VenaSoft IT Academy 🇵🇸🇵🇸
Open in Telegram
💡 VenaSoft — zamonaviy kasblar markazi! 📞 Telefon: +998 91 071 34 71 📲 Aloqa: @venasoft_admin 🌐 https://venasoft.uz
Show more844
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (inglizcha: Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro turda ishlatiladi.
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi
Bu sarlavha
IMKONIYATLARI
HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:
Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
Maxsus belgilar qoʻyish. ASCII kodirovkasida koʻrsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qoʻyish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
Multimedia fayllarini ochish.
Boshqa imkoniyatlar...
Hello world!
Dasturlashni o'rganish uchun matematikadan a'lo bo'lish kerak
Ko’pchilik insonlar, matematika va dasturlash to’g’ridan to’g’ri bir-biriga bog’liq deb o’ylaydi. Lekin dasturchi, o’zining ko’p vaqtini kodlar yozishga sarflaydi, matematik formulalarni yozishga emas. Matematika bilan dasturlash bevosita bir-biriga bog’liq emas. Lekin, siz dasturchi bo’lishingiz uchun Algebra asoslarini bilishingiz shart. Va shuningdek sizga muammoni yechish mahorati kerak (Mantiqiy fikrlash deyishimiz ham mumkin).
O’yin yaratish o’zi bir yo’nalish va Game Developerlarga qo’shimcha bilimlar kerak bo’ladi, misol uchun, Trigonametriya va Fizikani bilishi kerak. Lekin xozirda, game development uchun ko’plab plugin va library lar chiqib ketgan. Ya’ni siz tayyor freymworklardan foydalanib matematik qiyinchiliklarga uchramasdan o’yinlar yaratishingiz mumkin.
Kodlash zerikarli jarayon
Kodlash juda qiziqarli jarayon. Bu narsa sizga biroz mushkullik tug’dirishi mumkin, lekin kodlash juda qiziqarli. Kodlash bu biror sayt yaratish emas. Bu, kompyuter texnologiyalarini yaratish degani. Bu texnologiyalarni video o’yinlarda, tibbiyot gadjetlarida, samoviy uskunalarda topishingiz mumkin. Kodlash bu hammasi yaratuvchanlik haqida. Bu ma’lum oqim ishini osonlashtirishga yordam beruvchi biror narsa yaratish. Kodlashni o’rganish orqali siz texnologiya olamidagi har qanday sanoat sohalarida ishlashingizga imkon yaratadi. Shuning uchun kodlash xech qachon zerikarli bo’lmaydi.
👨🏻💻 Yodlash emas, tushunish kerak... Muhimi amaliyot.
Dasturlashga endigina qadam qo'ygan dasturchi do'stlarimiz, asosan dasturlashdagi termin va boshqa vositalarni yodlash orqali mukammal o'rganishga harakat qiladi. Aslida esa, yodlash emas, aksincha, uni tushunish samaraliroqdir.
Oliy ta'limda ham asosan nazariy o'qish bo'ladi. Amaliyot esa qisqa, keraksiz mavzularda bo'ladi. Bunday holatda talaba 4 yil emas, 40 yil o'qisa ham, agar amaliyot bo'lmasa, undan arziydigan natija kutish qiyin...
Iloji boricha kengroq va yangi mavzularda amaliyot o'tagan yaxshi. Ya'ni eski, bir necha yil oldingi keraksiz mavzular deyarli natija bermasligi mumkin.
Dasturni qanday qilib yodda saqlash mumkin
👩💻Kodlaringizni qayta-qayta yozib turing
Kodlarni qayta yozib turish ularni to'la tushunishga va yod olishga yordam beradi.
👨💻Qisqa va aniq tillardan foydalaning
Qisqa va aniq dasturlar kiritishga va yod olishga oson bo'ladi
👨💻 Uzoq muddat davomida ishlang
Belgilangan boshlang'ich ish zalvarli bo'lganligi uchun uzoq vaqt ish olib boring.
🧑💻 Fikrni chalg‘ituv-chi narsalardan uzoqda bo'ling
Hattoki kichik reja haqida o'ylash ham xayolingizni 30 soniyada chalg'itib yuboradi.
👩💻Qayta o'qiganda ham tushunarli bo'ladigan kod yozing
Kodlaringizni eng asosiy o'quvchisi - bu o'zingiz, ayniqsa, dasturlashni endi boshlaganingizda.
👩💻Kichik guruhlarda ishlang
Dasturni qanchalik oz odam yozsa, o'zgarishlar kiritish uchun sizda shunchalik ko'proq imkoniyat va erkinlik bo'ladi.
👨💻 Bir kodni bir necha kishi tahrir qilmasin
Har bir odamga tegishli qismini taqsimlab bering.
🧑💻Kichikroq joyidan boshlang
Katta muammo ustida ishlayotgan bo'lsangiz, ishni dastlab uning kichikroq qismini hal etishdan boshlang
Dasturchi" so'zi o'zbek tilida "dastur tuzuvchi" yoki "kompyuter dasturlarini yozuvchi" degan ma'noni anglatadi. Bu so'z, kompyuter dasturlarini tuzish, yozish va rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi mutaxassisni ifodalaydi.
Dasturchilar, turli dasturlash tillarida ko'plab vazifalarni bajaradilar, masalan, veb-saytlar yaratish, mobil ilovalar tuzish, ilova tizimlarini ishga tushirish, kompyuter o'yinlari yaratish va boshqalar. Ularning o'zlariga xos bo'lgan bilim va ko'nikmalari bo'lishi mumkin, masalan:
Dasturlash tillari: Dasturchilar turli dasturlash tillarini o'rganishadi, masalan, JavaScript, Python, Java, C++, C# va hokazo.
Web-dasturlash: Veb-saytlarni va veb ilovalarni yaratish, frontend va backend sohalari bilan shug'ullanish.
Mobil ilovalar: Android va iOS platformalarida mobil ilovalar yaratish.
Ma'lumotlar tahlili va ma'lumotlar omborlash: Ma'lumotlarni tahlil qilish, ma'lumotlar bazalarini yaratish va ma'lumotlarni ishlatish.
Qurilmalarni dasturlash: elektronika qurilmalar uchun dasturlar yaratish, masalan, IoT (Internet of Things) ilovalar va boshqalar.
O'yinlar dasturlash: Kompyuter o'yinlarini yaratish, grafiika va o'yin texnologiyalariga tushunish.
Dasturchilar, yaratilayotgan dasturlarni sifatli va xavfsiz tarzda ishga tushirishga intilishadi. Ularning mahoratlari va bilimlari kompyuter dasturlash sohasidagi yaratilgan dasturlar va tizimlarning sifatini belgilaydi. Dasturchi, kompyuterlar bilan ishlash va ma'lumotlar bilan ishlash sohasida muhim va talab qilingan mutaxassislar orasiga kiradi.
Har bir darajadagi dasturchining o'ziga xos vazifalari va maqsadlari bo'ladi. Dasturchilarning darajasi, ularning tajribasi va bilim darajalariga qarab o'zgaradi. Dasturchi darajalarini oshirish uchun o'z mutaxassislik sohasida rivojlanish, yangi ko'nikmalar o'rganish va ish faoliyatida mustaqil vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish muhimdir.
Dasturchilar kim? Dasturchi haqida. Dasturchi vazifalari. Dasturchilar darajalari
Dasturchi" so'zi o'zbek tilida "dastur tuzuvchi" yoki "kompyuter dasturlarini yozuvchi" degan ma'noni anglatadi. Bu so'z, kompyuter dasturlarini tuzish, yozish va rivojlantirish bilan shug'ullanuvchi mutaxassisni ifodalaydi.
Dasturchilar, turli dasturlash tillarida ko'plab vazifalarni bajaradilar, masalan, veb-saytlar yaratish, mobil ilovalar tuzish, ilova tizimlarini ishga tushirish, kompyuter o'yinlari yaratish va boshqalar. Ularning o'zlariga xos bo'lgan bilim va ko'nikmalari bo'lishi mumkin, masalan:
Dasturlash tillari: Dasturchilar turli dasturlash tillarini o'rganishadi, masalan, JavaScript, Python, Java, C++, C# va hokazo.
Web-dasturlash: Veb-saytlarni va veb ilovalarni yaratish, frontend va backend sohalari bilan shug'ullanish.
Mobil ilovalar: Android va iOS platformalarida mobil ilovalar yaratish.
Ma'lumotlar tahlili va ma'lumotlar omborlash: Ma'lumotlarni tahlil qilish, ma'lumotlar bazalarini yaratish va ma'lumotlarni ishlatish.
Qurilmalarni dasturlash: elektronika qurilmalar uchun dasturlar yaratish, masalan, IoT (Internet of Things) ilovalar va boshqalar.
O'yinlar dasturlash: Kompyuter o'yinlarini yaratish, grafiika va o'yin texnologiyalariga tushunish.
Dasturchilar, yaratilayotgan dasturlarni sifatli va xavfsiz tarzda ishga tushirishga intilishadi. Ularning mahoratlari va bilimlari kompyuter dasturlash sohasidagi yaratilgan dasturlar va tizimlarning sifatini belgilaydi. Dasturchi, kompyuterlar bilan ishlash va ma'lumotlar bilan ishlash sohasida muhim va talab qilingan mutaxassislar orasiga kiradi.
Dasturchilarning darajalari va uning ustunligi o'zgaruvchan bo'lgan joyli darajalardir, ma'lum bir standart to'g'risida umumiy kelishuv yo'q. Bunday darajalar bir-biridan iqtisodiyat, sohalarda mutaxassislik, tajribaning bo'lishi, bilim va ko'nikmalar va boshqa xususiyatlarga qarab farq qiladi. Bundan tashqari, dasturchilik sohasida uslubiy ravishda ishlab chiqilgan ishlar tushunchalariga va tuzilishiga bog'liq o'ziga xos darajalar mavjud bo'lishi mumkin.
Biroq, umumiy ravishda dasturchilar o'rtacha darajalar bo'yicha o'rin oladi:
Junior dasturchi: Yangi kirib kelayotgan dasturchi, kod yozishda o'ziga mukofot qiladigan amaliyotga ega bo'lishi, dasturlash tillarini o'rganishga boshlangan bo'lishi kutiladi. Uning ish faoliyati odatda yangi proyektlarga o'z qat'lari bilan ishtirok etish va dastur kodlarini o'rganishiga bog'liq bo'ladi.
O'rta darajali dasturchi (Mid-level Developer): O'rta darajali dasturchi, o'zining dasturlash bilim va ko'nikmalarini yuqoriga oshirgan va ko'plab loyihalarda ishlagan bo'lishi kutiladi. Uning o'ziga xosligi vazifalarni vaqt-maqsadlarni amalga oshirish, kodni nazorat qilish va boshqa dasturchilar bilan birgalikda ishlash qobiliyati oshadi.
Senior dasturchi (Senior Developer): Senior dasturchi, katta va murakkab loyihalarda ishlash, dasturlash sohasidagi masalalarni yechishda yuqori darajali bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi kutiladi. Uning kodlarini tahlil qilish, ma'lumotlar omborlarini ishlatish, dastur arxitekturasini tuzish va yuqori darajadagi yechimlarni taklif qilish qobiliyati bor.
Menejer dasturchi (Lead Developer): Menejer dasturchi, tizimni rivojlantirish, loyihalarni boshqarish va boshqa dasturchilar bilan o'zaro hamkorlik qilishda muvaffaqiyatga erishgan bo'lishi kutiladi. Uning ish faoliyatida dastur tuzilishi va korxona tomonidan berilgan vazifalarni amalga oshirish kabi ma'lum darajali vazifalarga to'sqinlik qilinishi mumkin.
Arxitektor dasturchi (Architect Developer): Arxitektor dasturchi, murakkab va katta miqyosli loyihalarni tuzishda katta tajribaga ega bo'lishi kutiladi. Uning dastur arxitekturasi va tizim strukturasini tuzish, sohalarni ishlab chiqish, katta tizimlardagi muammo va muammolarni hal qilishga yo'l qo'yish uchun yuqori darajada bilim va ko'nikmalari bo'lishi kerak.
Bo'lajak dasturchilar uchun maslahatlar
1. Texnologiya - bu yechim emas yechimni qanday topish
Dasturlash tillari kundan kunga ko'payib rivojlanib boryapti. Lekin muammo yechimini bunda deb bilmaslik kerak. Dasturlash tillari bu shunchaki muammoni yechishga yordam beruvchi vositalar xolos.
2. Aql bu aniqlik dushmani
Kodlashtirish jarayonida har doim kodlarni tushunarli va o'qishga sodda qilib borish kerak. O'z maqsadini aniq ko'rsatadigan kod, qanchalik aqlli bo'lishidan qat'i nazar, noaniq koddan ko'ra qimmatroqdir.
3. Kodlarni faqatgina kerakli vaqtda yozing
Hal qilmoqchi bo'lgan muammoni yechimini topish uchun iloji boricha kamroq kod yozishga harakat qilish kerak. Ko'pchilik dasturchilar dasturiy ta'minot kelajagini o'ylab kodlarga turli jim-jimador qo'shimchalar kiritib ketishadi. Lekin bu qo'shimcha kod hech qanday qiymat bermasada kelajakda ko'p zarar etkazishi mumkin. Kod qancha ko'p bo'lsa, xatolar ehtimoli ham shuncha oshib boraveradi.
Yaxshi dasturiy ta'minot muhandislari, agar kerak bo'lmasa, kod yozmaydi. Buyuk dasturchilar esa iloji boricha ko'proq kodni o'chirib tashlaydilar.
4. Kodlarga izoh yozish va sharhlash sizga zarar yetkazadi
"Har safar sharh yozganingizda, siz jilmayib, ifoda etish qobiliyatingiz omadsizligini his qilishingiz kerak." (Bob amaki)
Izohlarsiz yozilgan kod sizga tezkor dasturiy mahorat qo'llanmasi bo'lib xizmat qiladi. Yaxshisi be'mani sharhlar yozishga ketadigan vaqtingizni obyektlarni tuzukroq nomlashga sarflang.
5. Kod yozishdan oldin nima qilish kerak ekanligini aniqlab oling
Kodlashtirish atrofiya o'ylaganichalik murakkab jarayon emas aslida. Shunchaki kod yozishdan avval aniq maqsadga ega bo'lishni o'zi yetadi. Avvalo muammoni yaxshilab o'rganing, kerakli algoritmni o'ylab xayolan yechimni ko'rganingizda uchun math muharriri oynasiga ko'chirib olish qiyinchilik tug'dirmaydi.
6. Har kuni yangi narsalarni o'rganing
Agar siz bugun biron bir yangi narsani o'rganmagan bo'lsangiz, siz faqat orqaga siljish qildingiz, men sizni biror narsani unutganingizga kafolat beraman.
Har kuni olgan bilimlaringiz, qilgan kichik yutuqlaringiz vaqt o'tishi bilan qo'shiladi va kelajagingizni aniq belgilab beradi. Agarda keyinroq mukofot olishdan qo'rqmasangiz, bunga hozirdanoq sarmoya kiritishni boshlashingiz kerak.
7. Dasturchi malakasi oshgani sayin uni dasturidan foydalanuvchilar nodonlashib boraveradi
Siz harkuni yangi narsalar o'rganib o'z bilimizgizni oshirib borishingiz mumkin lekin sizning dasturingizdan foydalanuvchilarning barchasi ham bunday emas. Qachonlarding biror bir matematik misolni javobini topish uchun qog'oz va ruchka orqali aqlda izlangan bo'lsa hozirda bu ishni ko'plab dasturlar shunchaki kamera orqali qila oladi. Bu esa o'z navbatida insoniyat aql tomonidan emas balkim texnologiya tomonidangina kuchayib boryatganini akslantiradi.
Unutmang sizning foydalanuvchilaringiz siz kabi o'ylamasligi yoki kompyuyter qurilmasi oldida as bo'lmasligi mumkin. Shu sabab dasturni har doim sodda, odamlar vaqtini olmaydigan va ularga zarar yetkazmaydigan qilib tuzishga harakat qiling.
8. Kod yozish daromad topishdan ko'ra qiziqarli jarayon
Mening biznesim dasturiy ta'minotlar ishlab chiqish ortidan lekin buni daromad uchun emas shunchaki o'z ishim va qiziqishim bilan ko'proq shug'ullanish uchun tanlaganman. Tan olib aytaman men o'z sohamni oilam, o'z yaqinlarim va hayotimdan ham ustun ko'raman.
O'z ishingizni doimo sevishga harakat qiling. Daromad ko'ra olmasangiz ham tunu-kun qilishga tayyor bo'lgan ishingiz bu sizni kelajagingiz hisoblanadi. Agarda sizga kod yozishdan ko'ra odamlarni davolash yoki futbol o'ynash qiziqroq bo'lsa o'z sohangizni almashtirishga hozir ham kech emas. Daromadni har qanday sohada istagancha topish mumkin.
Front end dasturlashni boshladim qancha vaqtda Junior dasturchi bo'lishim mumkin ?
Front-end dasturlash sohasida junior dasturchi bo'lish uchun kerakli vaqt o'z zamonida o'zgarishi mumkin, chunki bu har bir insonning o'zini rivojlantirish darajasi va o'zlashtirish darajasi boyicha farqlanadi. Aytib o'tish kerakki, sizning dasturlash bilimlariz, o'rganish tezligingiz va qanday qilib o'z bilimingizni amalga oshirishingiz hamda yangiliklarga qancha tez adaptatsiya qila olasiz, bu haqda qaror qilishga yo'l qo'ymoqchi bo'lamiz. Lekin oddiy tarzda, birinchi qadamni qaysi yo'nalishda qo'lda tutish uchun kerakli bo'lgan vaqt masalan "Front-end dasturlash" bo'lib tanlasak, quyidagi o'rinlarni hisobga olish mumkin:
O'rganish va boshlang'ich bilimlarning olishi (6-12 oy): Bu davrda, siz HTML, CSS va JavaScript kabi asosiy bo'limlarni o'rganasiz. Bu tillar va texnologiyalar yordamida veb-sahifalar yaratishni o'rganishingiz lozim.
Front-end framework va kitobxonalar bilan tanishish (6-12 oy): JavaScript framework'larini, masalan, React.js, Angular.js, Vue.js kabi, o'rganishingiz kerak. Bu framework'lar qanday qilib veb ilovalarini yasashda va ularga qanday qilib ishlovchi bo'lishingiz kerakligini o'rganasiz.
Git va versiyalash sistemasini o'rganish (3-6 oy): Kodni yozish va uni boshqa dasturchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqishda kerak bo'lgan muhim qismi Git, GitHub yoki GitLab orqali o'rganishingiz kerak.
Responsive dizayn va UI/UX-prinsiplari (3-6 oy): Veb-saytlarni mobil qurilmalar, planshetlar va katta ekranga ega qurilmalar uchun moslashtirish, ayniqsa, dizayn va foydalanuvchi interfeysining (UI/UX) kerakli prinsiplarini o'rganish.
Asosiy testlash va dasturlash texnikalari (3-6 oy): Veb ilovalarni test qilish va o'zlashtirish usullarini o'rganishingiz kerak.
Telegram | Instagram | Website
Front end dasturlashni boshladim qancha vaqtda Junior dasturchi bo'lishim mumkin ?
Front-end dasturlash sohasida junior dasturchi bo'lish uchun kerakli vaqt o'z zamonida o'zgarishi mumkin, chunki bu har bir insonning o'zini rivojlantirish darajasi va o'zlashtirish darajasi boyicha farqlanadi. Aytib o'tish kerakki, sizning dasturlash bilimlariz, o'rganish tezligingiz va qanday qilib o'z bilimingizni amalga oshirishingiz hamda yangiliklarga qancha tez adaptatsiya qila olasiz, bu haqda qaror qilishga yo'l qo'ymoqchi bo'lamiz. Lekin oddiy tarzda, birinchi qadamni qaysi yo'nalishda qo'lda tutish uchun kerakli bo'lgan vaqt masalan "Front-end dasturlash" bo'lib tanlasak, quyidagi o'rinlarni hisobga olish mumkin:
O'rganish va boshlang'ich bilimlarning olishi (6-12 oy): Bu davrda, siz HTML, CSS va JavaScript kabi asosiy bo'limlarni o'rganasiz. Bu tillar va texnologiyalar yordamida veb-sahifalar yaratishni o'rganishingiz lozim.
Front-end framework va kitobxonalar bilan tanishish (6-12 oy): JavaScript framework'larini, masalan, React.js, Angular.js, Vue.js kabi, o'rganishingiz kerak. Bu framework'lar qanday qilib veb ilovalarini yasashda va ularga qanday qilib ishlovchi bo'lishingiz kerakligini o'rganasiz.
Git va versiyalash sistemasini o'rganish (3-6 oy): Kodni yozish va uni boshqa dasturchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqishda kerak bo'lgan muhim qismi Git, GitHub yoki GitLab orqali o'rganishingiz kerak.
Responsive dizayn va UI/UX-prinsiplari (3-6 oy): Veb-saytlarni mobil qurilmalar, planshetlar va katta ekranga ega qurilmalar uchun moslashtirish, ayniqsa, dizayn va foydalanuvchi interfeysining (UI/UX) kerakli prinsiplarini o'rganish.
Asosiy testlash va dasturlash texnikalari (3-6 oy): Veb ilovalarni test qilish va o'zlashtirish usullarini o'rganishingiz kerak.
Telegram | Instagram | Website
Dasturchilar uchun muhim bo’lgan 7 soft skillar to’plami:
Yumshoq ko’nikmalar (Soft skills) nima?
Yumshoq ko’nikmalar (soft skills) sizni odatdagidan yaxshiroq ishchi, xodim, hamkasb va umuman, yaxshiroq inson qiladi.
Texnik ko’nikmalaringiz (technical skills) sizni intervyugacha olib boradi. Sizning yumshoq ko’nikmalaringiz (soft skills) esa ishga olinishingizga sabab bo’ladi.
Texnik bo‘lmagan ko’nikmalar ham deb aytiluvchi yumshoq ko’nikmalar orzuyingizdagi ishingizga joylashishda sizga yordam beradi. Bundan tashqari, u sizga karyerangiz davomida o’sishingizga ham imkon yaratadi (maosh oshirishi, yangi mansab, yangi imkoniyatlar va hokozo…).
Texnik ko’nikmalaringiz – kod yozishmi, mashina o’rganishi bo’yicha modellarni yaratishmi yoki zo’r dizaynlarni yaratish bo’lsin, bular ishga kirish uchun yetarli bo’lmaydi.
Va buning aksi: faqatgina yumshoq ko’nikmalar (soft skills)ning o’ziga ega bo’lish ham yetarli emas.
Sal tushunmay qoldingiz, to’g’rimi?
GIF video Dasturchilar uchun muhim bo'lgan 7 soft skillar
Sizning texnik va yumshoq ko’nikmalaringiz birgalikda ishga kira olish yoki olmasligingiz va qanchalik yaxshi karyera qila olishingizni belgilab beradi.
Yaxshi yangilik esa yumshoq ko’nikmalarni texnik ko’nikmalar kabi o’rgana olishingiz mumkin.
Bundan ham yaxshirog’i esa odamlar umuman yumshoq ko’nikma (soft skillar)ni o’rganishga harakat qilmaydi. Ular yo o’zlarida ikkala ko’nikmalari borligiga ishonishadi yoki yo’q.
Yumshoq ko’nikmalarni o’rganib, ularni tajribada qo’llash orqali bu ko’nikmalarni o’ziga kerak emasligiga ishongan nomzodlardan bir pog’ona yuqoriga chiqib olishingiz mumkin.
Ha, sirni bilib oldingiz: yumshoq ko’nikmalaringiz sizni ish uchun yaxshi yoki mukammal nomzod bo’lishingizni aniqlab beradi.
Yumshoq ko’nikmalar (Soft skills) nima?
Yumshoq (soft) va texnik ko’nikmalar (technical skills) o’rtasida qanday farq bor?
Yumshoq ko’nikmalarni o’rganish mumkinmi?
Nima uchun dasturchilarda yumshoq ko’nikmalarning bo’lishi muhim?
Dasturchilar va boshqa ITdagi odamlarga qanday yumshoq ko’nikmalar (soft skills) zarur?
Intervyu oluvchilarga yumshoq ko’nikmalarimni qanday qilib ko’rsatsam bo’ladi?
Qani kettik!
Yumshoq (soft) va texnik ko’nikmalar (technical skills) o’rtasida qanday farq bor?
Bu narsa ko’pchillikka ma’lum bo’lsa-da, eslatib o’tmoqchiman:
Texnik ko’nikmalar (technical skills): ishni tugatish uchun kerak bo’ladigan aniq mahorat. Kimda bor yoki yo’qligini ko’rish juda oson. Bu narsa sizdan biror ishni bajarish uchun talab qilinadi:
Oshpaz pichoq bilan yaxshi ishlaydi;
Dasturchi javascript kodni yozishni biladi;
Dizayner Figma yordamida dizayn chizadi;
Ma’lumot tahlilchisi SQL yordamdia ma’lumotlarni o’rganadi。
Tushundingiz, deb o’ylayman…
Yumshoq ko’nikmalar (soft skills): barcha ishga ko’chirishimumkin bo’lgan umumiy ko’nikmalardir. Ularni o’rganish qiyin lekin har bir ishda kerak bo’ladi. Bu ko’nikmalar bilan siz oddiy o’rtacha ishchidan eng yaxshisiga aylanishingiz mumkin:
Muomila qila olish (Communication)
Jamoaviy ishlay olish (Teamwork)
Muammolarni yecha olish (Problem solving)
Vaqtni boshqara olish (Time Management)
Qabul qila olish (Coachability)
Va boshqalar…
Bir necha daqiqada bu eng muhim ko’nikmalarga yana qaytamiz. Lekin undan oldin…
Yumshoq ko’nikmalarni o’rganish mumkinmi?
Yumshoq ko’nikmalar (soft skills)ni o’rgansa bo’ladi. Lekin texnik ko’nikmalar kabi praktika talab qilinadi. Shunchaki, yaxshi yozuvchi bo’lish haqida o’qishingiz sizni yaxshi yozuvchi qilib qo’ymaydi. Buning uchun amaliyot kerak.
Web dasturlash nimani anglatadi?
Sodda qilib aytganda, web dasturlash - websaytlar qanday yaratilishi, ishga tushirilishi va internetda qay shaklda aks etishi bilan bog‘liq barcha jarayonlarni o‘z ichiga oladi. U ma’lum funksiyani bajarishga qaratilgan websaytning barcha vazifalarini yaratadi va ularning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.
Shuningdek, tarmoq xavfsizligi, web kontent ishlab chiqish, web dizayn, ma’lumotlar bazasi boshqaruvi va shu kabi yana ko‘plab ishlar mazkur kasb egasining asosiy vazifalariga kiradi. Bundan tashqari, dasturchilar websaytlarning ko‘rimliligini oshirish va belgilangan vazifalarni risoladagidek bajarishlari uchun DOM (Document Object Model), HTML, CSS va Javascript kabi texnologiyalar zarur bo‘ladi.
Qisqa qilib aytganda, dasturlovchi ma’lum dasturlash tillari va kodlar vositasida vebsaytga “jon bag‘ishlovchi”, nima qilish va qanday ishlash kerakligi “aytib turuvchi” mutaxassisdir.
Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.
Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.
Agar sizda «Frontend dasturlashni, texnologiyalarini qayerda, kimdan o‘rganaman?» degan savol tug‘ilgan bo‘lsa, turli o‘quv kurslari bugungi kunda o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Shular qatorida PDP akademiyasi o‘quv kurslari ham samarali faoliyat olib bormoqda.
PDP akademiyasida Frontend texnologiyalari o‘quv kurslarining o‘ziga xos tomonlari shundaki:
- Darslar oson va tushunarli metodikada amaliy mashg‘ulot asosida olib boriladi;
- Sizga o‘z sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lgan, bilimli ustozlar dars beradi;
- O‘zbek tilida faoliyat yuritadigan dasturchilarni ko‘paytirish va dasturlashni o‘zbek tilida o‘rgatish maqsadida darslar o‘zbek tilida olib boriladi;
- Haftada 3 kun, 2 soat 30 daqiqadan qulay vaqtlarda tashkil qilinadi;
- Talabalar uchun amaliy topshiriqlar berib boriladi, o‘qish davomida turli proyektlarni amalga oshirishni boshlashingiz mumkin.
Frontend developer egallashi kerak bo‘lgan qo‘shimcha bilimlar va ko‘nikmalar:
Veb dizayn va mobil dizayn. Frontend dasturchi veb va mobil dizayn bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lishi va dizaynning mazmunini tushunishi lozim. Bu ularga saytni chiroyli hamda qulay ko‘rinishga keltirishda qo‘l keladi.
Adobe Photoshop yoki Sketchda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Frontend dasturchi rasm ko‘rinishidagi sayt dizaynini kodga o‘tkazadi. Shu ish mobaynida grafik tahrirlash dasturlari bilan ishlash saytning rasm ko‘rinishidan kerakli elementlari ishlatish uchun ajratib olish uchun zarur.
Git texnologiyasini bilishi va unda ishlay olishi lozim.
Veb dasturlashning yana bir asosiy qismi bekend sohasi ishlash prinsipini bilishi lozim.
Frontend dasturchi ma’lumotlar bazasidan kelayotgan ma’lumotlar bilan ishlay olishi lozim.
Frontend dasturchi veb dasturlarni test qilish texnologiyasi bilan tanish bo‘lishi va bilishi lozim.
Eng muhim ko‘nikmalardan biri o‘z ustida doimiy ishlash va boshqalarning xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarishdir.
Eslatma:
Bugun 18:30 da chat bor.
Imkon boricha chatga kirib faol boʻlishingizni iltimos qilamiz
Dasturchilar oldin mavjud bo’lmagan qandaydir bir yangi narsa yaratadilar. Hatto, bu qaysidir ko’rsatkichni hisoblash bo’yicha kichkina dastur yoki avvaldan mavjud mahsulot uchun kichik modul bo’lsin, bularning bari dasturchi tomonidan yo’q narsadan so’zma-so’z yaratiladi. Yanada katta ko’lamli loyihalar haqida nima deyish mumkin? Nafaqat, dasturlash tilini bilish, balki tasavvur qilish, fantaziya, nostandart yondashuv mana qayerda talab qilinadi. Bularning barchasidan foydalanib faqat aql bovar qilmas natijalarga erishmasdan, balki o’zining ijodiy potensialini ro’yobga chiqarish ham mumkin.
Dasturchi o’z ishi foyda keltirishi va amaliy ahamiyatga ega ekanligiga shubha qilmasa ham bo’ladi. Uning dasturlari boshqa insonlar hayotini ancha yengillashtirishga, uni qiziqarliroq va qulayroq qilishga qodir. Yana ham yaxshirog’i – o’zi uchun ham xuddi shunday. Sayt kerak bo’lib qoldimi, shaxsiy ehtiyojlar uchun dastur yoki operatsion tizimni sozlash zarurmi? Muammo yo’q – dasturchi barchasini o’zi bajarishi mumkin!
