Fozilbek Yuldoshev | Blog
Open in Telegram
Fozilbek Yuldoshev β professional dasturchi, talaba va oddiy inson. Aqlli insonlar jamiyati... Murojaat uchun: @yuldoshevuz
Show more667
Subscribers
No data24 hours
-97 days
-5530 days
Posts Archive
SSD yana qimmatlashadi β tahlilchilar narxlarning ikki baravar oshishidan ogohlantirmoqda.
Nomuraning ishonchli manbalari saqlash qurilmalari bozorida narxlarning yangi o'sish bosqichi kutilayotganini bildiradi, va bu foizlarda emas, balki narxning ikki baravar oshishi haqida gap ketmoqda. Allaqachon mavjud bo'lgan tanqislik va ta'minot zanjirlaridagi muammolar fonida vaziyat yanada og'irlashmoqda.
Bozorga qo'shimcha ta'sir ko'rsatayotgan omil ishlab chiqaruvchilarning siyosatidir: mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Sandisk yaqinda o'z SSD narxlarini keskin oshirishni rejalashtirmoqda, bu esa boshqa ishlab chiquvchilarga ham ta'sir qilishi mumkin. Natijada yaqinda hali arzon yangilash deb hisoblangan narsa yana qimmatbaho hashamatga aylanish xavfi bor, shuning uchun ko'pchilik narxlar butunlay oshib ketmasidan oldin oldindan xarid qilish haqida o'ylay boshlamoqda.
AI sababli kompyuterlar yana qimmatlar ekanda, afsus!
@byfozil
Memni mushugi ππ
Deyarli hammamizda shuya, o'zbekchilik... π
@byfozil
Yigit yaxshi ko'rgan qizi uchun Telegram akkauntiga sun'iy intellekt uladi va endi uning o'rniga AI gaplashyapti. Yigit esa dam olyapti. π
Qiziq tomoni shundaki, bu AI Telegramda xuddi o'sha yigit kabi muomala qiladi, reaksiya bosadi va turli o'yinlar o'ynaydi. Bu nazarimda juda band odamlarga mos keladi. Siz ishizni qilasiz, AI esa o'rningizga qiz do'stingizga javob beradi. Muhimi vaqtida javob bermadiz deb urishib qolmaydi. π
Aytgancha, kodi GitHubga joylashtirildi va dasturchi bo'lsangiz bemalol AI agent yasab ishlatsangiz bo'ladi:
https://github.com/arlanrakh/talk-to-girlfriend-ai
Qiz do'sti yo'qlarga ham 1 ta AI kerak shekilli, o'rnini bosishga. π
Kimga yuborishni yaxshi bilasiz...
@byfozil
Yaqindagina TikTok bachkana deb yurganlar hozir TikTokda live qilib o'tirganmish. π
Qayerdan pulni hidi kelsa o'shatda bu o'zbeklar... π
Prosta live qilib odamlarni ushlab o'tirsez TikTok pul berarmish. Kimnidir basharasini ko'rib o'tirmoqchi bo'lsez bemalol TikTokka kirsez bo'ladi.
Bashara ko'rishgayam pul berishyapti, tovba.
@byfozil
Namuncha ko'p comment yozasizla, Telegram qotib qolmasin bunaqada π
Ma'lumot uchun, comment yozish tekin. Bu qaytanga motivatsiya.
Yurakka tegadigan qilib so'kmasangiz bo'ldi)
@byfozil
Mana bu o'yin esingizdami?
Uydagi haligi brat baqirishi uchun ataylab o'tkazvorardika zombilarni π
Tishlagan ovozi haligacha esimda)
@byfozil
ChatGPTga ham reklama qo'shishni rejalashtirishayotgan ekan. Ya'ni siz u bilan suhbat qurayotganingizda sizga shaxsiy reklama tavsiyalar beradi.
Shunda suhbatlar bunday bo'ladimi:
π€: Salom ChatGPT
π€: Salom Fozilbek, Salom Premium Cola
G'alati... π«€
@byfozil
2025-yil β eng og'ir yil
Yanvar va fevral oylari do'stlarim bilan maroqli o'tgandi, har kuni bayram kabi o'tardi go'yo. Lekin mart oyida yomon voqealar sodir bo'lishni boshladi. Aynan mart oyida buvam kasallanib qoldi.
May oyida umrimda ilk bor imtihondan yiqildim. Yozda reja qilingan maqsadlarga umuman erisha olmadim, xuddiki har bir ishimda cho'kayotgandek edim. Kuz fasli boshlanar ekan buvam ahvoli og'irlashdi. Har kuni kamida 2-3 marta tez yordam kelardi. Qora kunlar boshlangandi go'yoki. Bir tomonda o'qish muammosi, bir tomonda ishlarning orqaga ketishi va yana bir tomonda og'ir yotgan buvamning hikoyasi.
Noyabr oyida buvam olamni tark etdi. O'sha kecha esimda, butun bir oila tashvishga tushgan, o'z otamdan ko'ra ko'proq otalik qilgan buvam jonsiz holda yotardi. Shok holatida edim o'sha mahal. Balkim, ilk marotaba yaqin insonning vafotini ko'rganimgadir, juda og'ir ahvolga tushgandim. Barcha loyihalarim to'xtab qoldi, o'qish va hatto ishim ham.
Lekin, bu shunchaki sinov va hayot davom etadi baribir. Yil voqealarini unutish uchun poytaxtga sayohatga keldim oilam bilan. Hozircha 2026-yil yaxshi start oldi. Endi esa loyihalarni davom etish vaqti keldi. Haligacha yangi dasturlar ishlab chiqish niyatidan qaytganim yo'q, yaqin kunlarda blogimda birgalikda yangi loyihalar ishlab chiqamiz va rivojlantiramiz nasib qilsa.
To'xtab qolgan blogim ham davom etadi. Bu shunchaki blog emas, bu oila, bu jamoa, bu guruh va jamiyat. Blogimda qolgan barchaga rahmat, sizlar bilan loyihalarim va yangi dunyo informatsiyalarini yetkazishda davom etaman. Qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddaman, har bir maqolani o'qib boring)
@byfozil
Kripto valyutalar bozori qulamoqda
Kecha kriptolar 240 million dollarga quladi va hozir ham qulashda davom etmoqda.
β Bitcoin $91,000 ga tushib ketdi va yil davomida erishgan barcha o'sishini yo'qotdi.
β Ethereum $3,000 dan pastga tushdi va barcha kriptovalyutalarni o'z orqasiga tortdi.
β TON 2023-yilning eng past darajasiga tushdi va bu yil 67% qadrsizlandi.
Internetning global o'zgarishi bo'layotgandek... π
@byfozil
Bugun butun internet ishdan chiqdi...
Cloudflare xizmatining nosozligi sababli kutilmaganda internetdagi ko'plab tarmoqlar, xizmatlar, sun'iy intellektlar va bir qancha boshqa tizimlar ishdan chiqdi.
Cloudflare aslida internetdagi tarmoqlarning xavfsizligini ta'minlash va hujumlarning oldini olish uchun mo'ljallangan tizim. Uning nosozligi butun boshli internetga ta'sir ko'rsatgani ajablantirdi.
Hattoki, men ko'p foydalanadigan Faceit tizimi ham ishdan chiqqan. Xuddiki, butun boshli internet Cloudflare ustiga qurilgandek va uning nosozligi butun boshli internetni yiqib yubordi.
Internetdagi oddiy nosozlik yaxshigina vahima uyg'otdi, endi internetning butunlay o'chib qolishini tasavvur qilib ko'ring...
@byfozil
Ertalabdan qiziq yangiliklarga duch kelishni boshladim. Bulardan eng yoqqani endi Telegramda kompaniyalarga tegishli aksiyalar savdosini amalga oshirish imkoni paydo bo'lmoqda.
Bu bir tomondan yaxshi, chunki O'zbekistonda kripto valyuta savdosi taqiqlangan, lekin aksiyalar savdosini amalga oshirish cheklanmagan. Endi qayerga sarmoya kiritishni bilamiz. Masalan, kriptoga sarmoya kiritish xavfli edi, foydaga chiqish imkoni juda kam. Lekin qaysi aksiyaga qachon sarmoya kiritish kerakligini bilsak, bu bizni katta foydaga olib chiqishi mumkin.
Bu Telegram foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik. Chunki, messengerdan chiqmasdan turib cheklanmagan savdo mavjud. Aksiyalarni hamyondagi USD evaziga xarid qilishingiz mumkin. Endi birjalardagi juda qiyin registratsiyalardan o'tish shart emas.
@byfozil
Kanaldagi tanaffus blogning obunachilar sonini keskin kamaytirdi. Bunga xafa bo'lish noo'rin, chunki bu o'zimning aybim.
Aslida, mening blog yuritishni boshlashimga asosiy sabab kuchli dasturchi sifatida kelajakka ta'sir qilish va katta dasturlar ishlab chiqish edi. Buni esa blogimdagi obunachilarim bilan birga amalga oshirishni maqsad qilganman. Jumladan, Facebookning ishlab chiqarilishi zamonni butkul o'zgartirgan. Kanaldagi tanaffus ham aynan shunga bog'liq, yangi loyiha ustida ishlar.
Shu kungacha bo'lgan harakatlar mening imkoniyatlarimni chekladi: litsenziya talablari, sarmoyaning kamligi va hokazo. Lekin hozir men o'zimning birinchi katta loyihamni ishlab chiqish jarayonidaman va nasib qilsa ilk sinovchilar aynan blogimdagi kuzatuvchilar bo'ladi, albatta.
Birinchi loyihamni litsenziya talab qilmaydigan yo'nalish, Telegram botlarini ishlab chiqishga qaratdim. Men oddiy loyiha emas, balki Telegram botlarini qurish uchun eng kuchli vositani ishlab chiqishga harakat qilmoqdaman.
Tasavvur qiling, dasturlashsiz Telegram botlarini 0-dan loyihalash imkoniyati, istalgan turdagi botlar uchun funksiyalar bog'lash, har qanday amallarni bajarish, jumladan video yuklashdan tortib rasmlarni montaj qilishgacha bo'lgan vazifalar. Ha, bunday imkoniyatlar hali bo'lmagan. Tez orada taqdimot albatta blogimda bo'ladi... π€©
π @byfozil
#news #AI
Windows 11 tarixdagi eng katta yangilanishni e'lon qildi
Copilot tizim bilan to'liq bog'landi va endi kompyuteringizni buyruq berish orqali boshqarasiz.
Copilot quyidagilarni qila oladi:
β "Ey, Copilot" iborasi bilan faollashadi β yangi darajadagi ovozli yordamchi sifatida.
β Vision yordamida ekrandagi hamma narsani ko'radi: nima bo'layotganini tushuntiradi, maslahatlar beradi, siz uchun matnlar yozadi, internetdagi sayohatni ta'minlaydi, YouTube videolarini tanlaydi. Siz shunchaki aytasiz, u bajaradi.
β Yangi Copilot Actions juda zo'r: ish stolida ovqat buyurtma qiladi, uy ishlarida yordam beradi.
β O'yinchilarni ham unutishmadi: Gaming Copilot Xbox ilovasiga AI o'rnatilgan va o'yin davomida maslahat beradi, go'yo jamoada xaker-analitik borga o'xshaydi.
Bu yangilanish juda hayratlanarli, tasavvur qiling siz Counter-Strike o'ynayapsiz va raqib jamoani tahlil qilgan holatda sizga keyingi rejani tushuntiradi. Bu bilan kelajakda geymerlar uchun ham juda qulay bo'lishi aniq. π₯
@byfozil
#info
RTX 5090 video kartasi portlab ketdi
Foydalanuvchilardan biri PNY ARGB OC 5090 kondensatorining portlashi haqida shikoyat qildi.
Foydalanuvchi shunday dedi:
"Tunda 2 soatdan buyon men video montaj qilayotgan edim, yonimda portlash sodir bo'ldi. Men stuldan sakradim β shunchalik baland ovoz chiqdi. Ekran o'chdi, korpusdan chaqmoqlar va tutun chiqdi, xona esa yonish hidiga to'ldi."
Mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling. Hozirgi kunda hech bir mahsulotga kafolat yo'q, hattoki RTXning 50-seriyali video kartalariga ham... π€·ββ
@byfozil
#news #AI
Maktab o'quvchilari va talabalar uchun juda kuchli AI ishga tushdi
Xususiyatlari:
β Juda oddiy ishlaydi: nimani o'rganmoqchi ekanligingizni yozasiz va sun'iy intellekt bilim darajangizga mos reja tuzadi.
β Qadam-baqadam interaktiv o'qitish: material qismma-qism, dolzarb ma'lumotlar bilan taqdim etiladi.
β O'z-o'zini tekshirish rejimi mavjud: noto'g'ri javob berilganda xatolar izohlanadi.
Videoda AI imkoniyatlari bilan qisqacha tanishishingiz mumkin.
Quyidagi link orqali yangi sun'iy intellektni sinab ko'ring:
eaisly.com
Endi yaxshi o'zlashtirmagan mavzuyingizni bir zumda o'zlashtirish imkoni paydo bo'lmoqda. Kun kelib maktablarda AI dars o'tsa ham ajablanmaymiz...
@byfozil
#news #technology
iPhone 17 Air modeli internetda tarqaldi
Yaqinda Apple ommaga taqdim etishi kerak bo'lgan iPhone 17 smartfonlarining Air modeli videosi internetda tarqaldi. Hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, uning qalinligi 5,5 mm. Videoda bu smartfon dizayni bilan tanishishingiz mumkin.
Apple tomonidan iPhone 17 taqdimotiga ham oz qolmoqda. Taxminlarga ko'ra, iPhone 17 smartfoni sal kam 5000 dollar atrofida chiqadi (taxminan, 60 million so'm). Lekin 1 oy ichida 1500 dollarga tushishi taxmin qilinmoqda (20 million so'm atrofida).
Taqdimotga 1 oydan kam vaqt qoldi, kutamiz...
@byfozil
#info
Uzbekistan Airways ma'lumotlari Darknetda sotilmoqda! π±
Tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra, Uzbekistan Airways kompaniyasidagi barcha yo'lovchilar va xodimlarning shaxsiy ma'lumotlari Darknet qora bozorida sotuvga qo'yilgan. Xabarlarga ko'ra, sotilayotgan ma'lumotlar ichida shaxsiy manzillar, maxfiy kalitlar, pasport nusxalari va hattoki karta ma'lumotlari ham mavjud.
Bu ma'lumotlar Uzbekistan Airways bazasidan qanday o'g'irlanganligi va haqiqiyligi yuzasidan aniq ma'lumot yo'q. Lekin agarda bu rost bo'lib chiqsa O'zbekiston aholisi uchun juda xavfli.
Ma'lumotlarni sotib olgan shaxs karta ma'lumotlari, shaxsiy hujjatlar va manzillar yordamida istalgan firibgarlik ishini amalga oshirishi mumkin. Masalan, kredit olish, kartadan pul yechish yoki mulkni shaxsiylashtirish kabi jinoiy ishlariga qo'l ura oladi.
Nima bo'lganda ham bu xabar yolg'on bo'lib chiqishiga umid qilamiz. Agarda rost bo'lib chiqsa, firibgarlik yuqori cho'qqiga chiqadi. π
@byfozil
#info
"Piratskiy" o'yinlar xavflimi?
Ha, pullik o'yinlarni bepul o'rnatish bu xavfli. Aslida pullik o'yinlarni bepul qilishdan ma'no nima ekanligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?
Pullik o'yinlarni bepul tarqatish aslida firibgarlar tomonidan amalga oshiriladigan jarayon. Chunki, pullik o'yinlarning bepul variantlari shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlab boradi. Bu yashirin tarzda amalga oshiriladi va shuning uchun biz buni sezmaymiz. O'g'irlangan ma'lumotlar qora bozorda sotiladi va sizning shaxsiy ma'lumotlardan foydalanib moddiy foyda ko'zlashadi.
Aynan shu boisdan bu kabi o'yinlarni o'rnatish jarayonida qurilmangiz xavfsizlik tizimlarini o'chirib turishingizni so'raydi. Masalan, har bir operatsion tizimda firmware tizimi mavjud. Bu tizim o'rnatilayotgan dasturning noqonuniy maqsadlarini bloklaydi, lekin siz bu tizimni o'chirib qo'ysangiz dastur qurilmangizni boshqarish huquqiga ega chiqadi.
Yoshlikda hammamiz GTA V bepul variantini o'ynaganmiz, aynan shu o'yinda noqonuniy harakat aniqlangan. π
@byfozil
#news #info
Ana xolos, Windowsni yangilashga shoshmang! π
Windows 11-ning yangi versiyalarida jiddiy xatolik aniqlangan. Bunda aytilishicha agarda diskka yozilayotgan ma'lumotlar hajmini 50 GBdan oshirsangiz, diskdagi Windows g'oyib bo'ladi va uni qayta tiklash imkonsiz.
Aynan, Windowsdagi zaifliklar sabab uni zudlik bilan yangilash kerakligi haqida yozgandim. Endi esa yangilanishdagi xatoliklar haqida xabarlar chiqishni boshladi. Nazarimda, Windowsdan voz kechish vaqti kelganga o'xshaydi. π
Kompyuterdagi shaxsiy ma'lumotlarni boshqa joyga saqlab qo'yishni maslahat beraman.
@byfozil
#news #info
Windowsni zudlik bilan yangilang!
Windows operatsion tizimida 107 ta zaiflik aniqlangan va ularning 13 tasida hackerlar masofadan qurilmaga kodlar joylashtira olishadi.
Qiziq tomoni Windowsning eng so'nggi 11-seriyasi taqdim etilganiga nechadir yillar bo'ldi, lekin bu zaifliklar endi bartaraf etilyapti. Siz ham zudlik bilan Windowsni yangilashingiz kerak.
Mana nima uchun Windows ishlatmayman...
@byfozil
