en
Feedback
Muhammadsaid - Blog

Muhammadsaid - Blog

Open in Telegram

Dasturchilik, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz

Show more
Uzbekistan138 338The category is not specified
224
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Bu esa qiziq tahrir. Ko’pchilik “opamni” so’zini “opamning” qilib yozardi. Model esa “tanishi”ni “tanishar”ga o’zgartirdi. Bu
Bu esa qiziq tahrir. Ko’pchilik “opamni” so’zini “opamning” qilib yozardi. Model esa “tanishi”ni “tanishar”ga o’zgartirdi. Bu qanchalik to’g’ri deb o’ylaysiz? Ma’no saqlanib qoldimi? @muhammadsaid_dev

Meni ismim Sardor! Oddiy narsa bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin buni qilishga bir yillik umrim ketdi 😂 @muhammadsaid_dev
Meni ismim Sardor! Oddiy narsa bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin buni qilishga bir yillik umrim ketdi 😂 @muhammadsaid_dev

Digital Bridge 2023, Astana
Digital Bridge 2023, Astana

Hozirgacha o‘rgatgan modellarimizning oltin** berilmalardagi* ko‘rsatkichlari. Muharrirlar tahrirlagan gaplardan 4,000 tasini
+1
Hozirgacha o‘rgatgan modellarimizning oltin** berilmalardagi* ko‘rsatkichlari. Muharrirlar tahrirlagan gaplardan 4,000 tasining ustida to‘rtta modellarimizni sinab ko‘rdik. O‘zbek tiliga moslashtirgan modelimiz, stem modeli eng yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatdi. Hamma tilga to‘g‘ri keladigan BPE metodi esa o‘zbek tili uchun to‘g‘ri kelmadi. Keyingi suratda esa GECToR, Grammarly tomonidan mashhur SOTA*** model. Stage I o‘rgatish jarayonidagi F0.5 ko‘rsatkichlaridan bizniki qolishmaydi. Bu degani biz taxminan ingliz tiliga mos modelni o‘zbek tiliga mosladik. Bu degani bizda ham SOTA modeli bo‘ladi :D * berilma — datum, berilmalar — data ** oltin berilmalar — gold dataset, haqiqiy odamlar tomonidan tuzilgan berilmalar *** SOTA — state of the art, eng zo‘r model degani @muhammadsaid_dev

eslatib o‘tamiz , prezident iyul oyida toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvida lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish kerakligini aytgandi . uchrashuvida => uchrashuvda Shunday dedi

Daryo maqolasini berib ko'rdim. bu o‘rinda millionlab aholimiz sssr paytida berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalardan foydalanayotgani , 1000 so‘mlik kupyura hozir ham kirill alifbosida ekani hech qanaqa muammo tug‘dirmayotganini eslatish o‘rinli . aholimiz => aholi Model shunday tavsiya berdi

Dasturlash bu bir bosqich undan oldi va keyin ham muhim bosqichlar bo‘lishini nafaqat nazariyadan balki amal kuzatyapman . Dasturlash bu bir bosqich , undan oldin va keyin ham muhim bosqichlar bo‘lishini nafaqat nazariyadan , balki amalda kuzatyapman . Bu yerda tinish belgilari, kelishiklar va oldi/oldin kabi real xatolar to’g’rilandi.

Grammatika, grammatika, grammatika! Bugun yangi bir metodni qo’llab tekshirdik. Natijalar juda quvontirdi! 1. Shavkat mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirish chora tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirish chora - chora - tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi . 2. Uni ishidan sizga qanday manfaat bor ? uning ishidan sizga qanday manfaat bor ? 3. Shahar xokimi kecha toshkentga tashrif buyurdi Shahar hokimi kecha Toshkentga tashrif buyurdi . 4. Loyiha yakundan keyin sifat tekshiruvi , audit degan narsa yoq . Loyiha yakunidan keyin sifat tekshiruvi , audit degan narsa yo‘q . Yomon emas-a? Bir-ikkita joyida noto’g’ri qo’shvorish/yozvorish bor. Yangi metod neyron tarmoqlari va morfologik tahlilchini bitta model qilib o’rgatishdan iborat. Tagida Grammarly tomonidan qilingan GECToR modeli va biz o’rgatgan BERT.

4. Har kuni shu haqida o’ylab chiqyapman! P.S. Oltita so’zda ikkita xato
4. Har kuni shu haqida o’ylab chiqyapman! P.S. Oltita so’zda ikkita xato

Innovatsiya vazirligining uchta muammosi 1. Loyihalar faqat universitet orqali amalga oshadi. Universitetning qurbi yetadimi, yo‘q, qiziqtirmaydi. Dunyo talabidagi sun’iy idrokka oid balandparvoz loyihalarni dunyo talabiga javob bermaydigan, umrida kod yozmagan olimlar bajaradi. 2. Loyiha moliyalashtirilishi oldindan belgilangan, kam-kam yarim stavka oylik bilan beriladi. Natijada bitta loyiha ishtirokchisi bir nechta shu kabi loyihalarda yarim stavkadan ishlab, bittasida ham tayinli bir narsa qilmaydi. 3. Loyiha yakunidan keyin sifat tekshiruvi, audit degan narsa yo‘q. Qog‘ozbozlik bilan bosdi-bosdi qilishadi, lekin shuncha pul nimaga ketdi, qanday natijaga kelindi, bu gaplar obyektiv baholanmaydi. @muhammadsaid_dev

Modelni o'rgatishga tashlab qo'ygandim. Hozirgina yarim yo'lda tayyor bo'lgan modelni sinab ko'rdim. Natijalar quvontiradigan: 1) Shavkat mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirish chora tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi 2) Uni ishidan sizga qanday manfaat bor 3) Yangi iPhone 15 taqdimoti o‘tqizildi 4) Shahar xokimi kecha toshkentga tashrif buyurdi Model buni nimaga o'zgartirdi: 1) Shavkat Mirziyoyev elektron hukumatni rivojlantirish chora - tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.. 2) Uning ishidan sizga qanday manfaat bor? 3) Yangi iPhone 15 taqdimoti o‘tkazildi.. 4) Shahar hokimi kecha Toshkent tashrif buyurdi... Katta harf bilan yozish, chiqizcha, ni/ning, o'tqizmoq/o'tkazmoq, bu hammasini to'g'riladi. Faqat toshkentga negadir Toshkent bo'lib qoldi, Toshkentga emas.

Oxirida model umuman to'qishni boshladi, noto’g’ri so’zni umuman o’chirvordi, bu tabiiy holat. Muhimi oddiyroq bo'lgan so'roq va nuqtani qo'yishni o'rgandi. Bu degani ketayotgan yo'limiz to'g'ri.

Grammatika tekshiruvidan Hozirgina bir kichkina modelni sinab ko'rdim. 25,000 tagina buzuq gap ustida o'rgatilgan token classification modeli, ikki soatcha bitta videokartada o'rgandi. Shunchaki sinab ko'rish uchun. Berilgan gap: Bugun xokim shaharga keldimi Meni buyumim sizga tegishli emas Nega bunday ishlar qilyapsiz? xonli davrida bundan ko'p ishlar roy bergan Nima chiqdi:
Bugun shaharga keldimi ?
Meni buyumim sizga tegishli emas .
Nega bunday ishlar qilyapsiz?
xonli ishlar roy bergan‘‘‘.‘'

Mas’uliyat yoki ma’suliyat? 12-varaqli daftarda xato ketibdi. Bolalar shuni o’qib, imloni o’rganadi. Hehe
Mas’uliyat yoki ma’suliyat? 12-varaqli daftarda xato ketibdi. Bolalar shuni o’qib, imloni o’rganadi. Hehe

O’zni dono bilgan u uch-to’rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo’l, Bo’lmasa, kofir deb qilishar e’lon. (C) Umar Xayyom

Nima deb yozishyapti:
Nima deb yozishyapti:

Nimani reklama qilyapmiz:
Nimani reklama qilyapmiz:

Dasturni ishga tushirish haqida Deylik, siz yangi dastur yaratdingiz. Endi u dasturni ommaga chiqarish kerak. Tahrirchining brauzerlar uchun kengaytmasini misol qilib olamiz. O‘zi bunday kengaytmalar uncha ko‘p emas, asosan ingliz tili uchun qilingan va bilishim bo‘yicha o‘zbek va turkiy tillari uchun ilk imloni tekshiradigan brauzer kengaytmasidir. Buni dasturlagandan keyin bu odamlarga juda yoqadi, bozorni yoramiz degan xayollar kelishi mumkin. Lekin hammasi ham bunaqa emas. Birinchi to‘sqinlik — bu marketing. Dastur ming zo‘r bo‘ladimi, odamlar u haqida bilmasa, o‘rgangan Savodxon yoki Matn.uz ga kirib, matnlarini tekshiradi. Faqat reklama qilish kerak. Xo‘p, endi odam bu dastur haqida bildi. Men dasturim haqida eshitgan odamni o‘zim uchun unga shaydo, oshiq bo‘lgandek tasavvur qilaman. Siz sevib qolgan qizga gul, har xil yaxshi gaplar gapirasiz, o‘zingizni yaxshi ko‘rsatishga urinasiz. Bu yerda ham shu holat. Veb-saytga bezak berish, maksimal darajada tushunarli qo‘llanmalar yozish, kerak bo‘lsa video-qo‘llanmalar qilish, xatolar bo‘lsa bu haqida mehr bilan aytish... Bu xuddi bir uchrashuvga chiqqandek gap. Xullas, har bir yaratilgan dastur bilan ko‘proq tajriba orttiryapman. Dasturlash bu bir bosqich, undan oldin va keyin ham muhim bosqichlar bo‘lishini nafaqat nazariyadan, balki amalda kuzatyapman. @muhammadsaid_dev

Haydovchilik guvohnomasini olgan birinchi yilimda piyoda o’tish joyini ko’rsam: - Hozir ilojini qilib to’xtab beraman, opa, o’tib ketasiz eson-omon, bu o’lkada qoidalar ishlashi kerak! Uch yildan keyin: - Uzr-a, keyingi safar, bu yerda to’xtashning iloji yo’q, sog’ bo’lasiz.