Muhammadsaid - Blog
Open in Telegram
Dasturchilik, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz
Show moreUzbekistan138 338The category is not specified
224
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Mendagi hozirgi sharoit g‘oya uchun yashashga imkon beryapti. G‘oyam tilni raqamlashtirib, odamlarni to‘g‘ri yozishga undash va o‘rgatish.
Lekin tinkam quriyotganini sezyapman, “opportunity cost”, yoki “o‘rinbosar xarajat” kundan-kunga oshib bormoqda — hayotimning eng samarador davrini taqdiri oldindan ayon, muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aniq loyihaga sarflayotgandek bo‘lyapman. Bu loyihaga ajratgan vaqtim ham shu yil oxirida tugaydi. Keyin esa, rejani bir boshidan tuzishga to‘g‘ri keladi. Balki shunday bo‘lishi ham kerakdir, balki hammasi yaxshilikka bo‘lar, kim biladi.
Yechimlar:
- Alifboni isloh qilish 💀… Yaqinda qilaman deyishdi, lekin o‘zgarishlar yarim choralarga o‘xshadi. Qilganga yarasha x/h ni birlashtirish, tutuq belgisini o‘zining vataniga, arablarga qaytarib yuborish, va digraflar o‘rniga hamma qabul qilgan, turklar bekam-ko‘st qilib ishlatib yuradigan harflarga o‘zgartirish kerak. Raqamlashtirish tomonidan ham buni puxta nazorat ostiga olsa, yosh avlod tez ko‘nikadi.
- Sheva. Shevalarni yo bekor qilish kerak, yo tizimlashtirish kerak. Men birinchi variant tarafdoriman. Shevalar kerakmas, hamma yagona o‘zbek tilida so‘zlashishi shart. Shunda mahallachilik, qabilachilik degan illatlar yo‘qoladi. Bu narsa tabiiy ravishda sodir bo‘ladi, odamlar kattaroq shaharlarga ko‘chib kelaversa.
- Muhit 💀. Bilmadim ta’lim sohasida nimalar bo‘lyapti, lekin oxirgi paytda yoshlarni ko‘rib, ularni eshitib, qo‘rqib ketyapman. O‘z millati yoki tiliga hurmat yo‘q (UZBEK SILA deb yozish hurmatsizlik). Mafkurasiz o‘sayotgan avloddan qo‘rqinchli narsa bo‘lmasa kerak. Rostdan ham, ularga na tarixni o‘rgatishadi, na tilni. Gentra, pul, to‘y, bo‘ldi. Sal aqllilari IELTS topshiradi, lekin Buyuk Britaniya yoki AQSH tarixi yoki madaniyati haqida tushunchasi yo‘q. Ingliz tilini bilib, ular birdaniga aqlli bo‘lib qolmaydi. Undan aqllilari, “yevrapeskiy”lar kirillcha buzuq o‘zbekchada yozadi, lekin kimdir ruschada xato qilib qo‘ysa shu zahoti to‘g‘rilab qo‘yadi. Chunki og‘alariga hurmati katta.
Bilmadim, qachon bunday yozish odatiy hol bo‘ldi. Mayli, bir faraziy tajriba qilib ko‘ramiz, odamlar noto‘g‘ri yozishi ularning aybi emas deb:
- Tez hayotga to‘g‘ri kelmaydigan digraflarga boy alifbo - sh, ch, o‘, g‘ va ng (xafa bo‘lmasin). Odamlar bu harflarni imkon boricha “chopadi”.
- Shevalar ko‘pligi. Hamma o‘z shevasida yozmoqchi bo‘lib xatoliklar qiladi. Mayli, bu tug‘ma nuqson.
- Muhit munosabati. Sheva niqobini kiyib, endi manga xohlaganimcha yozish mumkin ekan, boshqalar ham shunday qilyapti-ku, deb ketaveradi. “Chunvosen boldiyu aqlli” degan gap 11-yillik ta’limni tag-tubidan yo‘qqa chiqaradi.
Yana qanday muammolar bor?
B2C deganda shularga sotish tushuniladimi endi? PhD qilgani surish kerak tezroq 💀
https://www.instagram.com/reel/Czq3iXiIV0F/?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
Tech Award
mGovAward 2022/2021 da Tahrirchidan boshqa yana beshta loyiha yutgan. Lekin negadir ularni hech kim bunday sinchkovlik bilan kuzatmaydi. Yoki yaqinda ham mGovAward globalda ham katta grant yutib kelgan loyiha bor.
Ularning hozirgi holati haqida xabarim yo‘q, lekin Tech Award tanlovidagi bizga bo‘layotgan munosabat, yoxud "tepada tanishi bor, oddiy narsa bilan hamma tanlovlarni yutib yuribdi" degan narsa menga yoqmayapti.
Imlo modeliga bir yil, til modellariga 6 oy, grammatikaga 8 oy ketgan, va buning hammasini qulay tarzda oxirgi foydalanuvchilarga o‘rab, dastur qilib taqdim etish, ishoning, 50k$ dan ancha ko‘p mablag‘ni talab qiladi. Bu gap asosan loyihani haliyam mobil klaviatura deb o‘ylaydiganlardan chiqyapti. Bo‘lar-bo‘lmas gaplar gapirmasdan ("tahrirchi" so‘zi bu chatda 25-26 marta ishlatilgan), ozgina loyiha bilan tanishsa edi, munosabati o‘zgarardi.
Repost from Tilmoch
Hammaga salom! Sizningcha, Tahrirchiga qanday imkoniyat qo‘shishimiz kerak?
GDG’ga marhamat! Biz ham u yerda taqdimot bilan chiqamiz. Kelinglar!
https://t.me/gdgtashkent/1543
Muhammad Al-Xorazmiyga bag’ishlangan matematikaga oid jurnal.
Ichida juda ko’p boshqa narsalar yozilgan ekan. Menga o’rinbosar so’zlarning ro’yxati yoqdi.
Olmaota
Juda chiroyli shahar ekan. Ishlar o’xshab qolsa, Tahrirchining qozoqcha variantini chiqaramiz
President Tech Award
Keyingi bosqichga o’tdik! Har bir yo’nalish bo’yicha 20 tacha loyiha tanlanibdi. Endi pitch qilib top-10 likka harakat qilib ko’ramiz!
Biz sun’iy intellekt yo’nalishi bo’yicha qatnashyapmiz. Eng qizig’i sun’iy intellekt qo’shilganiga 10 kun bo’ldi. T - Timing
@muhammadsaid_dev
Bir nechta narsalarni open-source qildik:
Pre-trained modellar:
https://huggingface.co/tahrirchi/tahrirchi-bert-small
https://huggingface.co/tahrirchi/tahrirchi-bert-base
Korpus
https://huggingface.co/datasets/tahrirchi/uz-books (33 GB, bizningcha hozircha eng katta o’zbekcha korpus)
https://huggingface.co/datasets/tahrirchi/uz-crawl (1.5 GB)
Ilovalar:
Tahrirgoh — grammatika tekshiruvi uchun berilmalar to’plamini yig’ish uchun veb-platforma
Kimgadir foydasi tegadi degan umiddaman.
Repost from Tilmoch
Qanday qilib biz o‘zbekcha grammatika tekshiruvini yaratdik
Amalga oshirgan tadqiqotimiz haqida maqola yozdik. Qiziqqanlar uchun havola:
https://tahrirchi.uz/grammatika-tekshiruvi
Telegram | Instagram | Facebook
Microsoft bilan “hamkorlik” 😬😲📱
Bilmadim nega bunga urg’u berishyapti… Biznes uchun qiziqdir 🤔
https://weproject.media/articles/detail/biznes-keys-kak-startap-dlya-pravilnogo-napisaniya-na-uzbekskom-stal-partnerom-microsoft/
Yana misollar. Hozir modelni kichraytirib, frontend/backendga ulash bilan bandmiz. Model yakuniy foydalanuvchiga qulay shaklda taqdim etilmasa, hammasi bir tiyin.
@muhammadsaid_dev
