🍃 𝔸𝕄𝔸ℕ𝔼𝕋𝕀𝕄 🍃
Open in Telegram
458
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-3230 days
Posts Archive
458
🌿Farosat...
- Islom tarbiyasiga ko'ra, ko'chadan ayol-qizlar o'tib qolsa, erkaklar ularga teskari o'girilishi va o'zaro biroz balandroq ovozda gapirishlari lozim.
- Baland ovoz nima uchun?
- Yigit - erkaklar ayol haqida emas, boshqa mavzuda gaplashayotganlarini ma'lum qilgan holda, ayol - qizlarni hotirjam va qo'rquvsiz o'tib ketishlarini ta'minlash uchun...
https://t.me/amaanetimm
458
- Seni uzoq sevaymi yoki qattiq sevaymi?!
— Kamida Jannatgacha seving, undan uzogʻi boʻlmaydi va keyin voz kecha olmaysiz, Alloh uchun seving zero undan qattiq sevgi yoʻqdir...
https://t.me/amaanetimm
458
#Ҳадис_269
📚Расулуллоҳ ﷺ дедилар: «Бирор банда бошқа бир банданинг айбини дунёда беркитадиган бўлса, Аллоҳ таоло Қиёмат кунида унинг айбини беркитади»
https://t.me/amaanetimm
458
Alloh aytadi:
Man, sani ko'raman
Man, sani eshitaman
Man, sani duoingni qabul qilaman
Man, sani yaxsh ko'raman
Man, sanga nma kerakligini yaxsh bilaman
Faqat sen shoshilma, sabr qil xammasini o'zini vaqti bor!
https://t.me/amaanetimm
458
Baliq suvga dedi :
- Sen hech qachon mening ko'z yoshlarimni ko'ra olmaysan. Chunki men suv ichidaman !
Suv javob qildi :
- Lekin men ko'z yoshlaringni his qilaman. Chunki sen qalbimdasan ! (Rumiy)
https://t.me/amaanetimm
458
🌿 Juda ham goʻzal duo...
Ushbu duoni sizni yaxshi koʻradigan va siz ham yaxshi koʻradigan insonlarga yuboring...
“🤲🏻 Duolaringizni eng hayrlilariga yetishtirsin Allohim... Sizni Alloh uchun yaxshi koʻraman!”
https://t.me/amaanetimm
458
Равза ифори
Мен дунё кезмадим, кезмоқ не керак,
Мадинани бир бор кўргандан кейин.
Ҳар касни соғинчи қийнайди бешак,
Мадинадан айро тушгандан кейин.
Дунё шаҳарлари гўзалдир балки,
Гўзалдир ранго-ранг фавворалари.
Ўзга томчиларда гўзаллик қолмас,
Мадина ёмғирин кўргандан кейин.
Келдилар нечалар казо-казолар,
Бақиъ сукутидан бўлдилар камтар.
Нафсига тайинлаб минг бир жазолар,
Ул шариф Равзага киргандан кейин.
Оҳ, сокин Мадина қанчалар оғир,
Иссиқ қучоғингдан айрилиб кетмоқ.
Кетмасдан соғинчинг юзларда зоҳир,
Сендан айрилишин билгандан кейин.
Зоминий, қалбингга ҳасратни солма,
Соғиниб яшарсан Равза ифорин.
Энди нафс қулига айланиб қолма,
Расулингга ваъда бергандан кейин.
https://t.me/amaanetimm
458
Axir Sabir...
Vada qilingan nematlar eshigi...
Vada qilingan bahtlar eshigi...
Vada qilingan mukofotlar eshigi...
Axiri Sabir emasmidi.!!!
https://t.me/amaanetimm
458
🕌 Allohga yaqinlik – haqiqiy tinchlik
Hayotimizda ba’zan shunday lahzalar bo‘ladiki, qalbimiz hech narsa bilan taskin topmaydi. Dunyoviy tashvishlar, muammolar va iztiroblar bizni siqib qo‘yishi mumkin. Ammo unutmang, haqiqiy tinchlik faqat Allohga yaqinlikda.
“Ogoh bo‘ling! Qalblar faqat Allohni zikr qilish bilan orom topur.”
(Surat ar-Ra’d, 28-oyat)
💭 O‘zingizga savol bering:
Oxirgi marta duo qilib, Alloh bilan gaplashganimga qancha bo‘ldi?
Qalbingizni Qur’on va zikr bilan oziqlantiryapsizmi?
Dunyo tashvishlari sizni ibodatdan uzoqlashtiryaptimi?
📌 Allohga yaqinlashish uchun 3 oddiy qadam:
Har kuni kamida 5-10 daqiqa Qur’on o‘qing yoki tafakkur qiling.
Zikrni ko‘paytiring: "Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu Akbar."
Har qanday holatda ham duo qilishni unutmang – Alloh sizni eshitadi.
🌿 Dunyoni o‘ylab siqilmang, oxiratga tayyorlanib xotirjamlik toping! 🤲✨
https://t.me/amaanetimm
458
.....Ҳаётингизда нима бўлса барини яхшиликка йўйинг. Зеро, ҳар бир ишда хайр бордир. Шундай хотиржам бўлингки, атрофдагилар: "Бундай яшашни қандай уддалаяпсиз?", деб сўрашса: "Роббим ҳақида ҳамиша гўзал гумондаман. У томондан бирор мусибат юборилса-да, у менинг фойдамга бўлади", дея жавоб беринг.
- Дуолардан тўхтаманг,
- Қалбингизни кераксиз нарсаларга боғламанг,
- Барчасини ўз ҳолига ташлаб қўйинг,
- Ўз устингизда ишлайверинг,
- Китоб ўқинг,
- Қувонч улашинг (гарчи маҳзун бўлсангиз ҳам),
- Инсонларга ҳеч қандай эвазсиз яхшилик қилаверинг,
- Ҳеч бир инсон ҳақида ёмон гумонда бўлманг,
- Энг муҳими Роббингизга бўлган умидингизни сўндирманг...
https://t.me/amaanetimm
