cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Qo‘shtepa Ma'naviy hayoti

Advertising posts
791
Subscribers
-324 hours
-177 days
-2130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from MARKAZ XABARLARI
00:13
Video unavailableShow in Telegram
#1_iyun #Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni 🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi aziz bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!
O'zbekistonimizning har bir o'g'il-qizi tinch-osuda yurtda, ota-onasi bag'rida, jismu joni sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, kelgusida o‘z amaliy ishlari, g‘ayrat-shijoati bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lishini tilab qoladi.
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
ФАРҒОНАДА ИЛК БОР “КИТОБХОН ДАВЛАТ ХИЗМАТЧИСИ” КЎРИК-ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛДИ Фарғона шаҳридаги Ислом Каримов номидаги вилоят театр-концерт саройида “Китобхон давлат хизматчиси” кўрик-танловининг тақдирлаш маросими бўлиб ўтди. Унда тегишли бошқарма ва Ташкилот раҳбарлари, масъуллари ҳамда маънавият тизими ходимлари иштирок этди. Республика Маънавият ва маърифат маркази вилояти бўлими, Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги вилоят филиали, АОКА вилоят бошқармаси ҳамда вилоят ахборот-кутубхона маркази ҳамкорлигида илк бор “Китобхон давлат хизматчиси” кўрик-танлови ўтказилди. Танлов белгиланган низом талаблари асосида кўтаринкилик билан ташкил этилди. Элликдан ортиқ вилоят бошқарма ва ташкилотлари, уларнинг ҳудудий бўлимларида кутубхоналар ташкил этилди, давлат хизматчилари ўртасида китоб мутолааси ошди. Китобхонлик йўналишида турли маънавий-маърифий тадбирлар ташкил этилмоқда. Тақдирлаш маросимида Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги вилоят филиали раҳбари Аҳаджон Акбаров, Маънавият ва маърифат маркази вилоят бўлими раҳбари Маъсуджон Сулаймонов, АОКА вилоят бошқармаси бошлиғи Иброҳимжон Ҳалимбеков ва бошқалар китобхонлик инсон маънавиятининг кўзгуси эканлиги, хусусан, давлат хизматчилари учун китоб муҳим ўрин тутиши ҳақида сўз юритди. “Энг яхши китобхон раҳбар” номинациясида вилоят иқтисодиёт ва молия бошқармаси бошлиғи Зафаржон Рўзалиев, “Энг бой кутубхонага эга давлат фуқаролик хизмати” номинациясида агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси вилоят бошқармаси “Энг яхши китобхон давлат хизматчиси” номинациясида Қувасой шаҳар ҳокими маслаҳатчиси Ҳусниддин Хўжаназаров биринчи ўринни қўлга киритди ҳамда қимматбаҳо совғалар билан тақдирланди. Эркин Воҳидов ижод мактаби ўқувчиларининг саҳна кўринишлари, санъаткорларнинг қўшиқлари барчага манзур бўлди. Эндиликда мазкур танлов ҳар йили анъанавий ташкил этилади. 🚀Rasmiy kanalimiz: https://t.me/marifatli_fargona
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga keldi va Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Tashrif doirasida u yerdagi amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
#Diqqat "Ma'rifat soati"
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://www.youtube.com/watch?v=68dQe9THM8s sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushdi
Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
"Kamroq gapiring, ko‘proq o‘qing!" 🔰Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi, Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tomonidan ayni loyihaga start berildi. Loyiha doirasida o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari mutolaa uchun tavsiya etib boriladi.
Dastlabki tavsiya: “AYB KIMDA?” hikoyasi (Abdulla Qahhor)
Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰NUTQ ODOBI – nutqiy muloqot qoidalari, tamoyillari va shakllarining yigʻindisi, muomala madaniyati sinonimi, ijtimoiy faoliyat sohalari bilan bogʻliq madaniy meʼyorlar majmui. ◽️Nutq odobining madaniy meʼyorlari minnatdorchilik, tilak bildirish, kechirim soʻrash, iltimos qilish, taklif qilish, maslahat berish. Ishga aloqador suhbatning mazmuni, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishdan tashqari, yupatish, hamdardlik bildirish, shuningdek, mulozamat, qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilmaslik usullarini ham odob doirasida ifoda etish va bayon qilish muhim oʻrin tutadi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
02:20
Video unavailableShow in Telegram
#ustoz
Kim jamiyatda o‘z o‘rnini topgan bo‘lsa, birinchi navbatda ustozlarining hissasi katta.
"Ustoz" loyihasi mehmoni — pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
UYG‘ONMOQ DUNYO BILAN BAROBAR YASHAMOQDIR
Jadidlar yoshlarni G‘arb va Sharqning taraqqiy qilgan mamlakatlariga o‘qishga yuborishga alohida ahamiyat berdilar. Avloniy tilga olgan toshkentlik taraqqiyparvarlar – “jadidlar to‘dasi” “jamiyati xayriya” ochadi. Jamiyatning 1909-yil 12-mayda tasdiqlangan 41 moddalik Nizomidan ma’lum bo‘lishicha, uning muassislari Toshhoji Tuyoqboyev, Nizomiddin Mulla Husainov, Mulla Abdulla Avlonov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Bashirulla Asatillaxo‘jayevlar bo‘lib, viloyat hududidagi nochor, muhtoj musulmonlarning moddiy-ma’naviy ahvolini yaxshilash, jumladan yetimlar, keksalar, nogironlar uchun kasalxona, ambulatoriya, choyxona, oshxona, yotoqjoylar ochishdan tortib, yoshlarni maktabda o‘qitish, so‘ng oliy tahsil uchun chet ellarga yuborishgacha bo‘lgan masalalarni ko‘zda tutar edi.
✍️Begali Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Batafsil: https://manaviyat.uz/posts/133 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...