en
Feedback
Development-Rivojlanish

Development-Rivojlanish

Open in Telegram

Ushbu kanalda “Development Eduspace” nomli tarbiya hamda ingliz tili uyg’unligida tilni milliy uslubda o’rgatish markazi asoschisi va muallimi, Ustoz Bekzod O’tkurovning shaxsiy mulohazalari va olimlardan keltirgan iqtiboslar

Show more
624
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1230 days
Posts Archive
Ta’lim beruvchi “Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer axli, inidagi chumoli, hattoki, dengizdagi baliq ham
Ta’lim beruvchi “Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer axli, inidagi chumoli, hattoki, dengizdagi baliq ham odamlarga yaxshilikni ta’lim beruvchiga salavot aytadilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Yana bir grant muborak Assalamu Alaykum Ustoz! Men sizning qo'lingizda 0dan to oxiriga qadar o'qigan o'quvchingiz G'anijonov
+1
Yana bir grant muborak Assalamu Alaykum Ustoz! Men sizning qo'lingizda 0dan to oxiriga qadar o'qigan o'quvchingiz G'anijonov Abdulloh bo’laman. Sizni bir yangilik bilan suyuntirmoqchi edim👏 Ya'ni hozirgi o'quv maskanim bo'lmish MILLAT UMIDI Universiteti ELT (English Language Teaching) fakultetining 2-bosqichida 💯% lik grantini yutib oldim. Grantga da'vogar 15 ta nomzod umumiy ballariga ko’ra 250 ta o'quvchilar orasidan saralab olindi va shular orasida men ham bor edim. Shundan so’ng Ingliz tilida suhbat ham bo'ldi. Bu suhbat davomida menga darslarimizda bo’ladigan dunyoqarashimizni kengaytiradigan suhbatlar va ayniqsa DEBATE larni yordami katta bo'ldi. Sababi, suhbatdan so'ng 10ga yaqin o'quvchilar 50% foizlik (9.000.000 so'm) va qolgan 5 ta o'quvchi 100%lik (18.000.000 so'm) miqdorida Grand sohibi bo'lishdi. Bu degani sizda ta’lim-tarbiya olish uchun otam ajratgan 2 yildan oshiqroq xarajatini 5 daqiqadayoq chiqarib oldim va bilm-tajribam esa yonga qoldi!😎 Demoqchi bo'lganim, siz menga bergan ta'limingiz, qiyinchiliklarga sabrli bo'lishni o'rgatganingiz  va albatta bu o'quv muddatini ortida juda ham ko'plab FOYDA berkinib yotganini tushunturganingiz o'z mevasini berdi, bermoqda va umid qilamanki yana beradi. Menga bergan ta'limingiz uchun MING bor Rahmat USTOZ! Umid qilamanki bu hali boshlanishi va sizni yaqin kelajakda men kabi barcha shogirtlaringiz ham undanda yaxshiroq yutuqlar bilan mamnun etishadi! Shogirtimiz Abdulloh G’anijonovdan

Ustozim tushurgan tarsaki… Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

DEVELOPMENT EDUSPACE 🦅 Assalamu alaykum! Maxsus yangi INGLIZtili guruhi ochilish arafasida ekanini ma’lum qilamiz!
Farzandim go’zal odob hamda foydali ilm egasi bo’lsin” deganlar uchun Ingliz tilini samarali va murakkab o’rgatish dasturini taqdim etamiz!
Biz Ingliz tilini har tomonlama mukammallik darajasiga olib chiqamiz. Ayniqsa, GRAMMATIKA, TARJIMA QILISH VA OG’ZAKI nutqni sinalgan va samarali uslubda o’rgatamiz©️. Yangi guruh kun va soatlari: DUSHANBA /CHORSHANBA/JUMA SOAT 14:00 dan 15:30 gacha Ustoz, Bekzod O’tkurov (30 yoshda) haqida qisqacha: ▶️11 yildan oshgan o’qitish tajribasiga ega ▶️Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti bitiruvchisi(2016) ▶️Ingliz tilini 18 yildan beri faol ishlatadi ▶️O’z talabchan uslubi va samarali o’qitish yo’liga ega ▶️Ko’plab shogirdlari xorijdagi universitetlarda tahsil olishadi va ingliz tilini o’rgatish bilan ham shug’ullanishadi O’quvchilar bir oy sinov muddatida o’qishadi. ❗️Guruh 30-Sentabr, DUSHANBA kuni boshlanadi. Shoshiling! Ha aytgancha, do’stlaringizga yuborishni unutmang! 📞+998977430773 📞+998900030060 😎@development_aloqa 📍Manzil: Tinchlik metro 🚇Beruniy 1-dahasi, 1 Olmazor tumani, Toshkent https://yandex.uz/navi/?text=41.332842,69.219044

Ilhom O’rmon o’zining haybati va bir vaqtning o’zidagi sokinligi bilan odamni o’ziga tortadi. Allohning yaratgani insonga ilh
Ilhom O’rmon o’zining haybati va bir vaqtning o’zidagi sokinligi bilan odamni o’ziga tortadi. Allohning yaratgani insonga ilhom berar ekan. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

🇺🇿 Farzandda Vatanga bo’lgan muhabbat va sadoqatni, umuman olganda Vatanparvarlikni shakillantiradigan omil bu- otaning o’zi chinakkam Vatanparvar bo’lishi ekan. 33 yoshing muborak bo’lsin Vatanim! Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Savol: Farzandim (shogirtingiz) qachon darslarni yaxshi o’zlashtirib oladi? Javob: Qachonki Ustoz tayyor bo’lganida emas, balkim shogirtning o’zi tayyor bo’lganida o’rganishni boshlaydi. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Iftixor, faxr va o’rnak Sizlarga bir shogirtimizni qisqacha tanishtirmoqchiman. Undan o’rganadigan jihatlarimiz juda ko’p: Mu
+5
Iftixor, faxr va o’rnak Sizlarga bir shogirtimizni qisqacha tanishtirmoqchiman. Undan o’rganadigan jihatlarimiz juda ko’p: Muslimaxon Halilova, bundan chamasi 3 yil avval bizni qo’limizda 2-3 yil davomida tarbiya va ta’lim oldi. Juda sabrli, Ustozlarni hurmat qiladigan, hayot qiyinchiliklarni yengib o’tishga qiziqadigan va maqsadlari osmon edi. Bugungi kunga kelib, Alfarganus Universityda Iqtisodiyot va Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteri 3-bosqich talabasi. Erishgan yutuqlarining ba’zilaridan: 😎1- va 2-bosqichlarda Universitet granti sohibasi. 3-bosqich granti uchun ham asosiy davogarlardan; 😎2024-yil 27-fevral kuni Ahmad al-Farg’oniy bobomizning 1227 yilligi munosabati bilan “Ahmad al-Farg’oniy” nomli ko’krak nishoni sovrindori (bu kabi boshqa turdagi nishonlardan unda umumiy 5ta mavjud); 😎NORDIC INTERNATIONAL UNIVERSITY tomonidan “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish yo‘nalishlari va istiqbollari – yoshlar nigohida” mavzusida o`tkazilgan onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasida Alfraganus universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Muslimaxon Halilova o`zining “Aholi turmush darajasi va uning sifatini belgilovchi miqdorlar” nomli maqolasi bilan ishtirok edi; 😎Alfraganus universiteti “Mening intellektual mulkim” klubi bosh koordinatori Muslimaxon Halilova xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ingliz tilidagi ilmiy maqolalari bilan qatnashib, “Yil e’tirofi” statuetkasi va ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Sizlarga har bir mukofotlari haqida yoza olmadik. Hali uni oldinda bundanda katta yutuqlar kutayapti deb umid bildirib, qolgan shogirtlarimizga ham uni yo’lini tilab qolamiz. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Shajara. Ota Ilm olamiz, dunyoni zabt etamiz, ota-bobolarimizga munosib avlod bo’lamiz! Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Ustozlikdagi eng qiyin ish Umuman olganda bu sharafli kasbning mashaqqatsiz tomoni yo’qdir. Lekin uni yanada qiyinlashtiradigan jarayon bu - shogirtingiz uchun yaxshi bir yo’lni maslahat qilasiz-u, lekin u buni notog’ri deb o’ylayotganini his qilib turishingizdir. Menimcha ustoz uchun bundanda og’ir tuyg’u bo’lmasa kerak. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

70 yoshda ham eplasa bo’ladimi? Alloh bergan, 12 yildan oshayotgan dars berish tajribamda turli hil insonlarga dars berdim. Ular orasida eng osoni bu yoshi kattalari (30dan balandlari) bilan ishlash bo’ldi. Tag’in, bu yoshdan kichikroq shogirtlarim - “biz bilan unda qiyin ekanda”, deb o’ylamanglar. Aksincha, sizlar uchun ularda o’rnak bor demoqchiman. Buning yaqqol misolini deyarli 70 yoshlarida ingliz tilini o’rganib olgan o’zbek otaxoni haqidagi quyidagi video-ko’rsatuvdan topasiz (bu misolimni faqatgina ingliz tilini o’rganish uchungina deb bilmanglar): https://youtu.be/j3BbHPn-sbM?feature=shared Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Kim nimaga yetishgan bo’lsa, hurmat qilganidan yetibti Kim nimadan mahrum qolgan bo’lsa, hurmat qilmaganidan Murabbiyiga bo’lgan hurmatni qarang. Ustozlarga bo’lgan ehtirom qaysi sohada bo’lmasin kishini albatta yuksaklarga ko’taradi. O’zbekiston Jahon olimpiadasida umum jamoa hisobiga ko’ra o’zinig natijasini yanada yaxshiladi. Endi navbat ilmu-fan, texnologiya va albatta xulq-atvor bo’yicha ham millat bayrog’ini yuksaklarga ko’tarishga yetdi! Chunki ilmdan o’zga najot yo’qdir. Qanday erishish mumkinligini sportchimiz misolida ko’raylik: Shogirt Ustozni ko’taradi, Ustoz - Millatni! Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Ogohlik Hozirgi zamonda o’zi bilib-bilmay har narsani targ’ib qiluvchilar ko’payib ketti. Ularni saralash esa kishinig ziyrakligiga va uzoqni ko’ra olishiga bog’liq. Har kimga ko’r-ko’rona ergashmang! Yengil yo’lni tanlamang. Mashaqqat insonni o’stiradi toblaydi, yengil-yelpi yo’llar emas. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Ko’zgu O’zimizdagi kamchilik va nuqsonlarimizni bartaraf etmas ekanmiz, nimaga qo’l ursak ham natija bir hil chiqaveradi. Kas
Ko’zgu O’zimizdagi kamchilik va nuqsonlarimizni bartaraf etmas ekanmiz, nimaga qo’l ursak ham natija bir hil chiqaveradi. Kasbni (sohani, yo’nalishni, o’qish maskanini) o’zgartiravergandan ham foyda yo’q. Yaxshisi ko’zguga yaxshilab bir nazar solib, keyin yo’lga chiqganimiz ma’qulroq. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Odamlar bizni nimamizni hurmat qilishadi? Odamlar seni hurmat qilishlari uchun sen o’ylaganday puling ko’p bo’lishi shart emas. Boy inson bo’lgan taqdiringda ham odamlar ortingdan g’iybatingni qilaveradi. Odamlar seni hurmat qilishlari uchun chiroyli inson ham bo’lishing shart emas. Yaqinlaring uchun hamisha chiroylisan, begonalar uchun esa chiroy har doim ham birinchi o’rinda emas. Odamlar seni hurmat qilishlari uchun jismonan kuchli baquvvat bo’lishing ham shart emas. Tog’larni vayron qiladigan gavdang bo’lgan taqdirda ham hurmat hech qachon kuchga qarab berilmaydi. Odamlar seni hurmat qilishlari uchun qimmat kiyimlarni kiyishing yoki qimmat mashina ham shart emas. Ust-boshga qarab faqat qalbi faqirlargina hurmat ko’rsatadi. Seni hurmat qilishlari uchun mansabdor ham bo’lishing shart emas. Mansab keladiyu ketadi, oldingda sendan faqat foyda ko’zlaganlargina o’ralashib yuradi. Odamlar seni hurmat qilishlari uchun faqat bir hislatgina bo’lsa yetarli. Muomala. Bu esa odob-axloqning bir bo’lagidir. Hozirgi barcha muammolarga yechim shudir. Ayniqsa yoshlarimizga. Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Yaxshi niyatda… Globallashuv* davrini tezlashtirishda internet, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar juda katta hissaga ega. Ulardan ko’r-ko’rona foydalanish esa bizlarni ularning keyingi qurboniga aylantirayotgan bir paytda, aksincha internet olamini maqsadli va odob bilan kezish bir sohada yanada yuksalishimizga sabab bo’lmoqda. Shu tufayli ayni shu kanal orqali foydali fikr va mulohazalarimni kamina Bekzod Ustozingiz siz azizlarga ulashib turaman. Maqsadga yetish va o’z burch-vazifamni to’laqonli ado etish uchun kichik bir imkoniyatdan bo’lsa ham foydalinib qolaman. ————————————————— *globallashuv- dunyo yagona iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirmoqda degan g'oya Ota-onangiz va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz

Qaysi faoliyatni olib borishlaridan qat’iy nazar, barchalaridagi ichki holat shudir. Xoh idorada ishlashsin xoh bozorda. Har bir ishda o’ziga yarasha mashaqqat va javobgarlik bor baribir. Lekin muhimi bu emas. Muhimi, ota yoki onangizning ayni holatida, sizni o’qishda deb o’ylab mehnat qilayotgan bir pallada siz qanday “o’qiyotganingizda”dir. Bu savolim faqat o’zingizga, barcha ta’lim yo’nalishidagi faoliyatingizga (ustozlar yoki maktablarni qanday dars o’tishidan qat’iy nazar), qo’shimcha o’qish uchun qatnayotgan darslaringizdagi faoliyatlaringizga va odob-axloqingizga berilgandir.
Ota-onangizni va sizni xizmatingizdagi Ustozingiz