en
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Open in Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel AI | DigiTech

Channel AI | DigiTech (@digitechai) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 52 667 subscribers, ranking 2 522 in the Technologies & Applications category and 1 383 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 52 667 subscribers.

According to the latest data from 28 June, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -3 647 over the last 30 days and by -232 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 25.65%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 18.41% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 13 549 views. Within the first day, a publication typically gains 9 727 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 130.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 29 June, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Technologies & Applications category.

52 667
Subscribers
-23224 hours
-2 2777 days
-3 64730 days
Posts Archive
📲 Yangi iPhone 17 doimiy ravishda Wi-Fi tarmog'idan uzilib qolyapti. Yuzlab foydalanuvchilar ushbu muammo haqida shikoyat qi
📲 Yangi iPhone 17 doimiy ravishda Wi-Fi tarmog'idan uzilib qolyapti. Yuzlab foydalanuvchilar ushbu muammo haqida shikoyat qilishmoqda — bu aynan bir modelda emas, barcha 17 seriya liniyasida kuzatilmoqda. Bu ba’zida CarPlay'ning yo’lning o’rtasida uzilishiga olib kelmoqda. Ammo mashinasiz ham, tarmoqqa doimiy ravishda qayta ulanish uncha qulay emas. Mutaxassislar bunda yangi N1 chipini ayblashmoqda. 📟 DigiTech

🕹️ Bir daqiqada mini o’yinlar yaratamiz: Gambo AI, interaktiv o’yinlar olamlarini yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan SI agent chiqdi. Faqat matnli so’rovni yozish kifoya va bir daqiqada ishlaydigan o’yinni generatsiya qilib beradi. Neyron tarmoq avtomatik ravishda barcha qahramonlar, joylar, musiqa va animatsiyalarni yaratadi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🤖 Unitree o'zining G1 odamsimon robotining yangi natijalarini namoyish etdi. Robot antigravitatsiya rejimini o’zlashtirdi. U endi muvozanatni saqlay oladi va yiqilishdan qochish uchun qo’llarini ishlata oladi. Agar u hatto yiqilsa ham, juda tez qaytib turadi. Qo’shimchasiga endi salto qilishni ham biladi. Bu robot bunday qiynoqlar uchun yaqinda o’ch olishni o’ylab qolmasa bo’ldi hali) 📟 DigiTech

+1
🤖 Kaliforniyada joylashgan Dusty Robotics kompaniyasi qurilish maydonlari bo’ylab sayohat qiladigan va quriladigan xonalarning rejalarini to’g’ridan-to'g'ri polda chizadigan robot-chizmachilarni ishlab chiqarmoqda. Robot AutoCAD kabi mashhur professional dasturlar bilan mos keladi va kuniga 1400 kvadrat metrni chizishi mumkin, bu esa ishchilarga nima qayerda joylashishi kerakligini darhol ko’rish imkonini beradi. Shuningdek, u rejaning raqamli versiyasini ochish uchun skanerlash mumkin bo’lgan QR kodlarni ham chizib qoldiradi. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyliklar robotlarni SI yordamida insonning yuz ifodalarini mukammal taqlid qilishga o’rgatishdi. Xitoyning AheadForm kompaniyasi muhandislari tomonidan yaratilgan robotlar ko’zlarini yumib ochadi, jag’larini qimirlatadi va atrofni «qiziqish» bilan kuzata oladi. Robotlarning sintetik terisining tuzilishi haqiqiy teridan deyarli farq qilmaydi. 📟 DigiTech

⚡️Microsoft Windows 11 da fonga video qo’yish imkoniyatini qo’shdi. Bu xususiyat hozirda 26x20.6690 beta-versiyasida sinovdan o’tkazilmoqda, ommaviy versiyasi esa sal keyinroq chiqishi kutilmoqda. MP4, AVI va boshqa mashhur formatlardagi videolarni qo’yish mumkin bo’ladi. Zombilar bilan do’stlarni qo’rqitadigan vaqt keldi :) 📟 DigiTech

+3
🚘 Xitoyning BYD Yangwang U9 avtomobili 496,22 km/soat tezlikka erishib, Bugatti Chiron Sport 300+ (490 km/soat) rekordini yangiladi va dunyodagi eng tez avtomobilga aylandi. Poygada umumiy quvvati 2978 ot kuchi bo’lgan to’rtta elektr motorli Yangwang U9 Xtreme maxsus versiyasi ishtirok etdi. Bunday versiyadan faqat 30 dona ishlab chiqariladi, hozircha hatto taxminiy narxini ham aytishmayapti. Sportkarning bazaviy versiyasi dvigateli 1306 ot kuchiga ega. Xitoyda uning narxi 236 000 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

🧠 Ilon Mask'ning Neuralink kompaniyasi oktyabr oyida fikrlarni matnga o’giradigan yangi neyrochipining klinik sinovlarini bo
🧠 Ilon Mask'ning Neuralink kompaniyasi oktyabr oyida fikrlarni matnga o’giradigan yangi neyrochipining klinik sinovlarini boshlaydi. Texnologiya birinchi navbatda nutqi bilan muammolari bor nogiron odamlarga yordam berish uchun mo’ljallangan, biroq 2030-yilga borib sog‘lom odamlarga ham kompyuterlarni boshqarish va o’z onglari bilan, jumladan, chatbotlar bilan «telepatik» muloqot qilish imkonini beruvchi chiplar o’rnatish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

⚡️11 yoshli IT mutaxassisi butun bir korporatsiya uchun kod yozdi: Damir Buldakov yaratgan dasturni yirik veb-o’yin platforma
⚡️11 yoshli IT mutaxassisi butun bir korporatsiya uchun kod yozdi: Damir Buldakov yaratgan dasturni yirik veb-o’yin platformasi — Playgama sotib oldi. Damir JavaScript'da be'malol kod yoza oladi va buning ortidan allaqachon birinchi maoshini olgan. U uchinchi sinfdan boshlab kodlashni o’rganib kelmoqda. Damir dasturlashni o’zi faqat SoloLearn, YouTube va Stack Overflow yordamida o’rgangan. Endi bir eslab ko’ring, 11 yoshingizda siz nimalar qilgansiz. 📟 DigiTech

📲 Telegram «Liquid Glass» dizayniga o’tishga tayyorlanmoqda — messenjerning beta-versiyasida allaqachon iOS 26 ga moslashtir
📲 Telegram «Liquid Glass» dizayniga o’tishga tayyorlanmoqda — messenjerning beta-versiyasida allaqachon iOS 26 ga moslashtirilgan yangi dizaynni sinovdan o‘tkazishmoqda. Chat oynalari va pastki menyu o’zgarishi mumkin, ular shaffof bo’ladi. Foydalanuvchilar eski dizaynda qolishlari mumkin bo’ladimi yo’qmi, hozircha aniq emas. 📟 DigiTech

+2
👨‍💻 Google to’g’ri Chrome brauzeriga sun'iy intellekt yordamchisini qo’shadi — u sizning o’rningizga veb-saytlardagi «zerikarli» vazifalarni bajaradi. Gemini elektron pochta xabarlarini saralashi va ularga javob berishi, siz uchun videolarni tomosha qilishi va shu bo’yicha konspekt yozib berishi, shuningdek, hatto buyurtmani rasmiylashtirishi yoki ijtimoiy tarmoqlarda post joylashi mumkin bo’ladi. AQSh'da bu funksiya yaqin oylarda ishga tushadi, boshqa mamlakatlarda esa keyinroq foydalanish mumkin bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻Google'ning yangi Learn Your Way sayti chiqdi, unda barcha materiallar insonning qiziqishlariga moslashtiriladi. Misol u
👨‍💻Google'ning yangi Learn Your Way sayti chiqdi, unda barcha materiallar insonning qiziqishlariga moslashtiriladi. Misol uchun saytda, astrofizikani kino yoki musiqaga qiziqish orqali, immunitet tizimini esa video o’yinlardan misollar yordamida tushuntirishlari mumkin. Istalgan formatni tanlasa bo’ladi — matn, taqdimot, podkast yoki xarita. 👉 Bepul o’rganish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Samsung o’zining sensor ekranli muzlatgichlari eshiklarida reklamalarni ko’rsatishni boshlaydi. Kompaniya bu «xizmat ko‘rsa
⚡️Samsung o’zining sensor ekranli muzlatgichlari eshiklarida reklamalarni ko’rsatishni boshlaydi. Kompaniya bu «xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashi»ni ta'kidlab, barcha reklamalarni diqqat bilan tanlashga va'da bermoqda. Dastlab, reklamalar sinov rejimida faqat AQShda namoyish etiladi. Eng qizig’i, ularni hatto 3000 dollar yoki undan qimmatroq narxdagi eng yaxshi modellarda ham ko’rsatishadi. Reklamani o’chirib bo’lmaydi, internetni ham, smart funksiyalar internetsiz ishlamaydi. Yaqinda muzlatgichni ochish uchun ham reklama ko’rishga to’g’ri keladi shekilli :) 📟 DigiTech

📲 Dunyodagi eng qiyin Captcha — deyarli 40 ta darajadagi imkonsiz jumboqlarni yechish kerak. Captcha'lar oddiydan tortib, zulmatda chiroq yordamida kod so‘zini qidirishgacha murakkablikda mavjud. Barcha mashaqqatli mehnatlar uchun oxirida insonlik sertifikati beriladi. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+3
👓 Mark Sukerberg «ko’rinmas» displeyli va bilaguzuk orqali mushaklar signali bilan boshqariladigan aqlli ko’zoynaklarni chiqardi. Meta Ray-Ban Display'da har qanday savollarga javob bera oladigan va chet tilini real vaqt rejimida tarjima qila oladigan SI yordamchi, 3x kattalashtirish funksiyali 12 megapikselli kamera, dinamiklar va o’ng linzada tashqaridan umuman ko’rinmaydigan ekran mavjud. Ko’zoynakni qo’ng’iroqlar va musiqa uchun ham ishlatish mumkin, zaryadi esa olti soatga yetadi. AQSh'da narxi — 799 dollardan. 📟 DigiTech

📲 iPhone 17 seriyasi so’nggi yillardagi eng qizimaydigan smartfon bo’ldi — yangi bug’lantiruvchi sovutish tizimi hatto eng q
📲 iPhone 17 seriyasi so’nggi yillardagi eng qizimaydigan smartfon bo’ldi — yangi bug’lantiruvchi sovutish tizimi hatto eng qiyin sharoitlarda ham juda yaxshi ishlamoqda. Taqqoslash uchun, 16-seriya 41-43 darajagacha qizigan, 17-seriya esa 35 darajadan oshmagan. 📟 DigiTech

📱Xiaomi 17 Pro kamera modulida displeyga ega bo’ladi — internetda yangi flagmanning birinchi videosi paydo bo’ldi. Xiaomi 17, 17 Pro va 17 Pro Max smartfonlari shu oyda namoyish etilishi kutilmoqda, ammo aniq sana hali oshkor etilmagan. Ushbu smartfonlar birinchi bo’lib yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga ega bo’ladi. 📟 DigiTech

+3
👨‍💻 Dunyodagi eng noodatiy noutbuk chiqdi: Krayzor startapi mexanik klaviatura, almashtiriladigan video karta va ikkita ekranli Gaming Laptop'ni chiqardi. Unga Intel Core i9-12900H va almashtiriladigan RTX 4060 o’rnatilgan, birinchi displeyi 16 dyuymli 2,5K 240 hz chastotali, ikkinchisi esa 12,3 dyuymli sensorli ekran. Frankenshteyn noutbuk uchun 851 dollar so’rashmoqda. 📟 DigiTech

👨‍💻 PowerPoint'dan voz kechish vaqti keldi — professional taqdimotlarni tuzib beruvchi kuchli Gamma 3.0 neyron tarmog’i chiqdi. — Veb-saytlar va taqdimotlar yaratib beradi; — 60 ta tilni, shu jumladan o’zbek tilini ham qo’llab-quvvatlaydi; — Unga sunʼiy intellekt agenti qo’shildi, oddiygina matnli tavsif kiritish kifoya, u orqali tahrirlash ham mumkin; — O’zingizning qoralamalaringizdan slaydlar yaratishingiz mumkin — shunchaki qog’oz varoqqa eskiz chizib yuklash kifoya; — Bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🖼️ Yangi SI Photoshop chiqdi: Reve ishlab chiquvchilari rasmlarni tahrirlovchi bepul neyrotarmoqni chiqarishdi. U rasmlarni juda tez va realistik qilib o'zgartiradi. Faqat rasmni yuklab nimani o’zgartirish kerakligini yozish kifoya, neyrotarmoq tasvirning bir nechta o’zgartirilgan variantlarini chiqarib beradi. Siz ranglarni o’zgartirishingiz, obyektlarni o’chirishingiz yoki qo’shishingiz va hatto rakurslarni siljitishingiz mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech