qilishni boshlaganimda, Qur’on haqida bundan oldin o'qigan kitoblarim kabi bir oddiy kitob bo'lsa kerak deb o'ylagan edim. Ammo uning ichidagi shirindan-shakar mevalardan tanovul qilib ko'rganimda, bir narsaga amin bo'ldimki: kim Qur’on haqida kitob yozsa albatta, Alloh taolo baraka berar ekan.

Qur’onni haqiqiy tilovat qilish! Imom G‘azzoliy rahimahulloh «Ihyo» asarida shunday deydi: "Qur’onni haqiqiy tilovat qilish — til, aql va qalbning birgalikda ishtirok etishidir. Tilning haqqi — harflarni tartil bilan, to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qish. Aqlning haqqi — ma’nolarni anglash va tafsir qilish. Qalbning haqqi esa — ibrat olish, ta’sirlanish, qaytarilgan narsalardan tiyilish va buyurilgan narsalarga amal qilishdir. Ya’ni til Qur’onni tartil bilan o‘qiydi, aql uning ma’nolarini anglaydi, qalb esa undan ibrat oladi". Qur’on tilovat qiluvchi har bir oyatning o‘ziga munosib bo‘lgan ma’nosini anglashga va uni chuqur tushunishga harakat qilishi lozim. Masalan, Alloh taoloning: «Hamd osmonlar va yerni yaratgan Allohgadir» (An’om, 1-oyat) degan oyatini o‘qisa, Allohning ulug‘ligini his qilsin va atrofida ko‘rayotgan barcha narsalarda Uning qudratini mushohada qilsin. «Sizlar tashlayotgan (maniy suvi) nutfangiz haqida o‘ylab ko‘rdingizmi?» (Voqea, 58-oyat) oyatini o‘qisa, tarkibiy qismlari bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir tomchi nutfaning qanday qilib go‘sht va suyakka aylanishi haqida tafakkur qilsin. Inkor qiluvchilar holatlari haqidagi oyatlarni o‘qiganda esa, agar Allohning amrlariga itoat qilishdan g‘aflatda qolsa, Uning azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rquvni qalbida his qilsin. Qur’on tilovat qiluvchi yana shuni bilishi kerakki, Qur’onning xitobi, va’dalari va ogohlantirishlarida aslida uning o‘zi ham murojaat qilingan kishilardandir. Qur’ondagi qissalar shunchaki vaqt o‘tkazish yoki hikoya tinglash uchun emas, balki ibrat olish uchun keltirilgandir. Shunda u Qur’onni go‘yo xo‘jayini unga muayyan maqsad bilan yozib bergan maktubni o‘qiyotgan qul kabi tilovat qiladi. Kitob ustida chuqur tafakkur yuritadi va uning talablariga muvofiq amal qiladi. Suyutiy rahimahulloh Qur’on ma’nolari ustida to‘xtab, tafakkur qilishni quyidagicha ta’riflagan: "Til bilan aytayotgan so‘zlarining ma’nosi haqida qalbini tafakkur bilan mashg‘ul qilishdir. Shunda har bir oyatni anglaydi, undagi buyruq va taqiqlar haqida fikr yuritadi hamda ularni qabul qilishga qat’iy ishonadi. Agar o‘tmishda biror narsada kamchilik qilganini ko‘rsa, uzr so‘rab, mag‘firat tilaydi. Rahmat oyatiga duch kelganda, bundan xursand bo‘lib, Allohdan rahmat so‘raydi. Azob haqidagi oyatni o‘qiganda, qo‘rqib, Allohdan panoh tilaydi. Allohni poklash va ulug‘lashga oid oyatni o‘qiganda, Uni poklab, ulug‘laydi. Duo haqidagi oyatga kelganda esa, kamtarlik bilan iltijo qilib, Allohdan so‘raydi".

Tolibi ilm uchun kitobsiz hayot — go‘yo suvsiz qolgan baliqqa o‘xshaydi. U suvdan uzoqlashgan sari holsizlangan baliq kabi, i
Tolibi ilm uchun kitobsiz hayot — go‘yo suvsiz qolgan baliqqa o‘xshaydi. U suvdan uzoqlashgan sari holsizlangan baliq kabi, ilmdan uzoqlashgan sari hayotidagi maqsadini, g‘ayratini va ilmga bo‘lgan ishtiyoqini yo‘qota boshlaydi. Bugun 23.08.2026 kuni, Istanbulda bir hafta bir hafta oldin boshlangan arabcha kitoblar ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetti

Subhanalloh! “Balki siz bir narsani yomon ko‘rarsiz, holbuki u siz uchun yaxshidir.” (Baqara, 216-oyat) Imom Buxoriy o‘zining “Sahih” kitobida Xanso bint Xizom Ansoriyadan roziyallohu anho rivoyat qiladi: Uning otasi uni — u avval turmush qurgan bo‘lsa-da — o‘z roziligisiz turmushga berdi. Xanso buni istamadi va Rasululloh ﷺ huzurlariga borib, bu haqda shikoyat qildi. Shunda Payg‘ambarimiz ﷺ bu nikohni bekor qildilar. Bu sahobiya — Xanso bint Xizom roziyallohu anho —ning hayotlari haqida deyarli shu voqeani bilamiz, xolos. Otasi uni o‘z roziligisiz turmushga bergan, u esa Rasululloh ﷺ huzurlariga murojaat qilgan. Rasululloh ﷺ uning nikohini bekor qilganlar va keyinchalik u boshqa bir kishiga turmushga chiqqan. Mana shu voqea uning nomi hadis va sunnat kitoblarida zikr qilinishiga sabab bo‘ldi. Bugun biz uni eslashimizga ham aynan shu voqea sabab bo‘lmoqda. Siz yaxshilik qayerda yashiringanini bilmaysiz. Balki siz uchun eng og‘ir, eng mashaqqatli tuyulgan lahzalarning o‘zida katta bir yaxshilik yashiringandir. Shunday ekan, Alloh taologa ishoning. Bugun tushunmagan narsangizning hikmatini ertaga anglab yetishingiz mumkin. Allohning taqdiriga ishoning — U siz bilmagan narsalarni biladi.

Horis Muhosibiy rahimahulloh aytadi: "Agar olimning so‘zini tinglash johilning so‘zini tinglashdan afzal bo‘lsa, mehribon onaning so‘zini tinglash esa boshqalarning so‘zini tinglashdan ko‘ra haqliroq bo'lsa. Zero, Alloh olimlarning eng bilimdonini va mehribonlarning eng rahmdilini bilguvchidir. Shunday ekan, u zotning so‘zlari tinglash, anglash va tadabbur qilishga eng loyiq so‘zlardir".

Ushbu kitob Abdulloh Ujayriy va Fahd ibn Solih qalamiga mansub, zamonaviy fikriy og‘ishlarning asosiy sabablarini tahlil qilu
Ushbu kitob Abdulloh Ujayriy va Fahd ibn Solih qalamiga mansub, zamonaviy fikriy og‘ishlarning asosiy sabablarini tahlil qiluvchi muhim asarlardan biridir. Kitobda tashqi ko‘rinishidan chiroyli, mantiqli va jozibador tuyuladigan, ammo ichida noto‘g‘ri tasavvurlar yashiringan turli qarashlar tahlil qilinadi. Mualliflar o‘quvchini har qanday mashhur fikrni shunchaki ommalashgani uchun qabul qilmaslikka, balki uning dalili, mazmuni va oqibatlarini sinchiklab tekshirishga chaqiradilar. Kitobning eng muhim ma'nolaridan biri: so‘zning chiroyli bo‘lishi uning haq ekanini anglatmaydi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda son-sanoqsiz fikrlar tez tarqalayotgan bir davrda bunday kitob insonni fikriy hushyorlikka, shubhali qarashlarni anglashga va haqiqatni dalil bilan ajratishga o‘rgatadi. Tolibi ilmlar uchun o'qib chiqib tavsiya qilinadi.

Ibn Javziy rahimahulloh aytadilar: “Jahannamga kirishga sabab nima ekanini tafakkur qildim — u gunohlar ekan. Gunohlarga nazar soldim — ularning aksari shahvat va lazzatlarni izlashdan kelib chiqishini ko‘rdim. Lazzatlarga qaradim — ularni arzimas va aldovdan iborat ekanini angladim. Ularning ichida shunday tashvish va g‘amlar borki, oxir-oqibat o‘sha ‘lazzat’ning o‘zini ham lazzatlikdan chiqarib yuboradi. Xo‘sh, aql egasi qanday qilib o‘zini shunday arzimas va o‘tkinchi lazzatlar uchun qiynaydi-yu, oxir-oqibat Jahannamga rozi bo‘ladi?!”

Juma kunida farzand tarbiyasi Ey ota, ey ona! Juma kunini farzandlaringiz uchun iymon madrasasiga aylantiring. Ularga g‘usl qilishni, pokiza va chiroyli kiyinishni o‘rgating. Rasululloh ﷺ ga salavot aytishni eslatib turing. Farzandlaringizni juma namoziga o‘zingiz bilan birga olib boring va ularni namozga erta borishga odatlantiring. Namozdan so‘ng oilangiz bilan bir dasturxon atrofida jamlaning. Farzandlaringizdan: “Bugungi juma xutbasidan nimalarni o‘rganding?” — deb so‘rang. Shuningdek, oila davrasida duo qilish, Qur’on tilovat qilish va qarindosh-urug‘lar bilan aloqalarni mustahkamlashga alohida vaqt ajrating. Zero, bola uyida qayta-qayta ko‘rib, guvoh bo‘lib boradigan ibodatlar vaqt o‘tishi bilan uning qulog‘iga aytiladigan nasihatlargina bo‘lib qolmay, balki o‘zi yashaydigan qadriyatlarga aylanadi.

#qisqa boriga shukur   «Rizvon TV» sahifasi •••┄┄┄༻❅༺┄┄┄••• 🩵 Telegram  🩷Instagram  Youtube  💙Facebook

Navaviy rahimahulloh aytadilar: "Kishi Qur’on tilovatiga kechasi ko‘proq e’tibor qaratishi, ayniqsa, uni tungi namozda ko‘proq o‘qishi lozim. Bu borada ko‘plab hadis va asarlar kelgan. Tungi namoz va undagi Qur’on tilovatining afzal sanalishiga sabab — u qalbni ko‘proq jamlaydi, chalg‘ituvchi va mashg‘ul qiluvchi narsalardan uzoqroq bo‘ladi, turli dunyoviy ehtiyojlar bilan ovora bo‘lishdan asraydi hamda riyo va boshqa amallarni barbod qiluvchi illatlardan ko‘proq himoya qiladi. Qolaversa, shariat kechasi yaxshiliklarni ado etishga alohida targ‘ib qilgan. Zero, Rasululloh ﷺning Isro voqeasi ham kechasi sodir bo‘lgan". Hasan Basriy rahimahulloh aytadilar: "Sizlardan avval o‘tganlar Qur’onni Robbilaridan kelgan maktublar deb bilardilar. Shu bois kechalari uni chuqur tafakkur bilan o‘qir, kunduzlari esa uning ko‘rsatmalarini o‘zlarida tekshirib ko‘rardilar". Sariy Saqatiy rahimahulloh aytadilar: "Men manfaat va foydalarni tun qorong‘usida kelganini ko‘rganman".

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Biz shunday bir qavm edikki, bizga avval iymon berilgan, keyin Qur’on berilgan. Sizlar esa shunday bir qavmsizki, avval Qur’on berildi, keyin iymon beriladi". Usmon roziyallohu anhu esa shunday deganlar: "Agar qalblaringiz pok bo‘lganida edi, Allohning Kalomidan hech qachon to‘ymas edingiz". Qalbning hayoti va holatiga qarab uning Qur’on ta’siridagi holati ham turlicha bo‘ladi: gohida qalb Qur’on bilan kuch topadi, uyg‘onadi va ibrat oladi, gohida esa zaiflashib, so‘nib boradi. Alloh taolo Kitobining ko‘plab oyatlarida qalblarning muhrlanishi, ularga ta’sir qiluvchi narsalarning yo‘qolishi va qalbning qotib qolishi haqida ogohlantirgan. Qalb qotib yoki teskari bo‘lib qolsa, inson Qur’on oyatlarini o‘qish yoki eshitish orqali ham tafakkur, ibrat va ta’sir hosil qila olmaydi. Ibn Abbos roziyallohu anhu ﴿لِمَن كَانَ لَهُ قَلْبٌ﴾ «Albatta, bunda qalbi bor kishi uchun eslatma bordir», (Qof surasi, 37) oyati haqida shunday deganlar: "Munofiqlar Rasululloh ﷺ huzurlarida o‘tirar, so‘ng chiqib ketib: “U nima dedi o‘zi?” der edilar. Ularning tirik qalblari yo'q edi. Alloh taoloning munofiqlar haqidagi ushbu so'ziga ishora qilganlar: ﴿وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰ إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِندِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ آنِفًا ۚ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءَهُمْ﴾ «Ularning orasida sizni tinglaydiganlar ham bor. Ammo huzuringizdan chiqib ketganlarida ilm berilgan kishilardan: “U hozirgina nima dedi?” deb so‘raydilar. Ana o‘shalar — Alloh qalblariga muhr bosgan va nafs-havolariga ergashgan kimsalardir». (Muhammad surasi, 16)

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Biz shunday bir qavm edikki, bizga avval iymon berilgan, keyin Qur’on berilgan. Sizlar esa shunday bir qavmsizki, avval Qur’on berildi, keyin iymon beriladi". Usmon roziyallohu anhu esa shunday deganlar: "Agar qalblaringiz pok bo‘lganida edi, Allohning Kalomidan hech qachon to‘ymas edingiz". Qalbning hayoti va holatiga qarab uning Qur’on ta’siridagi holati ham turlicha bo‘ladi: gohida qalb Qur’on bilan kuch topadi, uyg‘onadi va ibrat oladi, gohida esa zaiflashib, so‘nib boradi. Alloh taolo Kitobining ko‘plab oyatlarida qalblarning muhrlanishi, ularga ta’sir qiluvchi narsalarning yo‘qolishi va qalbning qotib qolishi haqida ogohlantirgan. Qalb qotib yoki teskari bo‘lib qolsa, inson Qur’on oyatlarini o‘qish yoki eshitish orqali ham tafakkur, ibrat va ta’sir hosil qila olmaydi. Ibn Abbos roziyallohu anhu ﴿لِمَن كَانَ لَهُ قَلْبٌ﴾ «Albatta, bunda qalbi bor kishi uchun eslatma bordir», (Qof surasi, 37) oyati haqida shunday deganlar: "Munofiqlar Rasululloh ﷺ huzurlarida o‘tirar, so‘ng chiqib ketib: “U nima dedi o‘zi?” der edilar. Ularning tirik qalblari yo'q edi. Alloh taoloning munofiqlar haqidagi ushbu so'ziga ishora qilganlar: ﴿وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰ إِذَا خَرَجُوا مِنْ عِندِكَ قَالُوا لِلَّذِينَ أُوتُوا الْعِلْمَ مَاذَا قَالَ آنِفًا ۚ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ طَبَعَ اللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَاتَّبَعُوا أَهْوَاءَهُمْ﴾ «Ularning orasida sizni tinglaydiganlar ham bor. Ammo huzuringizdan chiqib ketganlarida ilm berilgan kishilardan: “U hozirgina nima dedi?” deb so‘raydilar. Ana o‘shalar — Alloh qalblariga muhr bosgan va nafs-havolariga ergashgan kimsalardir». (Muhammad surasi, 16)

"Qur’onni tadabbur qilish va hayotdagi muvaffaqiyat kalitlari" nomli ushbu kitobda muallif bizlarga Qur'onni tadabbur qilib u
"Qur’onni tadabbur qilish va hayotdagi muvaffaqiyat kalitlari" nomli ushbu kitobda muallif bizlarga Qur'onni tadabbur qilib undagi go'zal ma'nolarni qalblarga joylashni juda chiroyli tarzda tushuntirib beradi. Ushbu kitobda Qur'on haqida "eng mukammal tadabburni yuksaltirish uchun o‘nta kalit" mazmuni berilgan. Qur'on haqida yozilgan qancha ko'p kitob mutolaa qilsangiz, uning ichidagi Allohning maqsadlari shuncha tez yetib borasiz.

Sunnat bilan mazhab qarama-qarshimi? Sunnat bilan mazhabni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki mazhab imomlari o‘z fiqhlarini Qur’on va Sunnatdan ajratib tuzmaganlar. Aksincha, ular kelgan dalillarni chuqur o‘rganib, ularni jamlash, tushunish va ulardan hukm chiqarish orqali fiqhni tartibga solganlar. Ba’zi kishilar: «Sunnat bir tarafda, mazhab boshqa tarafda», deb tasavvur qiladilar. Go‘yo mujtahid imomlar Sunnatni bilmagan yoki Sunnatdan keyin o‘z fikrlarini tuzganlar. Imom Molikning «Muvatto»si, Imom Buxoriyning «Sahih»i va Imom Termiziyning «Jome’»i kabi asarlar hadis bilan fiqh o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni yaqqol ko‘rsatadi. Shuning uchun masalani «Sunnatmi yoki mazhabmi?» tarzida qo‘yish to‘g‘ri emas. To‘g‘ri tushunish shuki: mazhab — Qur’on va Sunnat dalillarini anglash va ulardan hukm chiqarishdagi mujtahid imomning ilmiy yo‘lidir.