cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ҚМУ ГРАНТЛАР

📌Бул каналда халықаралық бөлими тәрепинен дағазалар, стипендиялар, грантлар ҳәм түрли илажлар туўрысында информация берип барылады. Қарақалпақ Мәмлекетлик Университети 🏛Қарақалпакстан Республикасы, Нөкис қаласы, Ч.Абдиров көшеси №1 🌐https://karsu.uz/ru

Show more
Advertising posts
1 710
Subscribers
No data24 hours
-137 days
-5030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalari institutining magistratura va PhD bosqichida o'qish uchun to'liq moliyalashtiruvchi Skoltech grant dasturi Talablar — Nomzod o'z tanlagan yo'nalishga aloqador sohada magistratura bosqichini davom ettirish uchun bakalavr bosqichini, PhD bosqichi uchun magistraturani tamomlagan bo'lishi kerak; — Akademik yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lishi kerak; — Ingliz tili bilish darajasi (IELTS - 6.0 yoki b.) talab etiladi. Til sertifikati mavjud bo'lmasa, saralashning oxirgi bosqichida nomzodlar maxsus TOEFL ITP imtihonidan o'tkaziladi. Foydali tomonlari — O'qish kontrakt to'lovidan ozod etiladi; — Akademik ko'rsatkichlariga qarab oylik stipendiya: magistratura talabalariga- kamida 40,000 rubl, doktorantura talabalariga- 75,000 rubl; — Tibbiy sug'urta xarajatlari (o'quv yili davomida) qoplanadi va b. Oxirgi muddat 05.07.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/67238 #grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Xitoyda bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichini grant asosida o'qish imkonini beruvchi JSU Presidential Scholarship dasturi Talablar — Nomzodlar Xitoy davlati fuqarosi bo'lmasligi va jismonan sog'lom bo'lishi kerak; — Bakalavr bosqichiga hujjat topshirish uchun 25 yoshdan, magistratura uchun 30 yoshdan va doktorantura uchun 40 yoshdan yuqori bo'lmasliklari zarur; — Ingliz tilini bilish kerak. (Til sertifikati talab qilinadi: kamida IELTS 5,5) Foydali tomonlari — Oʻqiyotgan bosqich va grant kategoriyasiga qarab turlicha miqdorda stipendiya beriladi; — Kontrakt to'lovi va turarjoy xarajatlari qoplanadi. Oxirgi muddat 14.07.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/79328 #grantlar_va_stipendiyalar #grant #Xitoy Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bakalavr yoki qo'shma bakalavr va magistratura bosqichini Slovakiyada o'qish uchun grant dasturi. Stipendiya miqdori — €12,000! Talablar — Dasturda Slovakiyadan boshqa barcha davlat fuqarolar qatnashishi mumkin (O'zbekiston ro'yxatda bor); — SAT testidan kamida 1050 ball olish talab qilinadi; — 2019-yil 1-yanvardan boshlab ariza topshirilgunga qadar Slovakiyada doimiy yoki vaqtinchalik yashamagan bo'lishi lozim (akademik almashinuvlar, til kurslari uchun vaqtinchalik yashash bundan mustasno); — Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi) Foydali tomonlari — Dasturga qabul qilingan nomzodlar o'qish to'lovlaridan ozod etiladi; — Davlat tomonidan tibbiy sug'urta qilinadi; — Oyiga 400 yevro stipendiya beriladi (jami 12,000 yevro). Oxirgi muddat 01.07.2024 03:59 Batafsil https://grantgo.uz/go/15187 #grantlar_va_stipendiyalar #grant #Slovakiya Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi Talablar — Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak; — Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart; — Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b. Foydali tomonlari — 310 yevro oylik stipendiya; — Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar; — Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi. Oxirgi muddat 01.09.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/16558 #almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Bakalavr va Magistratura talabalariga Germaniyada 1 semestr o'qish va amaliyot o'tash imkoniyatini beruvchi COPERNICUS almashinuv dasturi Talablar — Ariza topshiruvchilarning yo'nalishi Gamburg universitetida mavjud yo'nalishlarga mos kelishi kerak; — Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichida kamida bir semestr o'qigan bo'lishi va 18 yoshdan kichik bo'lmasligi shart; — Nemis tilini birish darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lish talab etiladi (Eng kamida B2) va b. Foydali tomonlari — 310 yevro oylik stipendiya; — Yashash uchun mahalliy xonadon (oila) yoki yotoqxona bilan ta'minlanadilar; — Ovqatlanish, tibbiy sug'urta, ro'yxatdan o'tish, mahalliy transport, shuningdek, borish-kelish chiptasi va viza xarajatlari qoplab beriladi. Oxirgi muddat 01.09.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/16558 #almashinuv_dasturlari #toʻliq_moliyalashtiriladi #Germaniya Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyoning TOP universiteti — Stanford universitetida magistratura va PhD bosqichlarini o'qish uchun to'liq moliyalashtiriluvchi Knight-Hennessy Scholars granti Talablar — Yoshi, ta'lim sohasi va karyerasidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar fuqarolari va rezidentlari ariza berishi mumkin; — TOEFL iBT topshiriladi: PhD uchun minimum 100 ball; magistratura uchun minimum 100/89 ball. Foydali tomonlari — 3 yillik grant: o'qish va tegishli to'lovlar qoplanadi; yashash va akademik xarajatlar uchun stipendiya beriladi; bir yillik chipta xarajatlari uchun mablag' ajratiladi (ekonom klassda); yangi kelganlarga bir martalik stipendiya beriladi. Eslatma: grant uchun ariza topshirish 2024-yil 1-iyunda ochiladi. Oxirgi muddat 10.10.2024 01:00 Batafsil https://grantgo.uz/go/72050 #grantlar_va_stipendiyalar #toʻliq_moliyalashtiriladi #AQSh Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Italiya: Milan Politexnika universitetining magistratura kurslarida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 10 ming yevrogacha stipendiya; joy – 65 ta! Grantlar universitetdagi barcha Master of Science magistrlik kurslari uchun beriladi. Ingliz tilida oʻqish mumkin. Grant imkoniyatlari: – Kontrakt summasidan toʻliq ozod qiladi. – Grant turiga qarab, yiliga 10 ming yevrogacha stipendiya beriladi. – Ayrim grantlarda bepul yotoqxona taʼminlanadi. Arizalar 2024-yil 15-iyulgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/italiya-milan-politexnika-universitetining-magistratura-kurslarida-oqish-uchun-toliq-grant/ @grantlar
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Turkiyaning Bilkent universitetida bakalavr bosqichini istalgan soha bo'yicha o'qish uchun 100% gacha grantlar Talablar — Dasturda Turkiya fuqarosi bo'lmagan barcha nomzodlar qatnashishi mumkin; — Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham nomzodlardan IELTS 6,5 yoki TOEFL iBT-87 sertifikati talab qilinadi. Foydali tomonlari — 20% dan 100% gacha kontrakt puli qoplab beriladi; — Kontrakt puli 100% qoplab beriladigan, ya'ni to'liq grantni qo'lga kiritgan nomzodlarga yotoqxona xarajatlari uchun ham grant ajratilishi mumkin. Oxirgi muddat 12.07.2024 Batafsil https://grantgo.uz/go/22388 #grantlar_va_stipendiyalar #grant #Turkiya Telegram | YouTube | Mentorlik
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
DAAD Helmut-Schmidt-Programme: Germaniyada magistraturani oʻqish uchun barcha xarajatlari qoplanuvchi grant! Bu grant davlat siyosati, boshqaruv, ijtimoiy himoya, tinchlik va nizolarni oʻrganish kabi sohalarda magistraturani oʻqish uchun taqdim etiladi. Aksairyat magistrlik dasturlari ingliz tilida, ayrimlari ham ingliz, ham nemis tilida oʻqitiladi. Grant imkoniyatlari: – 934 yevro oylik stipendiya – Germaniyaga borish va kelish xarajati qoplanadi – Bepul tibbiy sugʻurta – Turar joy uchun mablagʻ – 6 oygacha bepul nemis tili kursi va boshqalar Arizalar 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/daad-helmut-schmidt-programme-germaniyada-magistraturani-oqish-uchun-barcha-xarajatlari-qoplanuvchi-grant/ @grantlar
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha! Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi. Grant imkoniyatlari: – Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi. – Turar joy va oziq-ovqat. – Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi. – Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi. – Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi. – Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi. – Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi. – Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi. Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi. Bu yilgi qabul 2024-yil 12-sentabrgacha davom etadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/ @grantlar
Show all...
👍 1