Muhammadsaid - Blog
Open in Telegram
Dasturchilik, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz
Show moreUzbekistan138 338The category is not specified
224
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Yozgan odam noto‘g‘ri yozmagan. Kim “korrupsiya”ni “kOrrupsiya” deb o‘qiydi? Hammamiz “karrupsiya” deymiz-ku, to‘g‘rimi? Ruscha imlo bizga to‘g‘ri kelmasligini qachon anglar ekanmiz?
Bizda so‘z qanday yozilsa, shunday o‘qiladi. Adabiy til ham shunaqa. Til o‘zi shunaqa.
Kechiktirilgan marketing
Dasturimizga kuniga 50-60 nafar odam qiziqib, ro‘yxatdan o‘tyapti. Tarqatilgan flayerlar ish beryapti endi 😁
ChatGPT nima, toza "Toshkenlila gruppasida" o‘rgatilganmi 😂
Mana nega ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri va adabiy tilda yozish kerak. Bitta so‘zni yigirmata uslubda yozsangiz, shunaqa aleikum va okajonlar chiqib keladi.
Hali rasmanmas-ku, lekin biz 1-o‘rindamiz. 10 kun davom etgan targ‘ibot ishlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Endi tinch uxlasa ham bo‘ladi. Flayerlar, nakleykalar va 10-soniyalik tushuntirishlar olib borish tugadi. Butun jamoa to‘kildi.
Dasturimizni aynan kimga kerakligini tushundik. Ko‘chada yurib, qanday maqsadlar qo‘ysak, odamlar bizni qo‘llashini, bizbop xaridor kimligini, foydalanuvchilarni qiziqtiradigan narsalar nima ekanligini tushundik.
Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha insonlardan minnatdorman. Rejamizda yana juda ko‘p loyihalar bor, shu 10 kunlik ishtiyoq va shijoat bilan yana davom etamiz!
Stikerlar qildik. Qalay chiqibdi? Ovoz berarmidingiz?
Yana qanday stikerlar qilaylik?
Universitetlarga kichik ma’ruza qilib bormoqchiman. Qanday mavzu tanlasam, talabalar qiziqarkan?
POV: Qarindoshlar va tanishlarga telefon qilib, Tahrirchiga ovoz berishlarini iltimos qilyapman.
Bu yerda ham jang bo‘lyapti. Demokratiya totini shunday tanlovlarda bilarkanmiz-da.
Ovoz berish boshlandi!
Endi awards.gov.uz saytidan Tahrirchiga ovoz bersangiz bo‘ladi! (Sun’iy intellekt yo‘nalishida)
Faqat MyID o‘rnatvolish kerak, kichkina ilova, vaqtingizni ko‘p olmaydi.
O‘zbek tilining yorqin kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!
Boku
Yaqinda Bokuga TikTok Startup Academy degan tadbirga borib keldim. Xullas, TikTok o’z platformasida startaplar reklama qilishining afzalliklari haqida gapirdi. Keyin pitch battle bo’ldi, u yerda 8 ta bizdan, 8 ta Ozarbayjondan bo’lgan startaplar qatnashdi.
Tasodifan yutib chiqdik, endi TikTok bizga reklama uchun 2000$ kredit sovg’a qiladi (ichki tizimida).
P.S. TikTok bizda bloklangan.
Hozir sharhlarda aytib qolishdi: ijtimoiy loyihalarda ham qatnasha olardinglar deb. Lekin grammatikani qilamiz deb sun’iy idrokni tanlagandim.
Hozir tushunyapman, bu qaror qanchalik qaltis bo‘lganini. Yutqazganimizda hozir “ijtimoiy”da qatnashish kerak edi, nega sun’iy idrokni tanladik deb pushaymon bo‘lardik.
Ambitsiyalarni quvib, yutqazishimiz hech gap emasdi.
Computer Arch hali ham esimda 😂. Kovid payti onlayn topshirayotgandik, imtihonni tugatib, rasmga olib, PDF qilayotganimda imtihonning birinchi sahifasi qolib ketgandi. -30% ketib, birinchi va yagona C+ olganman. Bahoga o‘qish shundan keyin tugagan.
