en
Feedback
𝓝𝓸𝓽𝓮𝓼

𝓝𝓸𝓽𝓮𝓼

Open in Telegram

•O’zimga nimani foydali deb topgan bo’lsam,buyerga ulashib qo’yaman.

Show more
984
Subscribers
-224 hours
-137 days
-8030 days
Posts Archive
Guzal - duo ! 💛 Alloh seni hatto tasavvur ham qilolmagan go'zalliklar bilan yuzlashtirsin. Qalbingga shunday bir huzur ato etsin-ki, uni hech qanday g'am buza olmasin. 💌

Qanchalik yaxshi bo’lmaylik baribir kimnidir hikoyasida “yomonmiz”.

photo content

photo content

Hech o’ylab ko’rganmisiz nega hozir avvalgiga qaraganda odamlardagi stress foizi yuqoriroqdek? O’z joniga qasd qilish kundan kunga ortib bormoqda? Bugungi hayot odamlar ruhiga bosimni juda ko’paytirib yuborgandek. Avval odamlar o’z mahallasi yoki qarindoshlari orasidagi habarlarni bilgan bo’lsa hozir birgina qurilma orqali butun dunyodagi turli habarlarni bemalol qabul qilyapti. Ijtimoiy tarmoqlar orqali “menda unday emas” degan odam ham kamida 20-30 foizga hayotini solishtirib qo’yyapti. “Uni eri yaxshiroq” “uyi chiroyli” “u muvaffaqiyatliroq” “puli ko’p” “sayohat qilyapti” “bolasi rivojlangan” kabi. Miya deyarli 24/7 online rejimda va hech qachon to’liq dam ola olmayapti. Mana shu ijtimoiy tarmoq sababli mukammallik talabi oshdi. Yaxshi er,yaxshi xotin, yaxshi ona, yaxshi farzand,rivojlanish,ko’p pul topish, o’z ustida ishlash - go’yo hammasini bir paytda uddalash kerak. 20 ga kirmagan yigitdan mashina,shaxsiy uy-joy talab qilinyapti. Qo’limizdagi kichik qurilma hayotimizga qanchalik tasir qilyotganini tasavvur qilish uchun 1 soatga telefonsiz yashab ko’ring.

Rabi’ul-avval — hijriy taqvimning 3-oyi. Bu oy musulmonlar uchun Rasululloh ﷺ ning hayotlari, siyratlari va ul zotga bo‘lgan muhabbatni eslash bilan bog‘liq. Rasululloh ﷺ dushanba kuni tug‘ilganlarini bildirganlar. Sahih Muslimdagi hadisda u zot dushanba kuni ro‘za tutishlari haqida so‘ralganda, “Bu men tug‘ilgan kun” deb javob berganlari rivoyat qilinadi. 🌱

Har doim o‘z xatti-harakatlaringizni ham tekshirib turing. Ba’zan muammo o‘zingizda ekanini anglamasligingiz mumkin. Islomda o‘zini hisob-kitob qilish (muhosaba) samimiyatning bir qismidir. Boshqalarni hukm qilishdan oldin, o‘z xatti-harakatlarimiz va niyatlarimizga nazar tashlashimiz kerak. Chunki qalblardagi narsalarni eng yaxshi biluvchi Zot — Allohdir.

Mana shu kanalga ulanib oling Juda manfaatli postlar tashlanadi har kuni. 💌 O’zimni dugonam yurgizadi 🌱 @ummu_abdulvakiyl

Repost from N/a
Robbiyul-avval oyi muborak. Bu oyda Rosulimizga ko’plab salovot aytishga harakat qilaylik🍃 Juma muborak
Robbiyul-avval oyi muborak. Bu oyda Rosulimizga ko’plab salovot aytishga harakat qilaylik🍃
Juma muborak

photo content

To’g’ri duo qilish “texnikasi” Nega duo qilishda qandaydir “texnikalardan” foydalanishimiz kerak. Ahir bizni yaratgan Zot, bizga jon tomirimizdan ham yaqinroq bo’lgan Zot bizga nima kerak ekanligini bilmaydimi? Biz Undan nima so’rayotganimizni bilmaydimi? Qo’limizni duoga ochib,jimmmm,hech narsa deya olmay ko’zyoshlar bilan o’tirsakda U bizni ichimizdan o’tayotgan har neni bilib turadi. Nima so’ramoqchiligimizni ham biladi. Va bizga nima hayrli , hayrsiz ekanligini ham biladi. ☘️

Yosin surasini o’qigan insonga Qur’oni Karimni 10 marotaba hatm qilganlik savobi berilar ekan.

photo content
+1

Tasbehlaring va zikrlaring orasida 10 ta kalima bo’lsin 💕 1. La ilaha illalloh vahdahu la sharika lah,lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumit va huva hayyul laa yamutu,biyadihil hoyru va huva ala kulli shay’in Qodir. 🌷 2. La ilaha illallohul Malikul Haqqul mubiyn 🌸 3. La ilaha illallohul Vahidul Qohhar Robbus samavati val ard va maa baynahumal Azizul G’offar 🌷 4. Subhanalloh,valhamdulillah,vala ilaha illalloh vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billahil Aliyyil Aziym 🌹 5. Subbuhun,Quddusun,Robbiul malaaikati varruh 🌷 6. Subhanallohi va bihamdih,subhanallohil Aziym 💐 7. Astag’firullohal Aziymallaziy la ilaha illa huval Hoyyul Qoyyum. Va as’aluhut tavbata val mag’firota 🌷 8. Allohumma laa maania lima atoyta va la mu’tiya lima mana’ata va laa roodda lima qodoyta va laa yanfau zal jaddi minkal jadd 🌸 9. Allohumma solli ala Muhammadin va ala ali Muhammadin va sohbihi va sallim 🌹 10. Bismillahil laziy laa yaruddu maa asmihi shay’un fil ardi va laa fis samaai va huvas Samiyul Aliym. 🌿 Bularning har birini 100 martadan yoki 70 martadan yoki 10 martadan aytgin. Bu eng kami bo’lib hammasi shunda 100 marta bo’lsin.🌱 ✅ Bu virdlarni doimiy qilib yurgin. ©️G’azzoliy (Bidoyatul Hidoya)

Кушойиш 📜Тажрибада синаб кўрилган, ким: "Албатта, мени зарар тутди. Сен раҳмлиларнинг раҳмлисисан!", деб етти (7) марта айтс
Кушойиш 📜Тажрибада синаб кўрилган, ким: "Албатта, мени зарар тутди. Сен раҳмлиларнинг раҳмлисисан!", деб етти (7) марта айтса, Аллоҳ унинг мусибатини кетказади. ▫️"Ва Айюбнинг Ўз Роббига нидо қилиб: «Албатта, мени зарар тутди. Сен раҳмлиларнинг раҳмлисисан!» – деганини эсла", Анбиё сураси, 83 - оят. ("Фавоид"дан). @arabicuz iOS | Android Instagram | Facebook | Twitter | Tiktok | Youtube

Biz 21-asrda yashayapmiz va bu degani… Halolni qiyin, haromni oson deb bilish… O‘z ko‘rinishidan uyalish… Gunohni odatiy hol deb qabul qilish… Dunyoni oxiratdan ustun qo‘yish… O‘limni esa juda uzoqdek tasavvur qilish..! Ummu Xoyr

Allohning rohmatidan noumid bo’lmaslik kerak. 📖 Alloh taolo O’zining kalomida shunday marhamat qiladi: قُلْ يَا عِبَادِيَ الَّذِينَ أَسْرَفُوا عَلَىٰ أَنفُسِهِمْ لَا تَقْنَطُوا مِن رَّحْمَةِ اللهِ  إِنَّ اللهَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا  إِنَّهُ هُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ🌷  Ey Pаyg‘аmbаr, ko‘p gunоhlаr qilgаn vа nаfslаrining gаpigа kirib, o‘z jоnlаrigа zulm qilgаn bаndаlаrimgа аyting: “Sizlаr gunоhimiz ko‘p, deb Аllоhning rаhmаtidаn nоumid bo‘lmаng. Shubhаsiz, Аllоh hаr qаnchа gunоh qilgаn kishini hаm аgаr tаvbа qilsа vа gunоhlаridаn qаytsа, bаrchа gunоhini kechirаdi. U tаvbа qiluvchi bаndаlаrining gunоhlаrini kechiruvchi vа ulаrgа rаhmli Zоtdir”.(Zumar. 53-oyat) 🌷