en
Feedback
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

Open in Telegram

Qurolli Kuchlar xodimlari va harbiylari uchun foydali kanal. Shuningdek, kelajakda harbiy bo'lishni istaganlar uchun ishga tanlovlar berib boriladi. Murojaat (Tijorat) 👉 @Bahtiyor_Admin

Show more
9 978
Subscribers
+5824 hours
+1317 days
+28530 days
Posts Archive
JXU ta’lim yo‘nalishlari o'zgardi 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
+1
JXU ta’lim yo‘nalishlari o'zgardi 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

Muddatli harbiy xizmatga chaqiruvchilarni tanlab olish jarayonlari boshlandi Ilgari muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar
Muddatli harbiy xizmatga chaqiruvchilarni tanlab olish jarayonlari boshlandi
Ilgari muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar ro‘yxatini shakllantirish faqat mudofaa ishlari bo‘limlarining zimmasida edi. O‘tgan yilgi chaqiruv mavsumidan ushbu mas’uliyatli vazifa mahallalardagi yoshlar yetakchilariga yuklatildi. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 iyuldagi «Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga ko‘ra, yoshlar yetakchilari o‘z hududidagi yoshlar soniga qarab, uch nafardan besh nafargacha chaqiruv yoshidagi yigitlarni muddatli harbiy xizmatga jalb qilishi belgilangan. Shu asosda viloyatning barcha tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlarida muddatli harbiy xizmatga yuboriladigan chaqiriluvchilarni tanlab olish hamda ularning jismoniy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha sinovlar boshlangan bo‘lib, tanlov jarayonlarini tanlov kengashi a’zolari, keng jamoatchilik vakillari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari bevosita kuzatib borishi mumkin.
Nizomga muvofiq, tanlov jarayonida chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun saralash tartibi belgilangan. Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi maxsus normativlarni bajarish orqali aniqlanadi. Bunda turnikda tortilish, 100 va 3000 metr masofaga yugurish sinovlari topshiriladi. Ushbu normativlar chaqiriluvchining umumiy jismoniy tayyorgarligi va harbiy xizmatga moslashish imkoniyatlarini baholashda muhim mezonlar hisoblanadi.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladi.
Chaqiriluvchilar o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. Agar chaqiriluvchi ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsa, chaqiruv muddati u o‘qishni tamomlaguniga qadar kechiktiriladi. Bundan tashqari, chaqiruv muddatini kechiktirish oilaviy sharoit, salomatlik holati yoki o‘qishni davom ettirish kabi asoslarga ko‘ra tegishli hududiy komissiya qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. Chaqiruv muddatini qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha kechiktirish uchun fuqarodan hech qanday to‘lov talab qilinmaydi.
Qonunchilikda harbiy xizmatga chaqirilmaydigan shaxslar toifasi ham belgilangan. Jumladan, javobgarlikka tortilgan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi.
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

#rasman_tarqating DXX Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘qishga taklif etadi! Arizalar joriy yilning 5 sentyabrdan 5 oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar domiy yashash joyi yoki o'qish joyidagi hududiy chegara qo'shinlari harbiy qismlari  yoki bo'linmalari orqali qabul qilinadi. YO'NALISHLARI 1️⃣Aniq fanlar: Yakuniy test — matematika va fizika. 2️⃣Ijtimoiy gumanitar fanlar: Yakuniy test — huquq va chet tili. «Yosh chegarachilar» harbiy akademik litsey bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

O'zbekistonning mustaqillikdan oldingi va keyingi rahbarlari (1924-2026) 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

#diqqat Milliy gvardiya bir qator mutaxassisliklar boʻyicha ishga qabul davom etmoqda. @nomzodlar_vacancy

#AI 🇺🇿O'zbekistonning mustaqillikdan oldingi va keyingi rahbarlari (1924-2026) 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

🇺🇿 Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasida 2026 yilda o‘qishga qabul qilingan yosh kursantlarning “Vatanga qasamyod” qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

🫡 Bugun 2-sentyabr — Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil topgan kun! Videoda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining yaratilish tarixi keltirilgan 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

🇺🇿 DXX Akademiyasida "Vatanga qasamyod” tadbirlari o'tkazildi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

Kengayish vaqti keldi Oilaga ko‘proq joy kerakmi? Ikkilamchi uy-joy ipotekasi — 21,5%, badal 26% dan Saytga kirish #reklama i
Kengayish vaqti keldi Oilaga ko‘proq joy kerakmi? Ikkilamchi uy-joy ipotekasi — 21,5%, badal 26% dan Saytga kirish #reklama ipotekabank.uz

🇺🇿 DXX Akademiyasida "Vatanga qasamyod” tadbirlari o'tkazildi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

No_comment 🇺🇿 DXX Akademiyasida "Vatanga qasamyod” tadbiri Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating 👇 ✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube

Armiyada 4 kishidan hech qachon arazlamang: 1⃣Komandirdan 2⃣Nachmeddan 3⃣Starshinadan 5⃣Quroldoshingizdan To'rt narsadan Allo
Armiyada 4 kishidan hech qachon arazlamang: 1⃣Komandirdan           2⃣Nachmeddan 3⃣Starshinadan  5⃣Quroldoshingizdan To'rt narsadan Allohning panohini tilang: 1⃣Xiyonatdan   2⃣Jinoyatdan 3⃣Kazyollikdan 5⃣Tuxmatdan  To'rt kishiga bag'ritoshlik qilmang: 1⃣Boʻysunuvchingizga       2⃣Naryadda turganlarga 3⃣Jangda yarador doʻstga  5⃣Grajdanskiylarga To'rt narsani taqinchoq kabi taqib oling: 1⃣Sabrni 2⃣Halollikni 3⃣Bilmni 5⃣Sergaklikni 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

DIQQAT DIQQAT ISH QIDIRYAPSIZMI YOKI SER DAROMAD KASB EGASI BO'LISHNI HOHLAYSIZMI darslar va vakansiyalar bir joyda Buxgalteriya vakansiyalar kanaliga qoʻshiling 👇👇👇👇👇👇 https://t.me/BUXGALTERIYA_ISH_BOR_1C https://t.me/BUXGALTERIYA_ISH_BOR_1C https://t.me/BUXGALTERIYA_ISH_BOR_1C

#Diqqat ❗️16 yoshga to‘lgan yigitlar avtomatik ravishda harbiy hisobga olinadi! Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda ID-karta olgan 16 yoshli yigitlarning ma’lumotlari avtomatik tarzda mudofaa organlariga yuboriladi va ular harbiy hisobga qo‘yiladi. Yangi tartib bilan harbiy hisobga olish jarayoni soddalashtiriladi. Shuningdek, mudofaa bo‘limlaridagi tibbiy komissiyalar bekor qilinib, tibbiy ko‘riklar markaziy poliklinikalarda o‘tkaziladi. Farmonda harbiy xizmatchilar va mudofaa tizimi xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ham nazarda tutilgan. Jumladan, uy-joy ijara kompensatsiyasi hamda ayrim xodimlarning ish haqi oshiriladi. Bu yangilik haqida sizning fikringiz qanday? 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

HARBIYLARNING ONASI | ISLOM KARIMOVNI YIG‘LATGAN MAKTUB Bundan 26-yil muqaddam Birinchi Prezidentimiz Oliy Majlis minbaridan turib, farzand dog‘ida kuygan onaizorning iztirobli maktubini kuchli hayajon va ko‘zida yosh bilan o‘qib eshittirgan edi. Vatan uchun jonini bergan qahramon harbiy Bobur G‘aniyevning onasi – Munavvarxon aya G‘aniyeva yurakni larzaga soluvchi xotiralarini so‘zlab berdi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

ISLOM KARIMOVNI YIG‘LATGAN MAKTUB... Farzandi yurtimiz tinchligini ximoya qilishda mardonavor xalok bo‘lgan ona xikoyasi... Kerak bo‘lsa, ikkinchi o‘g‘limni xam Vatan ximoyasi uchun jo‘natar edim, deydi u. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Vatanga qasamyod” tantanali marosimi o‘tkazildi. 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯