cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NamTSI NEWS | RASMIY KANAL

Namangan to’qimachilik sanoati institutining Telegram tarmog’idagi rasmiy kanali 🌐www.ntsi.uz ☎️+998552514304 Murojaatlar uchun: @NamTSIbot Barcha rasmiy ijtimoiy tarmoqlar! https://taplink.cc/ntsi_official

Show more
Advertising posts
906Subscribers
+224 hours
+17 days
+1830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#yoshlar_ittofoqi #ichki_turizm "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil" loyihasi davom etmoqda. Namangan to'qimachilik sanoati instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari va "Toʻqimachilik texnologiyasi" fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari "Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil" loyihasi doirasida yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilishmoqda. Dastlabki sayohat manzili azim Samarqand shahrining Registon maydoni hamda muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov ziyortagohi boʻldi. Sayohatdan asosiy koʻzlangan maqsad talaba-yoshlar oʻrtasida ichki turizm salohiyatini yanada oshirish, ularni boy tarixiy madaniy me’roslarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Fecebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 1
TALABALARGA TARG‘IBOT Namangan to‘qimachilik sanoati institutining kengashlar zalida ilm dargohida tahsil olayotgan 70 dan ziyod talab-yoshlar ishtirokida Wikitarg‘ibotning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi o‘zbekcha Wikipediya interfeys administratori Shoxjahon Sobirov hamda Vikiklub a’zolari ishtirok etdilar. Tadbirda Wikistipendiya marafoni hamda Wikita’lim loyihasiga doir yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Wikipediyada sahifa ochish, maqola joylash hamda uni tahrirlashga ishtiyoqi bo‘lgan yoshlarni 3-mavsumda ishtirok etishga chorladilar. Namanagan to‘qimachilik sanoati instituti Axborot xizmati
Show all...
👍 1
KARYERA KUNI MEHNAT YARMARKASI
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Viloyati hokimligi, Davlatobod tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka kо‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz👇
https://t.me/NamanganBandlik
Show all...
5️⃣ Namanganda WikiTarg‘ibot davom etadi! 🌎 29-aprel kuni soat 11:00 da Namangan to‘qimachilik sanoat instituti 1-bino kengash xonasida WikiTarg‘ibotning navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tadi. Seminar o‘zbekcha Vikipediya interfeys administratori Shohjaxon Sobirov hamda Namangan Vikiklubi tomonidan olib boriladi. 🌎 Siz u yerda WikiStipendiya marafoni hamda WikiTa’lim loyihasiga doir yangiliklarni bilib olishingiz mumkin. Bundan tashqari, tadbirning seminar qismida o‘zbekcha Vikipediyada sahifa ochish, maqola joylash hamda uni tahrirlash kabi birlamchi ma’lumotlar beriladi. #bilganingni_ulash Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 5👏 1
😊 Biz boshladik! “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasini jonli efirda tomosha qiling: https://www.youtube.com/live/APZWY1i9dn4?si=XesqS4OPCM3J_SH4
Show all...
"Mutolaa" loyihasining tantanali teatrlashgan taqdimot marosimi | Jonli efir

"Mutolaa" loyihasining tantanali teatrlashgan taqdimot marosimi. Unda 1908-yilda Behbudiy asos solgan ilk xalq kutubxonasi "Mutolaaxona"ning ochilishi, unga bo‘lgan to‘siqlar va murakkabliklar haqida hikoya qiladi. Rollarni Muqimiy nomidagi musiqali teatr aktyorlari ijro qilgan. Rejissyor Doston Haqberdiyev. Muallif Javlon Jovliyev.

👍 1
#OGOHLIK Namangan to’qimachilik sanoati instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Kompleans nazorat" tizimini boshqarish bo’limi qoshida tashkil etilgan, talaba-yoshlar klubi a'zolari ishtirokida bo’limning ishonch telefonlari, telegram botlari, yoritilgan maqolalar aks etgan flayerlar ta’lim maskanidagi talabalarga tarqatildi. Bunday holatlar yuzaga kelganda murojaat qilishlari, belgilangan telefon raqamlarga aloqaga chiqishlari tushuntirib o’tildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Fecebook | Instagram | Youtube
Show all...
1
KARYERA KUNI MEHNAT YARMARKASI
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Viloyati hokimligi, Davlatobod tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka kо‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Fecebook | Instagram | Youtube
Show all...
👍 3🔥 2
# fotolavha KARYERA KUNI MEHNAT YARMARKASI
Show all...
👍 1
KARYERA KUNI MEHNAT YARMARKASI Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Viloyati hokimligi, Davlatobod tumani hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka kо‘maklashish boshqarmasi bilan hamkorlikda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan yirik tо‘qimachilik klasterlari, 60 dan ortiq to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari ishtirok etgan mazkur mehnat yarmarkasi bitiruvchi hamda yuqori bosqich talaba-yoshlarning o‘z sohasi bo‘yicha bandligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. Tadbirda institutning 700 dan ziyod talabalari qamrab olinib, iqtidorli talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilarning dizaynerlik, tikuvchilik, trikotaj, ip yigiruv, to‘quv va charm mahsulotlari bo‘yicha ilmiy - innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi, liboslar namoyishi, sport o‘yinlari, badiiy chiqishlar tashkil etildi. Yarmarkada ishtirok etgan viloyat hokimi o‘rinbosari, investitsiya sanoat, savdo boshqarmasi boshlig‘i Okibjon Inamov, “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Zohidjon Osamov hamda soha mutaxassislari va faxriylari intiluvchan va g‘ayratli yoshlarning ishlari haqida alohida to‘xtalib, ularning sanoatda o‘z o‘rniga ega kadrlar bo‘lib yetishishida muvaffaqiyat tiladilar. Shuningdek, mutasaddilar talim maskanida jahon talablariga mos ravishda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv auditoriyalari, laboratoriyadagi uskunalarni ko‘zdan kechirdilar. E’tiborli jihati, Mehnat yarmarkasi yakuniy natijalariga ko‘ra, 200 nafarga yaqin bitiruvchi va 70 nafardan ortiq yuqori bosqich talabalari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishlash borasida ish beruvchi korxonalar bilan kelishuvga erishdilar. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Murojaat | Guruh
Show all...
Go to the archive of posts