en
Feedback
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Open in Telegram

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi

Show more
494
Subscribers
No data24 hours
+17 days
No data30 days
Posts Archive
🔰KUN SO‘ZI ✔️CHULCHIT Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram

#maqola Oʻzbekistonda arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtish jarayonlari Ma’lumki, oʻzbek adabiy tilida amalda boʻlgan yozuvlar
#maqola Oʻzbekistonda arab yozuvidan lotin yozuviga oʻtish jarayonlari Ma’lumki, oʻzbek adabiy tilida amalda boʻlgan yozuvlar tarixiga e’tibor qaratilsa, 1929-yildan to 1940-yilgacha lotin yozuvi asosiy yozuv sifatida iste’molda boʻlgan. Bu davrga oid koʻp manbalar hanuzgacha arxivlarda qolayotganligi sababli bu jarayonlarni qisqacha boʻlsa ham tanishtirib borishga qaror qildik. Zero, tilimiz tarixini toʻlaligicha oʻrganish, unga obyektiv baho berish muhim hisoblanadi. ✍️ Inomjon Azimov Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori. 👉batafsil Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep

🔰KUN SO‘ZI ✔️MOʻYCHINAK Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ

“Yupatdi”ning ma’nosi “aldash”mi – Koshg‘ariy nima deydi? Falonchi pistonchini yupatdi gapida zarracha salbiy bo‘yoqni sezmay
“Yupatdi”ning ma’nosi “aldash”mi – Koshg‘ariy nima deydi? Falonchi pistonchini yupatdi gapida zarracha salbiy bo‘yoqni sezmaymiz, aksincha, ko‘ngilga qarash, ehtiyotlash ma’nosidagi yaxshi jihatlarni tushunamiz. Lekin manbalarning guvohlik berishicha, bu so‘z aslida “aldadi”, “boshqa birovga to‘nkadi”, “bilib turib bilmaslikka oldi” degan ma’nolarni anglatar ekan. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida bu so‘zga quyidagicha izoh bergan: Jupattї – ishga g‘ofillik qildi, boshqaga yukladi. Ol їshїg‘ jupattї – u ishni bilmaslikka soldi, boshqa birovga to‘nkadi. Jupatur, jupatmaq asli “aldash” ma’nosidadir. O‘g‘uzlar ol anї jupїladї deydilar – u uni aldadi demakdir. Yoshi o‘tgani sari ba’zi odamlar yomon qiliqlarini tashlab, yaxshi tomonga o‘zgarib borgani kabi ba’zi so‘zlar ham salbiy ma’nodan ijobiy tomonga o‘zgarib ketadi. Lekin, yupatmoq so‘zida hozir ham “aldamoq, chalg‘itmoq” ma’nosi qisman bo‘lsa-da saqlangan. Masalan: “Aldab-suldab yupatib qo‘yarsan”. BOBOSO‘Z IZIDAN Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ

Eng yaxshi sarmoya – ilm uchun kiritilgan sarmoya! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazidan yana bir mazmunli ijtimoiy rolik. Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ

🔰KUN SO‘ZI ✔️GAMAK Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram

Ashqol-dashqol Ro‘zg‘orda yoki kasb-kor ishida kerak bo‘ladigan mayda narsalar, lash-lushlar tilimizda ashqol-dashqol so‘zi bilan ifodalanadi. Dashqol«mayda-chuyda narsalar» degan ma’noni bildiradi. Alisher Navoiy asarlarida ashkol so‘zini ishlatgan, bu so‘z «turlar, shakllar, xillar» ma’nosini anglatgan. Masalan, «Hayratulabror» dostonida shunday misralar bor: Bazlu karam shevasining holi bor, Lek nechukkim kerak ashkoli bor. Ashkol keyinroq ashqolga aylangan bo‘lishi mumkin. Demak, ashqol-dashqol so‘zi «turli xil mayda-chuyda narsalar» mazmunini bildiradi. Lekin ashqolning ashkoldan ekanligi aniq ma’lumot emas, taxmin. Men bu taxminni mulohaza uchun o‘rtaga tashlayapman. Ehtimol, bu yerda ashqol shunchaki dashqolning qisqargan shaklidir, xuddi bozor-pozordagi kabi. BOBOSO‘Z IZIDAN (So‘zlar bilan so‘zlashuv) ✍️Eshqobil Shukur Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ

ONA TILIM Kelib ketdi necha dunyolar, Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim. Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar, Ular ketdi, sen qolding, ti
ONA TILIM Kelib ketdi necha dunyolar, Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim. Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar, Ular ketdi, sen qolding, tilim. Belanchaging uzra Koshg‘ariy Kuylab o‘tdi qadim navoni Va navqiron yaproqlaringga Dil qonini berdi Navoiy. Samarqanddan Bobur ketarkan, Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini, Olib ketdi ona yurtidan, Turkiy tilim, birgina seni. Mashrabmas, sen osilding dorga, Nodiramas, sensan so‘yilgan, Hoziqningmas, sening, ey, tilim, Boshing ayru, ko‘zing o‘yilgan. Ammo dushman o‘ldirgan botir Tirilgandek yana qasosga, Mangu borsan va mangu qodir To‘ldirmoqqa yerni ovozga. Vatan uchun baxsh etib jonni, Kechib olov, kirib daryoga, Farzandlaring to‘kkan har qonni Shimirding sen o‘xshab giyohga. Ona tilim, omon bo‘l mangu, Sen borsan-ki men ham o‘lmayman, Tildan qolsam, seni Oybekday Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman. ✍️Xurshid Davron Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ

🔰KUN SO‘ZI ✔️QULLOB Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram

Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zni belgilang
Anonymous voting

#taqdimot "Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari" kitobining taqdimoti. 2025-yil 8-iyul kuni Davlat tilida ish yurit
+3
#taqdimot "Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari" kitobining taqdimoti. 2025-yil 8-iyul  kuni  Davlat  tilida   ish  yuritish  asoslarini   o‘qitish  va  malaka  oshirish markazining  Sirdaryo  viloyat  hududiy  bo‘linmasida,  tinglovchilar ishtirokida Markaz  direktori  I.Azimovning  “Jadidlar  faoliyatida  alifbo  va  imlo  masalalari” kitobining  taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi. Hududiy  bo‘linma  rahbari, dotsent  H.Yodgorov  mazkur  kitobning yozilish  tarixi, uning  ilmiy-amaliy va  tarixiy ahamiyati, jadid  ma’rifatparvarlarining  o‘zbek milliy tili,  o‘zbek  alifbosi  va  imlosi   borasidagi  faoliyatlarini  yoritishda  asl  manbalarning  berilishi hamda muallifning  bu borada  olib  borgan  izlanishlari, uzoq  yillik mehnat  samarasi  ekanligini  alohida  ta’kidlab o‘tdi. Ushbu kitob Oʻzbek tilini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan nashr ettirilgan. Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep

Eski turkiylarda “yomg‘irpush” madaniyati Bugungi turkiylarning ko‘pchiligi “yomg‘irpush”ning o‘rniga arab yoki forschadan o‘
Eski turkiylarda “yomg‘irpush” madaniyati Bugungi turkiylarning ko‘pchiligi “yomg‘irpush”ning o‘rniga arab yoki forschadan o‘zlashgan so‘zlarni ishlatadi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3928 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | X

⚡️ “Jadid” gazetasining 2025-yil 4-iyuldagi 27-soni bilan tanishing: 📱Elektron gazeta
🟢 Bahrom IRZAYEV: ALASH QAHRAMONI 🟢 Halim SAIDOV: MA’RIFAT LIBOSIDAGI OZODLIK 🟢 Olimjon DAVLATOV: BOQIBEG‘AMGA BAXT BEGONA 🟢 Nazar ESHONQUL: ADABIY TIL MAKTABI QAYERDA? 🟢 B.KARIM: OZAR OLIMASINING QO‘SH TUHFASI 🟢 Avazbek NOSIROV: OLIM BO‘LSANG, OLAM SENIKI 🟢 Ro‘zimboy HASAN: JAVONDA “QARIYOTGAN” TO‘NLAR 🟢 Eshqobil SHUKUR: VORONKANING O‘ZBEKCHASI NIMA? 🟢 Umid BEKMUHAMMAD: TARIX ILMINING RUSTAMI DOSTONI 🟢 G.UMAROVA: “BUYUKLAR HAQIDA 100 TA DALIL” 🟢 Muhayyo RUSTAM qizi: QO‘LDA TO‘QILGAN “UCHAR GILAM”LAR 🟢 D. DO‘STBEKOV: IKKIMIZNING ERTAKLARIMIZ 🟢 Shahriyor SHAVKAT: “BOBOLAR IZIDAN...” 🟢 Ravoj O‘TAR: YURT ISHQI 🟢 O‘rolboy QOBIL: AFANDINING QARINDOSHLARI 🟢 Shukur LATIF: KIMNING USTIDAN KULYAPSIZ? 🟢 Otabek BAKIROV: BIZDAN QAY ISH LOZIM BO‘LSA, BARCHASIGA TAYYORMIZ! 🟢 G. FAYZIYEVA: CHIROYLI VA KIROYI PREMYERALAR
Tilda, fikrda, ishda birlik!
Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#joy_nomlari BARZUVON ✔️Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi qishloq nomi. ✔️Mazkur Barzu toponimi sug'd tilida "baland
+1
#joy_nomlari BARZUVON ✔️Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi qishloq nomi. ✔️Mazkur Barzu toponimi sug'd tilida "baland", "bahaybat" ma'nosini anglatsa, -on ("-lar") affiksi esa forscha ko'plikni ifodalovchi qo'shimcha hisoblanadi. ✔️Tali Barzu tepaligi nomi ham shu asosda yasalgan. Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram

#joy_nomlari BARZUVON ✔️Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi qishloq nomi. ✔️Mazkur Barzu toponimi sug'd tilida "baland", "bahaybat" ma'nosini anglatsa, -on ("-lar") affiksi esa forscha ko'plikni ifodalovchi qo'shimcha hisoblanadi. ✔️Tali Barzu tepaligi nomi ham shu asosda yasalgan. Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram

#Ona_tilim 🎬 "BEKAT" 🍂Tilimizga munosabat haqida og‘riqli videorolik. 🍃O‘zbek tilidan sof foydalanaylik! Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook

Kvazarlar nima? Savol: Oʻtkir Hoshimovning “Kvazarlar” nomli asari bor. Shuning lugʻaviy maʼnosi nima? Javob: Bu atama ingliz
Kvazarlar nima? Savol: Oʻtkir Hoshimovning “Kvazarlar” nomli asari bor. Shuning lugʻaviy maʼnosi nima? Javob: Bu atama inglizcha quasar soʻzidan olingan, u esa quasi-stellar soʻzlaridan yasalgan boʻlib, yulduzga oʻxshash degan maʼnoni anglatadi. Kichik kvazar blazar deyiladi. Milliy ensiklopediyaga koʻra, kvazarlar burchak oʻlchamlari juda kichik kosmik obyektlardir. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai boʻlib, optik diapazonda xira yulduzsimon koʻrinishga ega. Ilk bor 1960-yili radionurlanish manbai sifatida topilgan. Kvazarlar galaktikadagi eng yorqin jismlardan biridir. Shu sababli ularni koinot mayoqlari deb ham atashadi. 2019-yili eng yirik kvazarlardan biri aniqlangan. Uning yorugʻligi 600 trillion quyoshga teng deb baholangan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, milliondan ortiq kvazar aniqlangan. 🧐 Suratda NGC 4319 galaktikasi va Markarian 205 kvazari. #Soʻragan_edingiz @oriftolib

🔰KUN SO‘ZI ✔️QORG‘I Kanalga ulanish 👉  https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Telegram | Facebook

#Ona_tilim Farzandingga qaysi tilda bilim bersang bir kun kelib shu millatga xizmat qiladi! Mustafo Cho‘qay Kanalga ulanish 👉https://t.me/UZTRJ Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram

ANDIJON VILOYATIDA DAVLAT TILI MASALALARI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI 📍 2025-yilning 28-iyun kuni viloyat hokimligida viloya
+4
ANDIJON VILOYATIDA DAVLAT TILI MASALALARI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI 📍 2025-yilning 28-iyun kuni viloyat hokimligida viloyat hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.Hamraqulov rahbarligida hamda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari M.Satimov ishtirokida tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun seminar tashkil qilindi.     📚 Seminar davomida yangi kitoblar taqdimoti, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi me’yoriy hujjatlar ijrosi, til siyosatini takomillashtirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’ruzalar qilinib, maslahatchilarning 6 oylik hisobotlari tinglandi. 📊 Mazkur seminar qiziqarli, yangi g‘oyalarga boy kechdi. Shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.