Mutolaa blog
Open in Telegram
Keling, birgalikda mutolaa qilamiz. Ushbu blogda siz o'zingiz qidirgan va qiziqqan, mutolaa qilgan kitoblaringiz tahlillarini topasiz!
Show more763
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-3230 days
Posts Archive
763
#qisqa_hikoya_7
PULDAN FOYDA, PULDAN!!!- Onasi, oʻgʻling qani? Chaqir tez, maktabdan keldimi? - Ha, keldi. Hozir choyini ichib xonasiga kirib ketgandi. - Dalaga boramiz. Rais aytdi, kunduz qovunga qorovul boʻlarkan. Qoʻshimcha bugʻdoy berarkan. Kerakli yukni ogʻiri yoʻq. - Voy, buncha yaxshi! Umridan baraka topsin! Alloh beraman desa, hech gap emas ekan-da. Oʻgʻlim yonimizga kirib qoldi, qachon rohatini koʻraman derdim. - Ha, onasi, Allohga shukur, qoʻl-oyogʻi chaqqon boʻlsa, nonini topib yeb ketadi. Erkakni noni koʻchada, deb bejizga aytilmagan. - Men unda hozir chaqirib chiqay boʻlmasa. Abdulla, oʻgʻlim, boʻlaqol. Dadang bilan ishga ketasan. - Ona, chaqirdizmi? - Ha, raisni qovuniga qorovul boʻlarkansan, bugʻdoy berarkan. Baraka topsin! - Bugunmi? - Ha, nima qilibdi? - Axir, mening tanlovim bor edi-ku. Bilasiz, bir oydan beri tayyorgarlik koʻrib yuribman. Bundan umidim katta, oyijon! Dadamga oʻzingiz tushuntiring! - Hoy bola, shu qogʻozlaring qorinni toʻydirarmidi?! Nima deganing bu? Ertaga qishda shu bugʻdoylar jonimizga oro kiradi. Sening bir uyum qogʻozing emas. Ishlagan tishlaydi. Gap tamom, tez boʻl, ketamiz. "Axir, bular shunchaki qogʻozlar emas! Bular mening hayotimning bir boʻlagi. Kitoblar bir uyum qogʻoz emas. Dada, nega shuni tushunmaysiz. Hamma menga ishonib turgandi". Dami ichida qoldi va faqat shunday deya oldi: - Xoʻp, dadajon! - Hozir zamon boshqa. Puling, tanishing boʻlmasa, ming oʻqi - befoyda. Raisni qoʻli ostida ham yaxshi yashayapmiz. Oʻqiganlar ham obod emas, koʻrib yuribmiz. Sen kimga oʻxshading hayronman. Ishla, puldan foyda, puldan! -... ✍Duvlanov Asror Shavkat oʻgʻli @mutolaablogs
763
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Kitobxonlar uchun yana bir ajoyib yangilik.
"Akademnashr" nashriyoti bilan hamkorlikda bolajonlarimiz uchun yana bir mega loyiha ishga tushadi. Yodingizda bo'lsa "jajji akademik" nomli jurnal bo'lardi. Endi ana o'sha jurnalni yangilangan, kitobcha shaklida chop etmoqchimiz.
Bu kitobchalar bolalarimizning ilm-fanga qiziqishini orttirish, unga mehr qo'yishi uchun ilk qadamlarimizdan.
Qaysi kitobcha Sizda qiziqish uyg'otdi? Yoki qaysi sohalar qo'shilishini xohlar edingiz?
763
+2
#hisobot
"5 minglik savol" loyihamiz g‘oliblariga tayinlangan mablag‘ yetkazildi. Ular 5 kishi. Ikki kishining kartasi yo'qligi sababli telefon raqamlariga o‘tkazildi.
❗️Eslatma: Viktorinamizning keyingi soni yakshanba kuni 21:00da o'tkaziladi.
@mutolaablogs
763
#iqtibos
Umr davomida bitta ayolni sevib bo'lmaydi, degan gap mashhur skripkachiga turli qo'shiqlarni ijro etishi uchun butunlay boshqa skripkalar kerak, deb ishonish kabi asossizdir.✍ Honore de Balzak @mutolaablogs
763
#iqtibos
Umr davomida bitta ayolni sevib bo'lmaydi, degan gap asossizdir.✍ Honore de Balzak @mutolaablogs
763
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Kitobxon yoshlar uchun super yangilik bor!
Lekin yangilikni e'lon qilishdan avval, bir savolim bor?
Obunachilarimiz ichida kitobxonlar ko'pmi o'zi?
Qaysi kitoblarni o'qiyapsiz?
Qaysi tanlovlarga qatnashyapsiz?
763
To‘g‘ri, kitobning o‘zini hidlab-hidlab o‘qiganga yetmaydi. Ammo doim ham har joyga kitob ko‘tarib borolmaymiz.
Shunday vaqtlarda "Mutolaa" yordamga keladi. U bilan hatto to‘yda ham o‘qib o'tirishingiz mumkin. Hech kim hayron bo‘lmaydi.
To‘yda? Hayron bo‘lyapsizmi? Ha, to‘yda. Shunaqa g‘alati kitobxonlarimiz ham borki, ko‘ngillari to‘yda ham o‘qib o‘tirishni tusab qoladi.
Ayniqsa, chet elga ketayotgan, yoki yashayotgan kitobxo‘rlarga ham "Mutolaa" dastyorlik qiladi. Xullas, ilsizda ilova mavjudmi? Demak, sumkangizda minglab kitoblarni ko‘tarib yuribsiz. 😊
@mutolaablogs
763
#qisqa_hikoya_6
ChARXPALAKQaynona: - Kelinposhsha, bultur adajoningizni tug‘ilgan kunlarida olib kelingan ko‘ylaklarni javonga taxlab qo‘ying degandim, o‘shalardan qolganmi? Bugun akamni tug‘ilgan kuni edi. Kelin: - Bitta qolgandi, oyijon. Lekin o‘lchami tog‘ajonga mos emas-ku, kichkina edi. Qaynona: - Mayli, olib keling, quruq qo‘l bilan borgandan ko‘ra shuyam bo‘laveradi! Baribir yangam akamga kiydirmaydi, o‘zini ukalariga olib borib beradi! Huzurini o‘shalar ko‘radi! Chiroyli qilib solib bering! Kelin: - Xo‘p, bo‘ladi. Kelin ko‘ylakni qaynonasi aytgandek tayyorlab berdi. Qizig‘i shundaki, u qaynotasiga ham mos o‘lchamda emasdi... ✍ Abdurahimova Mahbuba @mutolaablogs
763
#Iltimosnoma
"Qisqa hikoya" rukni uchun ijod mahsullarini topshirgan ko‘plab ijodkorlarimiz hikoyalarining taqdiri nima bo'lganini so'rab murojaat qilishmoqda.
Judayam ko‘plab hikoyalar kelib tushgan. Navbati bilan saralanib, kunora e'lon qilib borilyapti. Hikoyangiz e'lon qilinmayotgan bo‘lsa, yo saralashdan o‘tmagan, yoki navbati yetmagan.
Sabr qilishingizni iltimos qilamiz...
@mutolaablogs
763
Bugungi viktorina yakunlandi. ✅ belgisini olganlarni @mutolaab ga yozishlarini so'raymiz. Keyingi sonimiz yakshanba kuni. Hammaga rahmat!
@mutolaablogs
763
5-savol!Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli, Xo‘rligim keltirar g‘alati gina. Nimaga odamlar shod, xurram, mamnun, Bizlar odammasmi, Osima?! Misralar muallifi kim?
763
1-savol!"O'tgan kunlar" asarida Otabek usta Alimga ilk ko'rishgan payt o'zini kim deb tanishtiradi?
763
TAYYOR TURING!!!"5 minglik savol" loyihamizni 21:00 da boshlaymiz. Do'stlaringizni chaqirib keling erinmasangiz😊 @mutolaablogs
