cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sanjar Karabayev | Rasmiy kanali

✅ Ta'lim va tibbiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni SamDTU pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayevning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!

Show more
Advertising posts
688
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

SamDTU 1-son talabalar turar joyida Pediatriya fakulteti va Klinik laborator diagnostika kafedrasi hamkorligida Talaba yigitlar o'rtasida "JASORAT MAYDONI" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda 1-2-3-4-kurs yigitlar jamoalari ⚽️Futbol to'pida janglyorlik mahorati 🏋️‍♀️ Tosh ko'tarish 💪 Turnik tortinish 💪 Arqon tortishish 💪 Yerga tayangan holatda mashq bajarish 📚 Tezkor savol javob ⏳ Oshpazlik mahorati Shartlari bo'yicha bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra 🥇🏆 1-o'rin 1-kurs yigitlari jamoasi (Bahodirov Sunnatullo, Nuraliyev Firdavs, To'raqulov Mirzabek) 🥈 2-o'rin 4-kurs yigitlari 🥉 3-o'rin 2-3-kurs yigitlariga nasib etdi. G'olib va sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Show all...
​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Nazarbayev universiteti bilan hamkorlik qiladi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2566292 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
Show all...
#Tabriklaymiz #Shukrona_kuni 2024-yil 2-may, haftaning payshanba kuni. Bugun, Samarqand davlat Tibbiyot universitetining dekan o‘rinbosari, fidoyi va samimiy inson ERGASHEV ANVAR RAMOZANOVICHning shukrona kuni! Anvar Ramozanovich, tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Doimo sog‘-salomat bо‘ling, baxt, saodat va omad hamisha sizning hamrohingiz bо‘lishi tilakdoshimiz! Kelajakdagi xayrli ishlaringizda fayzu-baraka va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Yana bir bor, tavallud ayyomingiz muborak bо‘lsin! Hurmat bilan, SamDTU jamoasi @EldorSayfullaevich
Show all...
​Universitetda “Yosh kitobxon talabalar ligasi” o‘tkazildi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2566272 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
Show all...
#kun_tarixi Bugun 30-aprel haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. 🔹Berlin shahriga asos solindi (1237). 🔹Bilyard o‘yini birinchi marta tilga olingan (1722). 🔹Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi (1789). 🔹Luiziana AQSh 18-shtatiga aylandi (1812). 🔹Braziliyada birinchi temir yo‘l ochildi (1854). 🔹Avstriyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi (1934). 🔹Nyu-Yorkda tashkillashtirilgan butunjahon sanoat ko‘rgazmasi ilk bor televideniye orqali namoyish etildi (1939). 🔹O‘zbekiston yo‘nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi (1991). 🔹O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a'zo bo‘ldi (1992). 🔹Jenevada ingliz fizigi, Yevropa elementar zarrachalar fizikasi laboratoriyasi xodimi Tim Berners-Li ishlab chiqqan Butunjahon o‘rgimchak to‘ri texnologiyasi (World Wide Web) hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi (1992). 🔹O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi (1993). 🔹 Toshkentda Yevropa iqtisodiy ittifoqi homiyligida avtomobil transporti bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi (1996). 🔹“Microsoft” kompaniyasi “Windows” operatsion tizimining “Windows 10” deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi (2014). 🔸Kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov tavallud topgan kun (1931). 🔸Geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiygi, Oʻzbekiston Respublika fan arbobi Fayzulla Usmonov tavallud topgan kun (1935). 🔸 Dirijyor, sozanda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Botir Rasulov tavallud topgan kun (1948). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
Joriy yilning 29-aprel kuni Pediatriya fakulteti 1-bosqich talabalari bilan Davomat, Fanlarni o'zlashtirish va yozgi imtihonlarga tayyorgarlik masalalarida dekan o'rinbosari va tyutorlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Yig'ilishda talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari monitoring qilindi, o'zlashtirishi past bo'lgan talabalarga zaruriy tavsiyalar berildi. Bundan tashqari talabalarga yaqinlashib kelayotgan yozgi imtihon jarayonlari, imtihonlar o'tkazilish tartib qoidalari haqida tushunchalar berildi. Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Show all...
Talabalar bilan kinoteatrga tashrif buyurildi Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olayotgan talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ma’naviy ozuqa olgan holda hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish maqsadida ko‘ngilochar maskanlar va ma’naviyat markazlariga sayohatlar tashkil etilib turiladi. Xususan, joriy yilning 26-aprel kuni SamDTU Pediatriya fakulteti tyutori K.K.Shamsiyeva tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari "Sharq yulduzi" kinoteatriga tashrif buyurib, film tomosha qildilar hamda maroqli hordiq chiqardilar. SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
Show all...
🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari 1 oy davomida uzb.lecturio.com maxsus platformasidan bepul foydalanishlari mumkin 🖥️ Lecturio raqamli tibbiy ta'lim platformasi. Lecturio O'zbekiston sinov platformasida talabalar 7200 dan ortiq klinik va pre-klinik ma'ruzalar, 4700 dan ortiq klinik keyslar va 1450 dan ortiq turli mavzular bo'yicha to'liq konspektlarga ega bo'ladilar. Undan tashqari, aqilli algoritm va sun'iy intellekt yordamida o'z bilimlarini yanada kuchaytirishlari mumkin. Lecturio yordamida talabalarimiz zamonaviy tibbiyotni chuqur o'rganishi mumkin. 🌐 Platformaga kirish uchun quyidagi login va parolni kiriting: Sayt: https://uzb.lecturio.com Login: [email protected] Parol: Samarkand2024 Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Show all...
Самарқандда СамДТУ кўп тармоқли клиникасининг жарроҳлик биноси фойдаланишга топширилди ——— Samarqandda SamDTU koʻp tarmoqli klinikasining jarrohlik binosi foydalanishga topshirildi ✅@Zarnews_uz
Show all...