en
Feedback
Mutolaa blog

Mutolaa blog

Open in Telegram

Keling, birgalikda mutolaa qilamiz. Ushbu blogda siz o'zingiz qidirgan va qiziqqan, mutolaa qilgan kitoblaringiz tahlillarini topasiz!

Show more
763
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-3230 days
Posts Archive
#qisqa_hikoya_5
MEHMON
Ayol shifoxonadan xursand qaytdi. Rasmni quchoqlab, kechgacha eri kelishini kutdi. Er tunda shirakayf kirib keldi. Zinada jilmayib kutib turgan ayoli yonidan gandiraklab o‘tib ketarkan: "Qisir", deya baqirdi. Alam bilan ayolga tarsaki tushirdi. Er o‘ziga kelganda, ayol ular 10 yil orziqib kutgan “mehmon”ning rasmini qo‘lida qattiq qisgancha hushsiz yotardi. Marhum endigina 4 oylik bo‘lgandi… ✍ Xalimov Baxtiyorjon @mutolaablogs

Assalomu alaykum. Hurmatli kitobxonlar, ma'lum sabablarga ko'ra bugungi "5 minglik savol" loyihamiz ertagaga qoldiridi. Uzr so'raymiz🙈 @mutolaablogs

#taqriz
MILLATCHINING JAZOSI
● Ko‘pincha ism-familiyadagi xatoliklarga duch kelib qolamiz. Masalan, Mamasoliyev, Mamadaliyev, Hachcha, Hampa, Eysha singari ismlarga hayron qaraymiz. Aslida ushbu ism-familiyalar Muhammadsoliyev, Muhammadaliyev, Hadicha, Hanifa, Oysha bo‘lishi lozim edi. Ammo tug'ilganlik haqida guvohnomani yozuvchi mas'ul shaxslarning mas‘uliyatsizligi, to‘g‘rirog‘i, savodsizligi sababli butun umr barcha hujjatlarda shu tarzda xato yozilishga mahkum bo‘ladi. Sal savodli yoki e'tiborli ota-onalar "issig‘ida" tuzattirsa tuzattirdi. Bo‘lmasa yo‘q. ● Ayni shunday og‘riqli nuqtamizni, ijtimoiy muammomizni iste'dodli yozuvchi Xayriddin Sultonov o'zining "Millatchining jazosi" hikoyasida achchiq kinoya ila qalamga oladi. ● Asarda Jamolitdin Buzrukov nomli qahramon pasportini yangilash uchun tegishli idoraga boradi va Nazimov Batir Yuldashevich atalmish mas‘ul bilan talashib-tortishib, yangi pasportiga ismini "Jaloliddin" deya o'zgartirib yozdiradi. O‘zini g'olib sanab, millatning jonkuyari hisoblab idoradan chiqadi. Hamma balo shundan so‘ng boshlanadi. Avvalo, katta bir idoraga bo‘lim boshlig'i bo‘lib tayinlanish arafasida pasport va diplomi ikki xilligi muammosi chiqib keladi. Jamoliddin buni hisobga olmagan ekan. Ha, mayli deya pattasini ko‘tarib chiqib ketadi. ● Keyin kadaster muammosi boshlandi. Uy Jalolitdin nomida bo‘lib, hech qanday Jaloliddin tan olinmasdi. Shundan so‘ng qahramonning toza boshi qotadi. O‘ylab ko‘rsa o'ttizdan ortiq hujjat "Jalolitdin"ning nomida ekan. ● Shuncha muammoli vaziyatdan gangigan Jaloliddin yana qayta "Jalolitdin" bo‘lish uchun bosh egib, Batir Yuldashevich yoniga boradi. Uzr so'rab, Jalolitdinlikka qaytadi. Bilsaki, Batir Yuldashevichning o‘zi ham ism-familiyasi, hatto otasining ham ismi noto‘g‘ri yozilganini bilar, ammo buni to‘g‘rilasa, cheksiz muammolarga duch kelishini anglab shundoq qoldirishga majbur ekan. Jaloliddin bilsaki, tabibining ham o‘z dardi bor ekan... ● Kitobxon e'tibor bilan qarasa, hikoyada kelgan har bir qahramonning ismi yoki familiyasida, hechqursa, bitta xatolik mavjud. Bu o‘sha davrda davlat tiliga, imlo qoidalariga, umuman, savodga qanchalar beparvo va bepisand qaralganidan dalolat berib turadi. ● Afsuski, bunday hollar hozir ham uchrab turibdi. Davlat tili, o'zbek tili, bexato yozish singari masalalar haqida bong urilyapti-yu, ammo guvohnomalar taqdim qilinadigan idoralarga savodli, ilmli insonlarni o'tqazib  qo'yishadi ko'pinch yoddan ko'tarilyapti. ● Oqibatiga esa hikoya qahramonining holati misol bo'laqolsin... @mutolaablogs

#nazm
QODIRIYNING AYTGANLARI
Qarg’amangiz Zaynabni zinhor, O’zbekoyim ham axir, ona. Qalbli inson ojiz qolgan chog’, Nima qilsin bedil zamona?! “O'tgan kunlar” fojeasida, Qalamim va so’zim aybdor. Men yaratdim ularni shunday, Barchasiga o’zim aybdor. Kuysinlar deb bu tashvishimga, Dor ostiga eltgan ham menman. U Homitmas, o’z Kumushimga Taloq xatin bitgan ham menman. Qaro qildim Zaynab umrini, Kelin bo’lib kelgan u kundan. Yuragiga o’zim ishq solib, Otabekni qizg’ondim undan. Kundosh dardi. O! qanday og’ir, Kun bermadim Kumushimga hech. Taloq qildim Zaynabni oxir, Afsus, ammo kech bo’lgandi, kech! Zaynabimni esdan ayirdim, Otabegim ko’ksini o’ydim. Kitobxonlar, kechiring meni, Men Kumushni o’ldirib qo’ydim! Zaynab bilan hayot zahrin yeb, O’zim zahar to’ldirib qo’ydim. Qalblarni bir titratayin deb, Men Kumushni o’ldirib qo’ydim! Qora kunda qora to’n kiyib, Marg’ilon-u, Toshkan qoldi bo’sh. O’ltiribman, o’zim ham kuyib, Otabek yo’q! Yo’q endi Kumush! Rost so’zladim, boshim ketsa-da, Xalqim yetgay forug’ kunlarga. “Otkan kunlar” muqovasida, Boqajakman yorug’ kunlarga...   ✍ Shamshoda Hamdamova @mutolaablogs

Eski ammo doim muhim bo‘lib kelgan savol:
Agar umr yo‘lingizni kitob qilib yozsangiz, bu kitobni qanday nomlardingiz? Izohda yozing👇👇👇 @mutolaablogs

Bugun sizning kuningiz, bugun bizning kunimiz! Kitobday sodiq, beminnat, dono do‘st yo‘q. Kimki unga yaqin bo‘lsa, hayotida q
Bugun sizning kuningiz, bugun bizning kunimiz! Kitobday sodiq, beminnat, dono do‘st yo‘q. Kimki unga yaqin bo‘lsa, hayotida qoqilmaydi, qoqilsa-da, har qachon qayta turishga o‘zida kuch topadi. Bayram muborak🥳 @mutolaablogs

Yetim ko‘ngli
Durdona hamshiralik texnikumida tahsil olib, qishlog‘iga qaytdi. Onasi bolaligida vafot etgani uchunmi, otasi unga ayricha mehribon edi. Qiz kichkinaligida berkinmachoq o‘ynab, bexosdan chuqurga tushib ketib, oyog‘ini sindirib olgach, oqsoqlanib qolgandi... Quduqqa suv olishga chiqqan Durdonaning yo‘lini paxta zavodida ishlaydigan Sharif to‘sdi. - Durdona to‘xta! Senga gapim bor, - qizga yuzlandi Sharif. - Yo‘lingizdan qolmang, vaqtim yo‘q, - Durdona uni azaldan yoqtirmasdi: nigohlari sovuq. - Uyingga onamni yubormoqchiman, roziligingni berarsan. - Yo‘q, shart emas. Tegmayman sizga. Ovora qilmang uydagilaringizni. - Tegsang menday yigitga tegasan-da. O‘zi bir cho‘loq bo‘lsang! Nimangga buncha noz qilasan?! Ikkita chelakni ham uddalab ko‘tarolmaysan-ku! Durdonaning ko‘zi yoshga to‘ldi. Alam bilan Sharifga boqdi. So‘ng shiddat bilan, oqsagancha bu yerdan uzoqlasha boshladi... Ertasiga qishloqda gap tarqaldi: «Sharifning ikki qo‘lini paxta tituvchi dastgoh chaynab ketibdi...» Laylo SOBIR qizi @mutolaablogs

#bilasizmi Avvallar ijodkorlar bir-birini ayamasdan tanqid qilganiga guvohlik beruvchi qaydlarga ko'p duch kelamiz. Ulardan biri buyuk rus yozuvchisi Tolstoyning yana bir buyuk ijodkor Dostoyevskiyga bergan bahosidir:
U juda rasvo yozadi, ataylab xunuk yozadi, ha, ishonchim komilki, ataylab, erkalik qilib shunday yozadi. U tilni zo‘rlaydi; “Telba”da u: “Tanishuvni surbetlarcha tiqishtirish va afishalashtirish”, deb yozadi. Chamamda, u “afishalashtirish” so‘zini begona, g‘arbcha so‘z bo‘lgani uchun atay buzib ishlatgan. Ammo uning tilida kechirib bo‘lmas xatolarni topish mumkin. Telba: “Eshak — yaxshi va foydali odam”, deydi-yu, bunga hech kim kulmaydi. Holbuki, bu so‘zlar kulgi qo‘zg‘aydi yoki qandaydir e’tiroz uyg‘otadi. Bu so‘zlarni uch opa-singil oldida aytadi. Ular esa telbani kalaka qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ayniqsa, Aglaya shunday. Bu kitobni yomon deyishadi, ammo eng yomoni shuki, undagi Mishkin epileptik. Agar sog‘lom odam bo‘lganida, uning soddadilligi, beg‘uborligi bizni maftun qilardi. Ammo uni sog‘lom qilib ko‘rsatish uchun Dostoyevskiyda jasorat yetishmagan. U sog‘lom odamlarni yoqtirmasdi. U o‘zi bemor bo‘lgani uchun dunyoni bemor deb bilardi...
To'g'ri va haqqoniy tanqidning o'zi achchiq bo'lsa-da, ammo yaxshi qabul qilinsa, mevasi shirin bo'ladi... @mutolaablog

1K bo'ldiiiiik🥳🥳🥳 Albatta, bu hali boshlanishi. Ammo bir joyda osh yeb o'tirgan 1000 ta odamni tasavvur qilib ko'ring!) Bizdan ketib qolmang. Sizga eng yaxshilarini ilinamiz😊 @mutolaablogs

#taqriz
XO'RLANGAN VA HAQORATLANGANLAR
Buyuk rus yozuvchisi Dostoyevskiyning ko'plab qahramonlari ezilgan, shikasta, tahqirlangan. Ammo shunga qaramay har birining ichida katta, yorqin,  oliyjanoblikka to'la qalb yashiringan. ● Yozuvchining "Xo'rlangan va haqoratlanganlar" asarida ham aynan shunday obrazlarni uchratamiz. ● Romandagi voqealar Vanya ismli yigit tilidan hikoya qilinadi. Bu yigit o'zining bosiqligi, kishilarga hamdardligi, tabiatan rahimdilligi bilan ruhiy ezilgan qahramonlarga dardkashlik qiladi. O'zining muammoyu hislarini bir chetga qo'yib, o'zgalarning g'amini aritishga urinadi. ● Romanda yagona salbiy obraz Knyaz Valkovskiy bo'lib, bir o'zining "hunarlar"i o'nlab taqdirlarning xor-u zorliklariga, sarson-sargardonliklariga yetib ortadi. Uning pul oldida hech narsadan toymasligi, ochko'zlig-u xudbinligi, odamlar taqdirini o'yinchoq qilishi qanchalar ma'nan qashshoq va xulqi buziqligini ko'rsatib turadi. ● Asarda Ixmenov va Smit orqali otaning farzandiga qanchalar mehrli bo'lishi, har qanday vaziyatdayam bu mehr dilidan so'nmasligi, farzandining xatolariga nisbatan qahri qattiq ko'ringani bilan, baribir dilida dilbandiga nisbatan muruvvat tuyishi ko'rsatib berilgan. ● Natasha Alyoshani sevib qoldi va bu sevgi ortidan uydan chiqib ketishga jazm qildi. Alyosha esa keragidan ortiq sodda, samimiy, beqaror, ertalabki gapi kechga to'g'ri kelmaydigan yigit. Natasha buni bilmasmidi? Bilardi. Özi sevgan yigitning tabiatidagi beqarorlikdan yetarlicha xabardor edi. Xo'sh, unda qizning tavakkal qilishiga nima sabab bo'ldi? Beg'uborlik, sofdillik! Ayollar aynan shunday beg'uborlikka o'ch bo'ladilar. Ayyorlik, muttahamlik, soxtalikka to'lib-toshgan jamiyatda Alyoshaniki singari samimiy qalb Natashani o'ziga jalb etgandi. Knyazning "o'lja" sifatida kelin qilmoqchi bo'lgani Katya ham yigitning ayni o'sha xususiyatlari sabab ko'ngil qo'ygandi. ● Asardagi Yelena (Nilli) umuman boshqa dunyo. Uning alamzadaligi shu darajadaki, òzi jimirtdekkina bo'lsa-da, nigohlari ostiga allaqanday tiyraklik, kattalarga xos qat'iyat, taqdirdan xafalik cho'kib qolgan. Bu bir o'smir tabiati uchun dahshatli holat aslida. Uning va onasining taqdiri barbod bo'lishi, xor-u zorlikda muddatidan avval yakun topishida ham o'sha badxulq Knyazning qo'li bor edi. Bobosi onasini kechirmagni oqibatida volidasining qanchalar azob tortib bu dunyoni tark etganiga guvoh bo'lgan Nilli Ixmenov Natashani kechirishini qattiq istardi. Bunga sababchi ham bo'la oldi. ● Natashaning ota-ona bag'riga qaytgani ham qiz uchun xayrli bo'ldi. Aks holda butun umr Knyaz qo'lida o'yinchoq bo'lishi, Alyoshaning soddaligidan azoblanib o'tishi mumkin edi... ● Har ne bo'lganda ham ota-ona uchun farzandi doimo aziz, qadrli. Ular dilbandlarining xatolarini kechirishga hamisha tayyorlar. Ixmenov ham Natashani "oq" qilish darajasiga borsa-da, ammo qizini hamisha sog'inch bilan kuzatib yurdi. Otalik mehrini yuragidan sitib chiqarolmadi... ● Knyaz singari bag'ritosh o'z farzandi bo'lmish Nillining baxtsizlarcha o'limiga sababchi bo'lgani judayam achinarli holat. Kitobxonda g'azab qo'zg'aydi hatto. Ammo nachora, undaylar inson emas, biologik mavjudod xolos... @mutolaablogs

❗️E'lon!!! "Besh minglik savol" nomli viktorinamizni boshlamoqchimiz. Har yakshanba 21:00 da kanalga 5 ta savol tashlanadi. Har bir savolning narxi 5 000 so'm. Tashlangan savollarga shunchaki birinchi bo'lib javob berishingiz va mablag'ga ega bo'lishingiz mumkin. Savollar qiyin emas. Javob berish uchun adabiyotshunos bo'lishingiz ham shart emas. Shunchaki kitoblarni sevsangiz kifoya😊 Kitobxo'r tanishlaringizga ham "hay" deb qo'yarsiz)🙃 @mutolaablogs

#qisqa_hikoya_4 40 yil... Xotinidan bu gapni eshitgan Hamdam karaxt boʼlib qoldi: – Nima-a?! Qizimizni zoʼrlashibdi?! Kim u itvachcha?! ...Bilib qoʼylaring, qizingniyam anavi shaytonvachchaniyam sogʼ qoʼymayman, –  jahl va achchiq zarda bilan sovishga ulgurmagan choyni xotini tomon uloqtirdi-da, eshikni qars yopib, oʼziga oʼzi soʼkinganicha koʼchaga otildi. Ish sudga oshirildi. Ikki tomonni bir kunga chaqirishdi. Sud xonasiga behalovat kirib kelayotgan Hamdamning koʼzi birdan oʼgʼli bilan yerga tikilgancha, xomush oʼtirgan tanish ayolga tushdi.  Hamdam esladi: u oʼttiz uch yil avvalgi oʼsha Jamila edi... Bir paytlar Hamdam sabab nomi qoraga chiqqan Jamila... ✍ Maʼruf Muhiddin

Eng yoqimli haqorat: Mulla sening tanglig'ingni kitob bilan ko'targanmi?! Muncha kitobga yopishasan😡 Siz qanday yoqimli haqoratlar eshitgansiz? @mutolaablogs

Siz-chi? Siz qaysi kitobning ichiga kirib qolishni, qahramonlari bilan birga yashashni istatdingiz? 🤔 @mutolaablogs

Hayot shunday beshafqat. Odam odamga boʻri... Yo yiqitib ustidan bosib oʻtib ketasan, yoki seni yiqitishib, yanchib, toptab k
Hayot shunday beshafqat. Odam odamga boʻri... Yo yiqitib ustidan bosib oʻtib ketasan, yoki seni yiqitishib, yanchib, toptab ketishadi. Agar yengilsang, yertepki boʻlishga, kamsitish va haqoratlarga chidaysan! Boʻrilar orasida boshqa jonzotga joy yoʻq. Hayotni chidaganga chiqargan!
Iqbol Mirzo "Bonu"

Hayot shunday beshafqat. Odam odamga boʻri... Yo yiqitib ustidan bosib oʻtib ketasan, yoki seni yiqitishib, yanchib, toptab k
Hayot shunday beshafqat. Odam odamga boʻri... Yo yiqitib ustidan bosib oʻtib ketasan, yoki seni yiqitishib, yanchib, toptab ketishadi. Agar yengilsang, yertepki boʻlishga, kamsitish va haqoratlarga chidaysan! Boʻrilar orasida boshqa jonzotga joy yoʻq. Hayotni chidaganga chiqargan!
Iqbol Mirzo "Bonu"

Sizda ham hech shunday bo'lganmi😜 Siz ham sotuvdagu kitoblarni ko'rib o'zingizni tutolmay qolasizmi?😊 @mutolaablogs

#qisqa_hikoya_3 XATO (fantastik hikoya) Zebo hamisha hayotidan minnatdor boʻlgan. Miyasidagi mikrochip tufayli biror marta yomon tuygʻularni boshidan oʻtkazmadi. Yoqimli ifor taratib turuvchi daraxtzor ichida sayr qilib yurarkan bugunning unutilmas kun boʻlishini xohladi. Bugun Akmal bilan uchrashib yurishganiga bir yil toʻldi... Akmal har ishni eplay oladigan, uddaburon yigit. U bir koʻrishda Zeboni sevib qolgandi. Biroq, koʻp oʻtmay yuragidagi muhabbat alangasi soʻndi. Akmal doimgidek bugun ham uchrashuvga kech qoldi. Soatlab kutgan qizning sabri tugadi. Shu paytda Akmal shoshib kelib, Zebodan uzr soʻray boshladi. Lekin, Zeboga bu tatimadi. Oʻrtalaridagi tortishuv uzoqqa choʻzilmadi ham: Zebo “yoʻq” degan bir soʻz bilan suhbatni yakunladi. Akmal mashinasini oʻt oldirgancha jahl bilan joʻnab ketdi. Zebo sumkasidan mobil telefonini oldi. U orqali, miyasiga oʻrnatilgan mikrochipdan Akmal haqidagi barcha xotiralarni, uning suratlarini va hatto ismini ham oʻchirib yubordi. “Menimcha Akmal ham shunday qilgan boʻlsa kerak, oʻyladi u. Endi bir-birimizni koʻrganda xuddi begonalardek oʻtib ketaveramiz. Odamlarning miyasiga oʻrnatilgan mikrochip yashashimizni osonlashtirdi. Biz, alam, qaygʻu, sogʻinch kabi hislardan xalos boʻldik”. “Zebo allaqachon hammasini oʻchirib yuborgani aniq, — deya oʻylar edi havoda mashina boshqarib ketayotgan Akmal ham. Men ham hoziroq u kabi xotiralardan voz kechaman”. Ammo, qancha harakat qilmasin uning miyasiga joylangan mikrochipdan birorta xotira tozalangani yoʻq. Nomaʼlum xatolik yuz berib, mikrochipi nosozlikka uchragandi. ✍Sevara IZATILLAYEVA @mutolaablogs

Mana o'sha va'd)