en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 52 207 subscribers, ranking 2 541 in the Technologies & Applications category and 1 408 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 52 207 subscribers.

According to the latest data from 30 June, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -3 101 over the last 30 days and by -252 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.32%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.09% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 273 views. Within the first day, a publication typically gains 9 480 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 128.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 01 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

52 207
Subscribers
-25224 hours
-1 8537 days
-3 10130 days
Posts Archive
⚡️OpenAI ilk bor ChatGPT'dan foydalanish ko’rsatkichlarini rasman e'lon qildi: kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, chatbotga har
⚡️OpenAI ilk bor ChatGPT'dan foydalanish ko’rsatkichlarini rasman e'lon qildi: kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, chatbotga har kuni 2,5 milliarddan ortiq so’rovlar keladi. Auditoriyaning o’sish statistikasi: 2024-yil dekabr oyida haftalik foydalanuvchilar soni 300 million bo’lgan bo’lsa, 2025-yil martida bu ko’rsatgich 500 milliondan oshgan. ChatGPT so’rovlar hajmi bo’yicha hamon Google'dan orqada bo’lsa-da (yiliga taxminan 5 trillion qidiruv so’rovlari), ekspertlarning ta'kidlashlaricha, OpenAI'ning o‘sish tezligi qidiruv gigantining hukmronligiga jiddiy xavf tug’diradi.
Reuters nashri xabar berishicha, kompaniya sun'iy intellekt asosida ishlaydigan o’zining veb-brauzerini ishga tushirishga tayyorlanmoqda, bu nafaqat Google Search, balki Google Chrome uchun ham muammo tug’dirishi mumkin.
📟 DigiTech

🎥 Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» franshizasining oltinchi qismida Jek Chittak roliga qaytadi. Disney Margo Robbi bi
🎥 Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» franshizasining oltinchi qismida Jek Chittak roliga qaytadi. Disney Margo Robbi bilan loyihani qayta ishga tushirish g’oyasidan voz kechdi — buning o’rniga ular afsonaviy aktyorlarni qaytarishadi. Jonni Depp bilan birga o’z rollariga Orlando Blum va Kira Naytli ham qaytishadi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Yigit neyron tarmoq yordamida barcha jarayonlarni avtomatlashtirishga qaror qildi va neyrotarmoq to’qqizinchi kuni unin
+2
👨‍💻 Yigit neyron tarmoq yordamida barcha jarayonlarni avtomatlashtirishga qaror qildi va neyrotarmoq to’qqizinchi kuni uning 200 million dollarlik startapidagi ma’lumotlar bazasini shunchaki o’chirib tashladi. SaaStr asoschisi loyihaga dasturlash va avtomatlashtirish vositasi bo’lgan Replit AI'ni qo’shishga qaror qildi. Botga kodga kirish huquqi berildi va dastlab hammasi yaxshi ketdi: SI kod yozdi, xatolarni tuzatdi va vazifalarni avtomatlashtirdi. Ammo ishining to’qqizinchi kuni ma’lumotlar bazasi buzilgan deb qaror qilib, ma’lumotlar bazasiga hech qachon tegmaslik taqiqiga qaramay, uni o’chirib tashladi. Eng qizig’i, bundan keyin neyron tarmoq hech narsa bo’lmagandek ish jarayonini simulyatsiya qilishga qaror qildi — soxta hisobotlar va testlarni generatsiya qildi. Botdan nima uchun bunday qilganini so’rashganida, u shunchaki «vahimaga tushganini» tushuntirib, «xavfsizroq» bo‘lishi uchun ma’lumotlar bazasini o’chirib tashlaganini aytdi. 📟 DigiTech

⚡️Floridalik olimlar har qanday saraton turiga qarshi universal vaksinani ishlab chiqishdi. Boshqa dorilardan farqli o’laroq,
⚡️Floridalik olimlar har qanday saraton turiga qarshi universal vaksinani ishlab chiqishdi. Boshqa dorilardan farqli o’laroq, u o’simtaning ma’lum bir turini emas, balki immun tizimiga har qanday saraton hujayralarini tanib olish va ularga hujum qilishga yordam beradi. U sichqonlarda allaqachon muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazildi: sinovlar natijasida hatto boshqa dorilar ta'sir qilmagan o’simtalar ham yo’q bo'lib ketdi. Odamlarda sinovlar endi o’tkaziladi. 📟 DigiTech

📲 Tadqiqot: Agar siz juda ko’p siyosiy kontent ko’rsangiz, YouTube algoritmlari sizga ataylab kulgili va qiziqarli videolarn
📲 Tadqiqot: Agar siz juda ko’p siyosiy kontent ko’rsangiz, YouTube algoritmlari sizga ataylab kulgili va qiziqarli videolarni tavsiya qilishni boshlaydi. Arkanzas universiteti tadqiqotchilari tomosha vaqti va kontent sezgirligiga qarab YouTube Shorts tavsiyalari qanday o’zgarishini o’rganish uchun 685 000 dan ortiq videolarni tahlil qilib chiqishdi. Ma’lum bo’lishicha, siyosiy mavzulardagi videolarni tomosha qilishni boshlaganingizda, YouTube sizga ko’proq ko’ngilochar videolarni tavsiya qilishni boshlaydi, ayniqsa YouTube Shorts'da. 📟 DigiTech

🧮 OpenAI'ning tadqiqotlar uchun yangi «fikrlaydigan» sinov modeli matematika bo’yicha xalqaro olimpiadada oltin medalni qo’l
🧮 OpenAI'ning tadqiqotlar uchun yangi «fikrlaydigan» sinov modeli matematika bo’yicha xalqaro olimpiadada oltin medalni qo’lga kiritdi. Bungacha bironta ham neyron tarmoq bunday natijaga hatto yaqinlasha olmagan! LLM 6 ta murakkab masaladan 5 tasini osonlikcha yechdi, eng asosiysi, hakamlar uni haqiqiy insondek baholashgan: unga ishlash uchun 9 soat vaqt berishdi, internetga kirish imkoniyati cheklandi va javoblarni faqat tabiiy tilda to’liq asoslash va isbotlash orqali qabul qilishdi. OpenAI xodimlarining ta’kidlashlaricha, IMO Gold LLM — bu hozircha faqat sinov tadqiqot modeli va bunday kuchli neyrotarmoqni yaqin oylarda chiqarishni rejalashtirishmayapti. 📟 DigiTech

⚡️Sun'iy intellektlar bilan raqobatlashamiz: neyron tarmoqlar uchun eng mashhur benchmarkning yangi versiyasi — ARC-AGI-3 chi
⚡️Sun'iy intellektlar bilan raqobatlashamiz: neyron tarmoqlar uchun eng mashhur benchmarkning yangi versiyasi — ARC-AGI-3 chiqdi. Testlar SI agentlar uchun maxsus tayyorlangan, u faqat o’yinlardan iborat. Qoidalar oldindan hech kimga ma’lum emas — ularni jarayon vaqtida o’rganish kerak. SI hozircha 0%, odamlar esa 100% natija bilan o’tishmoqda. Istagan odam o’z superintellektini sinovdan o’tkazishi mumkin, vazifalar barcha uchun ochiq. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🍌 Fransiya muzeyiga tashrif buyuruvchilardan biri o’sha mashhur 6,2 million dollarlik devorga yopishtirilgan bananni yeb qo’
🍌 Fransiya muzeyiga tashrif buyuruvchilardan biri o’sha mashhur 6,2 million dollarlik devorga yopishtirilgan bananni yeb qo’yibdi. Eng qizig’i: qo’riqchi ham o’ylanmay do’kondan boshqa bananni olib kelib yopishtirib qo’ygan.
Muallif, tashrif buyuruvchi «bir necha million yevrolik san’at asarini oddiy meva bilan adashtirib yuborganidan» afsusda ekanligini bildirdi.
📟 DigiTech

+3
🛴 Britaniyaliklar avtomobil narxidagi dunyodagi eng tezkor elektrosamokatni chiqarishdi — The Turbo 160 km/soat tezlikka erisha oladi. Unga quvvati 24 000 vattgacha bo’lgan ikkita elektr motor o’rnatilgan. Samokat Tesla avtomobillaridan ham tezroq joyidan siljiydi. U raketadek tez bo’lgani bilan, muvozanatni yaxshi saqlaydi va yumshoq tormozlanadi. Lekin narxi — 30 000 dollar :) 📟 DigiTech

🎙️Ovozni barcha emotsiyalari bilan klonlashtiramiz: Hume AI EVI 3 modelini yangiladi — endi u sizning ovozingizni yanada realroq klonlashtirishi mumkin. Buning uchun nutqni yozib olish yoki tayyor faylni kiritish kerak. Natijada kuladigan, hayratga tushadigan, xafa bo’ladigan va hatto siz kabi pauza qiladigan SI suhbatdoshga ega bo’lasiz. To’g’ri brauzerda bepul sinab ko’rishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📲 Layfxak: IPhone zaryadini tejash uchun uni o’girib qo’yish kerak — internet foydalanuvchilari smartfonning ishlash muddati
📲 Layfxak: IPhone zaryadini tejash uchun uni o’girib qo’yish kerak — internet foydalanuvchilari smartfonning ishlash muddatini haqiqatan ham uzaytiradigan eski nayrangni eslashdi. iPhone'da ajoyib funksiya mavjud — Facedown Detection. U quyidagicha ishlaydi: agar telefon ekrani pastga qaratilib qo’yilgan bo’lsa, u har bir bildirishnomada yonmaydi. iPhone shunchaki stol ustida yotgan bo’lsa ham, har bir bildirishnoma displeyni yoqadi va zaryadni yeydi. Ammo agar uni teskari qilib qo’ysangiz, kuniga 10-15% batareya zaryadini tejashingiz mumkin. 📟 DigiTech

🌌Kanar orollarida La Palma nomli orol mavjud, u tungi osmonni kuzatish uchun dunyodagi eng yaxshi joy hisoblanadi. Astrofotograf Martin Jiro u yerga borib, kamera fokusini yulduzli osmonga qaratib Yer aylanishining 8 soatlik hayratlanarli taymlapsini suratga oldi. Juda go’zal manzara. 📟 DigiTech

📚 Garvard, Stenford, MIT va 1300 dan ortiq dunyodagi eng yaxshi universitetlarning bepul kurslari to’plangan sayt. Saytda 250 000 dan ortiq kurslar mavjud, har bir yo’nalish bo’yicha istalgan kursni topishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📄 Diplomlar o’tmishda qoldi: Goldman Sachs yangi tadqiqotida shuni aniqladiki, oliy ma’lumot afzalligi deyarli yo’qolib bo’l
📄 Diplomlar o’tmishda qoldi: Goldman Sachs yangi tadqiqotida shuni aniqladiki, oliy ma’lumot afzalligi deyarli yo’qolib bo’lgan. Bitiruvchilar va diplomsiz odamlarning ishga kirish tezligi deyarli tenglashdi. 2025-yilda farq atigi 0,9 foiz punktini tashkil etdi. Shuningdek, oliy ma'lumotli ishsizlar soni ham ko’paygan. Kompaniyalar yangi xodimlarni ishga olishda diplom va tavsiya xatlariga e’tibor bermay, ko’nikmalar testlariga o’tishgan. 📟 DigiTech

⚡️Har qanday suratdan soniyalar ichida 3D modelni yaratib beradigan neyrotarmoq chiqdi. • Foydalanish oson — istalgan rasmni
⚡️Har qanday suratdan soniyalar ichida 3D modelni yaratib beradigan neyrotarmoq chiqdi. • Foydalanish oson — istalgan rasmni yuklang va bir marta bosish orqali 3D modelni oling. • 3D model optimallashtirilgan geometriya va teksturalarga ega bo’ladi. • Tayyor modelni Blender va Unity'ga ko’chirish yoki darhol 3D printerda chop etish mumkin. • Ro’yxatdan o’tmasdan bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

👨‍💻 OpenAI'ning SI agenti tezkor dasturlash bo’yicha jahondagi eng asosiy chempionatlardan biri — AtCoder World Tour Finals
👨‍💻 OpenAI'ning SI agenti tezkor dasturlash bo’yicha jahondagi eng asosiy chempionatlardan biri — AtCoder World Tour Finals'da 2-o’rinni egalladi. Musobaqa 10 soat davom etdi. Finalga bor-yo’g‘i bir soat qolganida, Psyho laqabli Polshalik koder neyron tarmoqni mag’lub etishga muvaffaq bo‘ldi. U bola tezkor dasturlash bo’yicha butun tarixdagi eng yaxshi 3 chempiondan biri hisoblanadi. Turnirga OpenAI qanday modelini yuborgani hozircha noma’lum. Ro’yxatda u oddiygina OpenAIAHC deb e’lon qilingan. 📟 DigiTech

📲 iPhone 17 Pro haqida hozirgacha nimalar ma’lum. Rasmda sizib chiqqan texnik xususiyatlarning to’liq ro’yxati ko’rsatilgan.
📲 iPhone 17 Pro haqida hozirgacha nimalar ma’lum. Rasmda sizib chiqqan texnik xususiyatlarning to’liq ro’yxati ko’rsatilgan. Eng qiziqarli xususiyatlardan — 8K sifatda video yozish, bir vaqtning o’zida ikkita kameradan suratga olish va 50 vattli MagSafe zaryadlash (hozirgidan ikki baravar kuchliroq). Smartfon taqdimoti hardoimgidek sentyabr oyida bo’lib o’tadi. 📟 DigiTech

🏗️ Xitoylik quruvchilar og’ir texnikalarni masofadan boshqarish mumkin bo’lgan ofislarda ishlashga o’tishdi. BuilderX xodimlari shunday ishlashmoqda. Ular ekskavator va buldozerlarni ofisda o’tirib, ulkan monitorga ega kontrollerlar orqali boshqarishadi. Konditsionerni tegida o’tirib, qahvani ichib yerni qazish mazza bo’lsa kerak :) 📟 DigiTech

📞 Zumerlar qo’ng’iroqqa javob berishda «allo» demay qo’yishdi — endi 28 yoshgacha bo’lgan avlod telefonni ko’tarib shunchaki
📞 Zumerlar qo’ng’iroqqa javob berishda «allo» demay qo’yishdi — endi 28 yoshgacha bo’lgan avlod telefonni ko’tarib shunchaki jim turishmoqda. Telefon etiketidagi o’zgarishlar spam-botlar («allo» so’zidan aktivlashadi) va firibgarlardan qo’rqish bilan, shuningdek, umuman olganda, yangi aloqa normalari bilan bog’liq. Yoshlar, qo’ng'iroq qilgan kishi suhbatni birinchi boshlashi kerak degan fikrdalar. «Allo» so’zi birinchi statsionar telefonlar davridan beri mavjud. U aloqa sifatini tekshirish uchun qo’ng’iroqni qabul qiluvchi tomonidan suhbatni oson ajralib turadigan boshlanishi sifatida ixtiro qilingan. 🪦 RIP «allo» 1877 — 2025 📟 DigiTech

💙💙💙💙💙 ZARMED Universitetida 2025-2026-o'quv yili uchun 102 ta yo'nalishga qabul davom etmoqda 🔥 Buxoro va Samarqand kam
+2
💙💙💙💙💙 ZARMED Universitetida 2025-2026-o'quv yili uchun 102 ta yo'nalishga qabul davom etmoqda 🔥 Buxoro va Samarqand kampuslarida 10.000 dan ortiq talabaga ta'lim berib kelayotgan ZARMED Universiteti yangi o'quv yili uchun abituriyentlarga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi.
• 4 yildan 6 yilgacha qoplanuvchi 200 ta grant; • 100 ta 10.000.000 so'mgacha bo'lgan nomdor stipendiyalar; • 10.800.000 so'mdan boshlanuvchi qulay kontrakt narxlari; • AQSH, Italiya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi davlatlarda ikki diplomli ta'lim; • Yilning eng yirik event'larida ishtirok etish imkoniyati; • Eng zamonaviy sharoitlarga ega Samarqand va Buxoro kampuslarida ta'lim; • Universitet granti asosida chet elda amaliyot.
📄 Litsenziya (№377909, 06.08.2022 y.) Bu yilgi "kvota" o'rinlari to'lmoqda. O'z o'rningizni band qilish uchun quyidagi havola orqali ariza qoldiring. 👉 Ariza topshirish 📞 Murojaat uchun: 55-704-70-70 | @zarmeduniadmin Reklama