cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yaponiyada Homeschooling/日本でのホームスクーリング

Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot

Show more
Tajikistan9 536The language is not specifiedFamily & Children8 345
Advertising posts
238
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#homeschooling #hayotiykonikma #cultureshock 10 yil oldin Yaponiyaga kelganimizda, koʻpchiligimiz uchun #cultureshock, madaniyat, hayot tarzilaridan hayratga solgan narsalardan biri bu chiqindilarni o'ta darajada guruh-guruhlarga ajratib, keyin belgilangan chiqindi qutilariga tashlash bo'lgan. Eng qiziqarlisi bunga hamma amal qilib kelarkan Subhanalloh. Masalan, ichimlik baklashkasi tashlansa ham, avval ustidagi plastik qobigʻi va qopqogʻi olinib, uni alohida plastik chiqindiga tashlanishi, yonilgʻi bo'ladigan chiqindilar alohida, kichkina bonkachalarni ham ichini tozalab yuvib tashlash, konserva idishlarni ham alohida qilib, chiqindiga tashlash zarur boʻladi. Albatta, bu chiqindilarni qayta ishlash, atrof-muhitni toza tutishga katta ahamiyat kasb etadi. Bu o'z navbatida, dunyoda #sustainabledevelopmentgoals (barqaror rivojlanish maqsadlari)dan tabiatni asrashga erishishni olib keladi. Katta o'zgarishlar kichik qadamlardan boshlanadi. Farzandlarimiz bilan chiqindilarni shunday ajratib chiqishimiz, avvalo Montessori metodi orqali hayotiy ko'nikmalarni shakllantiradi va musulmon o'laroq sunnatga ergashib, poklikni go'zalligini o'zlariga singdirib, boshqalarga ham o'rnak bo'ladilar In Shaa Allah. https://t.me/yaponiyahomeschooling
Show all...
Yaponiyada Homeschooling/日本でのホームスクーリング

Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot

👍 5👏 1
💡Bolajonlar uchun tashkillashtirgan "Tafakkur Olamni Rivojlantirish" kursimiz tugaganiga 2 oy bo'lgan edi, kechagina yozib olingan kurs materiallar guruhini o'chirgan edik. Alhamdulillah shunday boʻlsada, ustozini eslab turadigan bolajonlarimiz borligidan hursandman albatta. In Shaa Allah kelajakda bolajonlar uchun yangi kurslar tashkillashtirishimizni Allohdan so'rab qolamiz 🥰🤲 ----------------------------- "Тафаккур оламида қатнашиб ўғлим УСТОЗ ҳақида гўзал таассуротлар билан қолди🌸 1 октябрда она тилидан Менинг севимли устозим мавзусида иншо ёзишганда "мани севимли устозим онлайндиги Камола устоз" диб ёзибди машааллоҳ Харитаданам Японияни топиб ҳозир устоз мана шуерда юриптила а дийди Нимага бунчалик шу устоззи яхши дийсан дисам Чунки ман ғалати ғалати гапла гапириб ташасамам Устоз охиригача машааллоҳ диб эшитардила дийди☺️ Камолахон☀️ Аллоҳ рози бўлсин сиздан жуда миннатдорман Янги дарслариззи кутиб қоламиз Фойдали илм тарқатишда чарчаменг" ✍️Biloliddinning onasi
Show all...
🤩 9
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponiyadagi yurtdoshlarimizdan Falastinga yordam!
Show all...
6
Repost from YAQIN
Falastin zaminidan chiqqan va u yerga qadam bosgan Payg‘ambarlar: Muhammad sallollohu alayhi va sallam Sulaymon alayhissalom Dovud alayhissalom Ibrohim alayhissallom Muso alayhissalom Iso alayhissalom Ya’qub alayhissalom Ishoq alayhissalom Ha, Falastin yerlari ana shunday muqaddas va muborakdir. Falastinning qadimiy Quddus shahridagi Masjidul Aqso Islomdagi muqaddas masjidlarning uchinchisi hisoblanadi, Ka’batullohdan oldingi qiblamiz bo‘lgan. Falastin barcha samoviy dinlar ya’ni yahudiylik, nasroniylik va Islom uchun muqaddas joy bo‘lgani uchun ham tarix davomida talash bo‘lib kelgan. Umar raziyallohu anhu davrida musulmonlar qo‘liga o‘tgan bo‘lsa undan keyin salibchilar egallaydi va uzoq yillik shiddatli janglardan so‘ng Salohiddin Ayyubiy qo‘mondonligida yana musulmonlar qo‘liga o‘tib to Birinchi Jahon Urushigacha musulmonlar nazoratida bo‘ladi. Usmoniylar Xalifaligi Falastin yerlarini 1530chi yillarda egallagan bo‘lsa 1917chi yilgacha ushlab turadi va Usmoniylar Birinchi Jahon Urushida mag‘lubiyati ortidan Falastin Angliya imperiyasi qo‘liga o‘tadi. Falastin yerlarida yahudiy davlati qurilishiga tamal toshini inglizlar qo‘ygan. Shunday qilib Ikkinchi Jahon Urushida nasroniylar bir birini qirgani yetmaganidek, yahudlarni ham jazolab ana shu ayblarini yuvish uchun ularga o‘z davlatini qurishga va’da beradi,1947chi yilda Yevropadan qochib kelgan yahudlar Isroyil davlatiga asos soladi. U davlatning poydevorini Angliya tayyorlagan bo‘lsa, davlat qurilganidan keyin oyoqqa turishi va kuchayishi uchun AQSH katta yordam beradi va o‘z otalig‘iga oladi. Dunyoda Isroyilning eng yaqin do‘sti bu AQSH. Amerikaning eng yaqin do‘sti ham Isroyil. Hech qaysi davlatni Isroyilchalik qo‘llab quvvatlamaydi. Gʻirt adolatsiz va nohaq bo‘lsa ham dastaklayveradi. Amerikaning yordamisiz Isroyil yasholmagan bo‘lardi. Alloh Falastin xalqiga nusrat va najot bersin. Zolimlarni halok qilsin. https://t.me/YaqinOzbek
Show all...
YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz:

https://youtu.be/H6hvFNLLWZo

👍 2
Repost from Bintu Sodiq
21:26
Video unavailableShow in Telegram
Бир боланинг хурсанд бўлиши учун, аввало, ОНА хурсанд бўлиши керак! ✔️Меҳнат сарфланмай қўйилган бир турмуш худди сув қуйилмаётган гул каби вақт ўтган сайин сарғайиб сўлади, япроқларини тўкади. ✔️Меҳр билан қучилмаган, боши силанмаган болаларнинг иммун тизими вақт ўтиб бузилади ва бола ҳаётини йўқотиши мумкин бўлган касалликка чалинади. Бақирмайдиган оналар (13-қисм) Хадича Кубро Тонгар 🎙Матнни Камола Одилова ўқиган. https://youtu.be/xf8ZkQpq1Oc #baqirmaydigan_onalar T.me/BintuSodiq
Show all...
t13.mp461.40 MB
👍 2🥰 1
Xoʻsh, bizni oʻzbek jamiyatida chaqaloq parvarishi qanday jarayon? Yaponiyada chaqaloq parvarishini kuzatib, agar o'zbek yosh ayoli yaponiyada farzandli bo'ladigon bo'lsa qanday bo'larkana deb o'ylab qarasak, aslida bu yerdagi shart-sharoitlar ona va bola uchun juda osonlashtirilgan. Ona oʻz yaqinlari koʻmagisiz ham, bemalol Alloh bergan onalik instinkti orqali sekin-astalik bilan maʼlumotlar toʻplab, yapon pediatrlar koʻmagi, hokimiyatdagi mutaxassislar bilan BEPUL konsultatsiya olib ham chaqaloq parvarishini davom ettirishlari mumkin. Hozirgi global zamonda shuni ayta olamanki, chaqaloq parvarishlashda o'zbek onalari o'zlarini qobig'idan chiqib, atrofga nazar solgan holda, boshqa millatlardan yaxshi jihatlarnida o'rganishlari lozim. Tabiiyki, bizda bolalar pediatriga ishonch juda past va raddomlarda haligacha bola yoki ona yoki ikkovini o'limi chiqishi ham bor holat. Undan tashqari, qizlarimiz meditsinadan habarlari yo'q tarzda, onalik qanday davrligini bilmagan holda turmush qurishadi. Bu ularni ilk onalik davrlarida yanada sarosimaga tushishlariga sabab bo'ladi, yon-atrofdagi insonlar esa, yaxshilik qilaman deya, yosh onaga undanda katta mas'uliyat yuklab tashlashayotgandek emasmikan?! Masalan, bolani bunday ko'tar, bunday emiz, va beshikka bunday bog'lash kabilar, aslida bu yosh onani  "hech narsa bilmas ekanman" deya yanada tushkunlikka tushishiga sabab boʻladi. Aslida esa, Alloh Subhanahu va Taolo har bir qiz tug'ilganda va u ona bo'lganda O'zidagi Rohman sifatidagi rahmni ona bachadoniga jamlagan boʻladi. Bu degani yosh ona bo'lsin, hech kim o'rgatmasada, Alloh ona bolasiga mehr berishlik, qanday ko'tarib, parvarishlash va hissiy bog'lanishlikni joylab qo'ygan boʻladi, biz shunchaki shunga sharoit yaratsak bo'lgani. Tarixdan ma'lumki, bizni jamiyatda chaqaloqlar o'limi talaygina bo'lgan va hozirgacha meditsina tizimini takomillashmaganligi, oiladagi har xil tadbirlar tufayli onalar o'ziga ham, bolasiga ham e'tibor berolmasdan, oxirida chaqaloq bilan ona shifoxonaga tushushi va bundan hamma havotir olishi, hattoki yangi sogʻlom tug'ilgan chaqaloqlarning o'lim holatlari haligacha mavjud. Xo'sh, bunga ko'z tegishi sababmikan deb o'ylab qolamiz?! Ona chaqaloqni 40 kun chillada hech qayerga chiqarmasada, keyinchalik ham boshqalarga chaqaloqni ko'rsatmagan bo'lsada lekin sabablarni boshqa tarafini o'ylab ham ko'rishimiz kerakmasmi?! Axir har 2 ta chaqaloqdan bittasiga ko'z tegavermasa kerak.... Ikkinchi kuzatgan omillarimdan yana biri, hozirgi davrda ekalogiya juda o'zgarib ketgani evaziga ham, yozlarimiz juda issiq, afsuski, bizda chaqaloq yozda tug'ilsada, uni o'rab, chirmab katta qilishimiz kerak degan his ichimizda qolib ketgan (agar yaponlar, yapon pediatrlari kelib ko'rsa, bu jarayonga rosa hayron qolishsa kerak,chunki chaqaloq aslida issiqlikdan chirqillab yig'layotgan bo'lishi mumkin), lekin biz yana ko'z tegdi, usti boshi yupqa bo'lsa kerakda deya yanada issiq kiyimchalar kiygizib qo'yamiz (Aslida rivojlangan meditsina, chaqaloqni kiyim harorati xona yoki ob-havonikiga mos bo'lsin deydi). Yana bir chaqaloq parvarishlashdagi kuzatgan xulosam esa, chaqaloq tug'ilgandan boshlab, uydagi jihozlarni uni har kunlik rivojlanishiga moslab joylashtirish kabilar (Montessori metodi), yaʼni bola emaklashni, yurishni boshlaganda ham xona keng boʻlishi, yiqilib, aziyat chekmasligi kabilar.... Bizda esa afsuski, chaqaloq faqat ertalabdan kechgacha beshikda uxlab yotsa shuncha yaxshi degan noto'g'ri tushuncha mavjud. Lekin, bola miyasidagi neyronlarning rivojlanishi tug'ilgandan boshlanadi, bu degani ona bolani emizib uxlatishidan tashqari, u bilan suhbatlashishi, birga sayr qilib, atrof-muhitni tanishtirishi va uy sharoitida ham har xil mashg'ulotlar qilib, kitoblar o'qib berishi ham chaqaloq rivojidagi muhim faktorlardan hisoblanadi.
Show all...
👍 7
Yaponiyada chaqaloqlarga ko'z tegmaydimi yohud chaqaloq parvarishini yaponlardan o'rganish vaqti kelmadimikan?!          Yaponiyada ohirgi yillarda tug'ilish kam, shunga qaramay chet el fuqorolari uchun ham farzandli bo'lishganda Yapon hukumati tomonidan qoplanadigon katta miqdordagi mablag' mavjud. Bu yerda har bir tug'ilgan inson bir ne'matdek qaraladi. Bu mablag' va ijtimoiy ko'mak chaqaloq tug'ilgandan boshlab, uni parvarishlashda ketadigon barcha narsalarni o'z ichiga oladi: pampers, kiyimchalar, oʻyinchoq, bolalar kitobchalarigacha.....Xususiy klinika yoki davlat shifoxonalari bo'lsin, hayotida chaqaloqqa qaramagan ona bo'lsada, 1-kundan boshlab, oliy toifali hamshira, shifokorlar tomonidan onaga bolani qanday cho'miltirish kerakligi, taglikni qanday taqish kerakligi va qanday emizishlik kerakligini ichki tafsilotlarigacha muloyim tarzda tushuntirib boriladi (ona 4- yoki 5-marotaba farzandli bo'layotgan bo'lsada), hattoki, bu hususida, ona homiladorlik vaqtida oldindan yozib chiqilgan bola parvarishi haqidagi kitob taqdim etiladi va bo'lajak onalar uchun 2-3 marotaba BEPUL darslar tashkil etiladi. Chaqaloq tug'ilgach esa, xonani haroratiga qarab, bolaga yupqa paxtali kiyimchalar kiygiziladi xolos. Yapon onalari shifoxonadan chiqib, o'zini qizlik uyiga borib, o'z onasi koʻmagida 1-2 oy bola parvarishlashda davom etadi. Har kuni 10-20 kunlik chaqaloqni ham tashqariga quyosh nuri yoki havodan bahra olishi uchun olib chiqiladi. Hattoki, qish faslida ham chaqaloqlarga shapka va naskichalar kiygizmasdan ham olib yuradigan yapon onajonlarga ko'zimiz tushishi mumkin. Shunda o'ylanib qolamiz, nahotki bu chaqaloqlar kasal bo'lishmaydi? Nahotki bularga ko'z tegmas ekana deya?!Eng qizig'i 1-2 oylik chaqaloq ham oddiy shamollash kabi kasal bo'lib qolsada, hech kim hech kimni ayblamasdan va qo'rqmasdan, bunga tabiiy qarab, bolalar klinikasiga olib borishadi (yaponlarda "voy bolam o'lib qolsachi" degan havotir yo'q, menimcha bunga sabab yapon pediatrlari, shifoxonalariga bo'lgan ishonchi juda kattaligidan va aslida, meditsina shunga to'laqonli javob beradi). Chaqaloqlar 6 oylik boʻlganlarida esa oliy toifali yapon pediatrlar tomonidan har kuni qanday mevalar, sabzavotlar va boshqa maxsus taomlar berilishi kerakligi va har kuni qancha gramm miqdorda bo'lishligi haqida ham ma'lumot berib boriladi. 1 yoshga yetar-yetmas, muzdek sut ichishga ham o'rgatilib boriladi. Yaponiyada bog'cha yoshidan boshlab, kichik maxsus karopkachalarda har kuni tushlik paytida muzdek sut beriladi, hali bunga ko'nikmagan bolajonlar esa tezda tomog'i og'rib qolishi tabiiy holat albatta. Xullas, chaqaloqlarini onajonlar 0 yoshdan boshlab bog'chaga berishsada, mehr va bola bilan hissiy bog'lanishni hisobga olmasak, parvarish jihatdan yapon bog'chapalari, pediatrlaridan o'rganadigon jihatlari talaygina deb hisoblayman (Bu haqida hali chuqur mulohaza qilsak ham boʻladi). https://t.me/yaponiyahomeschooling
Show all...
Yaponiyada Homeschooling/日本でのホームスクーリング

Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot

👍 8
Bu rivojlanish bosqichlarini hisobga olmasdan, farzand sogʻlom rivojlanishi haqida oʻqib, izlanmas ekanmiz, faqatgina atrof-muhitimiz, hamma nima qilsa, shunday yoʻsinda tafakkur qilmasdan bola parvarish qilar ekanmiz, 2-3 yoshga borganda nega tili chiqmayapti yoki 4-5 yoshlarida nega farzandim rivojlanishda aktiv emas ekana?! Yoki "sogʻlom bolam uyda yiqilib, issiq suv tegib, shifoxonaga tushib qoldiya"?! deya savollar, oʻylov, havotirlar koʻpayib borsa ajablanmaylik. https://t.me/yaponiyahomeschooling
Show all...
Yaponiyada Homeschooling/日本でのホームスクーリング

Homeschooling dunyo miqyosida!!!Yaponiyada ham musulmon oilalar uchun homeschooling qilish, yaxshi bir musulmon insonning shakllantirish tamoyillari va Hikmat Pedagogikasi bilan tanishamiz. Kamola Ummu Ibrohim Aloqa uchun: @YaponiyaHomeschoolingBot

👍 8
Repost from YAQIN
ONAJON - SIZ ENG YAXSHI USTOSSIZ!!! ⚡️ Ona — oilaning qalbi, farzandlar suyanchi, kelajak avlod tarbiyachisi. Qaysiki jamiyatda onalar ilmli bo'lsa, ilm olishga rag'batlantirilsa, oilada uning xizmatlari qadrlansa, o‘sha jamiyatda yoshlar isloh bo'ladi. ⚡️ Men Ona Madrasadir kursi orqali o'zbek jamiyatidagi ana shunday fidoyi onajonlarini kashf etayabman, mashaAllah. Ularning say'i - harakatlarini kuzatib o'zimga ham olam-olam ibrat olaman, alhamdulillah. Ishonch bilan ayta olamanki, Yaqin kanalida ana shunday izlanuvchan, mexnatkash, farzandlariga har tomonlama bilim berishga harakat qilayotgan ilmga chanqoq onajonlar talaygina. ⚡️ Yaqin kanali va Ona Madrasadir jamoasining asl maqsadi ham shu - onajonlarga o'z farzandlariga sifatli ta’lim va tarbiya berishda yordamchi bo'lishdir. Mana shunday onajonlarni bir yerda to'plab, tajriba va malakalarimizni bo'lishib, bir-birimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, farzandlarimizni dunyo va ohiratda chiroyli hayot kechirishlariga yordamchi bo'lishdir. ⚡Ana shuning uchun ham, siz azizlardan kelgan talab va istaklarni inobatga olgan holda, Ona Madrasadir kursining yangi tinglovchilar guruhini ochishga qaror qildik. ⚡️ Men bugun Ona Madrasadir kursining ilk bitiruvchilarini, hozirda tinglovchilar guruhida ta'lim olayotgan talabalarimizni shuningdek farzandlari tarbiyasi va ta'limi yo'lida tinmay izalanayotgan kanalimizdagi barcha fidoyi muallima onalarni o'qituvchilar kuni bilan tabriklayman. ⚡Safimizga qo'shilmoqchi bo'lganlar bilan ertaga 1 Oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da Ona Madrasadir kursi haqida BEPUL VEBINAR bo'lib o'tadi. Vebinar davomida kurs haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lasiz, jonli savol-javob va YANGI TINGLOVCHILAR guruhi uchun ro'yxatdan o'tish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 👇🏻Jonli efirga ulanish uchun quyidagi linkka bosing: https://www.youtube.com/watch?v=dlb0Vj1EJhE 📚Kursga qabulni intiqlik bilan kutayotgan barcha onajonlarimizni jonli efirda kutib qolaman. Yaqinlaringizni vebinarga taklif etishni va ertaga albatta ro'yxatdan o'tishni unutmang. PS: E'lonni farzandlarining ta'lim-tarbiyasiga befarq bo'lmagan barcha onajonlar bilan maksimal ulashing. IRODA AHMED https://t.me/YaqinOzbek
Show all...
Ona Madrasadir: Ona siz eng yaxshi ustossiz!!!

ONA MADRASADIR kursiga xush kelibsiz! Ushbu kursda biz homeschooling/uyda o’qitish asoslarini o’rganamiz. Ushbu kursda men sizga uyda ta’limni yo’lga qo’ya olish uchun zarur bo’lgan mahorat va ko’nikmalarni aniqlashga va egallashga yordam beraman. Homeschooling/Uyda ta’lim haqida ingliz tilida juda ko’p ma’lumotlar mavjud, lekin ularning barchasi ham bizning o’zbek madaniyati va Islom e’tiqodiga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun biz uyda ta’limni O’zbek opa-singillarimiz boshlashdan oldin ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan muhim savollarni tahlil qilamiz. Homeschooling/Uyda ta’limni boshlashdan oldin uyda o’qitish asoslarini o’rganing: Uyda o’qitishning asosiy sabablari hamda ijobiy va salbiy tomonlarini baholang Farzandlar va ota-onalarning tayyorgarligini tahlil qilish Aynan sizning oilangizga mos keladigan uyda ta’lim yondashuvi va o’qitish uslubini aniqlang Uyda ta’limni yo’lga qo’yishdan oldin nimani bilishingiz kerak? O’rganish uslublari, o’qitish metodikalari va qanday qilib interaktiv darsliklar va resurslar yaratishni o’rganing Farzandlaringiz uchun uyda o’qitish variantini ko’rib chiqayotganda, siz shunday deyishingiz mumkin: “Men uyda o’qitishni xohlardim, lekin ….” Biz sizning fikringizdagi umumiy e’tirozlarga javob qidiramiz. Keyin, “Men bunga tayyormanmi?” degan savolga javob berish orqali uyda o’qitish sizning oilangiz uchun mos keladimi yoki yo’qligini bilib olasiz. Siz hech o’ylab ko’rganmisiz: “Uyda o’qitish uchun faqat bitta to’g’ri yondashuv yoki metodika bormi?” Biz uyda ta’limni yo’lga qo’yishning eng mashxur usullarini o’rganamiz va siz uchun eng yaxshi uslubni topishga yordam beramiz. Ona Madrasadir – bu farzandlariga yangicha ta’lim berishga qiziqqan ota-onalar uchun ta’lim dasturi tuzish, resurslar yaratish kursi. Kurs kimlar uchun: Uyda ta’lim/homeschooling ga qiziqqan muslima onalar va ayol-qizlar Muslima murabbiyalar va o‘qituvchilar (xususan maktab va bog’chada ishlovchi ayollar) Bolalar bilan ta’lim sohasida ishlovchi barcha opa-singillar Ustoz bilan tanishuv: Iroda Ahmed, halqaro darajadagi tajribali o‘qituvchi-pedagog, murabbiya va ayni paytda faol blogger hamdir. U 2011-yildan beri “Raising Young Scholars (Yosh Olimlarni Yetishtirish)” platformasida farzand tarbiyasi, Islomiy oila va farzandlarga uyda ta’lim berish (homeschooling) mavzularida yuzdan ortiq maqolalar chop etib kelmoqda. Uning ingliz tilida yozgan elektron kitoblari va jurnallari dunyoning turli millatlarga mansub minglab muslima onalar tarafidan iliq qarshilangan va kun sayin ilmga chanqoq onalar tarafidan yuklab olish soni ortmoqda. Irodaning asl kasbi o‘qituvchilik bo‘lib, Angliyadagi bir muddat o’qituvchilik faoliyatidan so’ng oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tgan. Hozirda Jidda universitetida talabalarga Ingliz tilidan dars berish bilan birga, 6 nafar farzandini tarbiyalash va uyda ta’lim berish bilan band. Iroda Angliyada ham Saudiyada ham homeschooling – uyda ta’limni yo’lga qo’ygan yuzlab musulmon oilalar bilan yaqindan ishlab, ularning farzandlari uchun ta’lim dasturi ishlab chiqishga yoki tayyor dasturni tanlashga va o’qitishga yordam berib kelgan. Iroda Ahmed 2021-yilda dunyo bo‘ylab o‘tkazilgan MUSLIMA BLOGGERLAR tanlovida “ta’lim va eng yaxshi youtuber” yo‘nalishlarida mukofot sovrindori bo‘lgan. Uning blogi orqali chop etilgan 180 dan ortiq maqolalari Angliya, Amerika, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Kanada, Hindiston, Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya va Bangladesh kabi turli davlatlarda istiqomat qiluvchi onalar tarafidan har oyda 20000-30000 marta o‘qiladi va shuning uchun, Iroda 2021-yilgi tanlovdagi TA’LIM yo‘nalishida “Eng yaxshi muslima blogger” mukofotini qo‘lga kiritgan.

👍 2🔥 1👏 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.