en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

MobilDasturchi.Uz

MobilDasturchi.Uz

Open in Telegram

3+ mobil dasturlashdan tajriba. Mobil dasturlashni o'rganish uchun tekin/pullik kurslar. Shaxsiy fikr va qiziqarli postlar. https://medium.com/@dasturchimobile https://www.youtube.com/@MobilDasturchiUz Admin: @AzizbekAsqaraliyev

Show more
519
Subscribers
+124 hours
+57 days
+330 days
Posts Archive
⚡️ Dart Event Loop: Microtask Queue vs Event Queue Dart’da kodning yozilish tartibi bilan bajarilish tartibi har doim ham bir xil emas. Masalan, quyidagi kod nimani chiqaradi?

print('1');

Future(() => print('2'));

scheduleMicrotask(() => print('3'));

print('4');
Javob: 1 → 4 → 3 → 2 🤔 Nega bunday? Har bir isolate’da Event Loop asinxron vazifalarning bajarilishini boshqaradi. Bu jarayonda ikkita navbat muhim: 🔹 Microtask Queue — joriy sinxron kod tugagach, keyingi eventdan oldin bajariladigan vazifalar. scheduleMicrotask() va Future.microtask() shu navbatdan foydalanadi. 🔹 Event Queue — taymerlar, foydalanuvchi harakatlari va I/O bilan bog‘liq hodisalar navbati. Oddiy Future(() {...}) ham hisoblashni event sifatida rejalashtiradi. Tartib qanday? Avval joriy sinxron kod tugaydi. Keyin barcha microtasklar bajariladi. Shundan so‘ng Event Queue’dan bitta hodisaga navbat keladi. Keyingi eventdan oldin microtasklar yana tekshiriladi. 🏦 Bank kassirini tasavvur qiling Event Queue — xizmat kutayotgan mijozlar. Microtask Queue — kassir stoliga kelgan shoshilinch hujjatlar. Kassir hozirgi mijoz bilan ishini tugatib, keyingisini chaqirishdan oldin barcha shoshilinch hujjatlarni ko‘rib chiqadi. Hujjatlar tinimsiz kelaversa, mijozlarga navbat yetmaydi. 📱 Flutter’da bu nega muhim? Microtasklar uzluksiz qo‘shilsa, boshqa hodisalar kutib qoladi. Og‘ir hisoblashni microtask ichiga joylash esa uni boshqa oqimga ko‘chirmaydi — main isolate band bo‘lib, interfeys qotishi mumkin. Katta hisoblashlarni Dart Native muhitida alohida isolate’da bajarish mumkin:

final sorted = await Isolate.run(
  () => heavySort(raw),
);
💡 Esda tuting: asinxron vazifa har doim ham parallel bajarilmaydi. Navbat vazifaning qachon bajarilishini, isolate esa hisoblashning qayerda bajarilishini belgilaydi. 🔗 [To‘liq maqola va kod misollari](https://medium.com/@dasturchimobile/dart-event-loop-arxitekturasi-microtask-queue-vs-event-queue-ea1f5b3c8082) #Dart #Flutter #EventLoop #AsyncProgramming

Shaxsiy agentingizga hamma ishlarni ham qildiravermang)
Shaxsiy agentingizga hamma ishlarni ham qildiravermang)

Shu videoyimiz instagramda 100k ko'rildi 😅️️️️️️

Repost from N/a
Siz dasturingizda qanday aqlli yechimlarni qilasiz? Xizmatlarimiz: • 🌐 Web saytlar va web platformalar • 🤖 Telegram botlar va Mini App’lar • 📱 Android va iOS mobil ilovalar • ⚙️ ERP tizimlar • 👥 CRM tizimlar • 🎓 LMS — ta’lim boshqaruv tizimlari • ☁️ SaaS mahsulotlar ishlab chiqish • 🟣 Odoo joriy qilish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish • 🔗 Mavjud tizimlarni integratsiya qilish • 📊 Biznes jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish Biz shunchaki dastur yaratmaymiz — biznesingizdagi muammolarni o‘rganib, vaqt va xarajatni tejaydigan raqamli yechim ishlab chiqamiz. 📞 +998 93 576 54 32 📲 Telegram: @sunicodeuz

https://www.instagram.com/reel/DebiHFSRCSZ/?exln=MWxyODFuamszc3BlYw== Commentlarda urush ketyapti, sevimli dasturchingizni himoya qiling yoki qo’shilib yomonlang 🙃

AppStorega yangilik qoshilibti.
AppStorega yangilik qoshilibti.

🚀 Flutter Interview #2 — Widget, Element va RenderObject: farqi nimada? Flutter'da setState() chaqirilganda aslida nima sodir bo‘ladi? Nega widgetlar qayta yaratilsa ham, ilova samarali ishlashda davom etadi? Bu savollarning javobi Flutter'ning 3 ta asosiy daraxtida yashiringan: 🔹 Widget Tree — UI konfiguratsiyasi 🔹 Element Tree — lifecycle va state boshqaruvi 🔹 RenderObject Tree — layout va rendering Medium'dagi yangi maqolamda ushbu mexanizmlarni texnik jihatdan, sodda tushuntirishlar va real kod misollari bilan yoritdim. 📖 **To‘liq maqola:** Bu — Flutter Interview savollariga bag‘ishlangan maqolalar seriyasining 2-qismi. Agar foydali bo‘lsa, Medium'da clap 👏 bosib, qo‘llab-quvvatlang. Qo‘llab-quvvatlashlaringiz bo‘lsa, Flutter va Mobile Development bo‘yicha Senior darajasigacha bo‘lgan interview savollarini shu tarzda batafsil yoritib boramiz. 💬 Sizga Flutter interview'da berilgan eng qiyin savol qaysi? #Flutter #Dart #FlutterInterview #MobileDevelopment

Yurudik shaxslar uchun ishlatilgan svetni ko'rish uchun birorta platformada yechim qilinganmi? Birorta yechim biladiganlar commentga yoki @AzizbekAsqaraliyev ga yozinglar

🚀 Flutter Interview: 1-savol — BuildContext nima va u qanday ishlaydi? Flutter bo‘yicha texnik suhbatlarda ko‘p beriladigan savollardan biri — BuildContext. Ko‘pchilik undan kundalik dasturlashda foydalanadi, ammo uning ichki ishlash mexanizmini hamma ham chuqur tushunavermaydi. Shu mavzuda Medium’da maqola yozdim. Unda BuildContext'ning Flutter arxitekturasidagi o‘rni, Element Tree bilan bog‘liqligi va amaliy misollarni tushuntirishga harakat qildim. 📖 Maqolani o‘qish: Agar sizga qiziq bo‘lsa, maqolani qo‘llab-quvvatlang. ❤️ Qo‘llab-quvvatlashlaringizga qarab, Flutter va Mobile Development bo‘yicha interview savollari va ularning batafsil javoblarini muntazam joylab boramiz. 💬 Keyingi maqolada qaysi savolni ko‘rib chiqishimizni xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring! #Flutter #Dart #MobileDevelopment #Interview #BuildContext

Repost from N/a
#ARCH-10 Architecture Learning — DTO, Domain Model & Mapper
Bugun hammaga qiziq bo'lgan va o'zim farqiga borishga juda qiynalgan mavzuni ko'rib chiqamiz. Bundan keyin Model va Entityni farqi nimaga ishlatish va qachon ishlatish kerak ekanini bilib olamiz. ⚠️ Buyerda DTO biz bilgan Model sifatida, Domain Model esa Entity sifatida gapirilgan. API’dan kelgan modelni to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun app’da ishlatish har doim ham yaxshi yechim emas. Masalan backend:

{
  "article_id": 123,
  "liked": 1,
  "status": "PUBLISHED"
}
qaytardi. Bu — DTO (Data Transfer Object):

class ArticleDto {
  final int articleId;
  final int liked;
  final String status;
}
DTO - “Server data’ni qanday ifodalaydi?” savolga javob beradi. Application ichida esa bizga qulayroq model kerak bo‘lishi mumkin:

class Article {
  final int id;
  final bool isLiked;
  final ArticleStatus status;
}
Bu — Domain Model(yoki Entity). Ular orasida Mapper ishlaydi:

Article toDomain(ArticleDto dto) {
  return Article(
    id: dto.articleId,
    isLiked: dto.liked == 1,
    status: mapStatus(dto.status),
  );
}
Flow:

API
 ↓
DTO
 ↓
Mapper
 ↓
Domain Model
 ↓
Application / UI
💡 Asosiy foyda — backend contract o‘zgarishini application ichiga tarqatmaslik. Masalan:

liked: 1
ertaga:

is_liked: true
bo‘lsa, ideal holatda o‘zgarish DTO + Mapper atrofida qoladi. • Anemic vs Rich Model Domain Model faqat data saqlasa:

article.isLiked
article.status
→ Anemic Model O‘ziga tegishli behaviorni ham bilsa:

bool get canLike =>
    status == ArticleStatus.published && !isLiked;
→ Rich Model hisoblanadi. Lekin Rich Model har doim yaxshiroq degani emas. Xar doimgi qoidamiz: DTO → Domain → UI uchun alohida model yaratishning o‘zi Clean Architecture emas. Agar API va application modeli bir xil va sodda bo‘lsa — bitta model yetishi mumkin. Agar backend contract tez o‘zgarsa, representation farq qilsa, bir nechta data source bo‘lsa yoki business model tashqi datadan mustaqil bo‘lishi kerak bo‘lsa — DTO + Mapper + Domain Model ajratilishi real qiymat beradi. 🎯 Senior qarori: Abstraction’ni layer ko‘paytirish uchun emas, o‘zgarishning tarqalishini to‘xtatish uchun yaratiladi. @flutterDevTalk

Repost from N/a
🚀 SuniCode LLC jamoasiga Python amaliyotchisi kerak! 📍 Manzil: Namangan 🏢 Ish formati: Offline 💼 Lavozim: Python/Django Intern Talablar: — Python asoslarini yaxshi bilishi — Django framework bilan ishlagan bo‘lishi — Django ORM, API va ma’lumotlar bazasi haqida tushunchaga ega bo‘lishi — PostgreSQL yoki boshqa SQL bazalari bilan ishlay olishi — Git/GitHub’dan foydalana olishi — REST API bilan ishlashni bilishi — AI vositalari yordamida kod yozish, xatolarni tahlil qilish va tez o‘rganishni bilishi — Mas’uliyatli, izlanuvchan va jamoa bilan ishlay olishi — Offline ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi Qo‘shimcha ustunlik beradi: — Django REST Framework bilishi — Oldin qilgan loyihalari yoki GitHub profili bo‘lishi — Docker bilan ishlagan bo‘lishi Biz sizga real loyihalarda ishlash, tajriba orttirish va kuchli jamoa bilan rivojlanish imkoniyatini beramiz. 📩 Qiziqsangiz, CV va GitHub profilingizni yuboring. @sunicode SuniCode LLC — Biz g'oyani ishlaydigan mahsulotga aylantiramiz!

Repost from N/a
🚀 SuniCode jamoasiga Flutter Developer Intern kerak! SuniCode — real loyihalar ustida ishlaydigan IT kompaniya. Jamoamizga Flutter dasturlash bo‘yicha amaliyotchi (Intern) qabul qilamiz. 📍 Manzil: Namangan 🏢 Ishlash formati: Offline 💼 Lavozim: Flutter Developer Intern Sizdan nimalar kutamiz? • Flutter va Dart asoslarini bilish • OOP tushunchalarini tushunish • Git/GitHub bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich bilim • REST API nima ekanini tushunish • Figma dizaynlarini Flutter’da yig‘a olish • Yangi texnologiyalarni tez o‘rganishga qiziqish • Eng muhimi — real loyihalarda ishlashga ishtiyoq Siz nimalarga ega bo‘lasiz? • Real commercial loyihalarda ishlash • Tajribali developerlar bilan birga ishlash • Code review va amaliy feedback • Git, API, architecture va development jarayonlarini o‘rganish • Kuchli portfolio yig‘ish imkoniyati • Internship davomida yaxshi natija ko‘rsatganlar uchun Junior Flutter Developer sifatida ishga qolish imkoniyati 🎯 Kimlar uchun? Flutter’ni kurs orqali yoki mustaqil o‘rgangan, lekin hali commercial tajribasi yo‘q dasturchilar uchun ayni muddao. Agar siz: “Flutter’ni bilaman, endi real loyihada o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman” desangiz — biz sizni kutamiz. 📩 Ariza topshirish: CV yoki GitHub profilingizni yuboring. @AzizbekAsqaraliyev SuniCode — g‘oyalarni kodga aylantiramiz.

200ming abiturient qila olmagan natijaga erishibtilar 😅.
200ming abiturient qila olmagan natijaga erishibtilar 😅.

Yaxshi, hozir shu ishni qilgan bola comment yozadi 😁

Bugun o’qigan eng aqlli commentim.
Bugun o’qigan eng aqlli commentim.

Repost from N/a
🚕 Taksoparkingizda mijozlar kamayib ketyaptimi? Mijozlar taksini telefon qilib chaqirish o‘rniga, ilova orqali buyurtma berishga o‘tmoqda. Taksoparkingiz ham ular uchun qulay bo‘lsin. Biz sizga quyidagi tizimni biznesingizga moslab beramiz: 📱 Mijozlar ilovasi — taksi buyurtma qilish va safar holatini kuzatish 🚘 Haydovchilar ilovasi — buyurtmalarni qabul qilish va safarlarni boshqarish 💻 Dispetcher veb-paneli — buyurtmalar va haydovchilar ishini nazorat qilish ⚡️ 5 kunda taksoparkingizga moslaymiz. Taksoparkingizni ilova orqali ishlashga o‘tkazmoqchimisiz? Bog‘laning: 📞 +998 93 576 54 32 📲 Telegram: @sunicode

🚀 PiimaQuiz sekin-sekin o‘z auditoriyasini topyapti! 15-sentabr kuni PiimaQuiz’ni full releasega chiqargandik. Oradan ko‘p v
🚀 PiimaQuiz sekin-sekin o‘z auditoriyasini topyapti! 15-sentabr kuni PiimaQuiz’ni full releasega chiqargandik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan natijalar biz kutgandan ham qiziq bo‘lyapti: 👥 So‘nggi 30 kunda — 228 ta foydalanuvchi 📈 So‘nggi 7 kunda — 95 ta foydalanuvchi 🔥 Kunlik aktiv foydalanuvchilar — 31 ta Hozircha katta marketing kampaniyalarisiz, mahsulot organik ravishda o‘sib boryapti. Eng quvonarlisi — odamlar shunchaki kirib chiqib ketmayapti, PiimaQuiz’dan muntazam foydalanishni boshlashyapti. Bu hali boshlanishi. Keyingi maqsad — mahsulotni yanada yaxshilash, foydalanuvchilar fikrini yig‘ish va PiimaQuiz’ni katta auditoriyaga olib chiqish. 🚀 Build → Release → Listen → Improve → Repeat. #PiimaQuiz #Startup #EdTech #Uzbekistan #ProductDevelopment

SuniCode LLC yandex mapga qoshildi. Rating ko'tarilishiga yordam beringlar, review yozinglar. Dil so'zlar uchun ochiq bizning biznes 😄. https://yandex.uz/maps/-/CXQU5-l8