en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 54 488 subscribers, ranking 2 410 in the Technologies & Applications category and 1 358 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 54 488 subscribers.

According to the latest data from 11 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 879 over the last 30 days and by -753 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 23.89%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 17.89% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 059 views. Within the first day, a publication typically gains 9 777 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 117.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 12 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

54 488
Subscribers
-75324 hours
+3 0767 days
+1 87930 days
Posts Archive
🚘 Toyota 2024-yilgi Land Cruiserda rul va pedallarni shturvalga almashtiradi Tizim Neo Steer deb nomlanadi va avtomobilning
🚘 Toyota 2024-yilgi Land Cruiserda rul va pedallarni shturvalga almashtiradi Tizim Neo Steer deb nomlanadi va avtomobilning maxsus versiyalariga o’rnatiladi. U nogironlar uchun mashinani faqat qo’llari bilan boshqarishi uchun mo’ljallangan. Yangi model haqidagi tafsilotlar kelasi hafta Tokioda boshlanadigan Japan Mobility Show 2023 ko’rgazmasida e’lon qilinadi. 📟 DigiTech

⚡️Apple iOS 18 da ChatGPT ga o’xshash sun’iy intellektni taqdim etadi Tahlilchi Jeff Pu ma’lumotlariga ko’ra, Apple bu va kel
⚡️Apple iOS 18 da ChatGPT ga o’xshash sun’iy intellektni taqdim etadi Tahlilchi Jeff Pu ma’lumotlariga ko’ra, Apple bu va kelgusi yilda sun’iy intellekti uchun bir necha yuzta serverlar quradi. Texnologiya virtual bulutda ham, qurilmaning o’zida ham ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Apple'ning generativ modeli Siri bilan birlashtiriladimi yoki kompaniya butunlay yangi chatbotni yaratadimi, hozircha noma’lum. 📟 DigiTech

+3
🚚 Avstraliyada quruvchilarga yordam berish uchun robotlashtirilgan yuk mashinasini yaratishdi – u kichik quruvchilar jamoasi tezligida g’isht taxlaydi va hech qachon charchamaydi. U og’irligi 45 kg gacha bo’lgan bloklarni ko’tara oladi va soatiga 500 ta g’isht taxlashi mumkin, shuningdek 45 daqiqada quriydigan yopishtiruvchi eritmani ham quyib ketadi. Barcha sinovlar muvaffaqiyatli yakunlandi, sotuvlar yil oxirigacha boshlanishi rejalashtirilgan. Robotlar quruvchilarni ham ishsiz qoldiradi shekilli. 📟 DigiTech

+3
🚘 Bunaqasini aniq ko’rmagansiz! CycloTech kompaniyasi CruiseUp - baraban dvigatelli uchar avtomobilni ko’rsatdi. U vertikal ravishda ucha oladi va egilmasdan havoda sekinlasha oladi. Batareyaning bir zaryad quvvati bilan 150 km/soat tezlikda 100 km masofani bosib o’tish mumkin. Ishlab chiqaruvchi bu kelajakda muntazam oddiy transport vositasiga aylanishiga ishonchi komil. Hozircha dvigatel ovozi juda baland lekin vaqt o’tib uni takomillashtirishadi. Eng muhimi texnologiya hozirdan ishlayapti. 📟 DigiTech

🛰️ StarLink sun’iy yo’ldoshdan Internetni to’g’ri LTE smartfonlariga tarqatishni va’da qildi, u hamma joyda ishlaydi StarLin
🛰️ StarLink sun’iy yo’ldoshdan Internetni to’g’ri LTE smartfonlariga tarqatishni va’da qildi, u hamma joyda ishlaydi StarLink sun’iy yo'ldosh internetidan allaqachon antennalar yordamida millionlab odamlar foydalanadi. Endi kompaniya LTE qo’llab-quvvatlovchi smartfonlardan foydalanadigan bir necha o'n millionlab yangi mijozlarni jalb qilmoqchi. Kompaniya veb-saytida yozilishicha, «Direct to Cell» deb nomlangan yangi ilg’or tizim foydalanuvchiga internetga to’g’ridan-to’g’ri smartfondan, wi-fi va uyali a’loqa tarmog’i qamrovi doirasidan tashqarida, shuningdek hech qanday "likopchalarsiz" kirish imkonini beradi. Hech qanday maxsus uskunani sotib olishingiz, hech narsani yangilashingiz va maxsus ilovalarni o'rnatishingiz shart emas. Internet hamma joyda, shu jumladan cho’llarda va okeanlarda ham ishlashi ta’kidlangan. Xizmat bosqichma-bosqich 2024 yildan boshlab joriy etiladi. 📟 DigiTech

🥽 Aralash reallik ko’zoynaklari bolalikdagi o’yinchoq mashinangizni jonlantiradi Ko’zoynak yordamida uni skanerlaysiz va virtual nusxasini yaratib uyingizda haydayverasiz. Hatto eng oddiy mashinani ham MR ko’zoynaklari yordamida masofadan boshqarish pultidan foydalanib aralash reallikda haydash mumkin bo’ladi. Bu hali faqat kontseptsiya, lekin yaqin oylarda ommaviy ishlab chiqarish boshlanishi kutilmoqda. Kinolardagi narsalar borgan sari reallashib bormoqda… 📟 DigiTech

🗺️ GeoGuessr bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi - bu tasodifiy fotosurat asosida Google Xaritalarda aniq joyni aniqlashingiz kerak bo’lgan o’yin (ha, bunday musobaqalar mavjud). Bu yil bosh sovrin 15 000 dollarni tashkil etdi va chempionlik unvoni Niderlandiyalik yigitga nasib etdi. Finalda u Finlyandiyadagi kichik bir qishloqni bir daqiqadan kamroq vaqt ichida topdi. 📟 DigiTech

+3
🌇 Osmono’par binodan tushuvchi sharshara Bu arxitektura mo’jizasi Xitoyning Guyang shahrida joylashgan. Suv kanalizatsiyadan olinadi va tozalanadi, so’ng yuqori qavatlardan tushadi. Sharshara faqat maxsus tadbirlar va bayramlar paytida yoqiladi, shuning uchun kamdan-kam holatda sharsharani ko’rasiz. Aytgancha, bugungi kunda bu dunyodagi eng katta sun’iy sharshara xisoblanadi - uning balandligi 108 metr. 📟 DigiTech

🧮 MathGPTPro neyron tarmog’i har qanday matematik masalalarni yechib beradi - unda ChatGPT va Wolfram imkoniyatlari birlasht
🧮 MathGPTPro neyron tarmog’i har qanday matematik masalalarni yechib beradi - unda ChatGPT va Wolfram imkoniyatlari birlashtirilgan. Ikkita versiyasi mavjud Basic va Pro, ikkovi ham deyarli bir xil, Pro versiyasi masala yechimini batafsilroq tushuntirib beradi. Ishlatish bepul, faqat ro’yxatdan o’tish kerak. Talabalarga juda asqotadi, saqlab qo’ying. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

👓 Novigatsiyali AR ko’zoynak Mototsikl haydovchilari uchun mo’ljallangan Blucap Moto AR ko’zoynaklari bir qarashdan oddiy quyoshdan himoya qiluvchi ko’zoynaklarga o’xshaydi. Novigatsiya, burilish eslatmalari va smartfondagi bildirishnomalar to’g’ri uning oynasiga proyektsiya qilinadi. KickStarter platformasida 299 dollarga oldindan buyurtma berish mumkin, yetkazib berish 2024-yilning iyun oyidan boshlanadi. 📟 DigiTech