cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'zbekiston Milliy Universiteti | Rasmiy

Oʻzbekiston Milliy Universiteti ( rasmiy xabarlar ) ɴᴀᴛɪᴏɴᴀʟ ᴜɴɪᴠᴇʀsɪᴛʏ of ᴜᴢʙᴇᴋɪsᴛᴀɴ ᴀʙɪᴛᴜʀɪʏᴇɴᴛ ᴠᴀ sᴛᴜᴅᴇɴᴛʟᴀʀ ᴜᴄʜᴜɴ sᴏ'ɴɢɪ , ishonchli ᴠᴀ ᴍᴜʜɪᴍ ʏᴀɴɢɪʟɪᴋʟᴀʀ ʙɪᴢᴅᴀ Reklama @Lincolin_brm Murojaat uchun: @Tgaloqabot Guruhimiz: @Milliy_Universiteti_Chat

Show more
Advertising posts
13 647
Subscribers
-424 hours
-227 days
-15730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️Abituriyentlar diqqatiga! 📆 Ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan boshlanadi. ⏰ Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. ✅ Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. 🖨️ Test sinovlari boshlanishiga sanoqli kunlar qolganligi bois abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz. ❌ Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. 📑 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ‼️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Show all...
🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Abituriyent ruxsatnomasi chiqdi! Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi! O‘qishga xujjat topshirgan barcha yaqinlaringizga bu xabarni tarqatib qo‘ying! 🇺🇿 Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo‘lsada telegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi.
Eslatma: Joriy yilda 800.000 nafardan ortiq abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o‘tishingiz mumkin.
Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botdan foydalaning: ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Talabalar_Rasmiy_Kanal
Show all...
👍 1👎 1
00:41
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Ruxsatnomalar 10-iyul qadar berilishi rejalashtirilgan Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi masʼul xodimi OʻzAga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Abituriyentlarga ruxsatnomani berish kirish imtihonlaridan bir hafta oldin boshlanadi. Aniq sanalarni hozir ayta olmaymiz, chunki hozircha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangani yoʻq. Lekin Oliy taʼlim vaziri tomonidan imtihonlarni 14-iyuldan boshlash rejalashtirilayotganligini aytib oʻtildi. Agar 14-iyulga imtihonlar boshlansa ruxsatnomalar 10-iyuldan oldinroq tarqatila boshlanishi mumkin.”
✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Show all...
IMG_0507.MP42.13 MB
👍 2 2
00:43
Video unavailableShow in Telegram
Abituriyent imtihonga formada borishi kerakmi? Roʻmol mumkinmi ? Imtihon uchun aniq belgilangan forma mavjud emas. Abituriyent imtihon kuni o'ziga qulay istalgan kiyimda borishi mumkin. 🧕 Masalan, imtihonga qizlar ro'molda borishiga ham hech qanday to'sqinlik yoki cheklovlar mavjud emas! Oldingi yillardagi imtihonlarda ham qizlar ro'mol bilan imtihonda qatnashishgan. Eslatma, video 2021-yilga tegishli. Abituriyentlarga yuboring! #abituriyent  #qabul2024 ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Show all...
Imtihonga formada borishi kerakmi_.mp41.66 MB
👍 4👏 1
Абитуриентга билим муҳимми ёки омад? 1994 йил - биринчи марта ўқишга топширганимда, ўқишдан йиқилганман. “Тест натижалари тахтаси” олдида (142 балл олиб) “чизиқ”нинг тагида биринчи бўлиб турганимни кўриб “ах, омадим келмабди-да, шунга...” деб ўйлаганим ҳали ҳануз ёдимда. “Нафис санъат лицейи”да ўқиб, йиқилганим алам қилдими ё кўпчиликнинг юзидаги истехзоли қарашми, ишқилиб, кейинги йилга яхшилаб тайёргарлик кўрдим.5-синфдан то 11-синф дарсликларигача қайта ва қайта “конспект” қилиб чиқдим. Инглиз тилидан билимим пастроқ эди, бу фан китобларини ўн мартача такрор ва такрор “конспект” қилиб чиқдим-ов? “Тест” куни аудиторияга кириб, тест китобига қарасам, “конспект” қила-қила миямга сингиб қолган нарсалар! Ярим соатда тестни ечиб бўлдим. Бекорчиликдан ёнимда ўтирган беш қизнинг тестини ҳам ечиб бердим.Ишонасизми, олти йил ўқиш мобайнида “университетда энг катта баллни олган йигит” деган обрў ва ҳалиги беш курсдошим сабаб қўлимга дафтар-ручка олишга эҳтиёж бўлмади. Абитуриентлар! Сизга айтар сўзим шу: Абитуриентга билим муҳим, омаднинг ўзи билими кучли одамни қидириб-топиб келади! Зотан, “ОМАД ҲАМИША КУЧЛИЛАР ТОМОНИДА БЎЛАДИ!” © Қадамбой Отабоев ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Show all...
👍 5💯 5🔥 1
❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 3️⃣ soat qoldi Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz 👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59 📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Milliy_Universitet_Rasmiy
Show all...
👍 3
❗️ Bugun oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Bugun (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. ✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Talabalar_Rasmiy_Kanal
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ 2 kundan keyin qabulning 1-bosqichi tugaydi. Bu nimani anglatadi? Bugun — 24-iyun, ertaga esa 25-iyun kuni soat 23:59 da OTM va professional ta’lim muassasalariga qabulning birinchi bosqichi tugaydi. ❌ Bu degani shu bosqichda hujjat topshirmaganlar kirish imtihonlarida qatnasha olmasligini bildiradi. 2-bosqichda faqat yo‘nalish va OTMlar tanlanadi. Eslatma abituriyentlar uchun imtihonda qatnashish to‘lovi 170 ming so‘m. ➡️ Hujjat topshirish qo'llanmasi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmang! Imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! — Bilimni baholash agentligi.
✅ Barchaga yuboring ⭕️ @Talabalar_Rasmiy_Kanal
Show all...
👍 1
🟢 CEFR PRO 1.0 umumiy hisobda 27 ta B2+ natijalarni olib keldi Alhamdulillah !!! ✅ 🔥 Endi O'zbekistonda yagona dasturga ega bo'lgan 3 oylik CEFR PRO 2.0 ga yaqinda start beraman🚀 📌 Kursning 1 - oyi to'liq chuqurlashtirilgan grammatika bo'ladi (dtm ga ham tayyorlansa bo'ladi) 📌 Kursning 2 - oyi to'liq writing va speaking (barcha tushish ehtimoli bo'lgan savollarni qamrab oladi) 📌 Kursning 3 - oyi to'liq reading va listening (barcha tushgan savollar va tushish ehtimoli bor savollar) ❗️yaqinda boshlaymiz, ko'prog'ini kuting !!! 👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Show all...
👍 3
👉 KANALGA KIRISH 👈
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.