en
Feedback
ARUZ ARZI | Alisher Sabriy

ARUZ ARZI | Alisher Sabriy

Open in Telegram

Bunda siz aruzning ayrim vaznlariga oid asarlar yoki ulardan parchani tinglashingiz va mashq qilishingiz mumkin.

Show more
273
Subscribers
+224 hours
+47 days
+430 days
Posts Archive
#Goʻzal_gʻazal #Dilkash_navo
* * * Ohki, ishq ayladi shaydo meni, Soldi junun ko‘yiga savdo meni. Ishq ila savdo bo‘lubon muttafiq, Ayladilar dahrda rasvo meni. Dasht aro Majnun demayinkim, vuhush Keldilar aylarga tamosho meni. Kimniki ishq istadi qatl etkali, Hajr ravon ayladi paydo meni. Kimki meni o‘lturur, ul tirguzur, Yo‘qsa qochar, ko‘rsa Masiho meni. Dayr emas erdi yerim, ozg‘urub, Soldi buyon bir buti tarso meni. Voyki, o‘lturgali qilmas pisand Ishq yana kimsani, illo meni. Soqiyi gulchehradin oshuftamen, Demaki, mast ayladi sahbo meni. Yor Navoiyni tilab, ey ko‘ngul, Yo seni o‘lturgusidur, yo meni. ✍🏻 Alisher Navoiy
___________________ 🎙 Nazokat Narziyeva ijrosi 🪕Abduhoshim Ismoilov musiqasi @aruz_arzi 🎰👑👑👑 🎰👑👑👑

🔤🔤✅🌹🔤😴 Kanalimizning barcha a’zolarini, ularning oila a’zolari-yu yaqin insonlarini yangilanish bayrami ― Navro‘z bilan chin dildan tabriklayman! Qalblarga nur va sakinat baxsh etadigan bayram bu, chindan...
NAVRO‘Z Nekbinlik gurkirab o‘sar xotirda, Havo sal jilmayib, qushlar sayrasa, Daraxtlar qo‘ynida bodroq potirlab, Qirlarda qo‘zilar sakrab yayrasa. Yuvib yuborganday musaffo tonging Fisqu xiyonatni ― qolmas zarra g‘am. Bu ham yetmaganday, kelar ishonging Daf’atan hattoki odamlarga ham! 20.03.2026 Alisher Sabriy
@aruz_arzi

🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩 Yangi oy-u iyd iki qullug‘ching o‘lsun, aylagan Sen hilol оning otin, bayram bu yerning kunyatin. Alisher Navoiy 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤

❗️❗️❗️❗️❗️ #lirik_chekinish ✍️ Abdulhamid Cho'lpon 📖"Go'zal Turkiston" 🔈 Alisher Sabriy @aruz_arzi https://youtu.be/26UcPLTnEVU?si=axxWzqM7CHtHgQxX

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #Ish_quroling_boʻlsa_soz Dars taqozosi bilan eski oʻzbek tili va yozuvida oʻqish hamda yozishga toʻgʻri kelyap
+1
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #Ish_quroling_boʻlsa_soz Dars taqozosi bilan eski oʻzbek tili va yozuvida oʻqish hamda yozishga toʻgʻri kelyapti. Albatta, dastgoh qulay boʻlsa, ish silliqroq, samara yaxshiroq boʻladi. Shu maʼnoda bir qancha qalam va avtoruchka-yu fetrli ruchkalarni sinab koʻrib, ularda yozuv qanday koʻrinish kasb etishini kuzatyapman. Namunani sizlarga ham ulashgim keldi.
Qiziqqanlar shu rasmdagi barcha qalam va ruchkalarni Uzum marketdan topa bilishadi. (Baʼzan tugagan, baʼzan yana joylashtirilgan boʻladi)
@aruz_arzi 🚩🚩🚩🚩 🚩🚩🚩🚩

#tavsiya Bilaman, ishingiz koʻp. Bilaman, vaqtingiz juda ziq. Erta uchun qancha rejalaringiz bor. Bugun muhayyo qilishingiz kerak boʻlgan narsalar kam emas. Ammo toʻxtang… Shu bugun 2 soat vaqtingizni ma’naviy hordiq chiqarishiga bagʻishlang.
Shuhrat Daryo — qoʻshiqlariga yuragini oxirgi tomchisigacha qoʻshib kuylaydigan san’atkor! 2 soatdan oshiq vaqt ichida ortiqcha ezmalanishlarsiz JONLI kuylash hazilakam ish emas. Tagʻin barcha qoʻshiqlari saviyali, matni butun!
Maroqli dam olishlar! @aruz_arzi 📥📥📥 https://youtu.be/c5l97-ujP9c?si=CMQUs3nWZ2EFoh-U

#epik_chekinish #audio_asar ✍️ Erkin A'zam 📖"Otoyining tug'ilgan yili" (qissa) 🔈 Alisher Sabriy @aruz_arzi ⬇️ 3-qism ⬇️ https://youtu.be/ikg3jNqvoyw?si=vlAAsaCPSiuC0Vm2

#epik_chekinish #audio_asar ✍️ Erkin A'zam 📖"Otoyining tug'ilgan yili" (qissa) 🔈 Alisher Sabriy @aruz_arzi ⬇️ 3-qism ⬇️ https://youtu.be/pxJEFaqaIcs?si=ZMmtsOXAUmPlS5iR

#epik_chekinish #audio_asar ✍️ Erkin A'zam 📖"Otoyining tug'ilgan yili" (qissa) 🔈 Alisher Sabriy @aruz_arzi ⬇️ 2-qism ⬇️ https://youtu.be/NZlo2SgpBe8?si=5O8mv-aARCMC_bGv

#epik_chekinish #audio_asar Bu audio asar ham 2019-yil mahsuli. Texnik va o'qishdagi kamchiliklarga ko'z yumasizlar degan umid ila... ✍️ Erkin A'zam 📖"Otoyining tug'ilgan yili" (qissa) 🔈 Alisher Sabriy @aruz_arzi ⬇️ 1-qism ⬇️ https://youtu.be/EhUfcw6cRMo?si=c6aLFvo5mze_OyRd

🎶🎶🎶 🎙 Kumush Razzoqova 📝 “Yomg‘ir” ©Usmon Azim @aruz_arzi 🔡🔡🔡🔡 🔡🔡🔡🔡

🌧🌧🌧 Usmon Azim “Yomg‘ir” 🎤Shoirning o‘zi o‘qigan @aruz_arzi 🔡🔡🔡🔡 🔡🔡🔡🔡

8️⃣🔤🔤🔤🌹🌷 Assalomu alaykum! Kanalimuzning barcha go‘zal-lobar a’zolari! Sizni bayramingiz bilan chin ko‘ngildan qutlab, ikki dunyo saodatini tilab qolaman! 🅱️🅰️🔠🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🅱️0️⃣🔠🅰️🔠❗️ @aruz_arzi https://youtu.be/tYiVN6O0bas?si=_LVk3J82AkPINjE

🐅🦛🐎🐫🐃🐳
“Layli va Majnun” dostonining eng ta’sirli nuqtalaridan biri — Majnunning otasi uni qidirib sahroga chiqishi va oʻgʻlini juda abgor holda koʻrib ich-ichidan ezilishi, unga dard-u hasratini aytib, oxirgi bor uyga qaytishini oʻtinib soʻrashi lavhasidir.
Hazrat Navoiy bu lavhani mundoq chizadilar ⬇️⬇️⬇️ https://youtu.be/1eRxvWRM2zc?si=mAPehUc5iEXoX95z @aruz_arzi 🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤

💿 🔤🔤🔤🌷 ✏️ So'fi Olloyor 📢 Alisher Sabriy 🔡🔡🔡🔡 🔡🔡🔡🔡

Repost from Odil Ikrom
Tovus oʻzining chiroyli patlarini yulib uloqtirib, tanasini xunuk holatga keltirgani — “Maʼnaviy masnaviy”dan hikoyatlar Bir
Tovus oʻzining chiroyli patlarini yulib uloqtirib, tanasini xunuk holatga keltirgani — “Maʼnaviy masnaviy”dan hikoyatlar Bir hakim sahroda sayr etib yurarkan, nogoh oʻz patlarini yulayotgan tovusni koʻrib qoldi va unga dedi: “Ey tovus! Shunday ajoyib, koʻrkam patlaringni qanday qilib shafqatsizlik bilan tub-tubidan yulyapsan? Shunday noyob, qimmatbaho narsani yulib, loyga uloqtirishga qanday jurʼating yetdi? Har bir pating nodir va chiroyli boʻlgani uchun hofizlar uni Qurʼon sahifalari orasiga qoʻyadilar. Havoni foydali harakatlantirish maqsadida patlaringdan yelpigʻich yasaydilar. Bu qanday noshukurlik, bu qanday qoʻrquv bilmaslik? Uning Naqqoshi kim ekanini nahotki bilmasang? Yoki bila turib noz qilyapsanmi? Bu bezaklarni ataylab yulyapsanmi? Давоми: https://oyina.uz/uz/article/3859 t.me/Oydinniso_Yuldosheva

​​RAMAZON – AMIR NAVOIY TAVALLUD OYI Fayz-baraka oyi bo‘lgan Ramazon boshqa barcha fazilatlari qatorida buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiy yorug‘ olamga kelgan oy ekani jihatidan ham biz uchun qadrlidir. Tarixchi G‘iyosiddin Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida bu haqda quyidagicha yozadi: “...oliy hazrat tovuq yiliga to‘g‘ri keluvchi (hijriy-qamariy) sakkiz yuz qirq to‘rtinchi yil Ramazon oyining o‘n yettinchi kunida yo‘qlik dunyosidan borlik olamiga qadam qo‘yib, o‘zining go‘zal va porloq chehrasi ulug‘ligi bilan yer yuziga zeb-ziynat bag‘ishladi”. Hijriy 844-yil Ramazon oyining 17-kuni milodiy hisobda 1441-yil 9-fevralga to‘g‘ri keladi. Hazrat Navoiy – komil musulmon. Buyuk mutafakkir bir umr islom shariati ruknlariga qat’iyat bilan amal qilgan. Buni ulug‘ bobokalonimizning o‘zi “Vaqfiya” asarida quyidagicha ifoda etadi: “...chun kishiga abadiy davlat va saromadi saodat va hayot chashmasining navidi va najot manzilining umidi islomning besh sutunlik zotu-l-imodig‘a kirmaguncha mumkin ermas va bu xamsu-l-muborak panjasig‘a ilik urmag‘uncha hech ish natija bermas. Avval ul kalimai tavhiddur. Shukrkim, oni alifdek jonim orasida naqsh etibmen. Ikkinchi – saloti xamsadur. Bihamdillahkim, oni naydek zehn aro sabt qilibmen. Uchunchi – Ramazonning o‘ttuz kunining ro‘zasidur. Shukrulillahkim, oni lomdek qalbimda yoshurubmen. To‘rtinchi – zakotdur. Jonim naqdi ul Tengrig‘a zakotim...”. Xondamirning yozishicha, hazrat Alisher Navoiy: “...besh mahal jamoat bilan o‘qiladigan namozlarning barchasida qatnashardilar”. Juma va jamoat namozlari o‘qishni tashkillashtirishda ham alohida g‘ayrat ko‘rsatgan. Hirot shahridagi Marg‘aniy bog‘i ichida benihoya chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan jome masjidi qurdirib, o‘z zamonasi qorilarining sarasi bo‘lgan Xoja Hofiz Muhammad Sultonshohni ushbu masjid imomligiga tayinlagan hamda o‘zi bu yerda besh mahal jamoat bilan o‘qiladigan namozlarda muntazam ishtirok etgan. Hazrat Alisher Navoiyning xazinasida biror yili ham zakot to‘lashga vojib bo‘ladigan darajadagi oltin yig‘ilmagan. Xazinaga kelib tushgan har qanday daromad tez orada turli tabaqalar vakillari bo‘lgan kishilarga in’om sifatida sarflangan yoki masjid, madrasa, xonaqoh va shu kabi inshootlar qurilishiga – xalq manfaatiga yo‘naltirilgan. Shunga qaramay, amir Navoiy zakot berish borasida ham katta g‘ayrat ko‘rsatgan. “Makorim ul-axloq”da yozilishicha: “Ulug‘ martabali bu Amir (Alisher Navoiy), Alloh taolo buyurganidek «Unzila fiyhil-Qur’on», ya’ni Qur’on nozil qilingan oy bo‘lmish muborak Ramazon oyida qiladigan sadaqalari va xayr-ehsonlarini ko‘paytirishga harakat qilardilar. Bu oyda ul hazratning odatdagi ziyofat dasturxonlariga tortiladigan taomlar ro‘yxatiga bir necha bosh qo‘y va shunga yarasha mahsulot va masalliqlar qo‘shilardi. Har kechasi (!) ulug‘ sayyidlar, zamona olimlari, oliy nasabli amirlar va yuqori martabali vazirlar ulug‘vor Amir huzurida iftorlik qilardilar. Ul hazratning shaxsan o‘zlari mehmonlarga mulozamat qilib, o‘z qo‘llari bilan ularga taom tortardilar va shundan so‘nggina o‘zlari yegulikka qo‘l cho‘zardilar. Shuningdek, mulozimlaridan bir necha kishiga tashqarida turib, ushbu dasturxon atrofidan joy topa olmagan kishilarga ziyofat berishlarini buyurardilar va shuning bilan birgalikda o‘zlari oldilaridagi taomlardan bir qismini ham ularga berish uchun yuborardilar”. Shuningdek, ul hazrat uzoq va yaqindagi fozillar, shoirlar, qashshoqlar, nogironlar va yetimlarni pul va kiyim-kechaklar in’om qilish bilan siylardilar, yuqori va quyi tabaqalarga mansub kishilarni o‘zlarining bepoyon xayr-ehson dasturxonidan bahramand etardilar. Buyuk bobokalonimizning hikmat va ma’rifat manbai bo‘lgan benazir asarlari qatorida hayot tarzi ham biz uchun o‘rnak bo‘lmog‘i zarur. Nurboy Jabborov

▶️👉 🎤“Navoiy Hirotda, Kobulda Bobur” mavzusida adabiyot kechasi tashkil etildi Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali maktabgacha va boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi tomonidan Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Navoiy Hirotda, Kobulda Bobur” mavzusida adabiyot kechasi tashkil etildi. Adabiy kecha TKXU Samarqand filiali direktori N.F.Ishonkulov tomonidan ochib berildi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar ― Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti o'qituvchisi, dotsent S.Tohirov hamda PhD A.Razzoqovlar tomonidan ikki buyuk bobokalonimiz haqida bergan qimmatli ma'lumotlari adabiy kechaga tashrif buyurganlarda katta taassurot uyg‘otdi, buyuklar ijodiga hurmat hissini oshirdi. Talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlarda Navoiy va Bobur ijodiga bo'lgan muhabbat aks etdi. @aruz_arzi 🎰👑👑👑 🎰👑👑👑

Assalomu alaykum, kanalimizning aziz a'zolari! Agar shu video yoqsa, havola orqali kanalga kirib, munosabatingizni reaksiya orqali bildirsangiz...

135-Ishtirokchi Ism-sharif: Sabriyev Alisher Asliddinovich Yoshi: 30 yoshda Ish joyi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali o‘qituvchisi Ilmiy faoliyati: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi 3-bosqich tayanch doktoranti Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand tumani #Navoiy_585
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz.⬇️
😂Online ko’rish 🎥Instagram|🟦Facebook ☎️ Telegram  |🟥YouTube