Bilol Margʻiloniy
Open in Telegram
2 205
Subscribers
-624 hours
-307 days
-6630 days
Posts Archive
2 206
اللهم صل على محمد
Ibn Javziy aytadi: Ibn Hubayraning shunday deganini eshitdim:
«Bir kuni tom ustida o‘tirib, ko‘zlarimni yumgan holda Nabiy ﷺ ga salovot aytayotgan edim. Shunda bir kotibning oq qog‘ozga qora siyoh bilan men aytayotgan so‘zlarni yozayotganini ko‘rdim.
Har safar: “Allohumma solli ‘ala Muhammad” — deb aytganimda, u kotib ham qog‘ozga: “Allohumma solli ‘ala Muhammad”, deb yozardi.
Ichimda: “Ko‘zlaringni ochib, yaxshilab qaragin”, dedim.
Ko‘zlarimni ochganimda, u kishi o‘ng tomonimdan tezda uzoqlashib ketdi. Hatto kiyimining oppoqligini ko‘rdim. Uning kiyimi nihoyatda oq va juda ham yarqiragan edi».
(Ibn Rajab, "Zayl Tabaqot Hanobila")
2 206
Insonning asl saodati – nima uchun yaratilganligini bilib shu yo'lda yashab o'tishdadir.
Alloh taolo aytadi: "Jin va insonlarni O'zimga ibodat qilish uchun yarattim"
2 206
Repost from Bolajon RTV | Расмий канал
BUXORIY AVLODLARI AKADEMIYASI UMUMIY TA’LIM FANLARI — O‘QUV DASTURLARI
Matematika
Boshlang‘ich matematika, og‘zaki hisoblash, mantiqiy fikrlash va boshlang‘ich geometriya asoslari.
Algebra asoslari, tenglamalar, kvadrat ildizlar va tekislik geometriyasi — planimetriya.
Yuqori darajadagi algebra va trigonometriya.
Ona tili va adabiyot
Savodxonlik, to‘g‘ri va chiroyli yozish, ertak va she’rlarni o‘qish, mazmunini anglash hamda so‘z boyligini kengaytirish.
Grammatika, o‘zbek va jahon adabiyoti asarlarini o‘rganish va tahlil qilish.
Maqsad: O‘quvchida ravon nutq, mustahkam savodxonlik, matnni anglash va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Geografiya
Yer va koinot, xarita va globus bilan ishlash, tabiat hodisalari, qit’alar va okeanlar haqida boshlang‘ich bilimlar.
Jahon va O‘zbekiston geografiyasi, materiklar tabiati va aholisi, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya hamda xaritalarni tahlil qilish.
Maqsad: Geografik tafakkurni rivojlantirish va xaritalardan to‘g‘ri hamda mustaqil foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Turk tili (A1–C1)
Boshlang‘ich daraja (A1–A2): To‘g‘ri talaffuz, asosiy grammatika, kundalik suhbat, lug‘at boyligini kengaytirish va sodda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish.
O‘rta va yuqori daraja (B1–C1): Ravon va bog‘langan nutq, murakkab grammatika, yozma muloqot, turk adabiyoti hamda TÖMER imtihonlariga tayyorgarlik.
Maqsad: Turk tilida erkin so‘zlashish, to‘g‘ri yozish, fikrni ravon ifodalash va tilni amaliy hayotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ingliz tili (Beginner / A1–A2)
Boshlang‘ich bosqich (A1 — noldan):
Dastur: Ingliz alifbosi, to‘g‘ri talaffuz asoslari va kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan 300+ so‘z. Sodda grammatika, o‘zi, oilasi va kundalik mashg‘ulotlari haqida oddiy gaplar tuzish.
Natija: O‘quvchi ingliz tilidagi sodda gaplarni tushunish, kundalik iboralardan foydalanish va o‘zi haqida boshlang‘ich darajada gapirib bera olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Sport to‘garagi
O‘quvchilarning yoshiga mos jismoniy mashg‘ulotlar, sport o‘yinlari va harakatli mashqlar orqali sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish.
Mashg‘ulotlar davomida chaqqonlik, kuch, chidamlilik va koordinatsiyani rivojlantirish bilan bir qatorda, intizom, jamoada ishlash va sport madaniyatiga e’tibor qaratiladi.
Maqsad: O‘quvchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, faol hayot tarziga odatlantirish va sportga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish.
📍 Manzil: Arnavutköy tumani
👥 Qabul o‘rinlari cheklangan.
Murojaat uchun:
🌐 Telegram 📞 WhatsApp Tel: +905058780007
BUXORIY AVLODLARI AKADEMIYASI
2 206
Repost from Bolajon RTV | Расмий канал
BUXORIY AVLODLARI AKADEMIYASIGA QABUL BOSHLANDI
7–15 yoshdagi o‘g‘il bolalar uchun yangi guruhlarga qabul davom etmoqda.
Farzandingizga diniy va dunyoviy bilimlarni uyg‘un tarzda berish, ilmga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish hamda go‘zal axloq va tarbiya asosida kamol toptirish — Buxoriy Avlodlari Akademiyasining asosiy maqsadlaridan biridir.
AKADEMIYAMIZNING AFZALLIKLARI
✅ O‘quvchilar soni cheklangan guruhlarda ta’lim oladi va har bir o‘quvchiga individual e’tibor qaratiladi.
✅ Guruhlar o‘quvchilarning yoshi va bilim darajasiga qarab shakllantiriladi.
✅ Har bir bolaning qobiliyati, qiziqishi va o‘zlashtirish darajasi inobatga olinadi.
✅ Ta’lim olish uchun osoyishta, tartibli va qulay muhit yaratilgan.
✅ Dars jarayonida intizom va mas’uliyat bilan bir qatorda, bolalarga ortiqcha bosim o‘tkazmasdan ta’lim berishga e’tibor qaratiladi.
SERVIS XIZMATI
O‘quvchilarni markazga olib kelish va darslardan so‘ng belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha yetkazib qo‘yish uchun servis xizmati mavjud.
YOTOQ JOY VA 3 MAHAL OVQAT
Akademiyada yotib ta’lim oladigan o‘quvchilar uchun qulay yotoq joylari mavjud. Shuningdek, yotoqda qoluvchi o‘quvchilar kuniga 3 mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
DINIY TA’LIM YO‘NALISHLARI
Qur’on va Tajvid • Arab tili • Aqida • Fiqh • Tafsir • Hadis • Siyrat • Odob-axloq
UMUMIY TA’LIM FANLARI
Matematika • Ona tili va adabiyot • Tabiiy fanlar • Geografiya • Tarix • Ingliz tili • Turk tili • Madaniyat va dunyoqarash • Sport
AVVALGI BIR YILLIK ISLOMIY TA’LIM DASTURI
Birinchi yil davomida o‘quvchi Qur’on, Sunnat va islomiy ilmlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli ta’lim oladi.
01. QUR’ON
Yil davomida 5–8 juz Qur’on yodlash rejalashtiriladi. Yodlangan suralar muntazam takror qilinib, qiroat va tilovat ko‘nikmalari mustahkamlanadi.
02. HADIS
400–500 ta hadis yod olinadi. Ularning mazmun-mohiyati tushuntirilib, hadislar orqali berilgan axloqiy va tarbiyaviy ko‘rsatmalarni hayotda qo‘llashga o‘rgatiladi.
03. ARAB TILI
Arab tilining boshlang‘ich asoslari o‘rganiladi, so‘z boyligi kengaytiriladi va kundalik mavzularda arab tilida muloqot qilish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
04. FIQH
Tahorat, g‘usl, tayammum, namoz, ro‘za va haj kabi ibodatlarga oid asosiy hukmlar nazariy va amaliy tarzda o‘rganiladi.
05. TAFSIR
30-juz — “Amma” porasi suralarining tafsiri o‘rganiladi. Oyatlarning mazmuni, asosiy ma’nolari hamda ulardan olinadigan ilmiy va tarbiyaviy saboqlar tushuntiriladi.
06. SIYRAT
Rasululloh ﷺning muborak hayotlari, da’vatlari, go‘zal xulqlari va ibratli voqealari o‘rganiladi. Shuningdek, jannat bashorati berilgan 10 nafar sahobaning hayoti va fazilatlari bilan tanishiladi.
07. AQIDA
Islomning 5 rukni va iymonning 6 rukni puxta o‘rganiladi. Tavhid, e’tiqod va musulmon kishining aqidasiga oid asosiy tushunchalar mustahkamlanadi.
BIRINCHI YILNING ASOSIY MAQSADI
O‘quvchida:
• Qur’on va Sunnatga muhabbat
• To‘g‘ri e’tiqod va mustahkam aqida
• Asosiy islomiy bilimlar
• Ibodatlarni to‘g‘ri ado etish ko‘nikmalari
• Go‘zal axloq va odob
• Arab tilida dastlabki muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish
📍 Manzil: Arnavutköy tumani
👥 Qabul o‘rinlari cheklangan.
Murojaat uchun:
🌐 Telegram 📞 WhatsApp Tel: +905058780007
2 206
Tilning oilaviy hayotga xavfi
Til — ulkan ne’mat. Ammo u nazoratsiz qo‘yib yuborilsa, oilalarni vayron qilish va qalblarni parchalashga sabab bo‘lishi mumkin.
Oilaviy hayotda birgina so‘z:
tugamaydigan janjalni alangalatishi;
bitishi qiyin bo‘lgan ko‘ngilni sindirishi;
yo‘qolishi qiyin bo‘lgan shubhani qalbga solishi mumkin.
Uy ichida tilning zararli ko‘rinishlari:
“Ovqat pishirishni ham bilmaysan”, “Sen hech narsani tushunmaysan”...
“Yaxshisi jim bo‘l”, “Sen nimani ham tushunarding?”
“Men bo‘lmaganimda sen bunday farovon yashamasding”, “Seni men boqayapman!”
Bunday so‘zlar mehr-muhabbatni so‘ndiradi.
G‘azab paytida oilaviy sirlarni oshkor qilish:
G‘azab ustida aytilgan birgina gapga inson butun umri pushaymon bo‘lishi mumkin.
Rasululloh ﷺ marhamat qilganlar:
«Odamlarni yuztuban holda do‘zaxga uloqtiradigan narsa tillarining hosilidan boshqa nima?»
Yana Rasululloh ﷺ dedilar:
«Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, yaxshi gapirsin yoki sukut qilsin».
Yaxshi so‘z qanday qilib oilani obod qilsa, og‘rituvchi so‘z ham uni vayron qiladi.
Shunday ekan, juftingizni tanlaganingizdek, so‘zlaringizni ham ehtiyotkorlik bilan tanlang.
Chunki ba’zan bir og‘iz shirin so‘z yillar davomida saqlangan mehrni mustahkamlaydi, birgina achchiq so‘z esa yillar davomida qurilgan mehrni bir lahzada yemirishi mumkin.
