Mutolaa blog
Open in Telegram
Keling, birgalikda mutolaa qilamiz. Ushbu blogda siz o'zingiz qidirgan va qiziqqan, mutolaa qilgan kitoblaringiz tahlillarini topasiz!
Show more763
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-3230 days
Posts Archive
763
G'alati tun, deb o'yladi u. Hozir qayerdadir otishyapti, qayerdadir odamlarni quvg‘in qilishyapti, qamoqqa tashlab, qiynashyapti, o‘ldiryapti. Yana qayerdadir tinch hayotning bir bo‘lagini oyoq osti qilishyapti. Sen esa bu yerda o‘tiribsan, hamma narsani bilasan, ammo qo‘lingdan hech narsa kelmaydi...
✍ Erix Mariya Remark
@mutolaablogs
763
Essensialistlar har doim ham hammani xursand qilib bo’lmasligini tan olishadi.
Aktyor Bill Kosbi aytganidek, «Men muvaffaqiyat kalitini bilmayman, ammo muvaffaqiyatsizlik kaliti hammani rozi qilishga urinishdir».
Ha, qisqa muddat uchun o’ylangan va oqilona javob deb topilgan “yo’q” qimmatga tushishi mumkin. Ammo essentialist bo’lib yashash sizga uzoq muddatli hurmat qisqa muddatli mashhurlikdan ko’ra afzalroq ekanligini tushunishingizga yordam beradi.
Shuni unutmangki, qat’iy aytilgan “yo’q” har qanday mavhum va qo’rqinchli “ha” degan javobdan ko’ra afzalroqdir.
Bu kabi vaziyatlarga tushgan har qanday kishi berilgan iltimosga “ha, shunday qilishim mumkin”, “o’ylab ko’raman” yoki qat’iy qilib aytilgan “yo’q”ning farqini juda yaxshi tushunadi. Noaniq javoblar hech qachon oqlanmaydi, keskin rad javobini kechiktirish esa, narigi tomonni ko’proq xafa qilishi mumkin.
@mutolaablogs
763
Rad etishning yorqin misoli sifatida dizayner Pol Rendni olishimiz mumkin.
Chunki u Stiv Jobsga “yo’q” deyishga jur’at qilgan. Stiv Jobs NeXT uchun logotip izlayotganida, u allaqachon IBM, UPS, Enron, Westinghouse va ABC uchun logotiplar ishlab chiqqan Renddan bir nechta dizaynlarni taqdim etishni so‘radi.
Ammo Rend «bir nechta variant»ni o’ylab topishni xohlamadi. Negaki, faqat bitta qilmoqchi edi.
U shunday degandi: “Yo’q, men sizning muammongizni hal qilaman va buning evaziga siz menga haq to’laysiz. Mening yechimimdan foydalanish shart emas. Agar sizga variantlar kerak bo’lsa, boshqalar bilan muzokara olib boring. Biroq men har qanday muammoni o’zim to’g’ri deb bilgan yo’l bilan hal qilaman. Undan foydalanasizmi yoki yo’qmi, o’zingizga bog’liq”.
Rend Jobsga aynan kerakli bo’lgan logotipni yaratganiga shubha bo’lmasa kerak. Shunday bo’lsa ham, Rendning Jobsga bergan javobidan saboq olsa arziydi.
Keyinchalik Stiv shunday dedi: “Pol Rend men bilan birga ishlagan eng professional odamlardan biri. U mijoz va o’ziga o’xshagan mutaxassislar o’rtasidagi barcha rasmiy munosabatlarni o’ylab ko’rganidan so’ng “yo’q” deb javob berishga jur’at qildi. U uzoq muddatli hurmat qozonish uchun qisqa muddatli mashhurlikdan voz kechdi. Ko’p o’tmay uning bu ishi o’z mevasini berdi".
@mutolaablogs
763
EssensializmRad etish odatda mashhurlikni hurmatga ayirboshlashda yordam beradi. «Yo’q» deyish munosabatlarga qisqa muddatli ta’sir ko’rsatadi. Chunki kimdir sizdan nimadir so’rasa-yu, ammo ololmasa, darhol bunga salbiy munosabat bildiradi: g’azablanadi yoki umidsizlikka tushadi. Bu aniq. Biroq o’sish potentsiali to’la aniq emas. Chunki dastlabki g’azab, umidsizlik yoki asabiylik vaqt o’tishi bilan yumshaydi va hurmat bilan almashadi. «Yo’q» deyish odamlarga bizning vaqtimiz qimmatli ekanligini ko’rsatadi. Bu esa professionalni havaskordan ajratib turadi. @mutolaablogs
763
Bugun siz bilan essensialistlik haqida gaplashamiz!Essensialist inson bu - "yo'q" deya oladigan, "bir dunyo" ishdan eng muhimini tanlay oladigan, ozini soz qilib bajaradigan shaxsdir. Essensialistik yo’l – bu kamroq, lekin yaxshirog’i uchun doimiy izlanish deganidir. Bunda intizom hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu tamoyilni goh-gohida eslab qolish emas, balki hamma narsada unga rioya qilish muhimdir. Siz bir vaqtda bir nechta ishni bajarishga urinasiz. Mayli, hammasini bajardingiz ham deylik, ammo sifati qandoq? Agar eng muhimidan boshlab, bitta-bitta bajarsangiz qandoq bo'lar edi? Agar siz diqqatingizni faqat bir ishga qaratib, o'sha yumushni qoyillatib bajarganingizga ishonchingiz komil bo'lsagina boshqa ishga qo'l ursangiz, demak, siz essensialist insonsiz. Siz o’zingiz uchun foydali deb hisoblagan ishlaringiz va boshqalar sizdan talab qilayotgan ishlar orasidagi tafovutni his qilganmisiz? Ichki ishonch va tashqi xatti-harakatlar o’rtasidagi qarama-qarshilikni sezganmisiz? Allaqanday mojaro yoki tanqidga uchrashdan o’zingizni chetga olishga urinib, rad etishingiz kerak bo’lgan holatlarda ham “ha” deganmisiz? Boshlig’ingiz, hamkasblaringiz, oila a’zolaringiz va boshqa yaqinlaringizning ko’nglini sindirmaslik uchun rad javobidan voz kechganmisiz? Agar bularni tasdiqlasangiz, siz yolg’iz emassiz. Bunday vaziyatlarni jasorat va nazokat bilan yengib o’tish essensialistga aylanishning eng muhim va eng qiyin talablaridan biridir. Mutolaa qilishda ham essensialistlik yo'lini tutish muhim sanaladi. Bitta kitobni bafurja tugatib, tahlil qilib, mohiyatini tushunib olish va keyingina boshqasiga o'tish oqilona ish. @mutolaablogs
763
BIZDA AJOYIB YANGILIK!!!Aka-uka Grim ertaklari va "Qunduz amaki"ning ertaklarini hammamiz televizor qarshisida tomosha qilganmiz. Ana shu ovozning egasi, mahoratli suhandon Ahmadjon Mirzayev tomonidan mutolaa qilingan "URUSH VA TINCHLIK" roman-epopeyasini endi siz "Mutolaa" ilovasi orqali tinglashingiz mumkin. Ushbu kitob ilk bor ovozlashtirildi va siz kitobxonlarga taqdim etilmoqda! Maroqli mutolaa tilaymiz!!! @mutolaablogs
763
Hali oldinda katta-katta va albatta, kitobxonlarga manfaatli bo'lgan loyihalarimiz bor. Ularni boshlash uchun esa safimizni biroz kengaytirsak kifoya.
Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz-ku😌
@mutolaablogs
763
Balki men eskicha odamdirman, balki, stereotiplar asiridirman, lekin kitob o’qimaydigan odam men uchun achinarli va g’arib ko’rinadi.✍ Dostoyevskiydan @mutolaablogs
763
Yana bir taklif!
Viktorinamiz shu tarzda ketgani durustmi yoki biror kitob tanlab, hafta mobaynida o'qilgach, o'sha asar bo'yicha savol-javoblashaylikmi?
763
Yana bir taklif!
Viktorinamiz shu tarzda ketgani durustmi yoki biror kitob tanlab, hafta mobaynida o'qilgach, o'sha asar bo'yicha savol-javoblashaylikmi?
763
Bugungi viktorina yakunlandi. ✅ belgisini olganlarni @mutolaab ga yozishlarini so'raymiz. Keyingi sonimiz yakshanba kuni. Hammaga rahmat!
@mutolaablogs
763
5-savol!Vujud deganlari asli nimadir? Dayr dengizida yurgan kemadir. Bir kun bir qoyaga urilgay kema, Ruhim,sen vujudning g‘amini yema. Misralar muallifi kim?
763
4-savol!O’tkir Hoshimov ayol qalbini X ga o’xshatadi: Yaqinlashsang uzoqlashadi. Uzoqlashsang yaqinlashadi. Savol: X "Yolg'izlikning yuz yili" asarida qanday nom bilan kelgan?
763
3-savol!Yetimni urib, bir qancha vaqtdan so'ng o'rin chopayotganda ko'zi shikastlanib ko'r bo'lib qolgan o'gay ona obrazi qaysi asarda uchraydi?
763
2-savol!"Ufq", "Odam bo'lish qiyin" va "Uch ildiz" asarlarini bog'lab turuvchi obraz?
763
1-savol!Bu asarning birinchi versiyasida bosh qahramon o‘z o‘g‘lini otib o‘ldirgan. Keyin ustozlardan biri buni tanqid qilgach 2 so‘z bn bu joyini to‘g‘rilagan. Bu so‘zlar "hayriyat tegmabdi" edi. Savol: Qaysi asarligini bilgan bo‘lsangiz, kim tanqid qilganligini ayting.
763
Bugun yakshanba! Viktorinamiz bo'lib o'tadigan kun.
Hamma shay tursin. Yaqinlaringizni chaqirib qo'ysangiz ham mayli 🙃
@mutolaablogs
763
#qisqa_hikoya_8
MukofotYuqoridan topshiriq bo‘ldi, allaqanday bolakay dasturlash bo‘yicha Rossiyada o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘libdi. Tabriklash kerak. Hokim o‘rinbosariga buyurdi… O‘rinbosar, tabiiyki, ishi ko‘p, yordamchisiga yukladi bu ishni.U ham shu yerdagi xodimlardan birini jo‘natdi. Taqdirlashga hokim, uning o‘rinbosari, o‘rinbosar yordamchisi va albatta, yaltiroq hoshiya bilan chiroyli o‘ralgan hadyani ko'tarib olgan xodim birga borishdi. "Keyin ochasan" deyishlariga qaramay, olti yoshli bolakay quvonganidan sovg‘ani shu yerda ochib qo'ydi. Katta qutiga joylangan futbol to'pi sakrab ketib mehmonlar oldiga borib tushdi. Bolajon sovg'ani olish uchun eski nogironlik aravasini bor kuchi bilan itarardi. ✍Zuhra Atajonova @mutolaablogs
