1 514
Subscribers
-224 hours
-127 days
-5030 days
Posts Archive
🥂Ziyofatdan ziyogacha...
Bugun mutaxassislar yig‘ilib, muayyan ilmiy yoki global masalani muhokama qiladigan anjumanni simpozium deb ataymiz. Ammo bu atamaning ilk manzili ilmiy minbar emas, ziyofat dasturxoni bo‘lgan.
📜“Simpozium” qadimgi yunoncha symposion so‘zidan olingan bo‘lib, “ziyofat” degan ma’noni anglatgan. Qadimgi Yunonistonda ziyofatdan keyin mehmonlar dasturxon atrofida qolib, falsafa, siyosat, she’riyat va ilm-fan haqida bahs-munozara olib borganlar.
⌛Asrlar o‘tib, bu so‘z Yevropa tillariga ko‘chdi. Uning ziyofat ma’nosi asta-sekin ortda qolib, XIX asrga kelib ilmiy bahs-munozara va anjuman mazmuni ustunlik qila boshladi.
Shunday qilib, bir zamonlar
qadahlar ko‘tarilgan davrada bugun g‘oyalar ko‘tariladi. Kecha qadahlar to‘qnashgan bo‘lsa, bugun fikrlar to‘qnashadi. So‘zning bunday evrilishi sizni ham hayratlantirdimi? @Xyuston
"Sen zindonlarida Yusuf, boshida Fir’avn bo‘lgan Misr — hech o‘zgarmading..."
🟡 Ushbu soʻzlar 7 tilda soʻzlashuvchi, Qur’onni yod olgan va Misr tarixida ilk bor demokratik yoʻl bilan saylangan prezident Muhammad Mursiy taqdiriga bag‘ishlangan satrlardan edi.
🌀 2012-yil 30-iyunda Muhammad Mursiy Misr prezidenti lavozimiga kirishdi. Ammo xalq ovozi bilan boshlangan uning prezidentlik faoliyati saylov orqali emas, harbiy kuch bilan yakunlandi. Oradan bir yil o‘tib, 2013-yil 3-iyulda ommaviy norozilik namoyishlari fonida armiya rahbariyati Mursiyni hokimiyatdan chetlatdi, konstitutsiya amalini to‘xtatdi va uni hibsga oldi. Mazkur voqea xalqaro manbalarda harbiy to‘ntarish sifatida baholandi.
🔴 Shundan keyin Muhammad Mursiy qariyb olti yil davomida qamoqda saqlandi va turli sud jarayonlariga olib chiqildi. 2019-yil 17-iyun kuni sud zalida hushidan ketib, 67 yoshida vafot etdi.
🔵 Uning prezidentligi bir yil davom etdi. Ammo uning taqdiri Misr tarixida xalq saylagan prezidentning saroydan zindonga olib borilgan fojeali qismati sifatida qoldi.
@Xyuston
"G'alamis"
Ushbu so‘zi o‘zbek tilida salbiy xarakterga ega bo‘lgan, kishilar o‘rtasiga nifoq soluvchi shaxslarga nisbatan ishlatiladi.
Bu so‘z arab tilidagi "g‘alayon" (tartibsizlik, qo‘zg‘olon, to‘polon) so‘zi bilan o‘zakdosh bo‘lib, mohiyatan "g‘alayon keltirib chiqaruvchi", "tinchlikni buzuvchi" degan ma’noni anglatadi.
Yana bir manbada u tojik tilidagi "galla mush" (غله موش) soʻz birikmasidan kelib chiqqan boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda "gʻalla sichqoni" (ombordagi don-dunni kemiruvchi mita, zararkunanda sichqon) degan maʼnoni bildiradi.
Shuning uchun “ombordagi donni kemiruvchi sichqon” -> “ichdan zarar yetkazuvchi odam” degan ko‘chma ma’no paydo bo‘lgan bo‘lishi ehtimoliy xalqona izoh sifatida eshitiladi.
Badiiy asarlarda g‘alamis kimsalar ko‘pincha bosh qahramonlarning ortidan pichoq uradigan, fitna uyushtiradigan salbiy personajlar sifatida tasvirlanadi.
P/s: Postni gʻalayon qoʻzgʻaydiganlarga yuborib qoʻying)
@Xyuston
📜"Maqsad vositani oqlaydi"
✅Ushbu tamoyil o‘rta asrlar faylasufi, tarixchisi va davlat arbobi Nikkolo Makiavellining dastur-amali bo‘lgan.
🤔Tamoyil mazmuni esa quyidagicha: hukmdor yoki podsho o‘zi va mamlakati kelajagi uchun rejalashtirilgan maqsadlarga qanday yo‘l bilan bo‘lmasin erishishi lozim. Makiavelli, agar natija ko‘ngildagidek bo‘lsa, barcha vositalarni, garchi ular noaxloqiy bo‘lsa-da, oqlash mumkin deb bilgan.
🔈Masalaga bugungi kun talabidan kelib chiqib emas, balki o‘sha davr ehtiyoji nuqtayi nazaridan yondashilsa, muammo oydinlashadi. Chunki Makiavelli Rim papasiga tobe bo‘lmagan, kuchli, markazlashgan milliy davlat tuzish yo‘lida mamlakatni birlashtiruvchi, xalq saylagan islohotchi podshoning barcha vositalardan foydalanishini ma’qullagan.
⌛Siyosiy ta’limotlar tarixini tahlil etish bilan shug‘ullangan ayrim mutaxassislar yuqoridagi tamoyilni ilgari surgani uchun Makiavellini keskin tanqid qilganlar.
💬Ps: Bordiyu maqsadga erisholmasa nima boʻladi degan savol tugʻildimi sizda ham? Sizningcha bu tamoyil toʻgʻrimi?
@Xyuston
Ижтимоий тармоқдаги энг фаол интеллектуал каналлар рўйхати битта жойда!
Интеллектуаллар дунёсига қўшилинг!
Kambagʻal ham yeya oladigan “oltin olma”
Oddiy soʻzlar tagida baʼzan butun bir tarix yotadi. Bunga kundalik dasturxonimizdagi pomidor misol boʻla oladi.
Asl vatani Janubiy Amerika boʻlgan bu oʻsimlik Yevropaga ilk bor keltirilganda qizil emas, sargʻish-olovrang edi. Shuning uchun italiyaliklar uni pomo dʼoro, yaʼni oltin olma deb atashgan (pomo – olma, oro – oltin).
Vaqt oʻtib bu nom rus tiliga, u orqali esa oʻzbek tiliga oʻzlashdi.
Bugun pomidorlarimiz qip-qizil boʻlsa-da, etimologik jihatdan hamon oltin olma yeymiz.
🔥– Menga yangilik boʻldi.
😎 – Buni bilar edim.
@oriftolib | Sahifalarimiz
💭Nega?
📜 Odatda erkak va ayol birga tilga olinganda erkak nomi birinchi keladi: er-xotin, chol-kampir, ota-ona kabi. Ammo to‘y mavzusiga kelganda qiziq holat bor: biz ko‘pincha “kelin-kuyov” deb oʻrganganmiz. Ya’ni bu iborada ayol - kelin nomi birinchi aytiladi.
🤔Buning sababini quyidagicha izohlash mumkin.
✅Avvalo, o‘zbek to'y madaniyatida kelin obrazi marosimning markazida turadi. “Kelin salom”, “kelin tushdi”, “kelin ko‘rdi”, “kelin libosi”, “kelin uyi”, "kelin ulovi" kabi iboralar xalqimiz orasida juda keng tarqalgan. To‘y jarayonida e’tiborning katta qismi yangi xonadonga kirib kelayotgan kelinga qaratiladi.
💯Kuyov ham, albatta, to‘yning asosiy ishtirokchisi. Lekin marosimiy jihatdan kelin ko‘proq ramziy ma’noga ega: u yangi oilaga, yangi xonadonga, yangi muhitga kirib kelayotgan shaxs sifatida ko‘riladi. Shu bois xalq tilida to‘y sahnasidagi juftlik haqida gap ketganda avval kelin, keyin kuyov tilga olinishi tabiiylashgan.
♻️ Yana bir jihat - talaffuz va ohang masalasi. “Kelin-kuyov” iborasi quloqqa ravon, yumshoq va tabiiy eshitiladi. “Kuyov-kelin” deyish mumkin bo‘lsa-da, u xalq tilida unchalik singib ketmagan.
❕Demak, “kelin-kuyov” iborasida kelinning birinchi aytilishi erkak yoki ayolni ustun qo‘yish bilan emas, balki to‘y marosimida kelin obrazining markaziy o‘rin tutishi bilan bog‘liq.
@Xyuston
Yana kimda shu kabi fikrlar boʻlsa bemalol kommentga yozishingiz mumkin👇
Repost from Shavkatbek Shokirov blogi
|| 🎭 Shekispir o’ylab topilgan insonmi?
Adabiyot olamidagi eng katta jumboqlardan biri bu "Shekspir muallifligi" masalasidir.
Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotchilar Stratfordlik oddiy aktyor Uilyam Shekspir bunday monumental asarlarni yolg‘iz o‘zi yozganiga shubha bilan qarashadi.
Qishloq muhitida o‘sgan, oliy ma’lumot ko‘rmagan shaxs qanday qilib aristokratlar etiketi, bir necha xorijiy tillar va murakkab huquqiy atamalarni mukammal bilishi mumkin?
Shu sababli, "Shekspir" bu bir nechta daho shaxslar foydalangan umumiy taxallus degan qarashlar ham mavjud.
Shuningdek Shekispir nomi ostida ijod qilgan deb hisoblanadigan bir necha insonlar ham bor. Bular quyidagilar.
Edvard de Ver (Oksford grafi): Eng asosiy nomzod. Uning hayoti pyesalardagi syujetlarga (ayniqsa, "Hamlet"ga) hayratlanarli darajada o‘xshash. Taxminlarga ko‘ra, graf o‘z mavqei sababli "past tabaqali" teatr sohasi uchun o‘z nomini ishlatishni istamagan.
Frensis Bekon: Davrining eng bilimli faylasufi. Asarlardagi yuridik aniqlik va falsafiy teranlik aynan Bekonning qalamiga mansubligi aytiladi. Hatto matnlar orasida uning ismi yashirilgan maxfiy kodlar borligi haqida butun boshli nazariyalar bor.
Kristofer Marlo: Shekspirning asosiy raqobatchisi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, u 1593-yilda o‘ldirilgan. Ammo fitna nazariyasi tarafdorlari Marlo o‘limini sahnalashtirib, chet elga qochgan va u yerdan turib "Shekspir" nomi ostida yozishni davom ettirgan deb ishonishadi.
Meri Sidni (Grafinya): Ayollarning ijodi tan olinmagan o‘sha qattiqqo‘l davrda, bu bilimdon ayol o‘z asarlarini erkak kishi nomi bilan e’lon qilgan bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.
Ehtimol, biz asrlar davomida bitta odamni emas, balki butun bir "intellektual jamoa"ning mahsulini o‘qiyotgandirmiz.
— @ShavkatbekShokirovblogi
