Technorium | Qamariddin blogi
Open in Telegram
⛳️Qamariddin Sharopov shaxsiy blogi 🎯Dasturlash, texnologiyalar, biznes, shaxsiy rivojlanish va umuman bu murakkab dunyoni tushunishga harakatlarim va fikrlarim 🤝 Hamkorlik va takliflar uchun: @iambsaa
Show more2 104
Subscribers
-224 hours
-337 days
-13130 days
Posts Archive
KASB TANLASH HAQIDA
🪄Bundan bir necha kun avval kasb tanlashga va o'z harakteringizni aniqlashga yordam beradigan test jo'natgandim. Juda ko'pchilik yechdi va natijalarini ulashdi. To'g'risi juda xursand bo'ldim ko'rib.
🧩O'zi bu tabiiy holat, ayniqsa yosh inson uchun hayotida juda muhim bo'lgan qarorni qabul qilishda, ya'ni kasb tanlashda hayojonlanib qiynalishi. Noaniqlik, hayotiy tajriba yo'qligi, yo'l yo'riq ko'rsatadigan insonlar bo'lmagani va umuman, buni afsus bilan aytaman ta'lim darajasi juda past bo'lgani yanada ham bu qarorni qiyinlashtiradi.
⚡️Qo'rqmang! Quyida keltirilgan harakatlar yordamida siz albatta o'zizga mos bo'lgan kasbni tanla olasiz va umuman kelajagiz uchun muhim bo'lgan savollarga javob topa olasiz. O'zizga qulay bo'lgan sharoitda, hech kim bo'lmagan holatda boshlang.
💡Qiziqishlariz haqida tafakkur qiling:
O'zizni yaxshilab analiz qilib chiqing. Nima narsalarni juda hohlab qilasiz? Turli hil holatlarga qaramasdan, qilishga tayyorsiz. Javoblardan uyalmang, har qanday javob, yaxshi javob. Xatto, kopmyuter o'ynash desangiz ham. Balki, gadjetlarga qiziqasiz, qiziqarli hikoyala to'qish, boshqa insonlarga yordam berish, boshqotirmalar yechish. Bular hammasi misol tariqasida keltirdim. O'zingiz uchun boshqa unikal qiziqishlar bo'lishi mumkin.
🎯Kuchli xislatlaringizni aniqlang:
Nima narsa haqiqatdan zo'r qilasiz? Yo'q demang! Har kim, nimanidur bo'lsa ham zo'r qiladi. Masalan, men odamlar bilan mazza qilib va zo'r gaplashaman. Sizda ijodkorlik, analitika, sardorlik, insonlarni yaxshi tushunish bo'lishi mumkin. O'zingizni kuchli tomonlaringizni tushunish kelajagingiz kasbini tanlashga yordam beadi. Uyalmang bu xislatlaringizdan.
💬Turli hil variantlaringizni qarab chiqing:
Professional olam juda katta va har hil. Turli hil kasblar va sohalarni o'rganib chiqing. Karyera bilan bog'liq vistavkalar, stajiorvka yoki seminarlarga qatnashing. Sohadigi insonlar bilan gaplashing. Hayolizga kelmagan sohalar va yo'llarrni o'zingiz uchun kashf qilishingiz mumkin va kim biladi balki o'sha sizning hayot yo'lingiz bo'lib chiqishi mumkin
📌Yordam so'rang:
Hech qachon yordam so'rashdan uyalmang. Turli sohalardagi professionallar, ustozlad, mentorlar va maslahatchilar bilan gaplashing. Ularning tajribasi va maslahati juda qadrli nazar berishi mumkin va sizning qaroringingizga albatta yordam beradi. Esingizda tursin, yordam so'rash bu kuchlilik alomati, zaiflik emas
🤝Hamisha o'sish va o'zgarishga tayyor turing:
Kasb tanlash bu bir-martalik qaror emas. Siznin qiziqishlariz, maqsadlari vaqt o'tgach o'zgarishi aniq. O'zgarish va o'sishga ochiq bo'ling.
💡Va’da qilingan test, shaxsiyatingizni aniqlang va to’g’ri kasb tanlang!
🎯Kasb tanlashga qiynalyotgan bo’lganlar shu qo’llanmani to’ldiring va o’zingizga mos kasbni tanlang⬇️https://www.16personalities.com/uz
⬇️ Ingiliz tilidagi nusxalari ( ingiliz tilida qiynalsangiz tarjimon orqali ham o’qishingiz mumkin)
chistyi_kod_sozdanie_analiz_i_refaktoring_by_robert_martin_z_lib.pdf5.99 MB
⛳️ Sizlarga va’da qilingan top 3 kitob
💡 Bu kitoblarni o’qimasdan dasturchiman demang ⬇️
❗️KOMFORT ZONADAN CHIQING
💡Bilasizmi, temir tabiatdagi juda qiziq moddalardan hisoblanadi.
Siz har kuni ishlatadigan temir mahsulotlari tabiatda aslida oddiy ruda yoki tuproq ko’rinishda bo’ladi.
Befoyda, hech kimga kerak bo’lmagan bir chang.
Ammo, uni olovda qizdirib urib urib ishlov bersa, siz bilgan mustahkam temirga aylanadi va u juda ko’p hayotimizdagi foydali narsalar asosi bo’ladi.
Albatta ishlov berish jarayonida o’ta qattiq urib yoki qizdirvorsa temir ham sinib ketadi.
Insonni xuddi shu temirga o’xshataman.Agar unga ishlov bermasa, foydasiz bir bemaqsad jonzodga aylanadi. Faqat yeydi, uhlaydi va ehtijoylarini qondiradi. Tamom va salom. Shu bilan hayot tugadi.Lekin inson qancha chiniqsa, o’z ustida ishlasa, intizomli bo’lsa va jismonan zo’r shakllansa o’zi bilmagan qirralari ochiladi va jamiyatga ulkan foydasi tegadi. Eng asosiysi qilgan ishi samarasini ko’rib o’zi bundan mazza qivoradi.Faqat boshqa tarafi ham bor, qiyinchilikladan boshi chiqmasa hayotda sinib qolish ehtimoli ham bor. Afsus.
❓Hamma ham, hayotini bir hil sharoitlarda va muhitda boshlamaydi.
Tan olishimiz kerak bu dunyo adolatli dunyo emas.
Ya’ni kimdur boy oylada va kimdur kambag’al oilada tug’iladi.
Kimdur eng yaxshi ta’lim olsa boshqalar maktabga borish uchun 20 kilometr yo’l bosib o’tishi kerak bo’ladi.
Lekin buni aybi yo’q. Imkoniyatsiz sharoitda tug’ilishni aybi yo’q ammo xuddi shunday sharoitda insonni hayoti yakunlansa bu holatda faqat va faqat shu insonni aybi bo’ladi.
Bu mening fikrim emas balki mashhur milliarder inson fikri. Lekin men to’liq qo’shilaman.
⛳️Bilasizmi g’arb oilalarida inson voyaga yetishi bilan (18 yoshga to’lishi bilan) boy yoki kambag’al oiladan bo’lishidan qat’iy nazar ota-onasida uzilib alohida yashashni boshlaydi.
Chunki inson chiniqishi va o’sishi uchun hayotidagi qarorlarini o’zi qabul qilishi kerak, o’z hayotini qurishi kerak va o’zi hayotiy hatolar qilishi kerak xulosalari chiqara olishi uchun.
O’zi yashaganida hayot aslida nimaligini ko’radi va qiyinchlik (stress) holatida o’sishni boshlaydi, komfort zonasidan chiqadi.
Ammo comfort sharoitda qolib ketganlar ko’pincha maqsadsiz, ma’nosiz hayot kechiradi va semirib kasallanadi.
Xuddi shu holatni vatandoshlarimiz orasida ko’p kuzatganman.
U Toshkentga kelgan bo’ladimi yoki boshqa davalatlarda musofir bo’ladimi lekin shu jarayonlar natijasida ancha rivojlanadi.
Bu hayotiy muhit uni o’sishga majburlaydi va ohir oqibat inson mazmunli hayot kechiradi.
Komfort zonasidan chiqish harakat beradi va shu harakatga ilm qo’shsa inson cheksiz natijalarga erishadi.
🎯Xulosa shuki, mazmunli hayot kechimoqchi bo’lsangiz komfort zonasidan chiqing, natijada harakat qilasiz va bu energiyani aql bilan ishlatsangiz har qanday cho’qqini zabt eta olasiz.
🚨Dasturlashni o’rganish uchun 6 qadam qo’llanmasi sizga foydali bo’ldimi?
❓Fikr va savollaringiz bo’lsa izohda yozib qoldiring⬇️
🎯Vada qilingan yo’riqnoma
⛳️Dasturlashni boshlayotganlar yoki boshlaganlar uchun qo'llanma
😉Foydali bo’lsa do’stlaringizga ham jo’natib qo’ying
@technorium_uz
OYLIK BU NARKOTIK
-----
💡G'oya:
Hech o'ylaganmisiz oylik bilan narkotik orasida qanday umumiy xislatlar mavjud?
Narkotik kabi xususiyatlari borligini anchadan beri xis etar edim va yaqinda shu fikrlarim bir qancha maqolalar o'qishim natijasida tasdiqlandi.
1️⃣ Narkoman inson "doza"sini olsa "kayf" qiladi. Xuddi shu kabi "stabil" oylikka ishlaydigan inson oyni birinchi kuni kelishi bilan, ne ne umidlar bilan va intizorlik bilan kutgan oyligini oladi (albatta insoflik korxonada ishlasagina oyning birinchi kunlarida oladi).
Natijada juda kuchli xissiyotlar inson organizmida dofamin moddasi ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo'ladi. Tadqiqotlarga ko'ra aynan shunday xissiyotlarni narkomanlar ham "doza" siga erishgan vaqt xis etadi.
2️⃣ Narkoman inson "doza" sini stabil ravishda ola olishi uni hotirjamligin ta'minlaydi chunki bu kabi inson "doza"siga tobe. Lekin ozgina bo'lsa ham keyingisini topishida shubha paydo bo'lsa va ishonch yo'qolsa juda kuchli siqilishni boshlaydi. Xuddi shu kabi oylika o'rganib qolgan inson ishidan haydalsa yoki boshqa sabablarga ko'ra ishini yo'qotib qo'ysa xuddi narkomanga o'xshab kuchli siqilishni boshlaydi, o'ziga ishonchni yo'qotadi, depressiyaga tushish ehtimoli oshadi.
Shu sababli ham ko'pchilik tavakkal qilmasdan, o'zini ishini ochmasdan, erkinlikka erishmasdan bir umr bitta joyda stabil oylikni olib o'tib ketishadi. Stabil oylikni yo'qotish xissiyoti erkinlikka intilishdan ham kuchlidir.
3️⃣ Inson hayotining hamma sohalari narkotikga bog'liq bo'lib qoladi
"Doza" narkomanning eng ulkan hayotiy prioritetiga aylanib qoladi. Oylasi, do'stlari orqa planga o'tadi.
Hech o'ylaganmisiz nima uchun oylikka o'rganib qolgan insonlar shaxsiy, oilaviy rejalarini "xo'jayin"dan to'satdan kelgan buyruq bajarish uchun orqaga suradi. Bor yo'qol deya olmaydi. Keyingi "doza"si.....eeee....kechirasiz oyligini kesmasligi uchundir?
4️⃣ Birdaninga to'xtatsa "lomka" boshlanadi.
Narkoman inson, yillab narkotik qabul qilishi natijasida bir kun kelib, hamma irodasini yi'gib tashamoqchi bo'ladiyu ammo o'xshamaydi. Sababi organizmi o'rganib qolgani uchun hech qanaqa ruhiy iroda yordam bermaydi. Organizm to'polon qilishni boshlaydi va "lomka" boshlanadi.
Bir umr stabil oylikka o'rganib qolgan insonchi??? 🙂
Albatta, pulga muhtoj inson haqida emas bu savol. Balki yaxshi oylik olib yurgan. "zapasi" bor inson haqida savol.
------
💁Yechim:
Endi jiddiy gaplashsak, albatta hammamizning kelib chiqishimiz, hayotni boshlaganimizda imkoniyatlarimiz va resurslarimiz har hil.
Kimdur gaz, svet xattoki toza suv sharoiti bo'lmagan qishloqda tug'ilib o'sgan. Internet narida tursin. Kimdur uchun esa bular odatiy hol.
Kimdur maktabga borish uchun piyoda 10 km yo'l kezishi kerak, kimdurni esa "Range Rover"da shaxsiy shoferi olib keladi.
Ammo, kim bo'lishimizdan qat'iy nazar doim harakatda bo'lishimiz va maqsadlar qo'yishimiz kerak. Juda ulkan maqsad bo'lishi shart emas. Hozirgi holatdan kelib chiqib shuni yaxshilaydigan maqsad bo'lsa bas. Bu ish odatga tushsa maqsadlar ham yaxshilanib boradi.
Endi oylik haqida gapirsak. Bir umr oylikka ishliman degan hayolni chiqarib tashlash kerak va ishlayotgan joyingizda maximal bilimlarni va tajribani orttirib bemalol boshqa korxonaga o'tib kerish kerak (albatta avvalgisidan yaxshi ketgan holda). Ohir oqibat o'zingizni ishingizni ochish harakatida bo'lishingiz kerak.
Ana ushanda natijalarga yo'naltirilgan fikrlashda bo'lasizlar va hayotdan nima hohlayotganingizni aniq bilasizlar.
Bir gap bor, menga juda yoqadi: "Agar kambag'al tug'ilgan bo'lsang bu sening aybing emas. Ammo, kambag'al o'lsang bu sening aybing"
@technorium_uz
