en
Feedback
ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi

ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi

Open in Telegram

Taklif va mulohazalar uchun quyidagi botga murojaat qiling @andmi_antikorrbot

Show more
252
Subscribers
+624 hours
+57 days
-430 days
Posts Archive
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi va tashabbuslari tufayli Yangi O‘zbekiston global aksilkorrupsiya har
+5
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy siyosiy irodasi va tashabbuslari tufayli Yangi O‘zbekiston global aksilkorrupsiya harakati markaziga aylanmoqda Xususan, 2025-yil dekabr oyida Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining 11-sessiyasida mazkur Global tadbirning navbatdagi konferensiyasini 2027-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi. Ayni paytda ushbu konferensiyani yuqori saviyada va xalqaro hamjamiyat e’tirofiga munosib ravishda o‘tkazish maqsadida, BMT tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi missiyasi rahbari Bridjit Shtrobel-Shou boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda mas’ul vazirlik va idoralar vakillari Missiya a’zolari bilan uchrashib, konferensiyaga tayyorgarlikning tashkiliy va huquqiy jihatlarini muhokama qildilar.
BMT vakillari mazkur nufuzli xalqaro anjumanning O‘zbekistonda o‘tkazilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz global aksilkorrupsiya harakatining tobora muhim va faol ishtirokchisiga aylanib borayotganining yaqqol tasdig‘i ekanini ta’kidladilar.
——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

#Kelajak_soati 🇺🇿 Andijon davlat texnika institutida “Kelajak soati” darslari davom etmoqda 🏫 Andijon davlat texnika insti
+9
#Kelajak_soati 🇺🇿 Andijon davlat texnika institutida “Kelajak soati” darslari davom etmoqda 🏫 Andijon davlat texnika institutining Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti tashkil etildi. ✅ Mazkur dars Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev tomonidan olib borildi. 🤔 Mashg‘ulot davomida yoshlarning jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi muhim o‘rni, zamonaviy bilimlarni puxta egallash, kasbiy salohiyatni rivojlantirish hamda kelajak oldidagi mas’uliyatni chuqur his etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🤔 Shuningdek, talabalarga halollik, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurashish, akademik halollik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. ✅ “Kelajak soati” mashg‘ulotlari orqali talabalarning huquqiy va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda halollik, mas’uliyat, tashabbuskorlik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. 🇺🇿 Yurt kelajagi — bilimli, halol va mas’uliyatli yoshlar qo‘lida! #AndijonDTI #KelajakSoati #IqtisodiyotVaBoshqaruv #Yoshlar #Halollik #Shaffoflik #Komplayens #KorrupsiyagaQarshi #YangiOzbekiston
Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube

📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026
📢 Davlat xaridlarida narxlarni aniqlashning yangi tartibi tasdiqlandi 🟢O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 480-son qarori bilan davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibi tasdiqlandi. 🔍Yangi tartibga ko‘ra, davlat buyurtmachilari davlat xaridini boshlashdan oldin tovar, ish yoki xizmatning o‘rtacha bozor narxini Maxsus axborot portalidagi Narxlar moduli orqali o‘rganadi. 🎛Natijada o‘rtacha bozor narxi va asoslangan boshlang‘ich narx ko‘rsatilgan elektron ma’lumotnoma (e-ma’lumotnoma) shakllantiriladi. Davlat xaridlari esa mazkur e-ma’lumotnomada belgilangan boshlang‘ich narxdan yuqori bo‘lmagan narxda amalga oshiriladi. 📊 Narxlar moduli avvalgi xaridlar va boshqa ishonchli manbalardagi narxlarni yagona tizimda jamlaydi. Shuningdek, u: - yetkazib beruvchilardan elektron takliflar olish; - o‘rtacha, eng yuqori va eng past narxlarni avtomatik hisoblash; - narxlar keskin farq qilganda qo‘shimcha o‘rganish zarurligi haqida ogohlantirish imkonini beradi. 📄 Qarorga muvofiq, dastlabki bosqichda 60 turdagi tovar bo‘yicha Narxlar moduli sun’iy intellekt asosida mahsulot xususiyatlari va so‘nggi narxlarni tahlil qilib, o‘rtacha bozor narxi, narx chegaralari hamda narxlar dinamikasini avtomatik aniqlaydi. Sunʼiy intellekt orqali oʻrtacha bozor narxi aniqlanadigan tovarlar roʻyxati kengaytirib boriladi. @u_generalissimus

#Kelajak_soati 🇺🇿 Andijon davlat texnika institutida “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda Andijon davlat texnika institut
+5
#Kelajak_soati 🇺🇿 Andijon davlat texnika institutida “Kelajak soati” darslari o‘tkazilmoqda Andijon davlat texnika institutida 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda. Navbatdagi mashg‘ulot Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo‘limi boshlig‘i Valijon Turdiyev tomonidan olib borildi. Dars davomida talabalarga jamiyat taraqqiyotida yoshlarning o‘rni, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda kelajak uchun mas’uliyat bilan harakat qilishning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, talabalarga halollik va shaffoflik tamoyillari, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat, akademik halollik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va qonun ustuvorligiga rioya etish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi. “Kelajak soati” darslari orqali talabalarning nafaqat bilim va dunyoqarashini kengaytirish, balki ularni halol, mas’uliyatli, faol va yurt kelajagiga daxldor yoshlar etib tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🇺🇿 Kelajak — bilimli, halol va mas’uliyatli yoshlar qo‘lida! #AndijonDTI #KelajakSoati #Yoshlar #Halollik #Shaffoflik #Komplayens #KorrupsiyagaQarshi #YangiOzbekiston
Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube

Фарғона вилоятида ҳоким лавозимига ишга жойлаштириб қўйишни ваъда қилган шахс ушланди Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментн
Фарғона вилоятида ҳоким лавозимига ишга жойлаштириб қўйишни ваъда қилган шахс ушланди
Бош прокуратура ҳузуридаги Департаментнинг Фарғона вилояти бошқармаси ва бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи орган ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда фуқаро С.А. фуқаро И.Д.нинг ишончига кириб, унга ўзини Ўзбекистон Республикаси ҳакамлик суди судьясининг ёрдамчиси деб таништириб, гўёки юқори лавозимларда ишловчи танишлари орқали 210 000 АҚШ доллари эвазига уни Учкўприк тумани ҳокими лавозимига ишга жойлаштириб қўйишини айтиб, келишилган пулдан 100 000 АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.
Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг 25, 168-моддаси (фирибгарлик) ва 28, 211-моддаси (пора бериш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда. 👉@Department_uz

Andijon davlat texnika institutining Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlarining 1-kurs talabalari bilan tanishuv uchrashuvlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan: Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekis
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan: Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi; Sardor Alisherovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. — Распоряжениями руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан: Арипов Улугбек Миркамалович назначен на должность заместителя председателя Счетной палаты Республики Узбекистан по комплаенсу и внутреннему антикоррупционному контролю и в связи с этим освобожден от должности заведующего сектором Службы комплаенса Администрации Президента Республики Узбекистан; Мирзаев Сардор Алишерович назначен на должность заведующего сектором Службы комплаенса Администрации Президента Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности заместителя председателя Счетной палаты Республики Узбекистан. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

❗️Президент фармони билан: Давлат фуқаролик хизматчиларининг давлат фуқаролик хизмати малака даражалари учун лавозим маошига
❗️Президент фармони билан: Давлат фуқаролик хизматчиларининг давлат фуқаролик хизмати малака даражалари учун лавозим маошига қўшимча тўловлар миқдорлари тасдиқланди. 👉 https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL

Qabul jarayonlari nazorat ostida davom etmoqda Andijon davlat texnika institutining 2026-yil 2-sentabrdagi “2026/2027-o‘quv y
Qabul jarayonlari  nazorat ostida davom etmoqda   Andijon davlat texnika institutining 2026-yil 2-sentabrdagi “2026/2027-o‘quv yili uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar uchun suhbat o‘tkazish jarayonini tashkil etish to‘g‘risida”gi 494-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot tarmoqlarida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni qabul qilish komissiyasi a’zolari bilan korrupsion holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i V.Turdiyev va institut qabul komissiyasi mas’ul kotibi Sh.Daliyev ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. https://korrupsiya.astiedu.uz https://t.me/andmi_antikorr

📚 “ILMGA HALOLLIK BILAN”
Ilm-fan — bu faqat bilim va kashfiyot emas. Ilm — avvalo halollik, mas’uliyat va insoniyat oldidagi yuksak burchdir. Andijon davlat texnika institutida ilmiy etika va akademik halollik tamoyillarini targ‘ib qilish, yosh tadqiqotchilar va talabalar o‘rtasida ilmiy izlanishlarga mas’uliyatli yondashuvni shakllantirish maqsadida “ILMGA HALOLLIK BILAN” nomli ijtimoiy rolik tayyorlandi. 🤔 Ilmiy daraja — faqat unvon emas. Bu — jamiyat oldidagi mas’uliyat. Haqiqiy ilm oson yo‘lni emas, halol yo‘lni tanlashdan boshlanadi. Zero, bugun yaratilayotgan ilmiy natijalar ertangi kun taraqqiyotiga xizmat qiladi. ILMGA — HALOLLIK! TADQIQOTGA — MAS’ULIYAT! OLIMGA — YUKSAK AXLOQ! 🎓Andijon davlat texnika instituti
Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube

🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etadi! Mustaqillik bizga s
🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan muborakbod etadi!
Mustaqillik bizga shonu sharafimiz, muqaddas dinimiz, ona tilimiz va unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Istiqlol tufayli oʻzligimizni anglab, butun dunyoga oʻz salohiyatimizni namoyon etmoqdamiz. Yangi Oʻzbekistonning eng katta natijasi — bu oʻzgargan inson, ongu tafakkuri yuksalgan jamiyatdir. Yurtimiz rahbari aytganidek:
Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo
ʻ
lamiz. Xalq va davlat yagona maqsad yo
ʻ
lida birlashib astoydil harakat qilsa, yenga oladigan kuchning o
ʻ
zi yo
ʻ
q!
Shu qutlugʻ ayyomda barchangizga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo boʻlsin! Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt