en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 51 376 subscribers, ranking 2 588 in the Technologies & Applications category and 1 449 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 51 376 subscribers.

According to the latest data from 05 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -2 645 over the last 30 days and by -209 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 24.85%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.05% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 12 770 views. Within the first day, a publication typically gains 9 275 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 117.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 06 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

51 376
Subscribers
-20924 hours
-1 4487 days
-2 64530 days
Posts Archive
👨‍💻 Zo‘r yangilik! Endi Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabi nafaqat Toshkentda, balki Samarqand va Urganchda ham mavjud. �
👨‍💻 Zo‘r yangilik! Endi Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabi nafaqat Toshkentda, balki Samarqand va Urganchda ham mavjud. 📅 30-sentyabrdan Yandex Uzbekistan Dasturlash maktabida Python boʻyicha bepul oʻqish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Maktabga 14-17 yoshli oʻquvchilar jalb qilinadi. Bu yil oʻquv jarayonlari Toshkentda va ikki yangi shahar – Samarqand va Urganchda boʻlib oʻtadi, shuningdek, Toshkentdagi oʻrinlar soni koʻpaytiriladi. 📚 Darslarda yuqori sinf oʻquvchilari Python dasturlash tilida ishlashning asoslari bilan tanishib, tilning asosiy tushunchalari, konstruksiyalari va kutubxonalarini oʻrganadilar.Loyihada ishtirok etish toʻliq bepul, ammo maktabga kirish uchun imtihondan oʻtish kerak boʻladi. 👨‍💻 Dasturlash maktabiga kirish ikki bosqichdan iborat – test va suhbat. Avvalo, https://codingschool.yandex.uz/ru havolasi orqali ishtirok etish uchun ariza toʻldirish kerak. ⚡️Dasturlash maktabi bitiruvchilari oʻzlari uchun dasturlash va ommabop IT kasblari bilan tanishuvni onlayn shaklda Yandeks Litsey ixtisoslashuv kurslariga yozilib davom ettirishlari mumkin. Bitiruvchilarga uch oylik kurslar – Django asosidagi veb-ishlanmalar, maʼlumotlarni tahlil qilish, mashinali oʻrganish, katta maʼlumotlar va Go dasturlash kurslari bepul taklif qilinadi. Shuningdek, keyinchalik amaliyot o‘tash va amaliyotni muvaffaqiyatli tugatgan taqdirda, kompaniyaga ishga qabul qilinish imkoniyati mavjud.

🤖 Xitoyning Tencent kompaniyasi keksalar va imkoniyati cheklanganlarga g’amxo‘rlik qila oladigan, g’ildirakli robotni ishlab chiqdi. Robot zinaga duch kelsa, g’ildiraklari yig’ilib piyoda yurishga o’tadi, odamlarga zarar yetkazmaslik uchun teginish kuchini seza oladi, shuningdek, uni olib ketish kerak bo’lganda chamadon shakliga yig’ilishi mumkin. Rejaga ko’ra, kelajakda ushbu robotlar qariyalar uylarida va kasalxonalarda ishlaydi, xaridlar va boshqa ishlarda yordam beradi. 📟 DigiTech

⚡️Stiv Jobs murakkab vazifalarni bajarishga 10 daqiqadan ko'proq vaqt sarflamagan. Neyrobiologlar buni to’g’ri ekanligini end
⚡️Stiv Jobs murakkab vazifalarni bajarishga 10 daqiqadan ko'proq vaqt sarflamagan. Neyrobiologlar buni to’g’ri ekanligini endi tasdiqlashdi. Buning mohiyati shundaki, agar 10 daqiqada hech narsa o’zgarmasa, miyani qiynashni to’xtatish kerak. Sayrga chiqib, vazifaga keyinroq qaytgan yaxshiroq. Olimlarning fikriga ko'ra, bir narsani tinimsiz o’ylash yaxshiroq natija bermaydi. Sayr esa ongni optimal holatda saqlashga yordam beradi: ko’rish markazidagi obyektlarni o’zgartirish miyani yaxshiroq ishlashiga turtki bo’ladi. 📟 DigiTech

⚡️Har qanday tovushlarni generatsiya qila oladigan neyron tarmoq chiqdi: tabiat shovqinlaridan tortib klassik musiqagacha. Hammasi brauzerda va mutlaqo bepul! Ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratuvchilar uchun juda foydali bo’ladi — kerakli tovushni qidirish uchun soatlab vaqt sarflash shart emas. Matnli so’rovni kiritish kifoya, bir necha soniyada kerakli tovush tayyor bo’ladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️1-toifa qandli diabet tarixda birinchi bor davolandi — bu hodisa dunyoni o’zgartiradigan yirik tibbiy yutuqdir. Birinchi to
⚡️1-toifa qandli diabet tarixda birinchi bor davolandi — bu hodisa dunyoni o’zgartiradigan yirik tibbiy yutuqdir. Birinchi toifada Ikkinchidan farqli o’laroq, oshqozon osti bezi umuman insulin ishlab chiqarmaydi — uni har kuni inyeksiya qilish kerak bo’ladi. Olimlar ildiz hujayralarini o’zgartirib, 25 yoshli qandli diabetga chalingan ayolga ko’chirib o’tkazishdi. Atigi uch oy o’tgach, uning tanasi o’z-o’zidan insulin ishlab chiqara boshladi, ya’ni kasallikdan butunlay davolandi. Hozirda u bir yildan buyon dori-darmonlarsiz — sog’lom odam kabi yashamoqda. Bundan tashqari yana ikkita bemor ham qandli diabetdan davolangan va yaqin orada yana 10-20 ta odamlarni davolashmoqchi. 📟 DigiTech

☀️ Olimlar uyqu sifatini yaxshilashning oddiy usulini aytishdi — ertalab quyosh ostida biroz vaqt yurish. 70 kunlik tajribada
☀️ Olimlar uyqu sifatini yaxshilashning oddiy usulini aytishdi — ertalab quyosh ostida biroz vaqt yurish. 70 kunlik tajribada 18 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan odamlar ishtirok etishdi. Ertalab quyosh ostida vaqt o’tkazganlar orasida uyqu samaradorligi yuqori bo’lgan. Shuningdek, ular tezroq uxlashi osonroq bo’lgan va uzoqroq uxlashgan. Bunga sabab D vitamini va jismoniy aktivlikdir. 📟 DigiTech

📲 Foydalanuvchi iPhone Mirroring funksiyasining haqiqatan ham foydali tomonini ko’rsatdi. iPhone ekranini Mac'ga translyatsiya qilish vaqtida hatto smartfon qulflangan bo’lsa ham fayllarni bir zumda uzatish mumkin. Buning uchun shunchaki kerakli obyektni noutbukga yoki smartfonga surish kifoya. Ushbu funksiyani oktyabrdagi iOS 18.1 yangilanishida sinab ko'rish mumkin bo’ladi. Lekin funksiya Windows'da ishlamaydi: iTunes'dan foydalanishga to’g’ri keladi. 📟 DigiTech

+3
👓 Meta Orion AR ko’zoynagini ko’rsatdi — bu qurilma ustida kompaniya o’n yil davomida ishlagan. Ko’zoynakning asosiy xususiyatlari: • To’plamga qo’l orqali miya signallarini kuzatuvchi bilaguzuk kiradi; • Orion'da Apple Vision Pro'da bor barcha funksiyalar mavjud; • Nutqni turli tillarga sinxron tarjima qila oladi; • Neyron tarmoq ko‘z harakatlarini kuzatadi, ya’ni uni nazar orqali boshqarish mumkin; • Og’irligi atigi 100 gramm, deyarli oddiy ko'zoynaklar bilan bir xil og’irlikda; • Meta uni hozircha sotish niyati yo’q — qurilma shunchalik kuchliki, uni faqat kompaniya xodimlari sinashadi. 📟 DigiTech

🚀 Xitoyliklar, ehtimol, kosmik raketaning uchirilishini eng ajoyib videosini olishdi. Ko’p martalik raketa Nebula-1 sinovlari davomida kopter uning yonida aylanib, eng chiroyli rakurslarni tanladi. Parvoz muvaffaqiyatsiz yakunlanib, raketa qo’nayotganda portlagan bo’lsa-da, kadrlar «Gollivud» uslubida chiqdi. 📟 DigiTech

+3
⚡️Amerikaning Space Perspective startapi havo sharida boylarni stratosferaga jo’natish uchun mo’ljallangan kapsulani muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazdi. Qurilma Meksika ko’rfazidagi kemadan uchirildi, shundan so’ng 30 km balandlikka ko’tarilib, taxminan olti soat havoda bo’lgan va sekin pastga tushgan. Tijoriy parvozlar 2026-yilda boshlanadi va chipta narxi taxminan 125 000 dollar bo’ladi. Bortida spa, bar, tezkor Wi-Fi va hojatxona mavjud. 📟 DigiTech

📲 iOS 18 da smartfonni ko’z bilan boshqarish imkonini beradigan funksiya qo’shildi. Funksiya old kameradan foydalanadi va yaxshi yorug’likni talab qiladi. Ushbu funksiya uchun boshqaruv panelini va bildirishnomalarni ochadigan alohida interfeys tugmasi qo’shildi. Agar ekranda bir vaqtda ko’plab obyektlar bo’lsa, sensorlar chalkashishni boshlaydi. Umuman olganda funksiya yaxshi ishlaydi, lekin ideal emas. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI asoschisi Sem Altman sun’iy intellektli yaqin kelajak haqidagi tasavvurlari bilan bo’lishdi. • Kelgusi 5 yil ichida
⚡️OpenAI asoschisi Sem Altman sun’iy intellektli yaqin kelajak haqidagi tasavvurlari bilan bo’lishdi. • Kelgusi 5 yil ichida insoniyatning eng muhim yutuqlaridan biriga aylanishi mumkin bo’lgan «superintellekt» paydo bo’ladi. • SI tez orada shaxsiy yordamchi sifatida ishlay boshlaydi, neyron tarmoqlarning kelajak versiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va barcha sohalarda ilmiy taraqqiyotni tezlashtiradi. • SI fizikaning barcha mumkin bo’lgan qonunlarini kashf qiladi, iqlim o’zgarishi muammosini hal qiladi va kosmik koloniyalarni yaratishga yordam beradi. • Insoniyat hayoti hozirgidan ming barobarga yaxshilanadi, kambag’allik tushunchasi bo’lmaydi. • Superintellektdan barcha foydalana olishi kerak, faqat cheklangan doiradagi odamlar foydalanishiga qo’yish jahon urushiga olib kelishi mumkin. 📟 DigiTech

Good at AI? Show your best – participate in the international AI Journey Contest. The award fund is over USD $87,000! 🤩 As a
Good at AI? Show your best – participate in the international AI Journey Contest. The award fund is over USD $87,000! 🤩 As always, the tasks are grand and ambitious. Participants will work with SOTA technologies, choosing one or more of the proposed tasks: ✔️ Emotional FusionBrain 4.0 — create a multimodal model that understands videos brilliantly, answers complex questions, and recognizes human emotions. ✔️ Multiagent AI — develop a multi-agent RL system where agents will form different cooperation schemes to solve tasks. This challenge is extremely valuable for scientific research. ✔️ Embodied AI — create an assistant robot that will solve complex tasks involving interaction with the environment and humans, communicating in natural language. ✔️ E-com AI Assistant — using the LLM GigaChat, create an AI assistant that can recommend relevant products for purchase on the Megamarket marketplace to users. Be the one to boost the AI growth! 🫵🏻 Follow the link, register and get ready to complete the tasks by October 28! The competition is supported by AIRI Institute. Reklama

📱OpenAI Apple'ning sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda sun’iy intellektli smartfon chiqaradi: OAVlar qurilma allaqacho
📱OpenAI Apple'ning sobiq dizayneri Joni Ayv bilan birgalikda sun’iy intellektli smartfon chiqaradi: OAVlar qurilma allaqachon ishlab chiqilayotganini yozishmoqda. Gadjet vazifalarni avtomatlashtirish va foydalanuvchi harakatlarini bashorat qilish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi – ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, bu texnologiya olamida inqilob bo’ladi.
Ularning maqsadi mutlaqo yangi foydalanish tajribasini taqdim etadigan qurilma yaratish va gadjetni 2007-yildagi birinchi iPhone kabi inqilobiy qilishdir.
📟 DigiTech

⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin,
⚡️Olimlar ma’lumotlarni saqlash uchun buzilmaydigan «5-D kristall»ni ishlab chiqishdi. Unda 360 TB ma’lumotni saqlash mumkin, uni yo’q qilish esa deyarli imkonsiz. Tanga o’lchamidagi kristall +1000°C gacha bo’lgan haroratga, kosmik nurlanishga va kvadrat santimetr uchun 10 tonna bosimga bardosh bera oladi. Unga birinchi bo’lib nson genomi ma’lumotlari yuklandi. 📟 DigiTech

Nima uchun monitoring hamma uchun zarur va muhim: Uzum Team da o‘zbek tilida ma’ruza 25-sentabr kuni soat 19:00 da Uzum Team
Nima uchun monitoring hamma uchun zarur va muhim: Uzum Team da o‘zbek tilida ma’ruza 25-sentabr kuni soat 19:00 da Uzum Team Lead Service Providers Nurmuhammad Sunnatullaev monitoring qanday muammolarni tezda aniqlashga, servislar sifatini oshirishga yordam berishi va nima uchun kasbidan qat’i nazar har bir kishi uchun monitoringni sozlash asoslarini bilish muhimligi haqida gapirib beradi. Uzum Team’dan yangi ma’ruza nafaqat dasturchilar uchun, balki IT sohasida karyera qilishni rejalashtirayotgan yoki qurayotgan barcha – loyiha va mahsulot menejerlari, tahlilchilar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi. Kirish oldindan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bepul. Batafsil: https://uzum.team/ru Ma’ruza o‘zbek tilida olib boriladi. Reklama

❄️ Janubiy Afrikada dam olish kunlari juda kuchli qor yog’di. Qor bo’roni ketma-ket 10 soat davom etdi va yo’llarda ko’p kilo
+3
❄️ Janubiy Afrikada dam olish kunlari juda kuchli qor yog’di. Qor bo’roni ketma-ket 10 soat davom etdi va yo’llarda ko’p kilometrli tirbandliklar hosil bo’ldi. Ayrim joylarida havo harorati -3°C gacha pasaydi. Ko’pgina elektr stansiyalari va suv quvurlari ishdan chiqdi. Buning oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha maxsus xizmatlar, jumladan armiya ham jalb qilingan. Janubiy Afrikada qor yog’ishi kamdan-kam uchraydigan hodisa. Oxirgi marta qor 2023-yil iyul oyida, undan oldin esa 2012-yilda yog’gan edi. Qorni ko’rib hatto sher ham hayratda :) 📟 DigiTech

🌓 Yerda vaqtincha «ikkinchi Oy» paydo bo’ladi — 2024 PT5 asteroidi noyabr oyining oxirigacha orbitada aylanadi va «kichikroq
🌓 Yerda vaqtincha «ikkinchi Oy» paydo bo’ladi — 2024 PT5 asteroidi noyabr oyining oxirigacha orbitada aylanadi va «kichikroq Oy»ga o’xshaydi. Yangi yo’ldosh deyarli 57 kun davomida Yerning tortishish kuchi ta’sirida bo’ladi: 29-sentyabrdan 25-noyabrgacha. Yangi film uchun syujet tayyor. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun o’zining atom elektr stansiyasiga ega bo’ladi. Texnologik gigant y
⚡️Microsoft ma’lumotlar markazlarini quvvatlantirish uchun o’zining atom elektr stansiyasiga ega bo’ladi. Texnologik gigant yopilgan Three Mile Island atom elektr stansiyasining egasi bilan shartnoma tuzdi, unga ko’ra stansiya 2028-yilgacha tiklanib, ishga tushiriladi. Bu Qo’shma Shtatlarda birinchi marta atom elektr stansiyasining qayta ishga tushirilishi va birinchi marta barcha energiya faqat bitta mijozga yuborilishi bo’ladi. 📟 DigiTech

📱Agar smartfoningizdan kuniga bir soat kamroq foydalansangiz, ishingiz unumdorligi oshadi. Olimlar 278 kishi ustida tadqiqot
📱Agar smartfoningizdan kuniga bir soat kamroq foydalansangiz, ishingiz unumdorligi oshadi. Olimlar 278 kishi ustida tadqiqot o’tkazishdi. Turli kasbli ko’ngillilar yig’ildi va to’rt guruhga bo’lindi: – Birinchi guruh smartfondan kun davomida bir soat kamroq foydalanishgan; – Ikkinchi guruhga 30 daqiqalik jismoniy mashqlar berildi; – Uchinchi guruh bu ikkala ishni ham bajargan; - To’rtinchisi odatlarini umuman o’zgartirishmagan. Natijada, birinchi va uchinchi guruh ishtirokchilari ikki haftalik kuzatuvdan so’ng, ruhiy holat yaxshilanganini, ishdagi motivatsiyani va umuman hayotdan qoniqishlari oshganini ta’kidlashgan. 📟 DigiTech