cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

𝕄𝕀𝕃𝕃𝔸𝕋𝕀𝕄𝕀ℤ 𝕌𝕄𝕀𝔻𝕃𝔸ℝ𝕀

Muvaffaqiyat choʻqqilari sari olgʻa... 📈📈📈

Show more
Advertising posts
462
Subscribers
No data24 hours
+147 days
+1430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#STEM_olimpiadasi #Farğona STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI ⚡️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tmoqda. 🎉 O'quvchilarimizga sinov imtihonlarida omad va zafarlar tilaymiz! 🌐 Telegram manzilimiz |Facebook sahifamiz|
Show all...
👍 9👏 3
#Prokuror_sovrini_uchun_olimpiadasi Farg‘ona viloyatidagi 5-6- sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan "Prokuror sovrini uchun" Tas IMO onlayn olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 6 nafar o‘quvchilari "Prokuror sovrini uchun" olimpiadasida g‘olib bo‘lib faxrli o‘rinlarni egalladilar. ⚡️Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida 6-sinflar kesimidagi g‘oliblar bilan tanishing! 6-SINF 1-o‘rin - Yigitaliyev Xudoyorjon ( 6-"B" sinf) 2-o‘rin - Abdubannonov Javohir (6-"B"sinf) 2-o‘rin - Mahmudov Ibrohimjon ( 6-"A" sinf ) 2-o‘rin - Ismoilov Diyorbek (6-"B" sinf ) 2-o‘rin - Erkinov Islomjon (6-"A" sinf ) 2-o‘rin - G‘aniyev Fazliddin (6-"A" sinf ) Ushbu faxrli o‘rinlar bilan barcha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni, ularga ta'lim va tarbiya berayotgan ustozlarni , ularning ota-onalarini tabriklaymiz! Aziz bilimdonlar, keyingi olipiadalarda ham sizlarga ulkan zafarlar tilaymiz! ⚜Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Show all...
👏 13👍 2
Assalomu alaykum aziz ota-onalar, faxriylamiz, ahil jamoamiz a'zolari, bitiruvchilarimiz, bilimdon o‘quvchilar. Barchalaringga 9-may-Xotira va qadrlash kuni qutlug‘ va muborak bo‘lsin. Tinchligimiz, farovon kelajagimiz yo‘lida jang qilgan, mehnat qilgan bugun oramizda bo‘lmagan ota-bobolarimiz, ona-buvilarimiz, hamkasblarimizni, bevaqt hayotdan ko‘z yumgan shogirdlarimizni Olloh rahmatiga olgani chin bo‘lsin. Oxiratlarini obod qilsin. Davralarimizning to‘rida o‘tirgan, duogo‘y faxriylarimizning umrlari uzoq, tan-jonlarii salomat bo‘lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kunlarimiz fayzli-barokatli, tunlarimiz osuda o‘tsin. Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimiz, bolajonlarimiz, bitiruvchilarimiz, o‘quvchilarimizning baxti barqror, ilmi ziyoda bo‘lib, O‘zbekiston nomini sharafga burkovchilardan bo‘lsinlar. XOTIRA VA QADR KUNINGIZ QUTLUG‘ BO‘LSIN! Hurmat bilan, X. Quziyeva.
Show all...
👍 5👏 1
#Xotira_va_qadrlash_kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi O’zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilari ishtirokida tuman markazida joylashgan "Motamsaro ona" xaykali poyiga gulchambarlar qo'yildi. Ikkinchi jahon urushida qatnashgan va  vatan himoyasi uchun jon fido qilgan barcha o'tganlar xotirasi yodga olindi. ⚜️Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!
Show all...
👍 8
#Vatanim_tinchligi_va_farovonligi_uchun 🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi O'zbekiston  tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatda  Chaqiriqqa qadar harbiy tayyorgarlik o'qituvchisi Ulug'bek Erkaboyev rahbarligida Sharqiy harbiy okrugiga qarashli dala o'quv maydonida 11-sinf o'quvchilarining amaliy o'q otish mashg'uloti o'tkazildi. ✅ Ushbu mashg'ulot avvalida o'quvchi yoshlarga xavfsizlik qoidalari yetkazildi va o'q otish tayyorgarligi me'yorlari bo'yicha amaliyot o'tkazildi. ✅ O'quvchi-yoshlar  mashg'ulotlarda o'z bilim va ko'nikmalarini oshirgandan so'ng, amaliy o'q otish mashg'ulotlariga kirishdi. Mutaxassis harbiy xizmatchilar nazoratida belgilangan nishonlarga qarata o'q uzishdi. ✅ Bugungi mashg'ulot davomida yoshlarda Vatanni himoya qilishdek mas'uliyatli kasbni egallashga bo'lgan qiziqishlari oshganligi yaqqol sezildi.
Show all...
👍 6
#shaxmat O'zbekiston tumani 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida Abdubanno Turonov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan shaxmat musobaqasida maktab-internatining 4 nafar o'quvchilari ishtirok etdi. 5-7 sinf o'quvchilari o'rtasida Murodjonov Ziyodjon faxrli 1-o'rin, Erkaboyev Muhammadyusuf farli 3- o'rinni egallagan bo'lsa, 8-11 sinf o'quvchilari o'rtasida Abdubannoyev Akobir faxrli 1-o'rinni, Ma'murov Ozodbek esa faxrli 2- o'rinni egalladi.
Show all...
😁 2👍 1
#Xotira_va_qadrlash_kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi  O’zbekiston tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  9-may- Xotira va qadrlash kuni munosabati  bilan  o'quvchilarda  Vatanga bo'lgan muhabbat , faxr - iftixor hamda  shukronalik tuyg'ularini kamol toptirish  maqsadida " Xotira   muqaddas " mavzusida ertalabki kutib olish tadbiri  tashkil qilindi. Maktab-internat o'quvchilari va maktab  jamoasi   II jahon urushi qatnashchisi bo'lgan yaqinlarini  yana bir bor xotirlab yodga oldilar.
Show all...
👍 5