Peshqadamlar Karvoni
Open in Telegram
"PESHQADAMLAR KARVONI" tashkilotining rasmiy sahifasi 📝 "Peshqadam" jamiyatiga qo‘shilish uchun so‘rovnoma: https://forms.gle/UnuvWYKuyoGmdtbM8 Murojaatlar uchun: @peshqadam_murojaat
Show more8 407
Subscribers
-224 hours
-337 days
+730 days
Posts Archive
8 407
8 407
#Kutubxona_va_kitobxonlik
📚 A’zolarimiz tomonidan o‘tkazilayotgan marafonlar manfaatli bo‘layotganidan va kitobxonlarga manzur kelayotganidan shodmiz.
✨ Mamnuniyat ila Adiba Xoliqova tomonidan tashkil etilgan marafonning keyingi mavsumiga start berilayotgani haqida e’lon qilamiz.
🎉 "UMR SAFARI-2" kitobxonlik marafoni!
🟤 Start: 15.09.2026
📖 Mutolaa qilinadigan kitoblar:
1. "Sog‘lom bola"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
2."Nabaviy tarbiya"
Adham Sharqoviy
3."Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) ga sodiq Muhammad Sodiq"
Ahmad Muhammad Tursun
🎁 Sovrinlar:
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning eng nodir to'plamlari:
1-o'rin -"Xislatli hikmatlar sharxi" to'plami
2-o'rin - "Odoblar xazinasi" to'plami
3-o'rin -"Ruhiy tarbiya" to'plami
👤 Marafonga qo‘shilish uchun ushbu akkauntga yozing: @UmmAisha17
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
#Kunlik_vazifa
Tanqidni yoqtirmaslik og‘ir dard hisoblanadi. Uni erinmasdan, zudlik bilan davolash lozim.🪶 "Ruhiy tarbiya" kitobidan, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari. 💡 Bugun tanqidni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganamiz. 👇 Vazifalarni bajarib bo‘lib, izohlarda natijasini yozib qoldiring. 🌐 Telegram 3️⃣ Instagram 🌐 YouTube 4️⃣ Facebook
8 407
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
#Odoblandiya
Beodoblik barcha narsani, jumladan, amalni ham, galbni ham, tilni ham, boshqa barcha urinishlarni ham buzadi.
Odobsiz odam biror narsaga erishishi, jamiyatda yaxshi o'rin topishi mumkin emas.
Odobsiz kishi hatto boshqalar bilan aloqasi, munosabatlarini ham yaxshilay olmaydi.🪶 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ijtimoiy odoblar” kitobidan. ❤️ Odoblandiya multiserialining navbatdagi qismini taqdim etamiz. 🔗 Oldingi qismga havola: 1-qism 🌐 Telegram 3️⃣ Instagram 🌐 YouTube 4️⃣ Facebook
8 407
#KitobQand
#Hafta_kitobi
👐 Haftani "Kitobqand" bilan ilm olishni niyat qilib boshlang
📖 "Qalb ajoyibotlari"
"KitobQand" – totli mutolaa maskani. ☕️
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
O‘qiganmisiz❓
📚 "QALB AJOYIBOTLARI", Abu Homid Gʻazzoliy
💌 Hali o‘qimagan bo‘lsangiz, tavsiya qilamiz.
🔴 Kitobni “Zumar” nashryotining rasmiy sahifalari orqali topasiz
🔴 Shuningdek uni "Kitobqand" kutubxonasida mutolaa qilishingiz mumkin.
☕ Yoqimli mutolaa!
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
#Ilmiy_markaz
🧐🧐🧐🧐🧐🧐
Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz!
🔔 “Peshqadamlar Karvoni” xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun maqola va tezislar qabulini e’lon qiladi.
🗓 | Anjuman sanasi: 2027-yil 15-aprel
✍️ | Mavzusi: “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy merosi: zamonaviy jamiyat, ma’naviyat va taraqqiyot paradigmalari”
Anjuman sho‘balari:
1-sho‘ba: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: hayoti, shaxsiyati va ilmiy maktabi.
2-sho‘ba: Pedagogika, sotsiologiya, psixologiya ruhiy salomatlik va islomiy yondashuvlar.
3-sho‘ba: Filologiya, tarjimashunoslik va klassik matnlar interpretatsiyasining nazariy va amaliy masalalari.
4-sho‘ba: Islom moliyasi, iqtisodiyoti va xalqaro huquq.
O‘zbek, turkiy tillar, ingliz, arab va rus tillarida 2027-yilning 10-yanvariga qadar qabul qilinadi!
Axborot xati bilan ko‘k havola orqali tanishing!
Batafsil xabardor bo'lish uchun sahifa
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
Peshqadamlar karvoni 31-avgustdan 6-sentyabrgacha sizga nelarni taqdim etdi?
✅ Siz aziz obunachilarimizni Ona vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan qutladik.
✅ Ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq rahbarliklaridan faoliyat olib borayotgan loyihalar bilan qisqacha tanishtirdik.
✅ #Kunlik_vazifa ruknida dedlaynga rioya qilish va o‘z ishiga mas‘uliyat bilan qarashga chorladik.
✅ "Kutubxonalar va kitobxonlik" yo‘nalishi a‘zosi tashkil qilgan kitobxonlik marafoni o‘z nihoyasiga yetgani haqida ma‘lumot berdik.
✅ Telegramda hamjamiyatga birlashgan kanallarimizni qanday topishni o‘rgatdik.
✅ Peshqadamlar Karvoni va Imom Termiziy ilmiy-amaliy markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanganini mamnuniyat bilan e‘lon qildik.
✅ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Ramazon suhbatlari” asosida tayyorlangan video orqali farzand tarbiyasining muhim jihatlarini yana bir bor yodga oldik.
✅ #Shaxsiy_rivojlanish ruknida biror ishni eplay olmaganda zumda taslim bo‘lmaslik kerakligini eslatdik.
✅ #Mutaxasisslik ruknida shahar xavfsizligini kimlar ta‘minlashi haqida bilib oldik.
✅ “Ko‘p kitob o‘qish muhimmi yoki samarali kitob o’qish muhimmi?” degan savoliga javob izladik.
✅ Peshqadam maktabi tomonidan kutubxonachilar uchun tashkil etiladigan kurs haqida xabar qildik.
✅ Kurashdan to‘xtamaganlar mukofotlanishi hususida psixologik iqtibos keltirdik.
✅ Peshqadam ilmiy markazi “Peshqadam Karvoni” ilmiy-tahliliy jurnalining 2027-yilgi soni uchun maqolalar qabuli davom etayotganini ma‘lum qildi.
✅ “Odamlar nima deydi?” ruknida taqdim etilgan videoda behuda gap-so‘zlardan tiyilishning fazli hususida so‘zladik.
✅ Irmoqlar hamjamiyatida yangi tashkil etilgan rukn bilan bo‘lishdik.
✅ Shayx Muhammad Chodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ijtimoiy odoblar" kitoblari asosida yaratilgan “Odoblandiya” multserialining ilk sonini sizga taqdim etdik.
☺️ Qiziqarli va manfaatli kontentdan bahramand bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!🌐 Telegram 3️⃣ Instagram 🌐 YouTube 4️⃣ Facebook
8 407
📢📢📢📢📢📢
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
#Odoblandiya
📖 Farzand tarbiyasida faqat uni yedirib, ichirish emas, ruhini ham tarbiyalash kerakligi haqida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining eslatmalarini keltirgan edik.
💡 Bola tarbiyasidan murod - uni odobli qilish.
💔 Afsuski, odobni ham hamma turlicha tushunadi, kim uchundir bir holat hijolatli bo‘lsa, boshqa birov uchun oddiy holat bo‘lib qolgan.
❕ Shu boisdan ham shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ijtimoiy odoblar" asarlari asosida bolalarga mos multserial yaratishga qaror qildik.
☺️ Mazkur multfilm bolajoningizning odob tushunchasi bilan tanishib, qayerni o‘zini qanday tutishni o‘rganishiga yordam beradi, degan umiddamiz.
✨ Multfilm seshanba va shanba kunlari kanalimiz orqali berib boriladi. Uning biror qismini o‘tkazib yubormang.
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
#Odamlar_nima_deydi
Odamlarga qo‘yib bersa, nimalar demaydi.
Vaholanki, insonni hikmatga yetkazadigan ish ko‘p gapirish emas, balki bilgan narsasini so‘ramaslik, keraksiz narsani esa gapirmaslikdir.🪶 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ruhiy tarbiya" asarlari asosida tayyorlandi. Mazkur asar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasining 669-raqamli tavsiyasi ila chop etilgan. 🌐 Telegram 3️⃣ Instagram 🌐 YouTube 4️⃣ Facebook
8 407
#Ilmiy_markaz
🐪 Ilm karvoni yo‘lga chiqmoqda: Siz ham safga qo‘shilishingiz mumkin!
🌐 "Peshqadam Karvoni" ilmiy-tahliliy jurnalining 2027-yil, 1-soni uchun maqolalar qabuli davom etmoqda.
🔖 Sizning ilmiy g‘oyalaringiz va tahliliy maqolalaringiz shunchaki matn emas — ular ilm-fan ummonidagi yangi kashfiyotlar, yangi nazariyalar va yangiliklardir.
Biz sizga ushbu ilmiy tadqiqotingiz natijalarini keng jamoatchilikka ko‘rsatish va akademik hamjamiyatda o‘z ovozingizga ega bo‘lish imkoniyatini bera olamiz.
Maqola talablari bilan ko‘k havola orqali tanishing!
🌐Telegram
3️⃣Instagram
🌐YouTube
4️⃣Facebook
8 407
8 407
#Sarhisob2026
Kutubxona ochishning o‘zi kifoya qilmaydi.
📊 Uni yurita bilish kerak.
🎤 Peshqadam Maktabi respublikamizning turli burchaklarida joylashgan kutubxonalarimiz kutubxonachilari uchun maxsus kurs tashkil qildi. Bu haqida “Sarhisob-2026” tadbirimizda “Peshqadam” jamiyati boshqaruvchisi ma’lum qildi.
📖 Bunday kurslarga ehtiyoj bormidi? Albatta! Zero kutubxona — bu shunchaki javonlariga kitob terilgan maskan emas. To‘g‘ri yuritilsa, har bir kirgan odamni kitobxonga aylantiradigan instrument.
❓ Siz-chi? Kutubxona ochib, atrofingizdagilarni kitobga yaqinlashtirmoqchimisiz? Yoki o‘z hududingizdagi kutubxonalarimiz ishiga kutubxonachi sifatida ko‘maklashmoqchimisiz?
💡 Unda ikkilanmang! Bizga ma’lumotlaringizni qoldiring. So‘ngra @peshqadam_maktabi kanalini kuzatib boring. Xohlovchilar yetarlicha yig‘ilishi bilanoq, yangi kurs boshlanadi.
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
#Foydali
🔖Tadqiqotlar o‘qishning tafakkur, bilim va empatiya uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo foyda faqat nechta kitob o‘qiganingizga emas, nimani o‘qiganingiz va o‘qiganingizni qanday o‘zlashtirishingizga ham bog‘liq.
Shuning uchun:
Ko‘p emas — mazmunli o‘qing.
Tez emas — tushunib o‘qing.
O‘qish uchun emas — o‘sish uchun o‘qing. 📚
Sizni o‘zgartirgan kitob haqida izohlar qismida yozib qoldiring.📝
"KitobQand" – totli mutolaa maskani. ☕️
🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
8 407
8 407
8 407
