en
Feedback
Hyuston, bizda muammo bor!

Hyuston, bizda muammo bor!

Open in Telegram
1 514
Subscribers
-224 hours
-127 days
-5030 days
Posts Archive
"Tannozlar sovuqdan muzlamaydi - faqat qaltirashadi" Bu so'zlar ko'p hollarda tashqi ko‘rinish (moda, go‘zallik, imij) uchun
"Tannozlar sovuqdan muzlamaydi - faqat qaltirashadi" Bu so'zlar ko'p hollarda tashqi ko‘rinish (moda, go‘zallik, imij) uchun noqulaylikni yashiradigan ayollarga nisbatan ishlatiladi. Ular sovqotadi, lekin “men yaxshi, chiroyliman” obrazini buzmaslik uchun buni tan olishmaydi. Ya'ni bu yerda ular nazokat, biroz sun’iy sabr va o‘zini tutish orqali go'zalligini saqlashadi yoki shunga ishonishadi. Bu - insonning o‘zini qanday tutishi haqida. Ba’zilar bor: ular og‘riqni tan olmaydi, sovuqni sezmayotgandek ko‘rinadi, ichida bo‘layotganini hech kimga bildirmaydi. Chunki ular uchun obraz muhim. Mustahkam ko‘rinish muhim. "Men yaxshi, hammasi joyida" degan niqob muhim. Ammo haqiqat o‘zgarmaydi. Sovuq — sovuqligicha qoladi. Ps: Sizningcha bu holatda ayolning matonatini olqishlash lozimmi yoki aksi?😁 @Xyuston

📜"Avar erkaklari faqat ikki holatda tiz choʻkishi mumkin. Birinchisi buloqdan suv ichganda, ikkinchisi yoriga gul uzganda" �
📜"Avar erkaklari faqat ikki holatda tiz choʻkishi mumkin. Birinchisi buloqdan suv ichganda, ikkinchisi yoriga gul uzganda" 📖Yuqoridagi iqtibos Rasul Hamzatovning "Mening Dogʻistonim" romanida qayd etilgan. 🔖Bu orqali R.Hamzatov tiz choʻkish faqatgina zaiflik belgisi emasligini, hayot manbai boʻlgan suv oldida va qalbining egasi boʻlgan yori uchun egilish avar xalqi uchun ulugʻ qadriyatlardan biri boʻlganligini aytib oʻtgan. ✅Bu - butun bir xalqning ruhiyati, or-nomusi va hayot falsafasining ifodasi deya tariflanadi. @Xyuston

Repost from N/a
📜"Avar erkaklari faqat ikki holatda tiz choʻkishi mumkin. Birinchisi buloqdan suv ichganda, ikkinchisi yoriga gul uzganda" �
📜"Avar erkaklari faqat ikki holatda tiz choʻkishi mumkin. Birinchisi buloqdan suv ichganda, ikkinchisi yoriga gul uzganda" 📖Yuqoridagi iqtibos Rasul Hamzatovning "Mening Dogʻistonim" romanida qayd etilgan. 🔖Bu orqali R.Hamzatov tiz choʻkish faqatgina zaiflik belgisi emasligini, hayot manbai boʻlgan suv oldida va qalbining egasi boʻlgan yori uchun egilish avar xalqi uchun ulugʻ qadriyatlardan biri boʻlganligini aytib oʻtgan. ✅Bu - butun bir xalqning ruhiyati, or-nomusi va hayot falsafasining ifodasi deya tariflanadi. @Xyuston

📜"To‘zim bersin" 🔈Ushbu ibora xaql orasida sabr bersin, bardosh bersin - degan ma'noda ishlatiladi. Ya'ni inson boshiga tus
📜"To‘zim bersin" 🔈Ushbu ibora xaql orasida sabr bersin, bardosh bersin - degan ma'noda ishlatiladi. Ya'ni inson boshiga tushgan qiyinchilikni koʻtara olish, ruhiy kuch va sabr tilab, hamdardlik bildirganda aytiladi. 💬Iboraning lugʻaviy ma'nosiga toʻxtalsak, Toʻzim soʻzi sof turkiycha soʻz boʻlib - chidamoq, dosh bermoq ma'nolarida keladi. Va hozir ham boshqa turkiy tillarda saqlanib qolgan. 🔴Oʻzbek tilida esa "Toʻzim" soʻzi mustaqil ravishda kam ishlatilsada ibora shaklini saqlab qolgan. @Xyuston

📜 “Do‘stlaringni o‘zingga yaqin tut, dushmanlaringni esa yanada yaqinroq.” 💬 Bu mashhur ibora ko‘pincha Qadimgi Rim siyosiy
📜 “Do‘stlaringni o‘zingga yaqin tut, dushmanlaringni esa yanada yaqinroq.” 💬 Bu mashhur ibora ko‘pincha Qadimgi Rim siyosiy donishmandligiga borib taqaladi, deb taxmin qilinadi. Uning ma’nosi shundaki, inson nafaqat do‘stlarini qadrlashi, balki dushmanlarini ham diqqat bilan kuzatib, ularning niyatlarini anglab turishi kerak. ▶️ Mazkur hikmat keng ommaga Mario Puzoning mashhur “Cho‘qintirgan ota” (“The Godfather”) asari va shu nomdagi film orqali yanada mashhur bo‘ldi. Filmda bu fikrni mafiya oilasining yetakchilari — Vito Korleone (Marlon Brando ijrosida) va Maykl Korleone (Al Pachino ijrosida) tez-tez tilga oladilar. @Xyuston

Barcha ayol-qizlarimizni bayram bilan bilan tabriklayman💐

|| Paxta qachondan boshlab “Milliy boyligimiz” EDI? Manimcha juda ko’p insonlar hozirda ham paxta bizni eng katta va azaliy boyligimiz deb o’ylasa kerak. Lekin bizda paxta har doim ham milliy boylik darajasiga bo’lmagan, aslida uning ommaviy ekilishi ortida sof iqtisodiy ekspansiya va geosiyosiy manfaatlar yotgan. Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olguniga qadar o‘z sanoati uchun xomashyoni okean ortidan AQSHdan sotib olar edi. Biroq 1861–1865-yillardagi Amerika fuqarolik urushi jahon bozoridagi muvozanatni buzib yuboradi. Rossiyadagi ingliz dastgohlari faqat Amerika navli paxtaga moslashgani sababli, imperiya zudlik bilan «o‘zining Amerikasini» topishga majbur bo‘ldi. General-gubernator Kaufman davridagi ilk jiddiy urinishlar agronomlarning Amerikaga tajriba almashish uchun yuborilishi va mahalliy navlarning chatishtirilishi aynan shu ehtiyoj mahsuli edi. 1884-yilda Toshkent va Farg‘ona tuprog‘ida olingan natijalar rus sarmoyadorlarini hayratda qoldirdi, bu yerda yetishtirilgan tola sifati va hosildorligi bo‘yicha hatto xorijiy raqobatchilaridan o‘zib ketdi. Shu lahzadan boshlab Turkistonning qishloq xo‘jaligi qiyofasi butunlay o‘zgardi. Atigi bir necha o‘n yillik ichida paxta maydonlari 330 gektardan salkam 400 ming gektarga qadar kengaytirildi. Bu shunchaki qishloq ho’jaliginj rivojlanishi emas, balki mintaqaning Rossiya sanoati uchun arzon va sifatli xomashyo bazasiga aylantirilishi edi. Yerli aholining g‘alla va bog‘dorchilikka asoslangan mustaqil iqtisodiyoti o‘rnini imperiya manfaatlariga xizmat qiluvchi yakkahokimlik paxta monokulturasi egalladi. Shunday qilib, bir paytlar tashqi bozorga qaram bo‘lgan imperiya, o‘z mustamlakasi hisobiga ulkan biznes zanjirini yaratdi va bu «oq oltin» sirtmog‘i keyingi bir asrdan ko‘proq vaqt davomida millatimiz yelkasidagi asosiy yukka aylandi. Manba: Kamoliddin Rabbimov “Erkin millat poydevori” kitobi. @ShavkatbekShokirovblogi

"Godvin qonuni" Godvin qonuni (Godwin's Law) - internet muhokamalari haqida mashhur hazilomuz qoida bo'lib, u 1990-yillarda M
"Godvin qonuni" Godvin qonuni (Godwin's Law) - internet muhokamalari haqida mashhur hazilomuz qoida bo'lib, u 1990-yillarda Mayk Godvin tomonidan e’lon qilingan. Qonun ma'nosi quyidagicha: Internetda davom etayotgan har qanday bahs-munozara haddan ziyod cho‘zilsa, unda kimdir baribir Gitler yoki natsistlarni tilga oladi". “Muhokama qancha uzoq davom etsa, kimningdir Gitlerga o‘xshatib gapirishi ehtimoli shuncha oshadi. Bahsda dalillar tugaganda odamlar ko‘pincha keskin va og‘ir taqqoslashlarga o‘tib ketishi mumkin. Gitler yoki natsistlar haqidagi taqqoslash esa ko‘pincha adabiy/siyosiy “oxirgi argument” sifatida ishlatiladi. Biror odam bahsni Gitlerga bog‘lasa, ko‘pincha bu bahs sifatining pasayganini bildiradi. Ba’zi forumlarda bunday taqqoslash qilgan odam muhokamani “yutqazgan” deb hisoblanadi. Bugungi kunda Godvin qonuni nafaqat internet forumlarida, balki siyosiy nutqlarda va ommaviy axborot vositalarida ham kuzatiladi. @Xyuston

"Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib o
"Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi" Ushbu iqtibos Rossiya imperiyasining Turkistondagi bosqinchilik urushlarida faol ishtirok etgan harbiy arbobi Mixail Dimitriyevich Skobelovga tegishlidir. M.Skobelov 1869-yilda Oʻrta Osiyoga kapitan unvoni bilan kelgan va 8 yil ichida general-mayor unvoni bilan Rossiyaga qaytgan. Rossiya imperiyasining "Rus-turk urushi"dagi harakatlari yevropa davlatlari tomonidan keskin tanqidga olingan, Fransiya, Angliya kabi davlatlar Rossiyani siyosiy jihatdan "ortda qolgan" deb hisoblashgan va shu bilan birga Rossiya Yevropada ekspansiya qilsa, bu tajovuz sifatida qabul qilingan. Shu sababli ruslarni yevropada siyosiy jihatdan "varvar"ga qiyoslashgan. Osiyoda Rossiya - ustun va "yuqori" madaniyat vakili sifatida ko‘riladi - deb, Rossiya Markaziy Osiyoga "madaniyat" olib kirish, "sivilizatsiya oʻrnatish" kabi bahonalar bilan oʻzining bosqinchilik yurishini oqlagan. @Xyuston

Barchamizga Ramazon muborak boʻlsin💫 Roʻzadorlarimizga mustahkam iroda va chiroyli sabr tilayman.

Fevral rostdan ham mashhurlar oyimi? Mendan boshqalarga ham fevral oyida mashhur insonlarni tugʻilgan kuni boshqa oylarga nis
Fevral rostdan ham mashhurlar oyimi? Mendan boshqalarga ham fevral oyida mashhur insonlarni tugʻilgan kuni boshqa oylarga nisbatan koʻproqdek tuyiladimi? Qizigʻi shundaki oʻzimizning Navoiy, Boburimizdan tortib mashhur ixtirochi T.Edison, futbol yulduzi C.Ronaldo, astronom va fizik G.Galiley, basketbol afsonasi M.Jordan, evolutsiya nazariyasi asoschisi Ch.Darvin va A.Linkoln kabi shaxslar ham aynan fevral oyida tavallud topgan ekan. Va bu roʻyhatni yana davom ettirsa boʻladi. Biroq, AQShning Milliy Sog‘liqni Saqlash Statistikasi ma'lumotlarga qaraganda, eng koʻp tugʻilishlar soni avgust-sentyabr oylariga toʻgʻri kelarkan. (Bunga sabab Yangi yil bayrami butun dunyoda eng katta bayram sifatida nishonlanishi boʻlsa kerak😅hazil)) Calendar.12.com sayti ma'lumotlariga koʻra esa eng koʻp mashhurlar tavallud topgan oylar kesimida ham hech qaysi soha boʻyicha fevral oyi ustunlikka ega emas. Fevral oyida mashhurlar koʻp tugʻiladi degan tushuncha borligining asosiy sababi sifatida fevral oyida kunlar kam bo‘lgani keltiriladi.Deylik 28 kun ichida 4–5 mashhur shaxs chiqsa, bu oʻz-oʻzidan psixologik jihatdan ko‘proq ko‘zga tashlanadi deb xulosa qilinadi. Ps: Shu qatori mening kursdoshim, hamxodim, ham yaqin doʼstimning tugʻilgan kuni. Lekin uning bu buyuklarga aloqasi yoʻq😂 @Xyuston

"Valentin bayrami" Ushbu kun tarixi qadimgi Rim imperiyasi davriga borib taqaladi. Eng mashhur rivoyatlarga ko‘ra, III asrda
"Valentin bayrami" Ushbu kun tarixi qadimgi Rim imperiyasi davriga borib taqaladi. Eng mashhur rivoyatlarga ko‘ra, III asrda hukmronlik qilgan imperator Claudius II yosh askarlarga uylanishni taqiqlovchi qaror chiqargan. Uning fikricha (aslida ham), oilali erkaklar jang maydonida kamroq jasorat ko‘rsatadi deb hisoblangan. Biroq (koʻngli ochiq) nasroniy ruhoniy Avliyo Valentin bu buyruqqa bo‘ysunmay, sevishgan yoshlarni yashirin ravishda nikohlashda davom etgan. Shu sababli Valentin hibsga olinib, 269-yil 14-fevral kuni qatl etilgan. Keyinchalik u sadoqat va muhabbat timsoli sifatida e’zozlana boshlagan. @Xyuston

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur haqida post kutyapsizlarmi yoki Valentin kuni haqidami)

“Qip-qizil maynabozchilik” Ushbu ibora mutlaqo bema'ni, ochiqdan-ochiq masxarabozlik, o'ta jiddiy bo'lmagan yoki kamsituvchi harakat degan ma'nolarni anglatadi. Bu ibora o'ta tushunarsiz, kulgili va g'ayritabiiy holatlarga nisbatan ishlatiladi. Maynabozchilik — o‘zbek tilida masxarabozlik, ma’ni-mazmuni yo‘q, yuzaki va bemaqsad hazil-huzullarga nisbatan salbiy yoki kinoyali ma’noda ishlatiladi. Soʻzning kelib chiqish tarixi Mayna qushi bilan, uning shodon, lekin bemaqsad harakatlar qilishi bilan bogʻlanadi. Men hozir iboradagi asosiy urgʻuni "qip-qizil" soʻziga bermoqchiman. Yam-shashil emas, sap-sariq emas nega aynan qizil rang ishlatilishi mendan boshqalarni ham qiziqtirsa kerak. O‘zbek tilida “qip-” qo‘shimchasi rangni kuchaytirish uchun ishlatiladi. Masalan, qip-qizil deganda juda ham qizil, yaqqol qizil rang tushuniladi. Vaqt o‘tishi bilan bu shakl faqat rangni emas, balki ma’noni ham kuchaytiradigan vositaga aylangan. Shuningdek, qizil rang ko‘plab madaniyatlarda xavf, ogohlantirish, jiddiylik va keskinlik ramzi hisoblanadi. U ko‘zga tez tashlanadi va kuchli taassurot uyg‘otadi. Shu sababli salbiy hodisalarni ta’kidlash va keskinroq ifodalash maqsadida aynan qizil rang bilan birgalikda ishlatilgan. Yuqoridagi sabablar tufayli ba’zi bir iboralarimizda “qip-qizil maynabozchilik" yoki "qip-qizil yolgʻon" koʻrinishida tilimizda mustahkam o‘rnashib qolgan. @Xyuston

"..iy" qo'shimchasi haqida -iy qoʻshimchasi arab tilidan oʻzlashgan "nisba" qoʻshimchasidir. Ya'ni u arab tilida "...ga oid", "...dan boʻlgan", "...bilan bogʻliq" ma’nolarida kelib "Biror narsaga mansublik, aloqadorlik"ni bildiradi. Bu qoʻshimcha Markaziy Osiyoga fors tili orqali kirib kelgan. Ushbu qoʻshimcha joy nomlariga qoʻshilganda, oʻsha joydan ekanligini, shaxs nomiga qoʻshilganda "falon kishiga oid / izdoshi / sulolasidan degan ma'nolarni beradi. Ushbu qo'shimchani shaxsga, joyga va faoliyatga mansublik shakllarini koʻrib chiqamiz: 1. Abdulla Qodiriy - Otasi Qodirbobo nomidan kelib chiqib otasiga mansublikni bildirib kelyapti. 2. Imom al-Buxoriy - Buxoroda tavallud topgan va shu joy nomiga aloqadorlikni anglatib kelmoqda. 3. Ilmiy ish - ilmga doir ish, ilm bilan bogʻliq ish ma'nolarida qoʻllaniladi. Bunga yana misol qilib talay ism va nomlarni keltirishimiz mumkin. Hozirgi kunda ismlarda joy nomlarida ushbu qoʻshimchani kam uchratamiz. Qoʻshimcha asosan oʻrta asrlarda faol muomalada boʻlishing asosiy sababi ilm tili arab tilida boʻlganligi deb qaraladi. @Xyuston

"Kusto hayratda" Ushbu ibora odatda biror kutilmagan, aql bovar qilmaydigan yoki juda g'alati holatga nisbatan ishlatiladi. B
"Kusto hayratda" Ushbu ibora odatda biror kutilmagan, aql bovar qilmaydigan yoki juda g'alati holatga nisbatan ishlatiladi. Bu iboraning tarixi mashhur dengiz tadqiqotchisi Jak-Iv Kustoning nomi bilan bog'liq. Jak-Iv Kusto butun umrini okean tubini o'rganishga bag'ishlagan. U o'z ko'rsatuvlarida dengiz ostidagi hayratlanarli dunyoni ko'rsatib, ko'p bor "hayratda" qolganini bildirgan. Ibora internetda mem boʻlishga ham ulgurgan: o'zbek internet segmentida "Kusto hayratda" iborasi hazilomuz memga aylangan. Uni biror kishi o'ta g'alati ish qilsa yoki mantiqsiz vaziyat yuzaga kelsa, "Hatto dunyo ko'rgan Kusto ham buni ko'rib hayron bo'lardi" degan ma'noda ishlatishadi. Ba'zida bu ibora kinoya tarzida kimningdir "aqlliligi" yoki "topqirligi" ustidan kulish uchun ham qo'llaniladi. Ps: Rasmda siz J.I.Kustoni koʻrib turibsiz @Xyuston

Repost from Orif Tolib
“Kalp krizi kadar ciddiyim” – oʻta hayotiy va jonli ibora Bir turkcha serial koʻrayotib “Kalp krizi kadar ciddiyim” iborasiga
“Kalp krizi kadar ciddiyim” – oʻta hayotiy va jonli ibora Bir turkcha serial koʻrayotib “Kalp krizi kadar ciddiyim” iborasiga duch keldim. “Vah!” deb yubordim. Juda topib aytilgan ekan. Chunki u vaziyatning naqadar qaltisligini juda oʻtkir ifodalaydi. Xoʻsh, uning maʼnosi nima va u qayerdan paydo boʻlgan? Iborani oʻzbekchaga “Yurak xurujidek jiddiyman” shaklida oʻgirish mumkin. Mantiq oddiy: yurak xuruji (infarkt) – inson hayoti uchun oʻta xavfli, shoshilinch va hech kim hazillashmaydigan holat. Gapiruvchi oʻz soʻzining yoki niyatining qatʼiyligini aynan shu holatga qiyoslaydi. Yaʼni: “Men umuman hazillashayotganim yoʻq, bu – hayot-mamot masalasi”. Bu ibora aslida ingliz tilidagi “Serious as a heart attack” iborasining kalka (soʻzma-soʻz) tarjimasidir. Ingliz tilida 1950–60-yillarda paydo boʻlgan bu ibora Turkiyaga 1990-yillarning oxirida dublyaj filmlar va tarjima asarlar orqali kirib kelgan. Xususan, Robert De Niro ishtirokidagi “Muxlis” (The Fan, 1996) filmidagi mashhur replika hamda Gʻarb detektiv asarlarining turkchaga oʻgirilishi iboraning yoshlar orasida ommalashuviga hissa qoʻshgan. Oʻzbekchada qanday aytamiz? Toʻgʻri, biz “Yurak xurujidek jiddiyman” demaymiz. Lekin bu holatni ifodalovchi oʻzbekona, shirali muqobillarimiz yetarli: ✅ Hazillashayotganim yo‘q (eng oddiy va aniq varianti). ✅ Hayot-mamot masalasi (oʻta jiddiy holatlarda). ✅ Pichoq suyakka qadaldi (sabr tugab, qatʼiy qaror qabul qilinganda). @oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

"Qomusiy alloma" nima degani? Ushbu so'zlarni eshitganda koʻz oldimizda bir qator yetuk ajdodlarimiz gavdalanadi. Xorazmiy, B
"Qomusiy alloma" nima degani? Ushbu so'zlarni eshitganda koʻz oldimizda bir qator yetuk ajdodlarimiz gavdalanadi. Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Fargʻoniy va hokazo. Ularni nega aynan shunday nom bilan atashimiz haqidagi ma'lumotlarni koʻrib chiqamiz. "Qomus" arabcha soʻzdan olingan boʻlib, asliyatda okean, keyingi ma'nolarida lugʻat, soʻz boyligi kabi maʼnolarni anglatadi. "Alloma" soʻzi ham kelib chiqishi arabcha boʻlgan, urdu va fors tillari bilan qorishgan boʻlib, "oʻrgangan" degan ma'noni bildiradi. Bu nom islom fiqhi va falsafa olimlari tomonidan berilgan. Alloma bir nechta fanlarda tahsil olgan kishilarga, asosan Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Eronda sharaf sifatida beriladigan unvon. Xulosa qilib aytganda "Qomusiy alloma" deb okeandek cheksiz lug'at, ilm, soʻz boyligiga ega bir nechta fanlarni chuqur egallagan kishilarga aytiladi. @Xyuston

Repost from FactStellar
#fakt #avlod Insoniyat tarixida avlodlarni tabaqalash asosan G'arb sotsiologiyasi (ayniqsa AQSh va Yevropa) asosida shakllangan bo'lsa-da, bugungi kunda bu tushunchalar global miqyosda qo'llaniladi. 1. Yo'qotilgan avlod (Lost Generation) Tug'ilgan yillari: 1883 – 1900 Xususiyati: Birinchi jahon urushi davrida voyaga yetganlar. "Yo'qotilgan" deb atalishiga sabab — urushdan keyingi ma'naviy yo'nalishning yo'qolishi, tushkunlik va o'sha davr qadriyatlariga bo'lgan ishonchsizlikdir. Ernest Xeminguey va Remark asarlarida bu avlod dardi yaqqol aks etgan. 2. Buyuk avlod (Greatest Generation) Tug'ilgan yillari: 1901 – 1927 Xususiyati: "Buyuk depressiya" (iqtisodiy inqiroz) va Ikkinchi jahon urushini boshidan kechirganlar. Ular juda mehnatkash, intizomli va jamoaviy ruhga ega insonlar bo'lishgan. 3. Sukunat avlodi (Silent Generation) Tug'ilgan yillari: 1928 – 1945 Xususiyati: Urushdan keyingi qiyin yillarda o'sganlar. Ular siyosatga kam aralashgani va ko'proq "jim" mehnat qilib, barqarorlikni xush ko'rgani uchun shunday nom olgan. 4. Beybi-bumers (Baby Boomers) Tug'ilgan yillari: 1946 – 1964 Xususiyati: Urushdan keyingi iqtisodiy yuksalish va tug'ilish keskin ortgan davr vakillari. Ular an'anaviy oilaviy qadriyatlarga sodiq, mehnatsevar va ko'pincha "ishga mukkasidan ketgan" (workaholic) bo'lishadi. 5. X avlodi (Generation X) Tug'ilgan yillari: 1965 – 1980 Xususiyati: Kompyuterlar paydo bo'lgan davrga to'g'ri keladi. Ular mustaqil, skeptik (shubha bilan qaraydigan) va ish hamda shaxsiy hayot o'rtasidagi muvozanatni qidirgan birinchi avloddir. 6. Milleniallar yoki Y avlodi (Millennials) Tug'ilgan yillari: 1981 – 1996 Xususiyati: Texnologiyalar rivojlanishi (internet, mobil aloqa) bilan birga o'sdilar. Ular erkinlikni yaxshi ko'radilar, o'z ustida ishlashga moyil va ijtimoiy tarmoqlarning ilk faol foydalanuvchilaridir. 7. Z avlodi (Zoomers) Tug'ilgan yillari: 1997 – 2012 Xususiyati: "Raqamli mahalliy aholi" (Digital Natives). Ular smartfonsiz dunyoni bilishmaydi. Axborotni juda tez qabul qilishadi, ko'p vazifalarni bir vaqtda bajara oladilar va ekologiya hamda inson huquqlari masalalariga juda sezgir. 8. Alfa avlodi (Generation Alpha) Tug'ilgan yillari: 2013 – 2024 (taxminan) Xususiyati: To'liq sun'iy intellekt va algoritmlar davrida tug'ilganlar. Ular uchun planshet va ovozli yordamchilar oddiy holat. Bu avlod vakillari tarixdagi eng ko'p ma'lumotga ega va eng uzoq umr ko'radigan avlod bo'lishi kutilmoqda. 9. Betta avlodi (Generation Beta) Tug'ilgan yillari: 2025 – 2039 (taxminan) Xususiyati: Hali endi dunyoga kelishni boshlayotgan avlod. Taxminlarga ko'ra, ular sun'iy intellekt bilan yanada chuqur integratsiyalashgan, robototexnika kundalik hayotning ajralmas qismi bo'lgan va ehtimol, kosmik turizm oddiy holga aylangan davrda yashaydilar. Qiziqarli fakt: Har bir avlod taxminan 15-20 yillik davrni qamrab oladi. Bu davrlar ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik o'zgarishlarga qarab belgilangan.