🖤์์์I ۰۪۫J۪۫۰ O ۰۪۫D۪۫۰ K ۰۪۫O۪۫۰ R ۰۪۫L۪۫۰ A ۰۪۫R۪۫۰์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์์🖤 ຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶຶ𝄂꯭꯭꯭𑲭𑲭
Open in Telegram
1⛓ Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar 2⛓ kanalimizga hush kelibsiz 3⛓ ush bu kanal sizlar uchun yoqimli She'rlar 4⛓ va muzika lar vidyo lar sizlar uchun 5⛓ Taqming etadi buning uchun shu kanalga 6⛓Obuna bo‘ling azizlar 7 Kanalimiz 24 08 23 yil 05 :12 da
Show more248
Subscribers
-224 hours
-27 days
-230 days
Posts Archive
«РАМАЗОН ХАЙИТИ МУБОРАК»
Гунохлардан покланиб бир ой,
Сабр ила Рýза тутганлар,
Виждони бут иймонлари бой,
Яратганнинг йўлин тутганлар.
Хамрох бýлсин сизга яхшилик,
Хамрох бýлсин яхши амаллар,
Бу дунёда кýпайсин сиздек,
Худо деган яхши одамлар.
Бахт омад сизга доим ёр бýлсин!
Аллох умрингизни зиёда килсин!
Муборак кунларда келган бу айём,
Ийд Рамзон Хайити! Муборак бýлсин!
Ийд Рамзон Хайит Байрамингиз билан чин юракдан қутлайман! Аллохим хонадонингизга тинчлик осоишталик дастурхонингизга қут барака ато этсин!
Хамиша соғ ва саломат бўлинг!
Абдумуталиб Эргашалиев
"Muhabbat"
Gohi bola, keksa gohida,
Hech eskirmas tuyg'u muhabbat.
Necha zotlar qoldi dog'ida,
Esi kirmas qayg'u muhabbat...
G'amgusor
@Sheriyat
"Birkun baxt keladi"
Sensiz maqsadimni yòqotib qòydim,
Hissiz vujudimga achindim bir zum.
Yòq yeg'lamadim baridan tòydim,
Yòqlikga yevlidi chehrai masum...
Na kula olarman endi chin dildan,
Sensizlik kòp ezdi muhabbatimni.
Yurakga yozilgan hasratim bilan,
Òylamay yondirdim yozgan hatimni...
Yòlimni yoritib botarkan ufuq,
Yarador yurakni kòp tig'lamadim.
Sensiz dunyolarni tor etganim yòq,
Seningsiz hayotdan baht izlamadim...
Muhabbatning uchqur olovlarida,
Bir òzim yonishni tòhtatdim qatiy.
Boshimni egmasman ozorlaringa,
Yolg'on deb òylama bari xaqiqiy...
Vaqtimni bermadim kòzda namlarga.
Yòlimni toparman sensizham bir kun.
Òylama meningsiz botar g'amlarga,
Seningsiz bahtimham bòladi butun...
Òshal kunlar yaqin ishonchim komil,
Hali kònikaman sensiz kunimga.
Men yana chin dildan kularman oxir
Havasing keladi mening umrimga..!
(28.03.2021)
(Shodimatova_Dilfura)
@Sheriyat
"Men kimman Dunyo"
Yolg'onini aytib haq tutgan dunyo,
Kimga qatiy qarshi kimlarga rozi?
Axir shu kungacha ahtardim ròyo,
Senda òrnim bormi men kimman òzi..?
Xasratda yashabman ojizlik qilib,
Seni sinovingdan yòqdir panohim.
Aslida kimligim qòysinlar bilib,
Farishta emasman kòpdir gunogim...
Hayotim goh yorug' gohida salqin,
Olamdek orzuyim oynadek siniq.
Uzun bu yòllarda bekatim yaqin,
Umrim sarhadiham kòrinar tiniq...
Iqrorman sheryat ijod nazdida,
Vadasiga vafo qilmagan ruxsor.
Kimham òylamaydi menman aslida,
Ishonch kòzlariga sanchilgan g'ubor...
Qalamim òtkiru ojizdir sòzim,
Hayol quchog'ida baxt topdim gòyo.
Yolg'onni ròyoga qòshgan men òzim,
Sevib sevilmoqga arzonman dunyo...
(01.05.2021)
☆Shodimatova_Dilfura☆
@Sheriyat
Skunatga chòkgan
hislarim
Turibman bir jimlik skunat aro,
Hayol gardishda yolg'iz aylandim.
Òzimni òzimmi tòg'risi bilmam,
Òshal skunatga ustoz saylandim...
Yòqladim armonni kòzga yosh olib,
Dunyo yoqasidan tutdi faryodim.
Meni òrtamoqda har nafas sog'inch,
Yuragim tig'laydi har kungi yodim...
Sarson òylarimning mungli sadosi,
Nechun yangramoqda uning ismida..?
Nechun yuragimdan chiqarolmadim..?
Davosiz xastaman uning ishqida...
Uningsiz soniyam asrlarga teng,
Na tun na kunduzi xalaovat topdim.
Bir suhbat olmoqga jurat etolmay
Òzimni skunat domiga otdim...
Trubman men òshal skunat aro,
Hayol gardishida yolg'iz aylandim.
Òzimni òzimmi tòg'risi bilmam
Òshal skunatga ustoz saylandim...
(28.04.2021) (Shodimatova_Dilfura)
@Sheriyat
Deydilar oʻtkinchi hayotni bir kam
Dunyoni suv bossa oʻrdakka ne gʻam
Bugun barcha tilaklarim qilib jam
Siz uchun Allohdan jannat soʻrayman.
Gohida boʻldik maʼyus qalbda yosh
Yonimda turasiz boʻlibon bebosh
Siz tufayli ne kunlarni koʻrdi bosh
Siz uchun Allohdan jannat soʻrayman
Sizga kulib turay yuzda tabassum
Buni menga siz oʻrgatdingiz shum
Biling oʻylaringiz boʻlar bari qum
Siz uchun Allohdan jannat soʻrayman.
Ey mening yonimda dildosh dushmanim
Sajdaga oʻrgatgan panohim manim
Rahmat sizga uygʻotdingiz iymonim
Siz uchun Allohdan jannat soʻrayman.
Menga bergan neʼmatingiz kattadir
Siz uchun Allohdan jannat soʻrayman...
© Muxlisa
@Sheriyat
Allohga soldim
Hayot qobigʻida yiqilib qoldim
Yugurib yeldim va charchadim toldim
Ne qilay bilmasdan koʻzimni yumib
Shunchaki barini Allohga soldim.
Doʻstlarim ortimdan qilibon gʻiybat
Yaqinim yuz burib etdi hiyonat
Ilojim bormikan qilib qanoat
Shunchaki barini Allohga soldim
Ketdilar yurakdan uzib bir parcha
Yana ayt ey dunyo azobing qancha
Sabr qilay egam haqqing olguncha
Shunchaki barini Allohga soldim.
Bu dunyo oʻtkinchi bu dunyo roʻyo
Haqqingiz qolgudek yashaysiz goʻyo
Ortiqcha soʻzlashdan qilibon hayo
Shunchaki barini Allohga soldim.
© Muxlisa Toʻrajonova
@Sheriyat
К Е Ч И Р И Н Г !!!
Рўзани якунига бир ҳафта қолгандан бошлаб, кечирим сўрамоқ ва миннатдорман дейиш лозим! Шунинг учун мен, Сиздан кечирим сўрайман ва борингизга шукур дейман. Бу смсни УЗР сўраб, борингизга ШУКУР демоқчи бўлган инсонларингизга жўнатинг, шунчаки уларнинг борлиги учун ва менга ҳам жўнатинг, агар мен уларни қаторига кирсам.
Агар ўзингизга қайтса, марра сизники. Ҳаёлингизда йўқ одамларга ҳам жўнатиб қўяверинг... Зеро улар Сизни эслашингиз ва уларни ёдда сақлаётганингизни сезсин.
Оллоҳим тутаётган рўзаларимизни ва ибодатларимизни ўз даргоҳида қабул этсин, ажру савобини зиёда қилсин ! Омин....
🤲🤲🤲😊😊😊
@Sheriyat
Iltijo
Bu dunyoda soʻramayman sendan baxt
Kerak emas osmondagi tillo taxt
Qoyolmayman egam senga bitta shart
Qalbi senga oshiqlarni bizga oshiq qil Robbim.
Menga berdingku roʻyodan bir dard
Olib yurdim uni yuqtirmasda gard
Yoʻqsinlarga boʻlay mayliga hamdard
Qalbi senga oshiqlarni bizga oshiq qil Robbim.
Koʻzda yoshla oʻqiy Yosin Taborak
Sen uchun atalgan qalbim muborak
Duolarim yetkazsin senga darak
Qalbi senga oshiqlarni bizga oshiq qil Robbim.
Qurondan tanladim senga bir oyat
Koʻngilga hush yoqar yoqimli gʻoyat
Bandangga bir sovgʻa qilgin inoyat
Qalbi senga oshiqlarni bizga oshiq qil Robbim.
Yozmoqlik gunohmi bilmayman bir bayt
Iymonim ketmasin yuraklarga qayt
Jannating sogʻinsam ne qilayin ayt
Qalbi senga oshiqlarni bizga oshiq qil Robbim.
Muallif: Muxlisa
@Sheriyat
. 人 ★* 。 • ˚* ˚ 🌙
. (_ _) * Juma ★
. ┃口┃ * muborak *
. ┃口┃★ * ***. . *˛•
. ┃口┃★ * •★ 。•˛˚˛*
. ┃口┃ •˛˚˛* 人 •˛˚ *
. ┃口┃ .-:'''"''''"''.-.
. ┃口┃ (_(_(_()_)_)_)
┃口┃_┃ ∩∩∩∩∩∩ ┃
. ┃. | _┃ ∩∩∩∩∩∩ ┃
. || 三 || _ ||三三三三三||
Шеърият боғида булбулу гўё,
Хониши дилларни сархуш айлайди.
Асли оддий одам бу Иқбол Мирзо!
Хақни деб Халқни деб ёниб яхшайди!
Шоирлик бу хам бир илохий неъмат,
Шеър кўнгил мулкидир сўз ифодаси.
Зиё ўзагидан яралган хилқат,
Ўзбек боласи у Ўзбек боласи!
Устозим Шоир Иқбол Мирзо га!
©Абдумуталиб Эргашалиев
@Sheriyat
Онам
Қулоғимдан ҳануз кетмайди,
Онажоним айтган аллалар.
Хеч бир наво унга етмайди,
Дилга ёқар гўзал нолалар.
Оромини бузсам ҳар қачон,
Қирқ жони ўлмаган онам.
Қайсар, эрка бўлсамда ёмон,
Сабри тошдан жаннати онам.
Йиллар ўта мана улғайиб,
Оила қуриб фарзандли бўлдик,
Бедор тунлар тикка сўлғайиб,
Қадрингизни яна ҳам билдик.
Гох йиғласа гох шумлик қилса,
Жахлга мина зарда бошлаймиз,
Бағри кенглик олами тўлса,
Сизни эслаб кўзни ёшлаймиз
Оллоҳимга бехисоб шукр,
Фаришта мисли она яратди.
Дунё олар меҳридан хузр,
Жаннатдан бир ифор таратди.
@Sheriyat
Рисқни берар Оллоҳим
Эртанги ризқни ўйлаб,
Юрак, бағринг қийнама,
Оллоҳга ташла шу дам,
Гумонлардан айнима.
Мехнатинг ҳалол бўлса,
Нечун ғамга ботасан.
Атаган рисқи келар,
Таваккал қил ютасан.
Сўзинг боши бисмиллоҳ,
Каломи сақлар панох.
Ниятинг ҳолис бўлса,
Ҳамиша қўллар Оллоҳ.
Рисқинг тўкис бўлгунча,
Шамолдай еларкансан.
Вақти келса албатта,
Насибанг оларкансан.
Юсупова Зулфия.
@Sheriyat
Ulardir davlatim savlatim
Ular bor yarashar xar gapim
Ular bor shirin tatir oshim
Olohim asragin onamni
Olohm asragin otamni
Yuziga tushmasin ajinlar
Tushmasin qop qora sochiga qirovlar
G'amlardan egmasin qadini
Olohm asragin onamni
Olohm asragin otamni
Ko'rmasin ko'zimning yoshlarin
Yetmas bunga bardoshlari
Farzand deb oqmasin yoshlari
Olohm asragin onamni
Olohm asragin otamni
Ichida nelar bor aytmaydi
Og'riqlar jonini qiynaydi
Shunda ham farzandin o'ylaydi
Olohm asragin onamni
Olohm asragin otamni
Hajlarga borsinlar dadamlar
Yonida tursunlar onamlar
Uyimizning fayizidirlar ular
Olohm asragin onamni
Olohm asragin otamni
Yuzlarga kirsin yoshlari
Omon bo'lsin aziz boshlari
To'ylarga ulansin to'ylari
Olohm asragin onamni
Olohm asragin otamni
Xavasxon
@Sheriyat
Gipyur.materiallar (Dubay.Turkiya.Xitoy)Optom
Beshik uchun materillar.Xb
xoji onalar uchun materillar
To'y va marosim uchun materillar
Tikuvcilarga skidga bor
Dastafka hizmati bor har Jum'a kuni Samarqand boylab bepul.
manzil Urgut savdo kompleksi 4-sektor 40-dokon
@ILYOSBEK77
https://t.me/gipyurUrgut
. ***
Ayrildim shifobaxsh qo'llardan
Iliqlik yo'qoldi, muzladim
Izladim sahro-yu cho'llardan
Bahorga kelganda kuzladim
Ko'zimni ko'r qildi usizlik
Xayolda har bitta nigohi
Qamradi ichimni keng muzlik
Ne edi yuragim gunohi
Qaytadan sevmoqlik imkonsiz
Unutish kelmaydi qo'limdan
Ezildim xasta dil, yo'q jonsiz
Najot yo'q, hattoki o'limdan
✍BexzodHijron
@Sheriyat
Yaraqlagan uylaring chang bo'lsayam, siqilma.
Ro'zg'oringda bir nima kam bo'lsayam, siqilma,
Tashvishlardan kunda bir kun jang bo'lsayam, siqilma,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Chaynayotgan noningni «bolamga», deb o'lasan,
Katta bo'lgach, gap bilan bir siltasa, so'lasan.
Bino qo'yma, siylama, po'palama, ko'rasan,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Qariganda g'alvani ko'taraolmas yuraging.
Qani ota-onalar – suyanchig'ing, tirgaging?
Yetib qolsang, og'irsang, kimga bo'lar keraging?
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
G'amni olsang ko'ngilga, to'lib ketaverarsan,
Oftob urgan maysaday, so'lib ketaverarsan,
Yuragingni changallab, o'lib ketaverarsan,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
O'zin boqqaning qolib, bolasin ham boqasan,
Kuch-kuvvating borida hammasiga yoqasan,
O'zing uchun bir bora chiqqanmisan boqqa, san?
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Uylantiru bolangni, bo'lak qilgin uyini,
O'zi tortsin ro'zg'orning tashvishini, o'yini,
Ko'rib tursang bo'lgani, sog'-salomat bo'yini,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Ta'ma qilsang bir nonni, chimirilar qoshlari,
Sensiz pishib yeyilar. yog'liqqina oshlari,
Yugurishlar oldingga, og'rib qolsa boshlari,
O'g'ling yeb. o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Eriniig topganini o'inab, yerkan bir ayol,
O'g'ling topganini, o'ylab, yerkan bir ayol,
Bekorga aytilmagan, xalq ichida bu maqol,
O'g'ling yeb, o'rga ketar. qizing yeb, qirga.
Mayli, tushgan uyida yashnab yursin kelinlar,
Maqtab, alqab, duo qil, yayrab yursin kelinlar,
Qaynonammas, onam, deb, sayrab yursin kelinlar,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Yalab-yulqigan uying, kelinlarga qoladir,
Sendan keyin kim bilar, ne kuylarga solodir,
Uyim, bolam, chaqam deb, olaverma xavotir,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Mehnat qilding tinmading, yetganicha imkoning,
O'zing uchun ham yasha, g'animatdir har oning,
Tog'larga chiq, havo tg, jon-jono'zingni joning
O'g'ling yeb. o'rga ketar. qizing yeb. qirga.
O'g'illarda qo'sh uloch, sen yurasan piyoda,
O'zlaridan oshmaydi, moli bulsa ziyoda,
Bolam, bolam, bolam deb, nima ko'rding dunyoda?
O'g'ling yeb. o'rga ketar. qizing yeb, qirga.
O'lsang bolalaring ham qabrgacha boradi,
Aytchi, unda sen bilan qaysi biri qoladi.
Qiyomatda qay biri gunohingni oladi,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Ko'ngling kimni xushlasa, o'sha bilan suhbat qil.
Tikonlarga qarama, gulga qarab rohat qil,
Asabingni qiynama, yuragingga shafqat qil,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Jufting uchun yasanib, ey ayol, xech tolmagin,
Qarilikni bo'yningga aslo-aslo olmagin,
O'nta bolang bo'lsa ham, erginangdan qolmagin
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Kunlar kelar injiq chol birov kelmas yoningga,
Shu ilmiliq kampiring oro kirar joningga,
Shukr qil birga har soat, har oningga,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
To'rt pul topsang yarmiga keksalikka olib qo'y.
Yig'ib, eski nimchangni cho'ntagingga solib qo'y,
O'n bola bir otani boqolmaydi, bilib qo'y,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Qo'ling ishda, va lekin Rabbanoda bo'lsin dil,
G'iybat, xasrat gapni qo'y, subxonolloh aytsin til,
Bu dunyoning nonin yeb, u dunyoning ishin qil,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
Yig'ishtirib umrning qolganini – borini.
Marhaboxon, qilgaysan oxiratning korini,
Qulog'ingga quyib ol bu nasihat – borini,
O'g'ling yeb, o'rga ketar, qizing yeb, qirga.
@Sheriyat
Odamzod umrining lazzati farzand Farzand erur aziz joninga payvand. Farzand ila to'lur maxsudning jomi Farzand ila qolur xar inson nomi.... Bekzod 😊
@Sheriyat
OPAM .
Bolalikda o'ynab kulib yurgan edik
G'o'r yoshlikni qisqaligin bilmas edik
Bir urishib gaplashmay xam qo'ygan edik
Bolalarin chirqiratib ketgan opam
ko'zlarimizni yoshlatib ketgan opam
Tong saxardan chiqardingiz yonimga Ilinardingiz yeganingizni xam menga
Bilganimda to'yib o'lardima sizga
Onasini dod degizib ketgan opam
Maxalani xuvilatib ketgan opam
Yigitlardan ximoy qib yurardingiz
gap otishsa urishib xam ketardingiz
Bilar edim ukangizga ko'zlardingiz Yuraklarni xuvilatib ketgan opam Qizchasiga ismim qo'yib ketgan opam So'ngi bora yo'l boshida ko'rgan edim
Xavasxon deb chaqirdingiz bormagandim
Ishim bor deb qo'l silkitib qo'ya qoldm Diydorlari endi armon bo'lgan opam Meng sog'inchlarni meros qilib ketgan opam
Qizingizga endi o'zim opa bo'lay
siz tinch yoting onangizdan xabar olay
Qiyomatda yana sizga singil bo'lay
pok ruxlari osmonlarga uchgan opam Bizni erta oramzdan ketgan opam.
Xavasxon
@Sheriyat
Iltijo
Hayajon qalbimda yurakda hadik ,
Ozgina qo'rqinchim bosadi ortga.
Lekin ishonaman kelajak porloq ,
Baxtli kunlar kutar bizni oldinda !
Qayg'uli kunlarda ko'zlarda yoshim ,
Netay bu g'amlardan chiqmadi boshim.
Ishoning qolmadi to'kkani yoshim ,
Allohim but qilgin o'zing bardoshim !
Ishoning bir kuni keladi omad ,
Dard kelsa sinmasin tik turgan qomat.
Omad kelsa do'stlar qarindosh ulfat ,
Yoningda turmaslar kelganda kulfat.
Allohim metinday sabr ber menga,
Isbotlay kimligim do'stu ulfatga!
Qolmagay bu boshim bevaqt kulfatga ,
Allohim zor qilma do'stu ulfatga!
Zor bo'lsam o'zingdan so'rayin takror,
Boshqa berganlari bo'lmas menga kor.
Muhtoj bo'lmay sendan o'zgaga men zor ,
Mansabu boylikka tupurganim bor !
@Sheriyat
