en
Feedback
Ezzi's diary🌚

Ezzi's diary🌚

Closed channel

Siyosiy fotojurnalistman. Fotosessiyalar - zavq Ishonch.uz internet nashrida ishlayman. Yosh ijodkor, she’r yozish - muhabbatim Jurnalistika universitetini tamomladim. Fotosessiya uchun: @ezoza_umurzoqova

Show more
1 537
Subscribers
-424 hours
-337 days
-15830 days
Posts Archive
Shuginaniyam bugun nonushtaga o’zim qildim🌸 O’zim bilmagan qobilyatlarim namoyon bo’lyapti. Bu odam nuqul “kutmagandim” deyd
Shuginaniyam bugun nonushtaga o’zim qildim🌸 O’zim bilmagan qobilyatlarim namoyon bo’lyapti. Bu odam nuqul “kutmagandim” deydilar. O’zi shunisi qiziqdaa, hayratga solish, “tuxum qovurishniyaam bilmayman” deb turmushga chiqvolib 1 oylikda mantilar qiberish😁 Umuman olganda muhabbat bor joyda hamma narsani sevib bajararkansan, bajarayotganingni esa sevasan…

Yonidagi shirinlikchii😋 kech kirganda vashe ishtaha ochdz🤣

Ozgina lirik chekinish qilamiz. Bugun dam olish kuniligidan foydalanvolib qovoq manti qildim. Ko’chib kelayotganimizda “manti
+1
Ozgina lirik chekinish qilamiz. Bugun dam olish kuniligidan foydalanvolib qovoq manti qildim. Ko’chib kelayotganimizda “mantiqozonni olmaymiz, ortiqcha yuk” degandilar, “noo, oleylik” deb turib olganman. Keyin shu oy 2 marta manti qibersayz olaman devdilar😄 1tasi bo’ldi✅ Birinchi marta qilganim suratda sezilib turgandir lekin ta’mi oh-oh-ooh) Qizjonlar, hech mustaqil manti qilganmisizlar? Qanday chiqqandi? 😍 @Ezzidan

+2
#toʻy_3 Qiziq joylariga keldik, choylarni damlab oliylar❤️ Bizni tumanda to’ydan bir kun oldin kelin olib kelinadi va kuyovning qarindoshlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “kelin salom” marosimi o’tkaziladi. Lekin men tushgan tumanda unday marosim yo’q ekan. Ayam kelin salomni juda yaxshi ko’radilar, “orzu-havas” odami. Yo’qligini eshitganda onamga bir og’iz “essize” deganlari uchun onam “Qilamiz!” dedilar. Farmon buyuk yerdan keldi😄 Shunday qilib yangi hududga o’zim bilan yana bir urf-odat olib bordim😁 Xatirchida kelin marosim payti 3-4 marta kiyim almashtirib, salomga kelganlarga ko’rsatishi kerak. Menam 4 marta ansambil kiyim chiqdim😊 Yagona qiz bo’lish - ayajoningni orzu-havaslariga qurbon bo’lishing bilan teng😁 Avvaliga nega kerak ortiqcha xarajat, ko’z-ko’z deb turib oldim, keyin marosim payti o’zimgayam yoqib ketdi) Buyam bir takrorlanmas davr ekan. Hammasini me’yorida to’yiib-to’yib yashab olish kerak. Sizlarda qanday? “Kelin salom” bormi? Davommii? @Ezzidan

#toʻy_3 Xatirchida kelin kelganda kuyov bilan yurib kirib ketadi. Navbahoreda esa kuyov yelkasiga olib kirgizarkan. Juda qiziq😄) O’g’rilab kelganday. Zeriktirmayapmanmii? Davom etamizmi? Reaksiyalar kam bo’lyaptidaa) @Ezzidab

O’chiryapman, tezda o’tvoliylar)

+1
#toʻy_2 Oilam bilan xayrlashish qiyinligini bilardim, lekin bu darajada og’ir deb o’ylamagandim… Oilada 1 ta qiz va 1 ta qiz nevaraman. 3 ta akam, 6 jigarim bor. Dadam, yolg’izgina amakim, aka-ukalarim ko’zimga qarab katta qilishgan! Qiz farzand uyining yuragi bo’ladi deyishadi, men har birining qalb parchasini o’zim bilan olib ketdim… Bolaligim, eng toza, sof yillarim, kulgularim-yig’ilarim qoldi uyimda. Dadamning hamma uyimizda men uchun qurib, bezab bergan xonalari, orzulari, ayamning o’qib bergan kitoblari, ertaklari, akalarimning yasab bergan arg’imchoqlariyu o’yinchoqlari qoldi… Faqat xotiralarni bag’rimga qattiq bosgancha chiqib ketdim… Boshida sezilmadi. Endi-endi ichimga bir g’ashlik cho’kkan. Bir paytlar ayam urishib ham qildirolmagan ishlarini o’zim bilib qilayotganimda, dadam yillab “tejaa” deb tejjattirolmagan pullarini avtomatik ravishda hisoblayotganimda, yolg’iz sayohat planlarini tuzolmayotganimdayu, akalarimning endi menga faqat hol-ahvol so’rash uchun qo’ng’iroq qilayotganida ota uyimdagi qizaloq Ezzini yo’qotganimni sezyapman. Shu sezgining, anglamning o’zi qurtday ongimni kemiryapti… Bir nafas xo’rsiniiib qo’yaman. Haa, biz baxt uchun nimadandir kechishga, qaysidir ma’suliyatni bo’ynimizga olishga majburmiz. Qizning taqdiridan qiziq narsa yo’g’a?

Xoo’sh, eng boshidan boshlaymiz bo’lmasa) Kuyov olib ketgani kelganda bizda kelin qo’shnining uyidan yor-yor bilan o’z uyiga chiqadi. Buning qanday ma’nosi bor, anig’ini bilmayman. Lekin qizning uyida g’ala-g’ovur, kuyov jo’ralar uyga kiraman deb to’s-to’polon qilayotgan paytda kelin o’rtog’lari bilan qo’shnining uyida tiinchgina, xotirjaam o’tirarkan😄) Shunisi juda qulay. Hayajon ham kam. Ba’zi qadriyatlar haliyam saqlanib qolgani, yashab kelayotgani quvonarli, to’g’rimi? Yana qayerda shunday urf-odat bor? Yoziylarchi? Sizlarda qanday?

Atiga 100 ming so’m ekan, 100 ta joy to’lib ulguribdi🤍

To’yim” deganda faqat oyoq kiyimining rangi esiga keladigan qizlardan biri bo’lishni istamadim. Yaxshi odam bilan bu kunni o’zimiz xohlaganday, go’zal o’tishi uchun maksimal harakat qildik. Vals ham ulardan biri edi… Sevgi musiqamiz Shuhrat Daryoning “So’zlasa”siga raqsga tayyorlandik va kutilgan kunda 3 marta fikrimizdan qaytdik😁) Ayniqsa men, akamlarning oldida juda xijolat bo’ldim, lekin boshlovchi e’lon qilgandan so’ng bu odam shart qo’limdan tutdilaru sahnaga qarab yetakladilar. Va orzulardan yana biri amalga oshdi💖 Hech to’yimiz haqida gaplashmadik. Bugunni to’liq shu mavzuga bag’ishlaymizmi? ❤️ — Xuddi shundaay

Bu suratlar meniki emas, lekin juda go’zal a? Suratlar tuyg’ularning ifodasidir. So’zning kuchi yetmagan hislarni ular yetkaz
+6
Bu suratlar meniki emas, lekin juda go’zal a? Suratlar tuyg’ularning ifodasidir. So’zning kuchi yetmagan hislarni ular yetkazadi… Eng jim, sassiz va kuchli xarakterga ega san’at — fotografiya. U bir yuksak did! Men ko’plab fotografiya kanallariga ulanganman. Havaskorlardan tortib professional suratkashlargacha har kuni kuzataman, ruhim to’yinadi… Sizlargayam shunday kanallardan birini ulashyapman. O’zlarining oddiy qo’l telefonlarida kunlik hayratga soladigan suratlarini bo’lishib boradilar. Suratkash obunachilarning iste’dodini namoyish etish uchun ham ajoyib minbar bu kanal! Ko’plab tanlovlar o’tkazib turadilar. 📷 Tez ulanib oling, fotografiya san’atidan zavqlaning: 📎 https://t.me/+RLJuoAhUv28xMWIy

Biz to’yda tushamiz deb maxsus valsga tayyorlangangan edik. Ertaklardagiday🥹💖 Bugun shuni ko’ramizmii? ❤️ — Albattadaa 🔥 — ko’rib bo’ldik)

Aytolmay pinhon tutganim, Sen eding yor, sen eding… Bir dunyo qiz o’g’lini kelinidan qizg’onadigan qaynonalardan norozi bo’la
Aytolmay pinhon tutganim, Sen eding yor, sen eding… Bir dunyo qiz o’g’lini kelinidan qizg’onadigan qaynonalardan norozi bo’layotgan bir paytda mening onajonim: — Turiylar-turiylar, chiroyliginasizlar, o’zzzim rasmga olib qo’yaman🫠

Ezzi hisobot bergani keldi. U boulingda yurganga o’xshaydi…☕️
+5
Ezzi hisobot bergani keldi. U boulingda yurganga o’xshaydi…☕️

Iqror 27482929 — qaynona-qaynotasi kelgan kun ishga yugurgan kelin😁

Bugun yana bir muhabbat qushchalar uchun xotira yaratyapmiiz. Qancha ko’p ❤️ bo’lsa fotosessiyani shuncha tez ko’ramiz💋
+1
Bugun yana bir muhabbat qushchalar uchun xotira yaratyapmiiz. Qancha ko’p ❤️ bo’lsa fotosessiyani shuncha tez ko’ramiz💋

Oila bo’lib Islom sivilizatsiya markaziga keldik. Tele fotoreportaj ko’ramizmi? @Ezzidan
+4
Oila bo’lib Islom sivilizatsiya markaziga keldik. Tele fotoreportaj ko’ramizmi? @Ezzidan

Bugun oxirgi kun) 🫠

Oilamiz🩷
Oilamiz🩷

Jarayon) Mehmon kutishga deyarlii tayyormiz. Dasturxonga salatlar va servis idishlarni joylasam, tamom-vassaloom❤️🤠
+1
Jarayon) Mehmon kutishga deyarlii tayyormiz. Dasturxonga salatlar va servis idishlarni joylasam, tamom-vassaloom❤️🤠