1 626
Subscribers
-824 hours
-87 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from N/a
📣 “Kelajak soati” doirasida "Ustozga ehtirom" nomli videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
👥 Tanlovga loyihaga qiziqqan barchani taklif etamiz.
Siz o‘z kasbiga fidoyi, shogirdlari qalbiga yo‘l topa oladigan, ta’lim va tarbiya yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan ustoz va murabbiylar faoliyati va ularning jamiyatdagi munosib o'rnini videoroliklar orqali yoritishni istaysizmi? Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!📩 Tayyorlagan videolaringizni @kelajak_soati_tanlov_bot orqali yuboring. 🏆 G‘oliblar munosib taqdirlanadi va ularning materiallari respublika miqyosida e’lon qilinadi! 🚀 Sizning g‘oyangiz navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotiga asos bo‘lishi mumkin! 📱 Telegram 🎬 Youtube 📱Instagram 🌐 Veb-sayt
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigiAziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim! Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!
Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barchangizni Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, tinchligi, farovonligi hamda porloq kelajagimiz timsolidir.
🎉 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, Yangi O‘zbekiston uchun birlashaylik!
📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
O‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot yo‘limiz bizga bir haqiqatni o‘rgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q.
—
За тридцать пять лет независимого развития мы глубоко осознали одну истину: если народ и государство объединят усилия на пути к единой цели, то для них не будет недостижимых рубежей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayrami katta iftixor va tantana bilan nishonlandi.
—
C огромной гордостью, торжественно отпраздновано 35-летие независимости нашей священной Родины.
@Shayxontohur_im_uz
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasini quyidagi havolalar orqali tomosha qiling:
Youtube
Facebook
@Shayxontohur_im_uz
+2
Iqtidorli bitiruvchilarimiz — dunyoning nufuzli universitetlari sari!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar bitiruvchilari xalqaro ta’lim maydonida navbatdagi yuksak natijalarni qayd etmoqda. Uch nafar bitiruvchimiz dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
🇦🇺 Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi Husniya Tojiboyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohibasi bo‘lib, The University of Melbourne’da tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
🇺🇸 Shu maktab bitiruvchisi Madina Bekmurodova ham “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasiga sazovor bo‘lib, AQSHning Purdue universitetida Civil Engineering yo‘nalishida tahsil oladi.
🇺🇸 Shuningdek, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-“B” sinf bitiruvchisi Salohiddin Faxriddinov AQSHning Texas State University’da tahsil olish uchun 97 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
✅✅✅✅
⏰ Bayramga tuhfa: Toshkent viloyatida Pedagogik mahorat markazi ochildi
✅ Bugun Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida Pedagogik mahorat markazi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.🔰 Vazir Eʻzoza Karimova oʻz nutqida taʻlimga qaratilayotgan eʻtibor, xususan ustozlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar haqida soʻz yuritdi. 📊 Ma'lumot o'rnida: 650 o‘rinli zamonaviy binoda maxsus laboratoriyalar, STEAM xonasi, video studiya, kompyuter xonalari, kutubxona va boshqa zarur infratuzilmalar mavjud. Yangi Markaz yiliga 12 250 nafar pedagogning malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lib, 200 o‘rinli yotoqxona va 100 o‘rinli zamonaviy oshxonaga ega. 📍Shu kuni vazir Eʻzoza Karimova Nurafshon shahrida oʻtkazilgan Beshinchi ustozlar forumi hududiy bosqichining tantanali yopilish va taqdirlash tadbirida ishtirok etdi.
Unda sohadagi yangiliklar, amalga oshirilayotgan ishlar, kutilayotgan natijalar va qizgʻin tarzda davom etayotgan forum jarayonlari haqida soʻz bordi.🔰 Tadbir doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga "Xalq taʻlimi fidoyisi", Viloyat kasaba uyushmasi rahbari Sayyora Fayziyeva va Boʻstonliq tuman hokimi Joʻrabek Ahmedovga "Taʻlim homiysi" koʻkrak nishonlari topshirildi. ➖ Shuningdek, bir guruh faol va fidoyi pedagoglar "Xalq taʻlimi a‘lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi. 🌐 Bundan tashqari, faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ustozlar Turkiyaga malaka oshirishga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
🤩Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🎓 2025-2026-YIL SARHISOBI
2025-2026- o’quv yili maktabimiz jamoasi uchun yuqori natijalar va katta yutuqlarga boy bo‘ldi.
50 ta ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari orasida:
🏆33 nafar o‘quvchi — 100% grant;
🌎2 nafar o‘quvchi — AQSh va Xitoy universitetlariga 100% grant;
🎓15 nafar o‘quvchi — kontrakt asosida talabalikka qabul qilindi.
❗️Shuningdek, quyidagi fanlardan o‘quvchilarimiz 90 ta xalqaro va 301 ta milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi:
🔬Kimyo | 🧬 Biologiya | 📐Matematika | ⚡Fizika | 📖Ona tili va adabiyot | 🇬🇧Ingliz tili | 💻Informatika
Mazkur natijalar o‘quvchilarimizning izchil mehnati, fanlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi samarasi hisoblanadi.
🌟Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi — bilim, intilish va natijalar maskani!
Bizni kuzating📱https://t.me/olmazor_ixtisoslashgan
#diqqat_eʼlon
🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi.
🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi:
✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami;
✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi;
✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami;
✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot;
✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi.
🔴 ESLATIB O‘TAMIZ!
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi.
🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi.
🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
