𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
Open in Telegram
Qurolli Kuchlar xodimlari va harbiylari uchun foydali kanal. Shuningdek, kelajakda harbiy bo'lishni istaganlar uchun ishga tanlovlar berib boriladi. Murojaat (Tijorat) 👉 @Bahtiyor_Admin
Show more9 978
Subscribers
+5824 hours
+1317 days
+28530 days
Posts Archive
9 980
Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026
Sting xarid qiling, chekdagi QR-kodni orqali ro‘yxatdan o‘tkazing va Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 poygasiga yo‘llanma o‘yinida ishtirok eting!⚡
Batafsil
#reklama 16+
qr.stingpromo.com
9 980
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-150-son qaroriga “Vatan tayanchi” harakati faoliyatida faol ishtirok etgan iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 25.10.2024 yildagi PQ-369-son
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 980
Milliy gvardiyaga kontrakt asosida harbiy xizmatga kirishda nomzodlar uchun maxsus antropometrik parametr talablari o'zgardi.
Bo'y parametrlari quyidagicha bo'lishi talab etiladi:
➖Erkaklar 180sm va undan yuqori;
➖Ayollar 175sm va undan yuqori;
💰Milliy gvardiyaga ishga kirayotgan tanishlarga yuborib qo'yamiz
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 980
Repost from Nomzodlar | Vacancy
#diqqat_tanlov
🅰IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti Safdorlik lavozimlariga tanlov e'lon qilindi (Barcha viloyatlik erkak va ayollar qabul qilinadi)
Umumiy talablar
➖Harbiy xizmatni o‘tagan (bir yillik yoki bir oylik) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
➖yosh chegarasi: 18 - 30 yosh orasi;
➖bo‘yi:
ERKAKLAR - 165 smdan yuqori
AYOLLAR - 160 smdan yuqori
➖Maʼlumoti: Oliy (bakalavr).
Imtiyoz bo'yicha talablar
➖Oliy ta’lim muassasalarini imtiyozli diplom bilan tamomlagan fuqarolar;
➖Olimpiya sport turlari bo‘yicha Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) bo‘lganlar va sportning individual turlarida g‘olib bo‘lganlar;
➖xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilarining farzandlari;
➖“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan va bitiruvchi sertifikatini olgan nomzodlar;
➖IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari.
👥Lavozimlar soni - 100 nafar
⌛️E’lon tugash sanasi: 30.08.2026
✍️Arizalar kb.iiv.uz orqali onlayn yuboriladi.
@nomzodlar_vacancy
9 980
Pepsi bilan lazzatli
O‘zbekistonliklarning 58,7 foizi PEPSI’ni tanladi! Demak, milliy taomlar PEPSI bilan lazzatli!
Batafsil
#reklama
instagram.com
9 980
🟦🟦🟦🟦
“Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi
Adliya vazirligi “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosiga, “Vatanparvarlar” va “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichi gʻoliblariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3931, 2026-yil 26-avgust).
Hujjatga ko‘ra, tavsiyanoma quyidagi shaxslarga beriladi:
➖“Vatan tayanchi” harakatida faol ishtirok etgan hamda davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari, Prezident maktablari, ijod maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, akademik litseylar va texnikumlarni aʼlo baholar bilan tamomlagan “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga;
➖“Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar aʼzosiga;
➖“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga;
➖mahalla yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Shijoat va gʻayrat” musobaqalarining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan jamoa a’zolariga.
📃Tavsiyanoma Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati tomonidan beriladi.
🎓 Tavsiyanomaga ega boʻlgan shaxslarga oliy harbiy (harbiylashtirilgan) ta’lim muassasalari, shuningdek yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyoz sifatida test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra toʻplagan ballarining 5 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.
📆Tavsiyanoma 3 yil mobaynida amal qiladi.
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 980
Repost from Nomzodlar | Vacancy
#Bilasizmi
😈 Ichki ishlar organlarining fuqorolar o'qishi mumkin bo'lgan muassasalari.
➖ Ichki ishlar vazirligi "maktab intarnati" ( 4-sinfdan qabul)
➖ Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari ( 9-sinfdan qabul )
➖ Ichki ishlar vazirligi "Temurbeklar maktabi" ( 9-sinfdan qabul)
➖ Ichki ishlar vazirligi akademiyasi ( maktab, kollej bitiruvchilari 18-yoshdan qabul )
➖ Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti ( Oliy maʼlumotlilar uchun, 18-30 yosh )
@nomzodlar_vacancy
9 980
Kengayish vaqti keldi
Oilaga ko‘proq joy kerakmi? Ikkilamchi uy-joy ipotekasi — 21,5%, badal 26% dan
Saytga kirish
#reklama
ipotekabank.uz
9 980
Suhbat savollari
Milliy gvardiyaga nomzodlarni saralashda 1 bosqichda suhbat bo'lib o'tadi, unda nomzodlarga 10 ta savol beriladi, shulardan 5 tasiga to'g'ri javob bergan nomzod keyingi bosqichga, ya'ni jismoniy tayyorgarlik sinovlariga yo'naltiriladi.
💰Milliy gvardiyaga ishga kirayotgan tanishlarga yuborib qo'yamiz
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 980
Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi
Nomzodlarni saralash bosqichlari:
➖nomzodni dastlabki o‘rganish (hujjatlarni yig‘ish va o‘rganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi, suhbat);
➖jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
➖psixologik o‘rganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
➖tibbiy ko‘rik;
➖maxsus tekshiruv.
Saralashda O‘zbekiston Respublikasining umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
➖18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
➖muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
➖rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan (o‘tayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni o‘tagan yoxud oliy ta’lim muassasalari harbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qishni tugatgan bo‘lishi, shuningdek harbiy ro‘yxatda turgan bo‘lishi kerak.
Nomzod bo‘yining balandligi bo‘yicha talablari:
➖erkak jinsidagi nomzodning bo‘yi — 178 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak;
➖ayol jinsidagi nomzodning bo‘yi — 170 santimetrdan past bo‘lmasligi kerak.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro doimiy yashash joyidagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Vaqtincha yashash joyi bo‘yicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi Milliy gvardiya bo‘linmasiga murojaat qilishlari mumkin.
O‘rganish komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
➖pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
➖tug‘ilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
➖anketa-ma’lumotnoma;
➖umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus (boshlang‘ich, o‘rta, o‘rta maxsus professional) yoxud oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (asli ko‘rsatilgan holda);
➖erkak jinsidagi nomzodlar uchun harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
Hujjatlar to‘liq va ulardagi ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lgan hollarda nomzod shu vaqtning o‘zida jismoniy tayyorgarlik sinovidan o‘tkaziladi. Jismoniy tayyorgarlik sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod suhbatga kiritiladi.
📖Asos - Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 13.01.2020-yildagi 3210 buyrugʻi
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 980
Yangi o'quv yiliga tayyormisiz?
💻 📱 Smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va oʻqish uchun kerakli texnika va aksessuarlar BeeMarket’da!
BeeMarket bilan yangi o'quv yiliga unumli tayyorlaning ✅
Sotib olish
#reklama
market.beeline.uz
