...🔕 || aklima gelenler
Open in Telegram
465
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Shu yergacha kuzatganingiz uchun rahmat. Baʼzi sabablar tufayli kanal faoliyati toʻxtatildi. Vaqtingizga rozi boʻling.
Faoliyatimizni ushbu sahifada davom ettiramiz:
https://t.me/+jx1D1qh3MuU4MzUy
"O'zgaramiz" marafoni 11-mavsumidan qolib ketmang!
🎬 Videoni ko'rdingizmi? Marafon muhiti, yangi mavsum ustozlar jamoasi, dolzarb mavzular sizni qiziqtirdimi? Qabuldan qolib ketsangiz afsuslanishingiz aniq.
✅ Marafonga qoʻshilish uchun quyidagi profillarga yozing:
Yigitlar: @Qabul_Profil
Qizlar: @Qizlar_Qabul_11
❗️Qatnashish bepul, faqat amaliy qoʻllanma sotib olinadi.
O‘zingizni, dunyoqarash va fikrlashingizni biz bilan oson oʻzgartiring: @nega_ozgardim
Baykot qilinishi kerakligini bila turib, nafsini oqlayotganlar koʻring..)
@dokvssjm
Repost from N/a
Koʻchaga chiqasan, odamlar orasiga kirasan, oʻsha payt chegaralaring va xohishlaringning oʻzgarishini toʻgʻri qabul qilishing kerak.
Yoʻllar tirband, borishing kerak boʻlgan manzilga sen istagan vaqtda borolmaysan. Senda ikkinchi variant yoʻq, kechikishga rozi boʻlasan.
Kuz. Koʻchalar esa sariq barglar bilan ziynatlangan. Suratga olmoqchi boʻlasan, ammo kimdir shu manzarani buzadi. Shoshayotgan boʻlsang, rasmda shu begonaning "tushib qolishi"ga, shoshmayotgan boʻlsang, u oʻtib ketgunicha kutishga rozi boʻlasan.
Avtobusga chiqding, boʻsh oʻrindiqqa oʻtirding. Yoningdagi joy boʻsh. Boshqa istagan inson kelib yoningga oʻtirsa, yoki oʻtirishni istasa unga qarshilik qilolmaysan, istasang turib ketishing mumkin xolos.
@xayolxoona, dunyo senga koʻnmaydi, sen dunyoga koʻnasan.
Repost from N/a
Oʻqimay tashlab ketsangiz boʻladigan, lekin men oʻqishingizni istaydigan post :)
Har bir inson boricha qabul qilinishga haqli. Alloh qanday holatda yaratgan boʻlsa uning shu holati eng goʻzali).
Oʻzingizni tutishingiz, harakteringiz, ular bilan muomalangiz, qiziqishlaringiz, tanlovlaringiz, hislaringiz atrofdagilarnikidan boshqacha degani - siz notoʻgʻri odamsiz degani emas!
Boshqalardek boʻlishdan koʻra, oʻzingiz boʻlishingiz boshqacha baxt)
Sizni yoqtirmasada koʻnglingiz ogʻrimasligi uchun tinglaydiganlarga ajratayotgan vaqtingizni soʻzlaringizni malham deya biladiganlar uchun sarflang.
Baland ovozda kulishingiz yoqmasa, kulgularingizga qurbon boʻloladigan insonlar oldida istaganingizcha kuling.
Sukutingiz jonini siqadiganlardan koʻra, soʻzlamasangizda koʻzlaringizdan tushunadiganlar yonida boʻling.
Gaplaringiz, fikrlaringiz yoqmaydigan odamlarga eʼtibor bergandan koʻra, siz bilan suhbatlashishni hobby deb biladiganlar bilan soatlab vaqt oʻtkazing.
Tuygʻularingizni, quvonch, baxt, koʻz yoshlaringizni ismingizni eshitganida jilmayib qoʻyadigan insonlaringizga ishlating.💕
Ayblovlar insonlarni bir-biridan uzoqlashtiradi. Yaqinlarimizdan koʻngilimiz qolishiga sabab:
ular oʻylamagan va qila olmaydiganlarni umid qilib kutganimizdir. Yaqinlaringizga adolatli boʻling)
Xurmat bilan, @xayolxoona
Falastin voqealari haqida eshitib, rasm/videolar koʻrib, ijtimoiy tarmoqlarda postlar oʻqib charchadingizmi? Ular oʻsha voqealarda, rasm/videolarda, tarmoqlardagi postlarda boʻlib charchashdi, sizdan, bizdan yordam kutib charchashdi! Yagona yordamimiz duomi? Hech boʻlmasa shuni qalbdan qilaylik. Zora, shu ila o’zimizni Robbimiz oldida oqlay olsak ?!
Tahoratdan so’ng, azon va iqomat o’rtasida, farz va nafl namozlardan keyin, asr va shom oralig’ida, nafl ro’za uchun saharlik va iftorlikda, juma kuni, Qur’on tilovat qilgach, yomg’ir yog’ayotganda, taomlangandan keyin va har qanday duo qilayotganda — eng avvalo Falastindagi musulmonlarni duo qilaylik iltimos!
Uch istak seni oʻzgalarga qul qilib qoʻyadi:
• Yaxshi koʻrilish istagi
• Hammaga yoqish istagi
• Eʼtirof etilish istagi
Uchinchisi boʻling!
Qurʼon hofizlari uch xildir: ayrimlari Qurʼonni o‘zlariga dastmoya qilib olgan, shaharma-shahar kezib, uning ortidan mol topishadi; yana ba’zilar Qur’onni yodlagan-u, amal qilishni unutgan. Bundaylar boylarnikida uyma-uy yurishadi, hamshaharlariga kattalik qilishadi, o‘zlarini oliy ko‘rishadi. Qur’on hofizlari ichida shu toifa ko‘paydi. Alloh ularni ko‘paytirmasin; yana bir Qurʼon hofizlari Qur’onni o‘qishadi, qalb xastaliklarini u bilan muolaja qilishadi, tunlari tilovat bilan bedor bo‘lishadi. Allohga qasamki, bu toifa hofizi Qurʼonlar qizil oltingugurtdan ham kamroqdir. Alloh taolo shular tufayli yomgʻir yogʻdiradi, musulmonlarga nusrat beradi va balolarni daf qiladi.
©Hasan Basriy
Repost from N/a
Yolgʻiz qolganda zerikyapsizmi?
Demak Allohdan uzilgansiz.
Husayn Buxoriy
Uhud jangida Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning gaplariga kirmay, oʻlja uchun togʻdan pastga tushganlardan birortasining ismini bilamizmi? Ular haqida kimdir bizga aytganmi? Shaxslarini oshkor qilganmi? Yoʻq!
Hozirchi? Birodarlarimizning qilgan yomon yoki gunoh ishini oshirib, ogʻzimizni toʻldirib aytayotgan biz emasmi?
Jangdagi magʻlubiyatga sababchi boʻlsa ham, xatokorlarini oshkor qilmagan ummatni birodarining gunohini ogʻiz toʻldirib aytadigan davomchilari boʻldik biz...
Nima uchun namoz oʻqimaysiz?
Bu satrlarni oʻqib namoz boshlaysiz degan umiddaman inshaaAlloh, oʻzini musulmonman deb da'vo qilib, namoz oʻqimay yurgan benamoz birodarim!
Benamoz uchun berilajak azoblar:
Hayoti-dunyoda:
1- Modomiki namoz oʻqimaysiz - Alloh taolo umringizdan barakani tortib qoʻyadi.
2- Modomiki namoz oʻqimaysiz - yuzingizda zulmat-qorongʻulik doimiy boʻladi.
3- Modomiki namoz oʻqimaysiz - qilgan barcha amallaringiz uchun Allohdanajr-mukofot olmaysiz.
4- Modomiki namoz oʻqimaysiz qilgan duolaringiz osmonga ko'tarilmaydi.
5- Modomiki namoz oʻqimaysiz sizga qilingan boshqalarning duolari maqbul boʻlmaydi.
6- Modomiki namoz oʻqimaysiz odamlar hayotda sizdan nafrat qiladi va yomon koʻradilar.
Oʻlim paytda:
1- Modomiki namoz oʻqimaysiz - xor holda jon berasiz.
2- Modomiki namoz oʻqimaysiz - och holda oʻlasiz.
3- Modomiki namoz oʻqimaysiz - chanqoq holda oʻlasiz garchi, dunyodagi barcha dengiz, daryo suvlarini ichsangiz ham.
Qabrda:
1- Modomiki namoz oʻqimaysiz - qabringiz tor boʻladi hattoki, qovurgʻalaringiz bir-biriga kirishib, aralashib ketadi.
2- Modomiki namoz oʻqimaysiz qabringiz har kecha-kunduz choʻgʻga aylanib qizib turadi.
3- Modomiki namoz oʻqimaysiz har kuni besh mahal ilonlar azob berishadi. Bomdod namozini tark qilganingiz uchun azoblashadi, hattoki peshindan soʻng, peshinni tark qilganingiz uchun asrgacha azoblashadi. Va mana shunday davom etaveradi. Bu ilonlarning har bir zarbasidan yerga yetmish ziro' choʻkasiz.
Qiyomat kunida esa:
1- Modomiki namoz oʻqimaysiz qiyomatda yuz tuban doʻzax oʻtiga tortilib olib borilib tashlanasiz.
2- Modomiki namoz oʻqimaysiz - Alloh taolo hisob paytida sizga gʻazab nazari ila qaraydi.
3- Modomiki namoz oʻqimaysiz - Alloh sizni juda qattiq holda hisob-kitob qiladi.
Namoz qiyomat kuni bandaning birinchi hisob kitob qilinadigan amalidir!
Mol-u dunyo, boylik hammasi namozda, ibodatda!
© Muhammadoshiq
"Men bunga loyiq boʻlish uchun nima qildim?" dedi...
Inson faqat loyiq boʻlganini yashaydi deb oʻylaysanmi?
Toifda toshboʻron qilinishi...
Kaʼbada ustiga tuya ahlati toʻkilishi...
Qanday loyiqlik edi?
Aytgin-chi?
Yoʻq, inson bazan loyiq boʻlmaganini ham yashab oʻtadi!
Rab'iul avval oyi muborak!
"Ey moʻminlar, albatta siz uchun - Alloh va oxirat kunidan umidvor boʻlgan, Allohni koʻp yod etgan kishilar uchun- Allohning Paygʻambarida goʻzal namuna bordir"
Ahzob surasi 21- oyat
Bu oyni shunchaki oʻtkazib yubormang, Paygʻambarimizning siyratlarini va sunnatlarini oʻrganing va bu ishda davomli boʻling.
Yangi muhit ila yangi loyiha!
Kitobxonlikni targʻib qiluvchi, barchani diniy va badiiy uslubdagi oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining birgalikdagi mutolaasiga taklif etuvchi @qadam_ila loyihasi oʻz faoliyatini boshlamoqda!
Siz ham safimizga qoʻshiling va kitoblarni biz bilan birga oʻqib, hadyalarni qoʻlga kiriting!
@qadam_ila - yangi manzillar!
Boylik 4 xil boʻladi:
Haloldan kelib, halolga sarflanadigan;
Haloldan kelib, haromga sarflanadigan;
Haromdan kelib, halolga sarflanadigan;
Haromdan kelib, haromga sarflanadigan.
Birinchisidan boshqasining egalari tugʻyondadir)
...u uni tunning yarmida tadabbur bilan oʻqiydi va uning qovoqlari orasidan koʻz yoshlar oqadi.
تَلۡفَحُ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ وَهُمۡ فِیهَا كَـٰلِحُونَ﴿ ١٠٤ ﴾
Yuzlarini olov kuydirur. Ular unda (do’zahda) badbashara holda bo’lurlar.
Mo’minun surasi, 104-oyat
__
وُجُوهࣱ یَوۡمَىِٕذࣲ مُّسۡفِرَةࣱ﴿ ٣٨ ﴾
U kunda porloq chehralar bor.
Abasa surasi 38-oyat
__
U kundagi yuzingiz qanday boʻlishini xohlaysiz? Harakat qiling!
