...🔕 || aklima gelenler
Open in Telegram
465
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Dunyoning mashhur qorilaridan 30 pora Qurʼonning toʻliq tilovatlari:
1. Abdulbosit Abdussomad (Murattal)
2. Abdulbosit Abdussomad (Mujavvad)
3. Mahmud Halil Husoriy (Muallim)
4. Mahmud Halil Husoriy (Murattal) 01
5. Mahmud Halil Husoriy (Murattal)
02
6. Mahmud Halil Husoriy (Mujavvad)
7. Muhammad Siddiq Minshaviy
8. Muhammad Siddiq Minshaviy (Mujavvad)
9. Muhammad Siddiq Minshaviy Shogirdi bilan
10. Doktor Ayman Rushdiy Suvayd
11. Mishariy Roshid al-Afasiy
12. Abdulbosit Qori Qobilov (Taroveh)
13. Abu Bakr Ash-Shatriy
14. Nosir Al-Qatamiy
15. Ahmad Al-Ajmiy
16. Maher Al-Muaiqli
17. Hani Ar-Rifai
18. Khalifa al-Tunaiji
19. Abdurrohman As-Sudays
20. Saad al-G‘omidiy
21. Hasanxon va Husayinxon
22. Saud Ash-Shuraim
23. Muhammad al-Luhaidan
24. Muhammad al-Kurdiy
25. Muhammad al-Kurdiy 2
25. Yaser al-Dossari
Manfaatli boʻlsin!
Repost from N/a
Qanday farzand "kutyabsiz" ?!
Onamisiz? Endi farzandli boʻlasizmi? Hali yoshmisiz? Farqi yoʻq!
Siz farzand tarbiya qilishdan avval oʻzingizni tarbiya qilishingiz kerak.
Deylik, farzandli boʻldingiz, hozir uni katta qilayabsiz, yoshi 4-5-6 lar atrofida. Ayni goʻzal tarbiyaga muhtoj payti. Siz esa:
- Farzandingizga "Gʻiybat qilish gunoh, yaxshi amal emas bu, Allohga yoqmaydi" deyabsiz-u opa yoki singlingiz bilan telefonda uyingizdagilarni, qaynonangiz, turmush oʻrtogʻingiz va yana kimlarnidir qilgan ishlarini shunchaki bir-biringizga aytib oʻtiribsiz.
- "Yolgʻon gapirish musulmonlarga yarashmaydi, eng katta gunohlardan bu, moʻmin odam birodarini aldamaydi" deb masalani juda chiroyli tushuntirayabsiz-u, qoʻshningiz biror nima soʻrab chiqsa, "hozir bersam qaytarib berishi qiyinda buni, oʻzi yangi olgan boʻlsam" degan hayol bilan "buzilib qolgandi, tugagan ekan qoʻshni, boʻlmasa albatta berardim" deyabsiz.
- "Ustozingni xurmat qil, senga ilm oʻrgatayapti" deb toʻgʻri talab qilayabsiz-u, oʻqituvchi biror nimaga guruhdan pul yegʻib qolsa eringizga "hech toʻymaydi shuni ustozi, yana bir baloga pul yegʻayotgan ekan, berib yuboring, farzandimizni hammani oldida uyaltirmasin bermabsan deb" deb malomat qilayabsiz.
Xoʻsh yuqoridagi holatlarning qaysi birida "tarbiya"ni koʻrayabsiz? Siz farzandingizga bu shakldagi tarbiyani berib, katta boʻlganidan keyin undan qanday farzand boʻlishini kutayabsiz?!
Avval oʻzingizni isloh qiling, soʻng goʻzal oʻrnak boʻling, ey muslima opa-singlim!
• Muallif: @hayalhanem_M 🔕
Doʻkonga daftar olish uchun yuborgan farzandingiz daftar emas, oʻyinchoq koʻtarib kelsa, "daftar qani? senga oʻyinchoq ol dedimmi?" deb undan jaxlingiz chiqadi, toʻgʻrimi?
Biz ham dunyoga qullik uchun yuborilganmiz, lekin koʻpimiz oʻyin kulgu, orzu havaslarga berilib ketdik.
Farzandimizdan kichik miqdordagi pulning hisobini soʻraymizu, olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh bizga bergan umrning hisobini soʻramaydimi?!
©
Repost from N/a
Eng yaxshi psixolog huzuridaman.
Ilm fan qanchalik rivojlanmasin, inson qalbini Qurʼondan boshqa narsa bunchalik davolay olmaydi❤️🩹
Repost from N/a
Eng yaxshi psixolog huzuridaman.
Ilm fan qanchalik rivojlanmasin, inson qalbini Qurʼondan boshqa narsa bunchalik davolay olmaydi❤️🩹
Yolgʻiz koʻring... va yigʻlang!
Shunda ham shukr qilish oʻrniga noliy olasizmi?!
Boshqachasiga taʼrif berolmayman...💔
Jismingiz, qalbingiz bundan yuksakroq narsa uchun yaralgan!
Ayollar erkaklarga oʻxshashga harakat qilishlari bilan faqat oʻzlarini kamsitadilar. Alloh bergan xislatlarimizdagi goʻzallikni koʻrmas ekanmiz va erkaklarga taqlid qilishni toʻxtatmas ekanmiz, aslo haqiqiy ozodlikka erisha olmaymiz.
"Albatta Allohning huzurida eng hurmatlilaringiz taqvodorlaringizdir. Albatta, Alloh bilguvchi va xabardor zotdir."
(Hujurot surasi, 13-oyat)
Ayol sifatida qadringiz bilagingizdagi kuchingizga qarab yoki sizni yoqtiradigan yigitlar soniga qarab belgilanmaydi. Inson oʻlaroq, qadringiz balandroq oʻlchovda oʻlchanadi: taqvoga qarab.
Siz qalbsiz, siz Allohning bir bandasisiz. Sizning qadringiz ana shu qalbingiz goʻzalligi bilan, xulq-atvoringiz bilan belgilanadi. Demak, siz ularning chiroy andozalariga moslashishga majbur emassiz.
Qadr- qimmatimiz, najot topishimiz qullarga aloqador emas, qullarning Robbisiga bogʻliq.
©
Ey musulmon birodarim, Nabiy alayhissalom tungi namozga turishga odamlarni qiziqtirganlar va rag‘bat qilganlar.
Tahajjud namozini ado etishlikka undovchi amallar:
– Tahajjudga turishda Allohga ixlos qilish;
– Alloh taolo tahajjudga turishga chaqirganini his qilish;
– Rasulullox sollallohu alayhi vasallam tahajjudga turishga da’vat qilganlar;
– Salaflar tahajjudning rabboniy ruhiyatini his qilishgan;
– O‘ng tomon bilan uxlash;
– Tahajjud qalbning g‘ofilligini haydovchi vosita ekanini idrok qilish;
– Alloh tunda namoz o‘qiyotganni ko‘rishini va eshitishini his qilish;
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahajjudni o‘qishga qunt qilganlarini bilish;
– Mujdahid ulamolarni tahajjudga alohida e’tibor berganlari;
– Tahajjudga turishni yengillashtirishini so‘rab Allohga duo qilish;
– Tahorat bilan uxlash;
– Alloh taolo tahajjudga turgan kishidan xursand bo‘lishini bilish;
– Nabiy sollallohu alayhi vasallam tungi namozni hech tark qilmaganlar. Hattoki kasal
bo‘lgan vaqtlarida ham;
– Sahobalarning tahajjudga turishga ishtiyoqlari kuchli bo‘lganini bilish;
– Xufton namozidan keyin erta uxlashga harakat qilish;
– Tahajjud muvaffaqiyatning sababi ekanini idrok qilish;
– Tahajjudga turishni niyat qilib uyquga yotish.
© Islom uz
Kechaning shunday qismi borki, unda ishlar ham tugaydi, mashinalar gʻovuri toʻxtaydi, olamni sukunat egallaydi. Butun dunyo uyquga ketgan bu vaqtda Robbimiz bizni kutadi, biroq koʻpchiligimiz ayni paytda oʻrinlarimizda noz uyquda boʻlamiz.
Alloh taolo har kechaning oxirgi uchdan biri qolganda: "Kim Menga duo qiladiki, Men uni qabul qilsam, kim Mendan soʻraydiki, Men unga bersam, kim Menga istigʻfor aytadi, Men uni magʻfirat qilsam" deydi.
(Muttafaqun alayh)
Biz shunda ham uxlayotgan boʻlamizmi?
Amir Temur Bibixonimga shunday soʻzlarni soʻzlamoqda edi:
- Oʻtgan umrimdan afsus chekib, bu soʻzni demadim, Bibim, astagʻfirulloh! Ammo shuncha yil umr kechirib, dunyoning mana shul oddiy, lek ilohiy lahzalarini teran idrok etmaganimdin, imkon, ilojim boʻla turib, siz kabi sevimli, jonim qadar aziz bir inson birlan mana shul juft musichalar kabi koʻproq yonma-yon yashay olmaganimdin afsusdamen...
Amir Temur Bibixonimga shunday soʻzlarni sooʻzlamoqda edi...
- oʻtgan umrimdan afsus chekib, bu soʻzni demadim, Bibim, astagʻfirulloh! Ammo shuncha yil umr kechirib, dunyoning mana shul oddiy, lek ilohiy lahzalarini teran idrok etmaganimdin, imkon, ilojim boʻla turib, siz kabi sevimli, jonim qadar aziz bir inson birlan mana shul juft musichalar kabi koʻproq yonma-yon yashay olmaganimdin afsusdamen...
"Ayol- ildizga oʻxshaydi. Oʻzi koʻrinmaydi, ammo daraxtni u tutib turadi."
Daraxtni farzand desak, uning ildizi onadir. Ildiz qancha ilmli va maʼsuliyatli boʻlsa, daraxt shuncha tez, baquvvat boʻlib oʻsadi.
Jamiyatimizda ayol kishining asosiy vazifasi yaxshi uy bekasi boʻlish degan qarash bor. Ammo, yaxshi uy bekasi- yaxshi ona hamdir. Ayol kishiga boʻlgʻusi ona sifatida qaralsa, aynan u bolalarni katta qilishi va ularga munosib bilim va tarbiya berishi kerak. Buning uchun albatta avvalo oʻzi ilmli boʻlishi kerak.
Bolalarda kitobga, ilmga muhabbat uygʻotish uchun ularga tugʻilishidan avval ham, keyin ham shu muhitni yaratib berish kerak. Bu vaziyatda aynan onalar murabbiya vazifasini bajaradilar.
"Agar qizingni haqiqiy muslima ayol qilib tarbiyalagan boʻlsang bilginki, bir musulmon oilani tarbiyalabsan"
Xurmatli ummatimiz ildizlari, oʻzingizga eʼtiborli boʻling, ilm bilan sugʻorilmagan ildiz daraxtlarni tutib turolmaydi!
Your: @dokvssjm
Siz hech qachon tolibi ilm bo'la olmaysiz, qachonki:
🏷 Qachonki, ko'r ko'rona dars tayyorlab unga ixlos qo'ymasangiz;
🏷 Qachonki, mas'uliyatni o'z bo'yningizga olmay, hamma narsani faqat ustozdan kutsangiz;
🏷 Ibodatlarda bardavom bo'lmasangiz;
🏷 Hayot tarzingizni o'zingiz belgilamasangiz;
🏷 Berishni o'ylamay, faqat olishni o'ylasangiz;
🏷 Rejali hayotda yashamasangiz;
🏷 Har kuni o'zingizni sarhisob qilmasangiz.
Kutmang, hech qachon natija kutmang. Toki, siz o'zgarmas ekansiz hech narsa o'zgarmaydi.
Repost from N/a
Kelganga emas, oʻsha kelganning kim tomonidan kelganiga boq. Har ne kelsa Allohdan keladi. U esa, har ne bersa bandasining foydasi uchun beradi. Kelgan xoh iztirob ila kelsin, xoh baxt. Sen kelganga emas, keldirganga boq...
Biz bilmaymiz!
Kecha 22 oylik bo'lgan farzandim o'zi mustaqil harakat qilishga intildi. Mashina o'rindig'idan tushib, kattalar singari mashina eshigini yopmoqchi bo'ldi. Agar men eshikni yopishiga qo'yib berganimda, uning kichkina boshi mashinaga qarsillab urilib ketardi, shuning uchun uni qo'limga oldim-da, eshikni o'zim yopib qo'ydim. Bu hol uni ranjitdi va u yig'lab yubordi. Qanday qilib, uni oxiri yomon bo'ladigan ishlarni qilishni istashidan himoya qila olishim mumkin?
Voqeani kuzatar ekanman, g'alati bir fikr tug'ildi. Hayotda biz bilan har doim sodir bo'ladigan
holatlar - biz xohlagan narsa, aslida, yomon bo'lishi, Alloh esa bizni unga yetishishimizga yo'l qo'ymasligini tushundim. Shunda biz kattalar ham qilayotgan ishimiz biz xohlagan tarzda bo'lmaganida xuddi shunday umidsizlikni his qilishimizni angladim. Men shunchaki eshikdan himoya qilish uchungina o'g'limni olgan edim. Ammo bola buni tushunmasdi. U yig'layotgan onida, haqiqatan ham, men uni qutqarganim haqida tasavvurga ega emas edi. Xuddi o'g'lim, aslida, nima uchun yig'layotganini bilmaganidek, biz kattalar ham aslida bizni qutqargan voqealar uchun qayg'urib yig'laymiz.
Biz samolyotga ulgurmay qolganimizda, ishimizdan ayrilganimizda yoki o'zimiz istagan inson bilan turmush qurishning iloji yo'q deb hisoblaganimizda, bu bizning foydamiz uchun bo'lishi mumkinligini o'ylab ko'rganmikan- miz? Alloh bizga Qur'onda shunday deydi:
"Sizga yoqmasa ham jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz"
(Baqara surasi, 216-oyat)
©Yasmin Mujohid
@hayalhanem_M
Hech narsa oson emas, to Alloh bizga oson qilib qoʻymasa. Hech bir ish qiyin emas, to Alloh bizga bu ishni qiyin qilib qoʻymasa.
Kasallik ham, oʻlim ham, olovga otishlari ham, zolimning zulmi ham bizga qiyinchilik tugʻdirmaydi, agar Alloh yordam bersa!
@hayalhanem_M
Biz uxlaymiz chiroqni oʻchiring!
Va u chiroq oʻchirildi!
||Biz - millat
Chiroq - Azon.uz 🙂||
Insonlar sinov deganda faqat qiyinchilikni tushunishadi. Ammo, Alloh bizni yengillik bilan ham sinaydi va bu sinovdan ko‘pchilik o‘ta olmaydi.
© Yasmin Mujohid
P.S: - Dard kelganida emas, kelmaganida qoʻrq...
Qorongʻu tunlaringizni koʻzda yosh ila oʻqigan tahajjudlaringiz nurga toʻldirsin...
"Albatta, kechasi turib (tahajjud) ibodatini qilish juda qiyin, lekin isloh bo'lish uchun samarali va Allohning kalomini anglash uchun munosibdir."
(Al-Muzzammil surasi, 6-oyat).
