𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
Open in Telegram
Qurolli Kuchlar xodimlari va harbiylari uchun foydali kanal. Shuningdek, kelajakda harbiy bo'lishni istaganlar uchun ishga tanlovlar berib boriladi. Murojaat (Tijorat) 👉 @Bahtiyor_Admin
Show more9 939
Subscribers
+5824 hours
+1317 days
+28530 days
Posts Archive
9 963
Repost from Nomzodlar | Vacancy
😈 Bojxonaga ishga kirishda nomzodlarni saralash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
👈Dastlabki test
👈Psixalogik test
👈Jismoniy tayyorgarlik
👈Hujjatlarni yig'ish
👈Tibbiy ko'rik
👈Yakuniy suhbat
Har biriga kirib, batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.@nomzodlar_vacancy
9 963
Angal® tomoq yalliglanishiga qarshi.
Angal sprey va pastilkalar tomoq uchun kompleks antiseptik va ogriq qoldiruvchi tasirga ega.
Saytga kirish
Nojoʻya taʼsirlari mavjud. Shifokor bilan maslahatlashing.
#reklama
apteka.uz
9 963
Prezident qarori: IIV ta'lim tizimi zamonaviy ta’limga o'tish orqali imkoniyatlarni yanada kengaytirmoqda
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 963
⚖️ Bugun, 6-sentyabr — Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilgan kun
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentyabr dagi farmoniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etildi.
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 3-iyuldagi farmoniga muvofiq, Mudofaa ishlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. OʻzRning «Mudofaa toʻgʻrisida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida» hamda «Muqobil xizmat toʻgʻrisida»gi qonunlari qabul qilindi.
🔹1992 yil 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar va qurol-aslahalar O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazildi. Shu sababli, 14-yanvar ramziy ahamiyat kasb etib, “Vatan himoyachilari kuni” sifatida belgilandi.
𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 963
Repost from Nomzodlar | Vacancy
2+2 modeli haqida
Endi oliy ta'lim muassasasida o'qiyotgan talabalar (2-kurs, fevral-mart oylarida) harbiy oligohlarga hujjat topshirlari mumkin bo'ladi.
O'qishni 3-kursdan boshlaysiz va yakunda leytenant harbiy unvoni hamda 2 ta mutaxassislik bo'yicha diplomga ega bo'lasiz.
@nomzodlar_vacancy
9 963
🫡 IIV Akademiyasida ta’lim tizimi tubdan takomillashtiriladi
“Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori PQ–303-son, 2026-yil 26-avgust qabul qilindi.
IIV Akademiyasida “School” tizimi joriy etiladi
➖2026/2027-o‘quv yilidan Akademiyada ta’lim jarayoni dunyoning TOP-1000 universitetlari hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida bosqichma-bosqich takomillashtiriladi. ➖Fakultet va kafedralar maqbullashtirilib, ular negizida maktablar va sho‘balar tashkil etiladi. ➖Maktablar muayyan ixtisoslik bo‘yicha kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot olib borish va huquqni qo‘llash amaliyotini ta’lim bilan integratsiya qilishga mas’ul bo‘ladi. ➖ Maktablarga IIV departament va xizmat boshliqlari mas’ul direktor sifatida rahbarlik qiladi. ➖Kundalik o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va nazorat qilish ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi.Zamonaviy IT va sun’iy intellekt yo‘nalishlari kuchaytiriladi
Akademiyada: ➖ dasturiy injiniring; ➖ kiberxavfsizlik injiniringi; ➖ kompyuter injiniringi — sun’iy intellekt; ➖ uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish; ➖ maxsus dasturiy ta’minot fanlari bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb etiladi. ➖ Shuningdek, 2026–2030-yillarda ta’lim, texnologiya, innovatsiya va sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi.Qabul jarayonida yangi imkoniyatlar IIV akademik litseylarida xakaton va startaplar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgach, belgilangan kvota doirasida Akademiya bakalavriatiga yakka tartibdagi yakuniy suhbatlarsiz qabul qilinishi mumkin. AKT sohasidagi OTMlarning 2-bosqichini tamomlagan talabalar uchun esa “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish” yo‘nalishi bo‘yicha “2+2” dasturi asosida maqsadli qabul mexanizmi joriy etiladi.
➖Kursantlar 1-kursdan amaliyotga yaqinlashtiriladi ➖Ta’lim kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi. ➖Kursantlar 1-kursdan boshlab IIV sohaviy xizmatlari va hududiy bo‘linmalariga biriktiriladi. ➖Bitiruvchi kurs kursantlariga o‘qishni yakunlagunga qadar “katta serjant” maxsus unvoni beriladi. ➖ Ta’lim dasturini o‘zlashtira olmagani uchun kursantlar safidan chetlatilgan shaxslarga ichki ishlar organlarida safdor yoki serjantlar tarkibida xizmat qilish va 1–3 yil ichida qayta tiklanish imkoniyati yaratiladi. ➖ Har yili kamida 50 nafar professor-o‘qituvchi “Yangi O‘zbekiston” universitetida, 30 nafar xodim xorijiy ta’lim tashkilotlarida maqsadli stajirovka o‘taydi.IIVning idoraviy texnikumlari tashkil etiladi
➖qarorga ko'ra, ichki ishlar organlari uchun kasbiy kadrlar tayyorlashning yangi bosqichi belgilanadi. ➖2027/2028-o‘quv yilidan ro‘yxat bo‘yicha kasbiy ta’lim tashkilotlari yuridik shaxs maqomini saqlagan holda IIVning idoraviy texnikumlari sifatida qayta tashkil etiladi.Ofitserlar tarkibi uchun — 2 yillik ta’lim
Texnikumlarda “11+2” dasturi asosida: ➖2 yillik ta’lim; ➖davlat granti asosida kadrlar tayyorlash; ➖ikkinchi va undan keyingi kasbiy ta’lim — to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.Safdorlar tarkibi uchun — 6 oylik tayyorgarlik
➖Oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar uchun 6 oylik maxsus boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi Kasbiy tayyorgarlik markazlarida amalga oshiriladi. ➖Barcha nomzodlar belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi.Qabul kvotasi — 600 nafargacha
➖Ikki yillik ta’lim dasturi bo‘yicha har yillik umumiy qabul kvotasi 600 nafargacha bo‘ladi. ➖Davlat granti asosida o‘qib, texnikumni tamomlagan fuqarolar ichki ishlar organlarida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 3 yil uzluksiz majburiy xizmat o‘tash haqida shartnoma tuzadi.Ta’limning yangi modeli
Texnikumlarda ta’lim: ➖kredit-modul tizimi; ➖dual ta’lim shakli; ➖IIV Akademiyasi bakalavriat dasturlari bilan integratsiya asosida tashkil etiladi.Malaka oshirish institutining hududiy tarmog‘i kengaytiriladi
IIVning: ➖ Farg‘ona; ➖ Jizzax; ➖ Toshkent; ➖ Surxondaryo mintaqaviy o‘quv markazlari IIV Malaka oshirish institutining filiallari sifatida qayta tashkil etiladi. Nukus filialining kasbiy tayyorgarlik fakulteti esa “Serjantlar tayyorlash markazi” sifatida qayta tashkil etiladi.“Mobil kasbiy malaka oshirish kurslari” yo‘lga qo‘yiladi
Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning: ➖ o‘rta bo‘g‘in rahbarlari; ➖ jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimi xodimlari uchun xizmat joylarining o‘zida bosqichma-bosqich mobil kasbiy malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Mashg‘ulotlarga Akademiya, Malaka oshirish instituti va Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari hamda amaliyot xodimlari jalb etiladi.IIV akademik litseylarida startap va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi
IIV akademik litseylarida ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun startap loyihalar va innovatsiyalar markazlari tashkil etiladi. ➖ Har bir idoraviy litseyning 5 nafar mutaxassisi “Yangi O‘zbekiston” universitetida startap va xakaton loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi. ➖Iqtidorli o‘quvchilar saralanib, ularning jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasiga qaratilgan startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi.Eng muhim imkoniyatlardan biri — litseylardagi xakaton va startaplar g‘oliblarining Akademiya bakalavriatiga belgilangan shartlar asosida yakuniy suhbatlarsiz qabul qilinishi mumkinligidir. Asosiy maqsad:
ichki ishlar organlari uchun kadr tayyorlashni yagona uzluksiz tizimga aylantirish — maktab → akademik litsey → idoraviy texnikum → IIV Akademiyasi → amaliyot → malaka oshirish → karyera. Ta’lim, tadqiqot va amaliyot o‘zaro integratsiya qilinib, xodimning kasbiy rivojlanishi raqamli texnologiyalar orqali kuzatib boriladi.𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
9 963
Repost from Nomzodlar | Vacancy
+1
Bojxonga ishga kirayotgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarligini baholash mezonlari:
👨✈️ Erkaklar uchun quyidagi mashqlar bajariladi:
➖ Turnikda tortilish
➖ 100m yugurish
➖ 3km yugurish
👮♀️ Ayollar uchun quyidagi mashqlar bajariladi;
➖ Kuch ishlatish kompleksi.
➖ 100m yugurish.
➖ 1km yugurish.
Quyidagicha baholanadi ( 2-3-4-5 ballgacha) kamida 3ta mashqdan 9 ball to'plash kerak.
🟢Qoniqarsiz 2 ball
🟢Qoniqarli - 3 ball
🟢Yaxshi - 4 ball
🟢 A'lo - 5 ball
Izoh: Nomzod 2 ta normativni bajara olmasa o'ta olmagan bo'ladi.
@nomzodlar_vacancy
9 963
YTT moliyasi — barchasi onlayn
YTT hisobi, to‘lovlari va moliyasini internet-bankda — ofisdan, uydan yoki yo‘lda boshqaring.
Ariza berish
#reklama
ipotekabank.uz
9 963
Muddatli harbiy xizmatga chaqiruvchilarni tanlab olish jarayonlari boshlandi
Ilgari muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar ro‘yxatini shakllantirish faqat mudofaa ishlari bo‘limlarining zimmasida edi. O‘tgan yilgi chaqiruv mavsumidan ushbu mas’uliyatli vazifa mahallalardagi yoshlar yetakchilariga yuklatildi. Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 7 iyuldagi «Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga ko‘ra, yoshlar yetakchilari o‘z hududidagi yoshlar soniga qarab, uch nafardan besh nafargacha chaqiruv yoshidagi yigitlarni muddatli harbiy xizmatga jalb qilishi belgilangan. Shu asosda viloyatning barcha tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlarida muddatli harbiy xizmatga yuboriladigan chaqiriluvchilarni tanlab olish hamda ularning jismoniy tayyorgarligini aniqlash bo‘yicha sinovlar boshlangan bo‘lib, tanlov jarayonlarini tanlov kengashi a’zolari, keng jamoatchilik vakillari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari bevosita kuzatib borishi mumkin.
Nizomga muvofiq, tanlov jarayonida chaqiriluvchilarning harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorgarlikka jalb etish va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun saralash tartibi belgilangan. Chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi maxsus normativlarni bajarish orqali aniqlanadi. Bunda turnikda tortilish, 100 va 3000 metr masofaga yugurish sinovlari topshiriladi. Ushbu normativlar chaqiriluvchining umumiy jismoniy tayyorgarligi va harbiy xizmatga moslashish imkoniyatlarini baholashda muhim mezonlar hisoblanadi.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladi.
Chaqiriluvchilar o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin. Agar chaqiriluvchi ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bo‘lsa, chaqiruv muddati u o‘qishni tamomlaguniga qadar kechiktiriladi. Bundan tashqari, chaqiruv muddatini kechiktirish oilaviy sharoit, salomatlik holati yoki o‘qishni davom ettirish kabi asoslarga ko‘ra tegishli hududiy komissiya qarori bilan amalga oshirilishi mumkin. Chaqiruv muddatini qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha kechiktirish uchun fuqarodan hech qanday to‘lov talab qilinmaydi.
Qonunchilikda harbiy xizmatga chaqirilmaydigan shaxslar toifasi ham belgilangan. Jumladan, javobgarlikka tortilgan, shuningdek, sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqirilmaydi.𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯
