IHMA Navoiy viloyati
Open in Telegram
Murojaat uchun @IHMA_NAVOIY_MUROJAAT_BOT Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqamasining rasmiy sahifasi
Show more2 725
Subscribers
-224 hours
-97 days
-7530 days
Posts Archive
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Murojaatlar — e’tibor va yechim markazida
🧠 2026-yilning 6 oyi davomida Agentlik va tizim tashkilotlariga jismoniy va yuridik shaxslardan 95,6 mingta murojaat kelib tushdi.
Ularning 66 foizi ijobiy hal etildi, yana 19 foiz murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni tezkor o‘rganish va hal etish maqsadida ishchi guruhlar, sayyor qabullar va yangi mexanizmlar joriy etildi. Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha aholiga tezkor va aniq ma’lumot berish uchun yagona skriptlar ishlab chiqildi. Natijada koll-markazga murojaat qilgan 593 ming fuqaroning 80 foizi birinchi qo‘ng‘iroqning o‘zida zarur maslahat va tushuntirishlarni oldi. Murojaatlarda ko‘tarilayotgan masalalar tahlil qilinib, Ijtimoiy reyestr tizimida ham qator yengillik va o‘zgarishlar joriy etildi.🎬 Batafsil — videorolikda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni Ijtimoiy reyestrdan chiqarish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda.
Hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, oilalar daromadini oshirish va ularni barqaror daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, oilani Ijtimoiy reyestrdan chiqarishning o‘zi kambag‘allik qisqarganini anglatmaydi.
Ijtimoiy reyestrning asosiy maqsadi — ehtiyojmand aholini aniqlash, ularni ijtimoiy himoya bilan qamrab olish va zarur yordam hamda xizmatlarni ko‘rsatishdir. Ehtiyojmand oilalar qancha ko‘p aniqlanib, zarur yordam va xizmatlar bilan qamrab olinsa, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash imkoniyati shuncha ortadi. Bu esa kambag‘allik darajasini aniqlash bo‘yicha keyingi o‘lchovlarda ijobiy natijalar qayd etilishiga xizmat qilishi mumkin.
Shu sababli reyestrdan chiqarish belgilangan reja yoki ko‘rsatkichni bajarish maqsadida emas, balki oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati amalda yaxshilangani va belgilangan mezonlarga javob bergani asosida amalga oshirilishi lozim.
Ma’lum bir hududdagi kambag‘allik darajasi esa Jahon banki metodologiyasi asosida belgilangan standartlar bo‘yicha o‘tkaziladigan so‘rovlar natijalari asosida aniqlanadi.
Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya inspeksiyasi tomonidan reyestrdan chiqarilgan oilalar bo‘yicha nazorat ishlari olib borilib, qarorlarning belgilangan mezon va tartiblarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
Agentlikning pozitsiyasi: asosiy maqsad fuqaroni reyestrdan chiqarish emas, balki oilani haqiqatan ham kambag‘allikdan chiqarish va ehtiyojmand fuqarolarning ijtimoiy himoyaga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashdir.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.
⸻
🇺🇿Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.
🇬🇧 Social Digest
Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ijtimoiy ish sohasida yangi malaka va professional rivojlanish tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish orqali aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ixtisoslashgan va samarali ishlashni taʼminlovchi shaffof tizimni joriy etishga qaratilgan muhim qaror imzolandi.
Yangi tartibga ko‘ra, ijtimoiy xodimlar uchun toifalash va malaka sertifikatsiyasi tizimi joriy etiladi. Ijtimoiy xodimlar toifasiz, III, II va I toifalarga ajratiladi.
✅ Malaka sertifikati nazorat sinovi natijalaridan kelib chiqib quyidagi tartibda beriladi:
✅ bir yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — III toifa;
✅ ikki yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — II toifa;
✅ uch yillik maxsus ish stajiga ega talabgorga — I toifa malaka sertifikati.
Malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi.
✅ Shuningdek:
✅ malaka sertifikati amal qilish muddati tugagandan so‘ng olti oy ichida qayta sertifikat olmagan ijtimoiy xodimning lavozimi saqlangan holda bir pog‘ona quyi toifaga tushiriladi;
✅ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan ijtimoiy xodim lavozimlari joriy etiladi;
✅ mazkur ixtisoslashgan lavozimlarda, shuningdek, «Inson» markazlari bo‘lim mudiri (bosh ijtimoiy xodim) va supervayzer lavozimlarida II va undan yuqori toifaga ega ijtimoiy xodimlar faoliyat yuritadi;
✅ davlat organlari va tashkilotlarida ijtimoiy xodim lavozimining shtat meʼyori bir shtat birligidan kam bo‘lmagan miqdorda kiritiladi;
✅ ijtimoiy xodimlar yiliga bir marotaba Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
✅ Agentlik tizimiga kirmaydigan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarning oylik ish haqi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 4,2 baravaridan kam bo‘lmasligi belgilanadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy xodimlarning malakasini baholash va oshirish jarayonlari xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. 2026-yil yakuniga qadar xalqaro sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2026-yil 1-oktyabrdan Xorazm va Toshkent viloyatlarida boshlanib, 2027-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlaridagi “Inson” markazlari va Agentlik tizimidagi muassasalarni qamrab oladi.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Korreksion sinflar tashkil etadigan nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–292-son qarori bilan alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yangi qo‘llab-quvvatlash mexanizmi joriy etildi.
Unga ko‘ra, korreksion sinflar tashkil etib, o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga har bir o‘quvchi uchun subsidiya ajratiladi.
Subsidiya miqdori:
- Toshkent shahrida BHMning 11 baravari;
- viloyatlar markazi va Nukus shahrida BHMning 9,5 baravari;
- boshqa tuman (shahar)larda BHMning 8,5 baravari.🖋 Qanday ariza beriladi? Korreksion sinf tashkil etish istagida bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari my.ihma.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, Agentlikning hududiy boshqarmalari bilan bitim tuzish uchun ariza topshirishlari mumkin. ✅ Nodavlat ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 🤝 Nodavlat ta’lim tashkilotlarini yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, sifatli ta’lim qamrovini kengaytirishga taklif etamiz. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Teng imkoniyat — katta natijalar sari qadam
Karmana tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan 9 nafar bola tengdoshlari bilan birga ta’lim olmoqda.
Bolalarning individual ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash uchun maktabda maxsus korreksion xona tashkil etilgan va ular bilan maxsus pedagoglar ishlamoqda.
Bu imkoniyatning natijasi Abdusamir misolida yaqqol ko‘rinadi: u tengdoshlari bilan erkin muloqot qilish, jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etish va o‘z fikrini ifodalash ko‘nikmalarini tobora rivojlantirmoqda.
Inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun teng imkoniyat yaratish va uning o‘z salohiyatini namoyon qilishiga sharoit yaratishdir.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi,– dedi davlatimiz rahbari. Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yil yakuniga qadar ehtiyojmand aholini “ijtimoiy reyestr”ga kiritish tizimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.
Bunda aholi daromadi bilan birga surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.
Respublikada kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda.
– Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz,– dedi Prezidentimiz. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
+1
Yangi o‘quv yili – ezgu tashabbuslar bilan
👫 Bugun minglab bolalar uchun yangi o‘quv yili boshlandi. Ayrim bolalarimiz uchun esa bu kun “Maktab bozori” loyihasi tufayli yanada quvonchli bo‘ldi.
🎒 “Inson uchun” platformasida loyiha doirasida 668 nafar bola uchun 334 mln 151 ming 846 so‘m mablag‘ jamlanib, maktab anjomlarini xarid qilish uchun vaucherlar taqdim etildi.
🤝 Ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan barcha xayriyachilarga minnatdorlik bildiramiz.
✅ Yangi o‘quv yili barcha bolalarimizga yangi bilim, katta imkoniyatlar va yorqin yutuqlar olib kelsin! 🧡
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
+7
🧠 Navoiy viloyatidagi tizimga qarashli ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida yangi 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
👫 Ayniqsa, ta’lim olish uchun alohida sharoit va yondashuvga ehtiyoj sezadigan bolalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yangi o‘quv yilida yanada kengaymoqda. Bugungi kunda viloyatda 196 ta umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Ularning 61 tasi aynan yangi o‘quv yilida tashkil etildi. Natijada 600 nafardan ortiq bola tengdoshlari qatorida inklyuziv ta’limga jalb qilindi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarda ham yangi o‘quv yilini ilk bor qarshi olayotgan o‘quvchilar uchun alohida e’tibor qaratildi. Jami 25 nafar bola 1-sinfga qabul qilinib, ular uchun yangi bilim va imkoniyatlar sari ilk qadam tashlandi.
💻 Bugungi islohotlarning asosiy maqsadi — har bir bola uchun ta’lim olish, rivojlanish va o‘z qobiliyatini namoyon etish imkoniyatini yaratishdir.
📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz
🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🇺🇿 Mustaqillik bayramiga munosib musiqiy tuhfa!
Bugun, 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni munosabati bilan ijtimoiy himoya tizimi xodimlariga bag‘ishlangan yangi qo‘shiq va videoklip premyerasi bo‘lib o‘tadi. 🎶
📝 Hozir esa e’tiboringizga klipning maxsus tizerini taqdim etamiz.
👮♂️ Soat 18:00 da — “Ijtimoiy himoya xodimlari” qo‘shig‘i va videoklipining katta premyerasi!
Ushbu musiqiy tuhfa inson qadri va manfaatini o‘z faoliyatining bosh mezoni deb bilgan, odamlar tashvishi bilan yashab, ularga mehr va ko‘mak ulashib kelayotgan barcha ijtimoiy himoya xodimlariga bag‘ishlanadi.
🎬 Tizerni tomosha qiling va bugungi katta premyerani o‘tkazib yubormang!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
💚 Mustaqillik bayrami muborak bo’lsin!
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Hurmatli vatandoshlar!
🇺🇿 Ayni kunlarda barchamiz eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqilligimizning muborak 35-yilligini katta tantana va beqiyos yutuqlar bilan kutib olmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, ushbu qutlug‘ ayyom bilan barcha yurtdoslarimizni muborakbod etamiz!
Sizning farovonligingiz va himoyangiz bizning oliy maqsadimizdir. Har bir inson istisnosiz o’z salohiyatini, orzularini ro‘yobga chiqarishi, munosib hayot kechirishi mumkin bo‘lgan, o‘z farovonligi va kelajagiga ishonadigan teng huquqli va adolatli ijtimoiy jamiyat yaratishga intilamiz.
Yana bir bor, Siz va Siz orqali yaqinlaringizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka va farovonlik tilaymiz!
Hurmat bilan,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi jamoasi.
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
#Ijtimoiy_dayjest
🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest
O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.
⸻
🇺🇿Sociallıq Dayjest
Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.
📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
+7
#Mustaqillik_35_yil
🌠 Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli bayram tadbiri va konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.
🧠 Bayram tadbirining eng muhim jihatlaridan biri — unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham faol ishtirok etayotgani bo‘ldi. Bu esa yurtimizda har bir insonning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish hamda ijtimoiy hayotga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy ifodasidir.
🇺🇿 Mustaqillik — avvalo, inson qadri, uning erkin va farovon hayot kechirishi, o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon etishi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar timsolidir.
📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz
🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
2 725
+4
Mehr va e’tibor — inson qadri ifodasi
🌠 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun xizmat ko‘rsatuvchi “Panoh” markazida keksalar holidan xabar olindi. Mudofaa vazirligi huzuridagi Navoiy garnizonidagi harbiy qism xodimlari markazga tashrif buyurib, keksalar bilan samimiy suhbatlashdi, ularning hayoti, bugungi kundagi sharoitlari va istaklari bilan qiziqdi. Tashrif davomida markaz hududida obodonlashtirish va hashar ishlari amalga oshirilib, atrof-muhitni yanada fayzli va ozoda qilishga hissa qo‘shildi.
🤝 Samimiy muloqotlar davomida keksalarga bayramona kayfiyat ulashildi. Harbiy xizmatchilar ular bilan hamsuhbat bo‘lib, hayotiy tajribalari, xotiralari va tilaklarini tingladilar. Bayram munosabati bilan bildirilgan ezgu tilaklar, samimiy suhbat va e’tibor markazda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.
💚 Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va insoniylik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz
🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
🫰ZO‘RAVONLIK — TAQDIR EMAS!
🤝 YORDAM SO‘RASH — ZAIFLIK EMAS!
😮 Har bir inson tinch, xavfsiz va munosib hayot kechirish huquqiga ega. Qiyin vaziyatga tushib qolganingizda sukut saqlash yoki barchasiga ko‘nikish yechim emas. O‘z vaqtida berilgan yordam qo‘li yangi hayot boshlashga asos bo‘la oladi.
Bugungi tizimli ijtimoiy himoya xizmatlari sizga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor:
Huquqiy yordam — qonuniy huquqlarni himoya qilish, maslahat va amaliy ko‘mak.
Psixologik ko‘mak — ruhiy tushkunlikni yengish, ichki kuch va ishonchni tiklash.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — murakkab hayotiy vaziyatlardan chiqish rejasini ishlab chiqish.
Reabilitatsiya va moslashuv — xavfsiz muhit, vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy hayotga qaytish.
❗️ Unutmang: Siz yolg‘iz emassiz. O‘zingiz yoki yaqinlaringiz hayotiga befarq bo‘lmang — yordam so‘rash zaiflik emas, balki kelajakni saqlab qolish sari eng jasur qadamdir.✅ Qisqa raqamli ishonch telefoni: 1146 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
#Bilasizmi
👥 Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilmoqda!
Endilikda reabilitatsiya markazlari Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlari etib qayta tashkil qilinadi.
Yangi tizimda:
✅ shaxslarni markazlarga faqat o‘z roziligi asosida joylashtirish belgilanadi;
✅ ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojlar baholanib, individual reja asosida xizmatlar ko‘rsatiladi;
✅ vaqtinchalik boshpana, oziq-ovqat va gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi;
✅ hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan qoplanadi;
✅ bandlik markazlari orqali talab yuqori bo‘lgan kasblarga qisqa muddatli o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyati yaratiladi;
✅ NNTlar davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida xizmat ko‘rsatishga jalb qilinadi.
Asosiy tamoyil — majburlash emas, balki ijtimoiy xizmatlar orqali insonni mustaqil hayotga qaytarish.
📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz
🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
2 725
+6
🌠 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasida tizimda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan, shuningdek, ijtimoiy himoya sohasidagi fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va faol ishtiroki uchun munosib taqdirlandilar.
👥 Tantanali tadbirda boshqarma rahbariyati, tizim xodimlari hamda soha vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Shundan so'ng “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” hamda “Ijtimoiy himoya fidoyisi” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Mazkur mukofotlar soha xodimlari uchun katta sharaf bilan birga, kelgusidagi faoliyatlari uchun muhim rag‘bat hamdir.
💚 Tadbirda boshqarma boshlig‘i so‘zga chiqib, mukofotlangan xodimlarni samimiy muborakbod etdi. Ularning ko‘p yillik va samarali mehnati, o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashayotgani, aholiga ijtimoiy xizmatlarni yetkazishda ko‘rsatayotgan fidoyiligi e’tirof etildi.
📝 Telegram 📝 Facebook
🎞 Youtube 🎖 ihma.uz
🟢 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
2 725
Repost from Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Prezident topshirig‘i asosida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan respublika bo‘ylab 90 ta ko‘p tarmoqli xududiy ijtimoiy xizmatlar markazini barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihaga start berildi. Markazlarda aholiga ijtimoiy xizmatlarni yashash joyiga yaqin hududda, kompleks va malakali tarzda ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi – har bir oilaga malakali yordamning yashash joyiga yaqin hududda ko‘rsatilishini ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva:
Bu yerda rivojlanishida koʻmakka muhtoj kichik yoshdagi bolalarga yordam koʻrsatiladi. Ular abilitatsiya va reabilitatsiya bosqichlaridan oʻtadilar, turli mutaxassislar bilan shugʻullanadilar, shuningdek, fizioterapiya, massaj va sensor integratsiya xizmatlaridan foydalanadilar. Oʻsmirlar va ularning ota-onalari psixologik maslahat olishlari mumkin. Katta yoshdagi fuqarolar uchun esa kunduzgi parvarish hamda insultdan keyingi reabilitatsiya xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.
Bu loyihaga butun qalbimiz bilan yondashganmiz. Insonlarning bu yerda eʼtibor va yordam olayotganini koʻrish men uchun juda qadrli. Jamoamiz bilan juda faxrlanaman hamda koʻplab oilalar mehr va qoʻllab-quvvatlashni his etadigan maskanni barpo etganimizdan mamnunman.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
2 725
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев торжественно вручил государственные награды в преддверии празднования Дня независимости.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
