cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

SARA TARIX | 📚

Biz bilan bilimingizni oshiring!😊 🌐 Qiziqarli Viktorinalar 🌎 Eng ajoyib faktlar va kashfiyotlar 🇺🇿 Tarix 🗺 Geografiya hamkor kanal 👉 ☎️ Murojat: @Yakka_Yulduz 📈 Reklama xizmati: @Tarixda_Rek

Show more
Advertising posts
2 080
Subscribers
+324 hours
-177 days
+52530 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Fors shohi Og’a Muhammad ikkita xizmatkorini shovqin solgani uchun o’limga hukm qiladi, lekin shu kuni diniy bayram bo’lgani uchun hukm ertaga qoldirilib, xizmatkorlar o’z ishiga qaytariladi. Shoh ertagacha yashamaydi, chunki kechqurun uni o’limga hukm qilingan xizmatkorlar uxlab yotgan joyida o’ldirishadi. Ajoyib yakun😄
1470Loading...
02
Gitler yaponlarni “faxriy oriylar” deb e’lon qilgan. Bu maqom aslida oriy bo’lmagan, lekin Germaniya iqtisodi va siyosati uchun muhim bo’lganlarga beriladigan unvon bo’lgan. Manfaat bo’lganda hatto Gitler ham o’z qarashlaridan chekinib yuboradi😜
2510Loading...
03
301-yil arman qiroli Tiridat III davlat dinini xristianlik deb e’lon qiladi. Armaniston xristian dinini qabul qilgan birinchi davlat hisoblanadi.
3622Loading...
04
Xunnlar hukmdori Attila vafot etganida uning barcha askarlari o’z sochini kal qilib oldirishgan va yuzlarini xanjar bilan tilishgan. Ular o’z yo’lboshchisi uchun ayollardek ko’z yoshi to’kib emas, balki qon to’kib yig’laymiz deyishgan. Sadoqat yoki ahmoqlik, nima deb o'ylaysiz?
3780Loading...
05
🇧🇬 Болгария маликаси биринчи марта омма одида кўриниш берди.
4332Loading...
06
Krishtianu Ronaldu bolaligida birinchi yutgan sovrinini onasi bilan ushlab turibdi. Ranaldo Muhlislari ❤ Messi Muhlislari 👍
5795Loading...
07
2000-yillarda maktab oʻquvchilarining vaqti asosan shu joyda oʻtgan.
5243Loading...
08
Iroqlik oila Bastra shaxridan qochmoqda, 2003-yil 28-mart.
5341Loading...
09
1636-yilda asos solingan Garvard univеrsitеtining oldingi va hozirgi ko'rinishi.
5244Loading...
10
Qrim urushidan keyingi 1856-yil Britaniya satirik xaritasi. Qrim urushi 1853-yildan 1856-yilgacha bo'lgan va Rossiya imperiyasining eng mashhur harbiy mag'lubiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu urushdagi raqiblari Usmonli, Britaniya, Fransiya, Avstriya imperiyalari edi.
5339Loading...
11
Yugoslaviya qiroli Aleksandr I hech qachon seshanba kuni bo’ladigan tadbir va marosimlarda qatnashmagan, chunki uning uchta oila a’zosi shu kunda o’lgan edi. Bir safar Aleksandr I bu ahmoqona odatga barham berishga qaror qiladi va seshanba kuni Marselga rasmiy tashrifni amalga oshiradi va shu yerda uni terroristlar otib ketishadi. G'alati tasodif🤪
5486Loading...
12
Yaponlarda choychaqa olish va berish odati yo'q. Bi safar Albert Eynshteyn yaponiyalik kuryerga qo'lyozma bergan ekan.unda shunday yozilgan edi: "Tinch va kamtar hayot, muvaffaqiyatga erishishga urunib, doimo notinch yashaladigan hayotga nisbatan ko'proq baxt beradi". Bu qo'lyozma 2017-yilda 1.5 million dollarga sotilgan. Bizning kanalda esa 1.5 million dollarlik gaplarni bemalol bepul o'qishingiz mumkin😄
5363Loading...
13
XVII asrda Angliya zodagonlari orasida o'z qasrlari atrofida maysa o'stirish urf bo'lgan. Zodagonlar bu bilan o'z yeriga foydali ekin ekmaslikka ham qurbi yetishini ko'rsatib, o'zini boyligini ko'z-ko'z qilishga urunishgan. Qasrni tomini ham qo'shnilarnikidan baland qilishgan bo'lsa kerak😄
5292Loading...
14
Mobil telefondan birinchi qo'ng'iroq 1973-yilda amalga oshirilgan. Motorola kompaniyasi rahbari Martin Kuper, o'z raqobatchi kompaniyasi Bell Labsga qo'ng'iroq qilib, ularga birinchi mobil telefondan qo'ng'iroq qilayotganini aytgan. "Dushmanlar kuyib o'lsin" ruknidan😄
6456Loading...
15
Pyotr I davrida soqol eskilik sarqiti deb hisoblanib, soqol qo'yganlarga soliq solingan. Soliqni to'lagan odamga "Soqol kopeykasi" (Бородовая копейка) berilgan. Bu kopeyka soliq to'laganlikning dalili hisoblangan.
5382Loading...
16
Hech kim bermadi Hayitlik
280Loading...
17
Menga ya'ni @SaraTarix adminiga haytlik bermoqchi bo'lganlar uchun 9860080313318547 T.J 👆Ustiga bossangiz copy qiladi Tortinmasdan tashlaveringlar kam bo'lsa ham olaveraman😎🩵
2020Loading...
18
Eng adolatsiz saylovlar Liberiyada bo'lib o'tgan. 1927-yilgi saylovda Charlz King 243.000 ovoz bilan g'olib bo'lgan. O'sha paytda mamlakatdagi saylovchilar soni esa bor yo'g'i 15.000 kishi edi😂
5647Loading...
19
Menga ya'ni @SaraTarix adminiga haytlik bermoqchi bo'lganlar uchun 9860080313318547 T.J 👆Ustiga bossangiz copy qiladi Tortinmasdan tashlaveringlar kam bo'lsa ham olaveraman😎🩵
2811Loading...
20
Kirib kelgan eng aziz va eng moʻtabar ayyom qurbon hayiti barchamizga muborak boʻlsin! Hech birimizdan mehr oqibat arimasin. Xursandchilik va farovonlik uylarimizni, yurtimizni tark etmasin. 🔵
6135Loading...
21
​​​​Shayboniyxon haqida 10 fakt 1. Shayboniyxon (1451-1510) - Chingizxonning o'g'li Jo'jining avlodi. Abulxayrxonning nabirasi. 2. Buxorada ta'lim olgan. Zamonasining ilmli kishisi. Islomni chuqur bilganini uning raqibi Bobur ham tan olib, yozib qoldirgan. 3. Otasi o'limidan so'ng Qorachabek tarbiya qilgan. Keyinroq Buxoroga borgan. Qo'shin tuzib, mahalliy hukmdorlarga ichki nizolar uchun kurashda yordam bo'lgan va shu davrda harbiy mahoratini ham oshirgan. Bu urushlar unga Temuriylarning zaif nuqtlarini aniqlashga yordam bergan. 4. 1487-1488-yillarda O'tror, Turkiston, Sayramni egallagan egallab, Movorunnahrni egallash uchun o'ziga tayanch nuqta tayyorlagan. 5. 1497-yil Samarqandga qarshi yurish qilib egallay olmagan. 1500-yilda Sulton Ali Mirzoning onasi tomonidan Samarqandga chaqirilib, uni jangsiz egallagan va Sulton Alini qatl qilgan. 6. 1501-yilda Bobur bilan hal qiluvchi jangda g'olib bo'lib, sulh tuzadi va Bobur unga binoan Movorounnahrni tark etadi. 7. 1504-yil Husayin Boyqaro hukmronligidagi Xorazmni 10 oylik qamalini boshladi va 10 oydan so'ng Urganchni egalladi. 8. 1506-yil Balxni, 1507-yil Xuroson poytaxti Hirotni egalladi va yirik markazlashgan davlat asoschisiga aylandi. Musulmonlar homiysi bo'lgan Shayboniyxonga shu davrdan "Xalifa ur-Rahmon" (Allohning yerdagi xalifasi), "Imom uz-zamon" (Zamonasining imomi) unvonlari berilgan. 9. Movorounnahr, Xorazm va Xurosonni birlashtirib, Temuriylar qila olmagan ishni uddasidan chiqdi va O'rta Osiyoda Temuriylar hukmronligiga barham berib, ularni tarix sahnasidan yo'q qilib yubordi. 10. 1510-yilda qo'shinni katta qismini Samarqandga qaytarib yuborgan, urushdan qaytayotgan Shayboniyxon Marv yaqinida azaliy dushmani Ismoil Safaviy bilan yuzma-yuz kelib qoladi. Charchagan va kam sonli Shayboniyxon qo'shinlari yengiladi. Halok bo'lgan Shayboniyxonning bosh suyagidan Ismoil Safaviy o'ziga may uchun qadah yasatgan.
73611Loading...
22
Gitlerning yoshligida ularning oilasining vrachi avstriyalik yaxudiy Eduard Blox bo'lgan. U 1904-yildan boshlab Gitlerni davolay boshlagan va ularning og'ir moliyaviy ahvolini hisobga olib, ularga doim chegirma qilgan yoki umuman haq olmagan. Buni unutmagan Gitler unga 1938-yil "Edel djudu" (oliyjanob yaxudiy) unvonini bergan va shaxsiy himoyasiga olgan.
5844Loading...
23
Iskandarning shoxi haqidagi afsonaning kelib chiqishi Aleksandr Makedonskiy Misrga yurish qilgan paytida, Misr forslar zulmi ostida edi va misrliklar Aleksandrni o'z haloskoridek kutib olishadi. Misr kohinlari uni Xudo Amonning o'g'li deb e'lon qilishadi. Misr mifologiyasida Amonning ramzlaridan biri bu qo'chqor edi. Shuning uchun Aleksandr o'zini dubulg'asini shox bilan bezashga qaror qiladi va o'ziga shoxli dubulg'a yasattiradi. Olimlar Iskandarning shoxi bor degan afsonaning kelib chiqishiga aynan shu shoxli dubulg'ani sabab qilib ko'rsatishadi.
5836Loading...
24
Spartaliklar hech qachon o'z shahrini devor bilan o'rab olishmagan. Spartaliklar nazarida, ularning obro'sining o'zi dushmanlarni shaharga hujum qilishdan qaytarishga yetar ekan.
5512Loading...
25
Qadimgi Yunonistondan kasallarni davolash uchun elektrdan foydalanishgan. Bunda ularga elektr skat yordam bergan. Gretsiyada shu davrdayam tokni ilojini qilishgan ekan. Rasmdagi esa kechqurungi O'zbekistonning ayrim hududlari😄
5654Loading...
26
🇺🇿Telegramda manfaat olish mumkin boʻlgan Siyosat , Tarix , Geografiya va boshqa turli sohalarga 30 dan ortiq kanallar jamlanmasini sizlarga taqdim etamiz. Siz ushbu "Ilmiy" jildimiz orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishingiz mumkin. Kanallarga a'zo boʻlish uchun ushbu yozuv ustiga bosing.
5190Loading...
27
Imom Shomil taslim bo'lganidan so'ng, uni Sankt-Peterburgga olib kelishadi. Shunda uni ko'rgan shu yerlik bir mashhur rus hazillashib: "Buni qarang bu odam haqiqiy yurtqich-ku (зверь)" - deydi. Shunda Imom Shomil: "Qo'rqma, men to'ng'iz go'shti yemayman" - degan ekan.
5574Loading...
28
Imom Shomil rus generalidan so'radi: "Bizning yurtga nega bosqinchilik bilan keldingiz?" General javob berdi: "Biz siz yovvoyilarga madaniyat va sivilizatsiya olib keldik". Shunda Imom Shomil o'z askarlaridan birini chaqirib, etigini va oyog'idagi poytavani yechishni buyurdi. Kuniga 5 mahal yuviladigan oyoq top-toza edi. Keyin esa rus askaridan shunday qilishni so'radi. Rus askarining oyog'i kir edi va badbo'y hid uzoqdan ham sezilardi. Shunda Imom Shomil rus generaliga qarab: "Sizlar bizga shu madaniyatni olib keldingizmi?" - dedi. Imom Shomil nafaqat jangda, balki hozirjavoblikda ham ancha usta edi.
5608Loading...
29
​​​​Ruslar chorak asr davomida yenga olmagan Imom Shomil Imom Shomil 1797-yilda hozirgi Dog'iston hududida tug'ilgan. Millati avar. Yoshligidan shariat qoidalarini puxta egallagan. Yoshligidan jismonan baquvvat bo'lgan. Zamondoshlarining aytishicha yugurishda, qilichbozlikda, suzishda, ot choptrishda unga teng keladigani bo'lmagan. Do'sti va ustozi G'ozi Muhammadga qo'shilib, rus bosqinchilariga qarshi g'azotga qo'shiladi. 1832-yil Gimrida rus qo'shinlari musulmonlarni o'rab oladi va jangda G'ozi Muhammad shaxid bo'ladi. 4 ta rus askari qurshovida qolgan Imom Shomil, jarohat olishiga qaramay ularni o'ldirib, qochishga muvaffaq bo'ladi. Qozi Muhammaddan so'ng ikkinchi imomlilkka Gamzatbek saylanadi. Uning o'limidan so'ng esa Imom Shomil Imom qilib saylanadi. Mohir sarkarda bir qancha janglarda son va qurol jihatidan ustun bo'lgan Ruslar ustidan zafar quchdi. Birgina Axulgo jangida ruslardan 33.000 kishini halok qilishgan, Imom askarlaridan esa bor yo'g'i 300 kishi halok bo'lgan. 1856-yila Rossiya Qrim urushida g'alaba qozongach bor e'tiborini Kavkazga qaratdi va katta kuch bilan Imom Shomil askarlarini qamal qilib, qamalni toraytirib borishadi. Natijada Imom Shomil Gunibe qishlog'iga qochishga majbur bo'ladi. 1859-yil ruslar bilan muzokara olib borib quyidagi asosiy shartlarni qo'yadi: 1. Dog'istonda islomga to'sqinlik qilmaslik. 2. Dog'istonda nasroniylikni tarqatmaslik. 3. Tog'liklarni armiyaga chaqirmaslik. Bu shartlar qabul qilingach ruslarga taslim bo'ladi. Uni imperator saroyida izzat-ikrom bilan kutib olishadi va asirlikda yashaganida ham hurmatini joyiga qo'yishadi. 1870-yil imperator Aleksandr II Imomga hajga borishga ruxsat beradi va 1871-yilda haj amallarini bajarib, Madinaga borganida vafot etadi. Imomni Madinadagi sahobalar dafn qilingan Jannat ul-baqe qabristoniga dafn qilishadi.
5484Loading...
30
Baobab daraxti haqida afsona Baobab ko’rinishidan huddi teskari aylantirib qo’yilgandek ko’rinadi. Bu haqida Afrika xalqlarida quyidagicha afsona bor: Xudo olamni yaratibdi va Baobab daraxtini daryo bo’yiga o’tqazib qo’yibdi. Shunda Baobab o’zi turgan joyda namlik ko’pligi va daryo shovqini balandligidan nolibdi. Keyin Xudo uni Tog’ning tepasiga chiqarib qo’yibdi. Keyin baobab u yerda shamol ko’pligidan nolibdi. Xudo uni har xil joyga o’tqazib ko’ribdi, lekin noshukr baobab baribir noliyveribdi. Shunda jahli chiqqan Xudo baobabni sahroning o’rtasiga oyog’i osmondan qilib ekib qo’yibdi va shu bilan uni ovozini eshitishdan qutulibdi. Shundan beri baobab ildizi osmonda, tanasi yer ostida o’sar ekan.
7045Loading...
31
Prezident bo'lishidan oldin Avraam Linkoln kurashchi bo'lgan. 300 dan ortiq marta gilamga tushib bir martagina yutqazgan. U ko'pincha olomonga chaqiriq tashlab, istalgan odam bilan kurash tushishga tayyorligini e'lon qilgan va kurashda yutib chiqqan. Shunda ham Linkoln majlislarda hech kimga kuch ishlatmagan😄
5665Loading...
32
«Менинг юзим очиладиган кун Қуддус фатҳ қилинган кундир». Абу Убайда
6214Loading...
33
Aleksandr Makedonskiyning otasi, Filipp II Spartani bosib olmoqchi bo'lib, ularga shunday noma yuboradi: "Agar men yurtingizga bostirib kirsam, sizlar yo'q bo'lasiz". Spartaliklar esa bunga bor yo'g'i bitta so'z bilan javob berishgan: "Agar". Shundan keyin Filipp II Spartaga yurish qilishga qo'rqib qoladi.
6154Loading...
34
Kartoshka chipslarining paydo bo'lishi tarixi 1853-yilda Moon's Lake House restoraniga Kornelius Vanderbilt degan odam yomon kayfiyatda kirib keladi va kartoshka fri buyurtma qiladi. Olib kelingan kartoshkani juda qalin deb qaytarib yuboradi. Sal yupqaroq qilib olib kelingan kartoshkaniyam yana qalin deb qaytarib yuboradi. Shunda jahli chiqqan oshpaz Jorj Kram kartoshkani juda yupqa qilib kesadi va qattiq qovuradi. Uning maqsadi kartoshkani qotirib, vilkada yeya olmaydigan qilish va mijozdan alamini olish edi. Lekin kartoshkani yeb ko'rgan mijoz hayrarga tushadi va tez orada bu taom mashhur bo'lib ketadi. Shu tariqa Jorj Kram tasodifan mashhur kartoshka chipslarini o'ylab topgan ekan. Tasodiflar ba'zan buyuk kashfiyotlarga sabab bo'ladi!
7647Loading...
35
Choy haqida afsona Qadimgi hind cho'ponlari qo'y va echkilarini o'tlatib yurib, choy barglarini yegan qo'y va echkilar boshqalariga nisbatan ancha tetik bo'lib yurishini sezib qolishadi va o'zlari ham undan iste'mol qilib ko'rishga qaror qilishadi. Keyinchalik cho'ponlar uni qaynagan suvga solib ichib ko'rishgach, rostan o'zlarida tetiklikni his qilishadi va shundan keyin boshqalarga ham uni tavsiya qilib, choy keng tarqalib ketgan ekan.
6335Loading...
36
XIII arda 30.000 ga yaqin bola salib yurishlarida qatnashgan. Xristianlar qurolsiz bolalarni Xudo himoya qiladi deb ishonishgan ekan. Natijada ularning ko'pchiligi yo'lda halok bo'lgan, qolganlari esa asir olinib, qul qilingan.
6312Loading...
37
​​Husayin Boyqaroning ayanchli taqdiri Sulton Husayin Boyqaro 1469-yil Hirotni egallab, taxtga o'tirgach bir qancha islohotlar o'tkazib davlatni rivojlantiradi. Uning davrida Hirot ilm-fan markaziga aylangan. Uning dono vaziri Alisher Navoiy ham bu islohotlarda katta rol o'ynagan. 1470-yilda Husayin Boyqaro marhum Abu Said Mirzoning bevasi, Hadichabegimga uylanadi va shundan keyin makkor malika tufayli davlat parokandalikka yuz tuta boshlaydi. Boyqaro maishatga berilib ketgach, Hadichabegim davlat tizginini o'z qo'liga oladi. Bobur Mirzo o'z kitobida Hadichabegimni makkor ayol sifatida ta'riflab o'tgan. U shialik e'tiqodiga mansub bo'lib, uning gapiga kirgan Husain Boyqaro xanafiylar yurti bo'lgan Hirotda masjidlardagi hutbada 12 imom nomini qo'shib ayttirmoqchi bo'ladi, lekin Navoiy va Jomiy uni bu yo'ldan qaytarib qoladi. Hadichabegim o'z og'li, Muzaffar Husayin Mirzoni taxtga o'tkazish uchun Husayin Boyqaroni o'g'illariga qarshi qayrab bir qancha fitnalar uyushtirgan va bu fitnalar Boyqaroning Baddiuzzamon (o'g'li) bilan jang qilishigacha borib yetgan. Navoiy va saroy a'yonlari taxtga munosib voris sifatida Baddiuzzamonning og'li, Mo'min Mirzoni ko'rishardi. Shuning uchun Hadichabegim fitna uyushtirib,mast holdagi Boyqaroga Mo'min Mirzoni qatl etish farmoniga imzo chekdiradi. Navoiy vafotidan so'ng esa davlat yanada tanazzulga yuz tutadi. 1506-yilda Shayboniyxon Hirotga yurish qiladi, unga qarshi qo'shin to'plab, yo'lga chiqqan Boyqaroning ahvoli og'irlashib, yo'lda vafot etadi. Ba'zi tarixchilarning yozishicha Husayin Boyqaro hushidan ketgan paytda uni o'ldi deb o'ylab, ko'mib yuborishgan ekan. Uning jasadini Hirotdagi shohona qabrga ko'chirish uchun, muvaqqat qabri ochilganda sultonning tirnoqlari qonga belanib sinib yotgani va yirtilgan kafanini ko'rishgan ekan. Ayollar ko'plab imperiyalarning qulashiga sabab bo'lgan! Ayol makriga bas kelish qiyin!
76113Loading...
38
1945-yil 9-fevral kuni Yaltadagi uchrashuvda pionerlar AQSH elchisi Garrimanga yog'ochdan o'yib ishlangan AQSH gerbini sovg'a qilishadi. Maxsus xizmatlar Garrimanning bunday narsalarga qiziqishini oldindan aniqlashgan edi. Sovg'ani juda yoqtirib qolgan Garriman sovg'ani o'z kabinetiga osib qo'yadi. 1952-yili xonani ta'mirlash paytida gerb tushib ketadi va uning ichidan eshitish moslamasi topiladi. 7 yil davomida KGB Garrimanning xonasini eshitib o'tirgan😄
6272Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Fors shohi Og’a Muhammad ikkita xizmatkorini shovqin solgani uchun o’limga hukm qiladi, lekin shu kuni diniy bayram bo’lgani uchun hukm ertaga qoldirilib, xizmatkorlar o’z ishiga qaytariladi. Shoh ertagacha yashamaydi, chunki kechqurun uni o’limga hukm qilingan xizmatkorlar uxlab yotgan joyida o’ldirishadi. Ajoyib yakun😄
Show all...
👍 7😁 5👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Gitler yaponlarni “faxriy oriylar” deb e’lon qilgan. Bu maqom aslida oriy bo’lmagan, lekin Germaniya iqtisodi va siyosati uchun muhim bo’lganlarga beriladigan unvon bo’lgan. Manfaat bo’lganda hatto Gitler ham o’z qarashlaridan chekinib yuboradi😜
Show all...
👍 8❤‍🔥 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
301-yil arman qiroli Tiridat III davlat dinini xristianlik deb e’lon qiladi. Armaniston xristian dinini qabul qilgan birinchi davlat hisoblanadi.
Show all...
👍 7 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Xunnlar hukmdori Attila vafot etganida uning barcha askarlari o’z sochini kal qilib oldirishgan va yuzlarini xanjar bilan tilishgan. Ular o’z yo’lboshchisi uchun ayollardek ko’z yoshi to’kib emas, balki qon to’kib yig’laymiz deyishgan. Sadoqat yoki ahmoqlik, nima deb o'ylaysiz?
Show all...
👍 28❤‍🔥 4
🇧🇬 Болгария маликаси биринчи марта омма одида кўриниш берди.
Show all...
🤯 23🤔 4👍 2😁 2😢 2
Photo unavailableShow in Telegram
Krishtianu Ronaldu bolaligida birinchi yutgan sovrinini onasi bilan ushlab turibdi. Ranaldo Muhlislari ❤ Messi Muhlislari 👍
Show all...
66👍 26😁 2🤩 2👏 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
2000-yillarda maktab oʻquvchilarining vaqti asosan shu joyda oʻtgan.
Show all...
👍 12❤‍🔥 3😁 3 1👏 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Iroqlik oila Bastra shaxridan qochmoqda, 2003-yil 28-mart.
Show all...
😢 12👍 5👏 1😁 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
1636-yilda asos solingan Garvard univеrsitеtining oldingi va hozirgi ko'rinishi.
Show all...
👍 16👏 2😁 1🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qrim urushidan keyingi 1856-yil Britaniya satirik xaritasi. Qrim urushi 1853-yildan 1856-yilgacha bo'lgan va Rossiya imperiyasining eng mashhur harbiy mag'lubiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu urushdagi raqiblari Usmonli, Britaniya, Fransiya, Avstriya imperiyalari edi.
Show all...
👍 12😁 4 1🤔 1