en
Feedback
Muhammadsaid - Blog

Muhammadsaid - Blog

Open in Telegram

Dasturchilik, sun’iy intellekt va tilshunoslik haqida. Tahrirchi loyihasining asoschisi @tahrirchi_uz

Show more
Uzbekistan138 338The category is not specified
224
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Vayp nima?
Vayp nima?

Bular bor
Bular bor

Endi pistaning o'rniga semichka chaqamizmi
Endi pistaning o'rniga semichka chaqamizmi

😎
😎

Yaqinda chiqqan imlo lug‘atining yaxshi skanerlangan varianti. Qidirsa bo‘ladigan!

Repost from Kali Novskaya
OpenAI только что выпустили SORA— text2video модель Генерация видео по текстовому описанию наступила! Сегодня обещают статью Промпт: A stylish woman walks down a Tokyo street filled with warm glowing neon and animated city signage. She wears a black leather jacket, a long red dress, and black boots, and carries a black purse. She wears sunglasses and red lipstick. She walks confidently and casually. The street is damp and reflective, creating a mirror effect of the colorful lights. Many pedestrians walk about. 🟣https://openai.com/sora#research

Yangi joyimiz
Yangi joyimiz

🇺🇿 Agar biz, o‘zbekistonliklar, barchamiz o‘zbek tilida gapirishni va yozishni boshlasak, Rossiya TIV hech narsani tushunmaydi 😉 U yerda hech kim bizning tilni bilmaydi. 100 bloger o‘zbek tilida yozadi, hech qanday reaksiya bo‘lmaydi. Elchixonada, ehtimol, Mirabad bozoriga ham tarjimon bilan borishadi. Boshqa elchilar kamida "simvolicheski" hurmat belgisini ko‘rsatishga harakat qilishadi. Dars oladilar, o‘zbek tilida gapirishadi. Faqat "shimoliy" diplomatlariga bu o‘z qadr-qimmatlaridan past deb hisoblanadi. @makarenko_channel

Tepadagi mavzuga doir O‘zbek tilini o‘rgatadigan tayinli bepul, ochiq kitob topmadim. CEFR bo‘yicha A1, A2 qilib tuzilgan kitob yo‘q, ular uchun biriktirilgan lug‘at, chastotali lug‘at kabi narsalar ham yo‘q. Bor so‘zlashgichlar eskirgan hammasi. O‘zbekchani bilmay turib uni o‘rganay deganning hafsalasi uzoqqa bormaydi. Oxirgi paytda o‘z tilimiz nufuzini himoya qilib boshlaganimiz yaxshi, lekin faqat so‘z yoki intervyularda emas, balki harakat va amallarda ham buni ko‘rsatish payti keldi. Shuncha payt tilshunos ahli nima bilan band bo‘lganini men haligacha bilmayapman — ular qatnashgan narsa rasvo, ular javobgar bo‘lgan narsa qarovsiz holatda. @muhammadsaid_dev

❗️ «Окупанты или идиоты»: Ректор университета журналистики раскритиковал граждан, не знающих узбекский Шерзод Кудратхужаев высказался о людях живущих в Узбекистане и не знающих узбекский язык. «Язык страны, где живет человек, не знает лишь два человека — это оккупант или идиот. Пускай они сами для себя сделают вывод, они оккупанты или идиоты», – считает ректор 👉 Будьте в курсе последних новостей вместе с @oblakouz

Assalomu alaykum! NLP hamjamiyatiga xush kelibsiz: https://t.me/uz_nlp

UPD Yaqinda berilmalarni yangiladik — skan qilingan kitoblarni Google’ning Document AI xizmati yordamida raqamlashtirib chiqdik. 44,000 ta kitob (takrorlarsiz) ancha-muncha sifatli bo’ldi. Oldingi safar o’zimiz Tesseract orqali qilgandik, ikki oy vaqt ketgandi. Hozir esa bu 8 kunda hal bo’ldi. Endi BERT’larni yangilab, grammatika tekshiruvini yangilaymiz. Keyin esa, tarjimonga o’tamiz. @muhammadsaid_dev

Nashriyotlar va InDesign "Yangi asr avlodi" nashriyotiga uch kun oldin sinov tarzida kengaytmamizni o‘rnatib bergandik. Bugun boshqa kompyuterlarga o‘rnatayotgan paytimda ko‘z oldimda kengaytmamiz yordamida tayyorlangan kitobni bosmaxonaga jo‘natishdi. Qandaydir g‘urur va shu bilan mas’uliyat his etdim. Sahifalovchi kitob betlarini tekshirib, bo‘g‘in ko‘chirishlarni ko‘rib chiqib, barchasi to‘g‘riligiga amin bo‘lib, kitobni tasdiqladi. Boshqa paytda ushbu jarayon kamida bir kun vaqtni olardi. Bizdan keyin bu ish sifatida ham ko‘rinmay qoldi. Yaratgan dasturingiz foyda keltirganini ko‘rib, mutaxassislar ishonchini qozongani odamni quvontirarkan. Jamoamiz kelgusida yanada ko‘p xalqimiz uchun foyda keltiradigan dasturlar ishlab chiqishiga ishonchim komil. @muhammadsaid_dev

Sheva — o‘zbek tili rivojini to‘xtatib turuvchi faktorlardan biri Ha, shunday. Axir sheva bu o‘ziga xoslikni muloqotda yetkazib beruvchi asosiy narsa, men qayerdanligim, tag-tugim qaysi viloyatdan ekanligini bildiradigan ona tilimizning bezagi-ku, deb e’tiroz bildirishi mumkin. Shevalarni iste’moldan chiqarish uchun argumentlar: 1. Muloqot saviyasi buziladi. Standart tilda yozilmagan xabarni boshqalar tushunishi qiyin bo‘ladi. 2. Standartlar bekorga o‘ylab topilmagan. Hamma bitta standartda yozishi kerak. Odamlar esa shevada gapirganidan standart tilni unutib yuboryapti. 3. Mahallachilik. Shevalar mahallachilikka olib kelishi mumkin. N shevasi M shevasidan "ustunroq" kabi fikrlarga. 4. Albatta, raqamli dunyoda shevalar boyligi foydadan ko‘ra ziyon keltiradi. Bitta so‘z 20 ta yo‘l bilan yozilsa, til uchun model va dasturlar qilish juda qiyin. Tajribamga asoslanib aytyapman, juda chalkash va cheki yo‘q o‘rmonzorda yurgandek bo‘lasiz. So‘zlashuvda shevada gapirishga qarshimasman. Lekin yozuvda standart tilda yozish shart bo‘lishi kerak. Shu sabab adabiy o‘zbek tilini "adabiy" emas, balki "standart" deb atash zarur. Bu kitoblarda yoki TVda ishlatiladigan til emas, bu asosiy yozuv tili bo‘lishi kerak. @muhammadsaid_dev

Yigitlar yaxshi o’ynadi. Lekin joyidan turib “pont” qilib tepgan boladan rozimasman.

Kim ishlatib ko’rdi?

🇺🇿 Endi IELTS Speaking ballingizni telefoningiz orqali bilib olishingiz mumkin 😃 🇺🇸 Now you can get your IELTS Speaking
+1
🇺🇿 Endi IELTS Speaking ballingizni telefoningiz orqali bilib olishingiz mumkin 😃 🇺🇸 Now you can get your IELTS Speaking band score on your Mobile Phone 😃 ✈️ Examy - Telegram kanali 🌐 Examy.uz 📷 Examy

UPD: Baribir oxirgi chiqqan asosiy imlo va izohli lug’atlari elektron shaklda yo’q. Davom etamiz. Nothing new.