en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 55 114 subscribers, ranking 2 378 in the Technologies & Applications category and 1 326 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 55 114 subscribers.

According to the latest data from 10 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 433 over the last 30 days and by 4 792 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 23.84%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 17.09% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 212 views. Within the first day, a publication typically gains 9 472 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 118.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 11 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

55 114
Subscribers
+4 79224 hours
+3 6317 days
+2 43330 days
Posts Archive
⛰️ Alp tog’larida, 2667 metr balandlikda, sayyoradagi eng go'zal manzaralardan birini ko’rish mumkin bo’lgan kichik kulba joy
+3
⛰️ Alp tog’larida, 2667 metr balandlikda, sayyoradagi eng go'zal manzaralardan birini ko’rish mumkin bo’lgan kichik kulba joylashgan. Uy Bivouac Fanton deb ataladi va alpinistlar uchun boshpana sifatida ishlatiladi. Ichkarida 12 kishilik ikki qavatli karavotlar va qoyaning eng chekkasida ulkan deraza bor. 📟 DigiTech

🏔️ Antarktidada vaqt oralig’ida qotib qolgan «yashirin dunyo» topildi Xalqaro olimlar guruhi Antarktida muzlari ostida yashiringan qadimiy daryolar, ulkan tepaliklar va vodiylar landshaftini aniqlashganini ma’lum qilishdi. U millionlab yillar davomida tom ma’noda "vaqtda qotib qolgan". Ma’lum bo’lishicha, muzlar ostida topilgan landshaftning maydoni Belgiya hududidan kattaroqdir. Olimlarning fikriga ko’ra, u "vaqtda muzlatilgan", chunki millionlab yillar davomida o’zgarishsiz turgan. Uni topishga qisman global isish sabab muzlarning erishi yordam berdi. «Bu 32 000 kvadrat kilometr maydonda bir vaqtlar o’rmonlar va ehtimol hayvonlar yashaydigan joy bo’lgan. Ammo keyin muzlab, "vaqt oralig’ida qotib qolgan”. Bu yashirin olamga oxirgi marta qachon quyosh nuri tushganini aniqlash qiyin.» — deydi tadqiqot yetakchisi Styuart Jeymison. Ba’zi tadqiqotchilar bu kamida 14 million yil oldin sodir bo’lgan degan fikrdalar. Lekin yanada chuqurroq qaraydigan Jeymison fikricha, "yashirin dunyo" oxirgi marta quyosh nurini 34 million yil oldin, Antarktida birinchi marta muzlagan paytda ko’rgan. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyliklar kosmik kemaga o’xshash — dvigateli 1305 ot kuchiga ega HiPhi A elektr superkarini namoyish etishdi. U 100 km/s
+5
🚘 Xitoyliklar kosmik kemaga o’xshash — dvigateli 1305 ot kuchiga ega HiPhi A elektr superkarini namoyish etishdi. U 100 km/soat tezlikka atigi 2,07 soniyada erishadi. Ichki qismi lyuks uslubda ishlangan, yon o’ynalari o’rniga 4K kameralar o’rnatilgan, kuzov qisman uglerod tolasidan ishlangan, orqa eshiklari esa Rolls Royce kabi ochiladi. Avtomobil faqat 2025 yilda sotuvga chiqariladi, shu sabab taxminiy narxni hozircha aytishmadi. Brendning hatto hozirgi HiPhi Z avtomobili eng texnologik mashinalardan biri hisoblanadi. HiPhi A modelida qanday texnologiyalar bo’lishini esa tasavvur qilish qiyin. 📟 DigiTech

🥽 X (Twitter) foydalanuvchisi qanday qilib noutbuk va kompyutersiz dasturlash mumkinligini ko’rsatdi. Buning uchun unga klaviatura, sichqoncha va Quest 3 AR garniturasi yetarli bo’ldi. Bu to’plam shaxsiy kompyuterga qaraganda arzonroq tushadi, virtual monitorlarni ham o’zingiz istagancha qo’yishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Sem Altman OpenAI'ga qaytadi. Direktorlar kengashi a’zolari almashadi, Altman yangisida bo’ladi. Twitter'da u OpenAI'ga meh
⚡️Sem Altman OpenAI'ga qaytadi. Direktorlar kengashi a’zolari almashadi, Altman yangisida bo’ladi. Twitter'da u OpenAI'ga mehrini tan oldi va Microsoft taklifini qabul qilib, yuragi doim eski jamoaga qaytishni xohlashini aytdi va buni amalga oshirish uchun qo’lidan kelganini qildi. Oxirgi 5 kun ichida bitta kino olishga arziydigan voqealar yuz berdi. ChatGPT qutqarib qolindi. 📟 DigiTech

⚡️Eng katta kriptovalyuta birjasi bo’lgan Binance AQSh'ga 4.3 milliard dollar jarima to’laydi, birja asoschisi esa iste’foga
⚡️Eng katta kriptovalyuta birjasi bo’lgan Binance AQSh'ga 4.3 milliard dollar jarima to’laydi, birja asoschisi esa iste’foga chiqadi Bu Binance va AQSh Adliya vazirligi o’rtasidagi kelishuvning dastlabki shartlaridir. Kompaniya pul yuvish ishi bo’yicha aybini tan olishi, jarima to’lashi va CZ nomi bilan tanilgan bosh direktor Changpeng Chjaoni lavozimidan chetlashtirishi kerak. Chjao birjadan pul yuvish uchun foydalanganini tan oldi, yuqoridagi summadan 50 million dollarni u shaxsan o’zi to’laydi. 📟 DigiTech

+2
🎥 Runway o’zining neyrotarmoqlarini yangiladi va qo’shimcha funksiyalarni qo’shdi: – GEN-2 yordamida endi istalgan rasmni animatsiyaga aylantirish mumkin, buning uchun rasmni kerakli joyini belgilash kifoya; – GEN-2 neyrotarmog’iga har xil tayyor uslublar qo’shildi, endi avvalgiday uzun matnli so’rov yozish shart emas; – Tasvir yaratuvchi neyrotarmoq endi haqiqiy fotograf tomonidan olingandek realistik rasmlar yaratadi. Shuningdek yana ko’plab qo’shimcha funksiyalar qo’shilgan, eng muhimi istagan odam barchasini BEPUL sinab ko’rishi mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Sinab ko’rib izohlarda natijalar bilan bo’lishishingiz mumkin, ro’yxatdan o’tishga erinmasangiz albatta :) 📟 DigiTech

📲 iPhone 15 seriyasida 5G tezligi iPhone 14 ga qaraganda sezilarli darajada oshgan Ookla kompaniyasi tezlikni Speedtest orqa
📲 iPhone 15 seriyasida 5G tezligi iPhone 14 ga qaraganda sezilarli darajada oshgan Ookla kompaniyasi tezlikni Speedtest orqali o’lchaganida, AQShda iPhone 15 ning 5G da yuklab olish tezligi iPhone 14 ga nisbatan 54 foizga oshganini aniqladi. iPhone 15 Pro Max'da o’rtacha tezlik 285 Mbit/soniyani tashkil etdi. iPhone 15 ga Qualcomm X65 o’rniga yangi Qualcomm X70 5G modemi o’rnatilgan. 📟 DigiTech

+3
⚡️Saudiya Arabistonida Epicon nomli hashamatli dam olish maskani quriladi, u kelajak haqidagi filmlardagi fantaziyalarga o’xshaydi. Sohilda suvga kirish imkoni bo’lgan kvartiralar va villalar bo’ladi, biroz uzoqroqda esa balandligi 275 va 225 metr bo’lgan ikkita minora quriladi, ikkovida ham hashamatli mehmonxona ochiladi. U qurilishi allaqachon boshlangan ko’zgu osmono’par-shahar The Line yonida quriladi. Loyiha qurilish vaqti haqida hozircha ma’lumotlar yo’q. 📟 DigiTech

🎯 Robot chiter Muhandis faqat peshonaga ko’zlovchi maxsus algoritmni ishlab chiqdi va uni kichik robotga o’rnatdi, natijani videoda ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

👨‍💻 Microsoft, Google, Garvard va DeepLearning bepul sun’iy intellekt kurslarini chiqardi Agar siz generativ modellar va sun’iy intellektdan foydalangan holda professional ishni o’rganmoqchi bo’lsangiz, dunyodagi eng yaxshi kompaniyalar va universitetlar sizga bu borada yordam berish uchun bepul kurslarni tayyorlab qo’ygan. Eng qiziqarli kurslar ro’yxati: - Google-dan generativ SI'ga kirish kursi; - Garvard CS50 kursi: Python yordamida SI'ni ishga tushirish; - Microsoft «Generativ SI nima?»; - DeepLearning Generativ SI barcha uchun. Kurslarni ko’rish uchun havolalarni ustiga bosing. Barcha kurslar ingliz tilida. 📟 DigiTech

+3
🛺 AQSh'da ham yo’llarda yura oladigan ham uchib keta oladigan tritsikl-transformer sinovdan o’tkazilmoqda. Bu narsa yerda 200 km/soatgacha, havoda esa 322 km/soatgacha tezlasha oladi, to’liq yonilg’i baki 724 km masofaga yetadi. Yo’llarda oddiy haydovchilik guvohnomasi bilan haydash mumkin, lekin uchish uchun uchuvchilik litsenziyasi kerak bo’ladi. Hozircha sotuvlar boshlanish sanasi haqida ma’lumot yo’q, lekin oldindan buyurtma berish mumkin. Narxi 170 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+1
🎶 YouTube musiqa yaratish uchun ikkita yangi sun’iy intellekt vositasini namoyish etdi Birinchisi: Dream Track deb ataladi. U yulduzlar ovozi bilan matnli tavsif asosida 30 soniyali qo’shiq yaratish imkonini beradi. Bir nechta mashhur qo’shiqchilar allaqachon Dream Track'ga o’z ovozlarini yozib berishgan, shu jumladan: Alek Benjamin, Charli Put, Demi Lovato, Sia, T-Pain va boshqalar. Ikkinchisi: Music AI deb ataladi. Uning yordamida foydalanuvchi kuyni kuylashi va shu kuylagan ovozi qaysi musiqa asbobi ovoziga aylantirilishini tanlashi mumkin. Videoga qaraganda juda ham zo’r ishlaydi, qoil. Bunday yaratilgan musiqalar SynthID kodi bilan shifrlanadi, uni inson qulog’i eshitmaydi. Bu sun’iy intellekt yaratgan musiqani haqiqiy odamnikidan ajratish uchun qilingan. Hozircha yangi SI vositalari tanlangan blogerlar o’rtasida yopiq sinovdan o’tkazilmoqda. Ommaviy chiqarilish sanasi noma’lum. 📟 DigiTech

🚘 Jeyms Bond'ning yangi avtomobili? Xitoyda sobiq Audi va Bentley dizaynerlari tomonidan ishlangan Zeekr 007 avtomobili namo
+4
🚘 Jeyms Bond'ning yangi avtomobili? Xitoyda sobiq Audi va Bentley dizaynerlari tomonidan ishlangan Zeekr 007 avtomobili namoyish etildi. Bazaviy versiyasida 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada erishadi va bir zaryadda 688 km masofani bosib o’tadi, eng zo’r versiyasida esa ko’rsatkichlar 2,84 soniya va 870 km. Boshqa xususiyatlardan: panoramali tom, 12 ta kamera va 15,5 dyuymli ulkan monitor mavjud. Narxi 32 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

O’zbek kanallari ichida birinchi bo’lib 7 ta 3 oylik Premium obuna tanlovini e’lon qilamiz! Qatnashish uchun @DigiTechAI kanalimizga a’zo bo’lish va telegramni eng oxirgi versiyasiga yangilash kifoya. Tanlov vaqti tugagach, g’oliblarni Telegram'ni o’zi tasodifiy tarzda aniqlab Premium obunani beradi. Agar avvaldan Premiumga ega odam yutsa, uning obunasi vaqti 3 oyga uzaytiriladi. Barchaga omad tilaymiz!

Gift
x7

Prizes of the draw

7 Telegram Premium subscriptions for 3 months

Completion date

⚡️Sun’iy intellekt ilovasi yurak yetishmovchiligi kasalligini u sodir bo’lishidan oldin aniqlay oldi Ovozdagi o’zgarishlar or
⚡️Sun’iy intellekt ilovasi yurak yetishmovchiligi kasalligini u sodir bo’lishidan oldin aniqlay oldi Ovozdagi o’zgarishlar orqali odamda yurak yetishmovchiligini sun’iy intellekt yordamida aniqlovchi dastur kasalxonaga yotqizilganlarning 75% dan ko’prog’ini ular sodir bo’lishidan taxminan uch hafta oldin bashorat qilgan. Tadqiqotchilar ushbu texnologiya yordamida yurak kasalliklarini oldindan to’g’ri aniqlay olish mumkin degan xulosaga kelishdi. Ya’ni bu dastur orqali yurak bilan muammolarni oldindan aniqlab, jiddiy oqibatlarni oldini olish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

🛬 Antarktida qit’asiga parvozlar tarixidagi eng katta samolyot muvaffaqiyatli qo’ndi: Boeing 787 Dreamliner 45 olim va 12 tonna jihozlarni olib keldi. Ma’lum sabablarga ko’ra, u yerda asfalt yo’q, shuning uchun ular «muz va qordan yasalgan» 3 kilometrlik maydondan foydalanishdi. 📟 DigiTech