1 626
Subscribers
-824 hours
-87 days
No data30 days
Posts Archive
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📢Maktabimiz 11-“B” sinf bitiruvchisi Faxriddinov Salohiddin nufuzli Texas State Universityda tahsil olish uchun 97 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi!
🇺🇸Quvonchli yangiliklarning yana biri — Salohiddin AQSH vizasini ham muvaffaqiyatli oldi!
🎓Salohiddinning bugungi yutug‘ida uning fan o‘qituvchilari, sinf rahbari va maktab jamoasining ham munosib hissasi bor.
🚀Salohiddin, AQSHdagi ta’lim yo‘lingda ulkan zafarlar, yangi imkoniyatlar va yorqin kelajak tilaymiz!
❗️Bir o‘quvchining yutug‘i — butun maktab jamoasining faxri!
Bizni kuzating📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
#imtihon_natijalari_2026
🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA!
✔️ Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda.
Talabgorlar o‘z natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishlari mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/
Shuningdek, imtihon natijalarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy platformasi orqali ham ko‘rish mumkin: ariza.piima.uz — Prezident maktablari imtihon natijalari
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi.
Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi.
Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan:
✅ Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi;
✅ Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi.
Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi:
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash;
✅ Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish;
✅ Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish;
✅ aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish;
✅ qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash;
✅ Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish;
✅ Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.
Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan.
Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.
Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi.
Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda.
Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#diqqat_tanlov
📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi!
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda.
📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar.Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin.
🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! 🔹 Telegram 🔹 Instagram 🔹 Facebook 🔹 X (Twitter) 🔹 YouTube 🔹 Trm.uz
#YagonaVatan35
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi.
Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari;
✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik;
✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi;
✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i;
✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish;
✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik;
✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video;
✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik;
✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar.
Qatnashish uchun:
⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang.
⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang.
⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying.
Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang!🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Vatanim_uchun_olimpiadachiman
🇺🇿 «Vatanim uchun olimpiadachiman» — challenge!
Agar siz olimpiadachi o‘quvchi, olimpiadaga qiziqadigan yosh, olimpiadachi farzandning ota-onasi yoki olimpiada ustozi bo‘lsangiz, ushbu challenge aynan siz uchun!✅ 30–90 soniyalik ijodiy video tayyorlang va «Vatanim uchun olimpiadachiman» mavzusida o‘z hikoyangizni ulashing. ✅ Videoni Instagram sahifangizga joylashtiring, #Vatanim_uchun_olimpiadachiman xeshtegidan foydalaning hamda Fan olimpiadalari markazini belgilang yoki izohlarda havolasini qoldiring. ✅ Eng kreativ va ta’sirli 10 ta video saralab olinadi. G‘oliblar xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik uchun maxsus kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi. ✅ Challenge 29-avgustga qadar davom etadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+4
#IOAI_2026
💻IOAI-2026: O‘zbekistonning ilk ishtirokida 3 ta medal!
🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi — IOAI-2026da ilk bor ishtirok etib, birdaniga 3 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Olimpiadada 103 ga yaqin davlatdan 500 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi.
O‘zbekiston terma jamoasi vakillari:
🥈 Bilolbek Yo‘ldoshxo‘jayev — Namangan shahridagi Prezident maktabi — kumush medal;
🥉 Muhammadziyo Saytjonov — Namangan shahridagi Prezident maktabi — bronza medal;
🥉 Umrzoq Ochilov — Samarqand shahridagi Prezident maktabi — bronza medal.
O‘quvchilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!
🖌 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga 2026–2027-o‘quv yili uchun saralash va kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda.
Joriy yilning 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi hamda 1-sinfiga o‘tkazilgan 1-bosqich saralash imtihonlari, shuningdek, 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari 2-, 3- va 4-sinflar uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda.
Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
📢 DIQQAT, HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!
🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhi va 1-sinfiga o‘tkazilgan sinovlarning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun 2-bosqich suhbatlari o‘tkaziladi.
Suhbatlar jadvali:
⏺ Tayyorlov guruhi: 11–12-avgust kunlari, soat 08:00 dan 14:00 gacha;
⏺ 1-sinf: 13–14-avgust kunlari, soat 08:00 dan 14:00 gacha.
2-bosqich suhbatida ishtirok etadigan talabgorlar uchun ruxsatnomalarni yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilmoqda.
🔴 Hurmatli ota-onalar, farzandingizning suhbatda qaysi kuni, soat nechada va qaysi manzilda ishtirok etishi ruxsatnomada aniq ko‘rsatilgan.
MUHIM ESLATMALAR!
✅ Tashkil etilayotgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, suhbat ham davlat tilida tashkil etiladi. ✅ Talabgorlardan suhbat manziliga belgilangan vaqtdan kamida 15 daqiqa oldin yetib kelishlari, o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi.Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 Al-Beruniy maktab-internatiga kirish imtihonlari: 2-bosqich natijalari
Joriy yilning 23–24-iyul kunlari Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul uchun o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari e’lon qilinmoqda.
✅ Imtihon natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#OAV_biz_haqimizda
#Imtihon_2026
🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabga imtihon: iqtidorli o‘quvchilar uchun yangi imkoniyatlar
Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2, 3 va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Yil_oʻqituvchisi
🎉Faxrli yutuq bilan tabriklaymiz!
❗️Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk bor tashkil etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi mamlakatimiz ta’lim tizimidagi eng nufuzli tanlovlardan biriga aylandi. Mazkur tanlovda yurtimizning 208 ta tuman va shahridan eng munosib pedagoglar saralandi hamda ularning har biri Prezidentimiz tomonidan munosib rag‘batlantiriladi.
🏆Quvonchli xabar!
“Yil o‘qituvchisi” tanlovining yakuniy natijalariga ko‘ra, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Qo‘chqorov Shaxzod Begali o‘g‘li tanlov g‘olibi deb topildi.
💐Ustozimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi yutuqlar tilaymiz.
Bizni kuzating
❤ @olmazor_ixtisoslashgan
🎉Yuksak e’tirof muborak!
🔵O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Shakirova Sevara Baxodirovna “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
✨Bu yuksak mukofot mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali faoliyatning munosib e’tirofidir.
🔄Bugungi kunda Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalari va nufuzli tanlovlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda, bitiruvchilar dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va ta’lim jarayoniga joriy etish borasidagi izchil islohotlar ham ana shu muvaffaqiyatlarning muhim omilidir.
💐Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi nomidan Shakirova Sevara Baxodirovnani ushbu yuksak davlat e’tirofi bilan chin dildan muborakbod etamiz.
📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
📢 DIQQAT, E'LON!
Pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.
🎓 2026-yil 6–7-avgust kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni ishga qabul qilish tanlovining 3-bosqichi — suhbat hududlar va fanlar kesimida bo‘lib o‘tadi.
Suhbat davomida nomzodlarning:
✅ kasbiy bilim va ko‘nikmalari;
✅ pedagogik mahorati;
✅ muloqot madaniyati;
✅ psixologik tayyorgarligi;
✅ egallashi rejalashtirilgan lavozimga mos kompetensiyalari baholanadi.
Baholash tartibi:
✅ har bir bilet 4 ta savoldan iborat;
✅ maksimal ball — 100;
✅ zaruratga ko‘ra, suhbat komissiyasi tomonidan qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suhbat bosqichida har bir vakant o‘rin uchun test natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar nomzod ishtirok etadi.⚠️ Eslatma: Test bosqichida to‘plangan ballar suhbat natijalariga qo‘shilmaydi. Biroq yakuniy natijada ballar teng bo‘lgan taqdirda, ustunlik test bosqichida yuqoriroq ball to‘plagan nomzodga beriladi.
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga ta’lim muassasasi tomonidan vacancy.piima.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tilgan mobil telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilinadi hamda SMS-xabarnoma yuboriladi.✅Fanlar va hududlar kesimidagi suhbatlar jadvali ilova qilinadi. ✅Barcha nomzodlarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
Prezidentimiz "Kelajak o‘yinlari"ning ochilishida ishtirok etdi.
—
Президент нашей страны принял участие в открытии «Игр будущего».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shayxontohur TIM matbuot xizmati
Prezidentimiz "Kelajak o‘yinlari"ning ochilishida ishtirok etdi.
—
Президент нашей страны принял участие в открытии «Игр будущего».
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#imtihon_natijalari_2026
🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR!
🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi!
✅ Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilindi.
🖱️ Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#imtihon_natijalari_2026
📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda!
Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:
🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
