en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 52 667 subscribers, ranking 2 522 in the Technologies & Applications category and 1 383 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 52 667 subscribers.

According to the latest data from 28 June, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -3 647 over the last 30 days and by -232 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.65%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.41% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 549 views. Within the first day, a publication typically gains 9 727 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 130.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 29 June, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

52 667
Subscribers
-23224 hours
-2 2777 days
-3 64730 days
Posts Archive
⚡️NVIDIA koinotda ma'lumotlar markazlarini «quradi» — birinchi sun'iy yo’ldosh noyabr oyida uchiriladi. G'oya bo’yicha, orbital serverlar ulkan quyosh paneli (kengligi va uzunligi 4 km) bilan quvvatlantiriladi va vakuumda sayyoramizning boshqa joylaridan ko’ra samaraliroq sovutiladi, katta miqdordagi suv ham tejaladi. Loyiha Amerikaning Starcloud startapi bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda, birinchi mijozlardan biri esa Google bo’ldi — kosmik serverda birinchi bo‘lib ularning Gemma SI modeli ishga tushiriladi. 📟 DigiTech

⚡️800 dan ortiq taniqli shaxslar, shu jumladan Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak, shahzoda Garri va besh nafar Nobel muk
⚡️800 dan ortiq taniqli shaxslar, shu jumladan Apple asoschilaridan biri Stiv Voznyak, shahzoda Garri va besh nafar Nobel mukofoti sovrindorlari «superintellekt»ni ishlab chiqishni taqiqlashga chaqiruvchi ochiq xatga imzo chekishdi. Ularning fikricha, texnologiyalar juda tez rivojlanayapti, shu sabab bir yoki ikki yil ichida har qanday odamning imkoniyatlaridan o’tib ketadigan SI paydo bo’lishi mumkin, shuning uchun ishni hozirdan to’xtatib turish kerak — «uni xavfsiz va nazorat ostiga olinishi bo’yicha konsensusga erishilgunicha». Xatga Milliarder Richard Brenson, Jozef Gordon-Levitt, Rim papasining maslahatchisi Paolo Benanti va boshqalar ham imzo chekishgan. 📟 DigiTech

🥽 Samsung Apple Vision Pro bilan deyarli bir xil ko’rinishdagi, ammo narxi ikki baravar arzon bo’lgan o’z garniturasini chiq
+3
🥽 Samsung Apple Vision Pro bilan deyarli bir xil ko’rinishdagi, ammo narxi ikki baravar arzon bo’lgan o’z garniturasini chiqardi. Galaxy XR 90 hz chastotada 4K videoni ko’rsatadi va Gemini neyron tarmog‘i o’rnatilgan Android'ning maxsus versiyasida ishlaydi. To’liq zaryadi taxminan 2,5 soat foydalanishga yetadi. Uning narxi 1799 dollar, solishtirish uchun Vision Pro narxi 3 499 dollar turadi. 📟 DigiTech

🛜 Shkafga yashirgingiz kelmaydigan router: Huawei tog‘ proyeksiyasi mavjud chiroq ko‘rinishdagi flagman Router X3 Pro'ni nam
+2
🛜 Shkafga yashirgingiz kelmaydigan router: Huawei tog‘ proyeksiyasi mavjud chiroq ko‘rinishdagi flagman Router X3 Pro'ni namoyish etdi. Qurilma eng so’nggi Wi-Fi 7 standartini qo’llab-quvvatlaydi va qamrovni kengaytirish uchun Mesh-moduli bilan birga keladi. Xitoyda sotuvlar noyabr oyidan boshlanadi, ammo narx va texnik xususiyatlari hali ma'lum emas. Dizaynga bunday yondashuvga nima deysiz? 📟 DigiTech

⚡️Yaponlar 1970-yillardagi konseptsiyani takomillashtirib, «odamlar uchun kir yuvish mashinasi»ni ishlab chiqishdi. Kapsula odamni sovunli suv bilan yuvadi, harorat va yurak urish tezligini avtomatik ravishda nazorat qiladi. Bir seans 15 daqiqa davom etadi. Ularning ta'kidlashlaricha, uni sinab ko’rgan deyarli barcha odamlarga qurilma yoqqan va ular haqiqatan ham uni kelajakda ommaviy ishlab chiqarishgacha olib borishmoqchi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Stenford bepul LLM kursini ishga tushirdi, unda GPT yoki Llama darajasidagi o’zingizning modelingizni qanday ishga tush
👨‍💻 Stenford bepul LLM kursini ishga tushirdi, unda GPT yoki Llama darajasidagi o’zingizning modelingizni qanday ishga tushirish haqida batafsil ma'lumot beriladi. Darslarda aniq vazifalar uchun modellarni optimallashtirish va to'liq SI agentlarini ishlab chiqish usullari o’rgatiladi. Ma'ruzalar bilan birga taqdimotlarni ham berishadi. Birinchi uchta ma'ruza allaqachon joylangan, umumiy kurs 10-dekabrgacha davom etadi. 👉 O’rganish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
📲 Realme bir-biriga o’xshash smartfonlar orasida ajralib turish usulini o’ylab topdi: yangi GT 8 Pro flagmani kamerasining qopqoqlarini g’iloflar kabi almashtirish mumkin bo’ladi. Kamera g’ilofi har qanday didga mos kelishini va’da qilishmoqda: yumaloq, kvadrat, shaffof va hatto mo’ynalisi ham mavjud. Qurilma, shuningdek, 2K 144 hz chastotali displey va eng yaxshi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega bo’ladi. U oktyabr oyi oxirigacha chiqarilishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

📱Nubia «eng sovuq» smartfonni namoyish etdi — bu dunyodagi birinchi suyuq sovutish tizimi va kompyuterdagi kabi kulerga ega smartfondir. Red Magic 11 Pro'ga 6,85 dyuymli 144 hz chastotali OLED displey, ekran ostiga old kamera va eng so’nggi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi o’rnatilgan. Shuningdek, u IPX8 himoyasi (yarim soat davomida suvda turishi mumkin) va 120 Vt tezlikda quvvatlanadigan, 8000 mA/soat batareyaga ega. Xitoyda narxi 700 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🏍️ Yamaha umuman yiqilmaydigan kelajak mototsiklini ishlab chiqmoqda, uni hatto turtsangiz ham yiqilmaydi. MOTOROiD mukammal muvozanatni saqlash, avtopilotda ishlash, egasini tanib olish va imo-ishoralarga javob berish imkonini beruvchi murakkab avtobalans tizimi va ko’plab sensorlar bilan jihozlangan. Mototsikl ustida ular sakkiz yildan ortiq vaqt davomida ishlashmoqda, ammo hali ham taxminiy chiqarilish sanasi ma'lum emas — bu hali ham prototip. 📟 DigiTech

⚡️Dunyodagi eng mashhur Luvr muzeyidan to’qqizta qimmatbaho buyumlar o'g'irlab ketildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Napoleon'ning shaxsiy kolleksiyasidagi buyumlar o‘g‘irlangan. O’g’rilar eski yuk lifti orqali binoga kirib, deraza oynalarini sindirib, zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashgan, so’ng oldindan tayyorlab qo’yilgan skuterlarda qochib ketishgan. Muzey hozirda yopiq, unga hech kim kiritilmayapti. Xavfsizlik kuchlari zallarda ishlab, vaziyatni o’rganishmoqda. Netflix'ning yangi filmi uchun syujet tayyor :) 📟 DigiTech

📲 Telegram'da to‘g‘ridan-to‘g‘ri stories'da jonli efirlarni ishga tushirish mumkin bo’ladi — bu funksiya Telegram Beta for i
+1
📲 Telegram'da to‘g‘ridan-to‘g‘ri stories'da jonli efirlarni ishga tushirish mumkin bo’ladi — bu funksiya Telegram Beta for iOS 12.2 da paydo bo’ldi. Shuningdek, jonli efir kuzatuvchilari o‘z sharhlarini yulduzlar (stars) to’lab qadab qo’yishlari mumkin bo’ladi: vaqt, matn uzunligi va emoji'lar soni qancha sarflaganingizga bog’liq. Bu funksiya hozirda sinov rejimida va faqat beta-serverda mavjud. 📟 DigiTech

🧠 GPT-5 inson aqliga 58% ga yaqinlashdi. Olimlar birinchi bor umumiy SI (AGI) ga aniq ta'rif berishdi va uning rivojlanishin
🧠 GPT-5 inson aqliga 58% ga yaqinlashdi. Olimlar birinchi bor umumiy SI (AGI) ga aniq ta'rif berishdi va uning rivojlanishini o’lchash uchun testni ishlab chiqishdi. Tadqiqotdan tavsif:
AGI — bu bilimli katta yoshli inson darajasida yoki undan ham yaxshiroq kognitiv vazifalarni bajara oladigan sun'iy intellektdir
Test 10 ta mezondan iborat edi: mulohaza yuritish, xotira, o’qish qobiliyati, «fikrlash» tezligi va hokazo. Hozircha faqat OpenAI modellarining kognitiv qobiliyatlari baholangan — ular yaxshi natijalarni qayd etishgan. 📟 DigiTech

💊 Stress'dan vaksina: Yaponiyada birinchi inyektsiyadanoq tashvish va depressiya alomatlarini kamaytiruvchi molekula ishlab
💊 Stress'dan vaksina: Yaponiyada birinchi inyektsiyadanoq tashvish va depressiya alomatlarini kamaytiruvchi molekula ishlab chiqildi. PA-915 ni bitta dozasining ta'siri sakkiz hafta saqlanib turadi. Antidepressantlardan farqli o’laroq, preparat nojo’ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi va miya faoliyatiga ta'sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda u inyektsiya va tomchilar sifatida sinovdan o’tkazilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Germaniyada 3D printer yordamida ko’p qavatli binolarni qurishmoqda. 3D printer yordamida asosiy devorlarni bosib chiqarish
+1
⚡️Germaniyada 3D printer yordamida ko’p qavatli binolarni qurishmoqda. 3D printer yordamida asosiy devorlarni bosib chiqarishyapti, u qurilish maydonchasi bo’ylab harakatlanib, sementni qatlam qilib quyadi. Bir kvadrat metrni 5 daqiqada bosib chiqaradi, atigi 26 kun ichida esa uch qavatli uyning devorlarini bitkazadi. Poydevor, tom, deraza va boshqa elementlarni hali ham odamlar qurishmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻Windows 11 eng katta yangilanishni oladi — OS klaviatura yoki sichqonchasiz ham sizni «eshitishi, ko’rishi va tushunishi» mumkin bo’ladi. Microsoft sun'iy intellektni yangi bosqichga olib chiqadi: yangi Copilot shaxsiy kompyuteringizni boshqarishi, ekraningizni tahlil qilishi va hattoki real vazifalarni bajarishi mumkin bo’ladi.
— Shunchaki «Salom Copilot» deb aytish kifoya va SI darhol buyruqlaringizni bajaradi. — Copilot Vision ekranda sodir bo’layotgan barcha narsani tahlil qiladi va savollarga javob beradi yoki tavsiyalar beradi. Klaviatura va sichqoncha endi kerak emas. — Eksperimental “Copilot Actions” ilovasi restorandan joy band qilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtma qilishi va kundalik ishlarni bajarishda yordam berishi mumkin. — Oʻyinchilar uchun Xbox ilovasiga o’rnatilgan Gaming Copilot real vaqt rejimida o’yiningizni kuzatib boradi va maslahatlar beradi.
Ushbu yangilanish shu hafta davomida chiqishi kutilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️MrBeast o’z bankini ochishi mumkin. Uning kompaniyasi MrBeast Financial savdo belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza to
⚡️MrBeast o’z bankini ochishi mumkin. Uning kompaniyasi MrBeast Financial savdo belgisini ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza topshirdi. Arizada onlayn-banking va investitsiya xizmatlaridan tortib kripto birjalari va mikrokreditlargacha bo’lgan fintech xizmatlar kiritilgan. 📟 DigiTech

⚡️Google'ning SI modeli saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini topdi. Olimlar esa SI gipotezasini laboratoriy
⚡️Google'ning SI modeli saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini topdi. Olimlar esa SI gipotezasini laboratoriyada tasdiqlashdi. Gemma C2S-Scale, silmitasertib va ​​interferonning past dozasi kombinatsiyasi immunitet tizimiga o'simtalarni yaxshiroq aniqlashga yordam berishini taxmin qildi. Bu gipoteza shifokorlarga yangi davolash usullarini ishlab chiqishda yordam berishi mumkin. 27B-parametrli modelning o’zi ochiq kodli hisoblanadi va uni havola bo’yicha topish mumkin. 📟 DigiTech

📱Buklanadigan Google Pixel 10 Pro chidamlilik sinovi vaqtida yonib ketdi. Bu bloger JerryRigEverything testidan o‘ta olmagan birinchi smartfon bo’ldi. Qurilma shikastlanishlardan yaxshi himoyalanmagan bo’lib chiqdi — uning antennasi batareyani oson teshib, yong'inga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, taqdimotda 1800 dollarlik Pixel 10 Pro Fold dunyodagi eng bardoshli smartfonlardan biri sifatida e'tirof etilgan edi. 📟 DigiTech

+3
📱Honor kompaniyasi alohida chiqadigan robokamerali smartfonni namoyish etdi — u istalgan yo’nalishda suratga olishi mumkin va foydalanilmayotganda korpusga kiradi. Texnik xususiyatlari va narxlari haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q — model Robot Phone deb nomlanadi va uning to‘liq taqdimoti mart oyida MWC 2026 ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tadi. Bu robokamera haqida qanday fikrdasiz? 📟 DigiTech

📲 M5 chipli yangi iPad Pro: Qalinligi atigi 5,1 mm, iPhone'dan ham yupqaroq. Planshet M5 asosida ishlaydi: Sun'iy intellekt
+3
📲 M5 chipli yangi iPad Pro: Qalinligi atigi 5,1 mm, iPhone'dan ham yupqaroq. Planshet M5 asosida ishlaydi: Sun'iy intellekt avvalgi modeldan 3,5 barobar, 3D renderlash va videoni qayta ishlash esa 6 barobar tezroq bo’ldi. Shuningdek, unda 16 Gb gacha operativ xotira, 2 TB gacha SSD va 1600 nitli 13 dyuymgacha bo‘lgan Ultra Retina XDR displeyi mavjud. Narxlar 11 dyuymli model uchun 999 dollardan va 13 dyuymli model uchun 1 299 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech