en
Feedback
Mnemonika 🧠

Mnemonika 🧠

Open in Telegram

📢 Mnemonika darslari 🧠 Xotirani rivojlantirishga oid postlar 🔡 Soʻz yodlash usullari ⚔️ Diqqatni rivojlantirish 📋 SMART chek list Murojaat uchun: @Sattorova_Malika

Show more
493
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-1330 days
Posts Archive
Assalomu alaykum kanal a'zolari Kanal anchadan beri tinchib qoldi Ertaga jonli chat qilib fikr almashishga munosabatibgiz qanday?
Anonymous voting

Assalomu alaykum kanal azolar Kanal anchadan beri tinchib qoldi Ertaga jonli fikr almashinishga nima deysila
Anonymous voting

BEKORCHILIK Bekorchilik depressiyaning eng katta sababchisi bo'ladi. Bo'sh qolgan miya muammolar ishlab chiqarishga moyil bo'ladi. Bo'sh o'tirgandan ko'ra ishlasangiz yoki nimadir o'rgansangiz hayotingiz o'zgaradi. Agar hayot sizni qiynayotgandek tuyulsa, bunga o'zingiz sharoit yaratib bergansiz. Qisqa qilib aytganda, bugungi qiynalayotganingiz kecha qochgan mas'uliyatingiz yoki bajarilmagan muhim ishlarning natijasi.

TUYG'ULAR Tuyg'ularini boshqara olmaydigan inson qul hisoblanadi. Siz yoki o'z emotsiyalaringizni boshqarishni o'rganasiz yoki ular sizni butun umr boshqaradi. BIz doim emotsiyalar asosida qilgan ishlarimiz tufayli afsuslanamiz yoki o'z hayotimizni qiyinlashtirib yuboramiz. Munosib bo'lmagan insonni sevib qolish, jahl ustida kimgadir gapirib yuborish, urib yuborish, to'xtamasdan siqilish bu hammasi emotsiyalarni boshqara olmasligimiz oqibati. Sizda savol tug'ilishi aniq: qanday qilib o'sha emotsiyalarni boshqarish mumkin? Bu savolga javob ham oddiy ham qiyin. Oddiy, chunki bir og'iz gap bilan javob beraman. Qiyin, chunki javobimni amalda qo'llash uchun haqiqatdan ko'p vaqt ketadi. Bitta oddiy haqiqatni esingizdan chiqarmang ratsional fikrlash bilan emotsional fikrlash birga bo'la olmaydi. Boshqacha qilib aytganda: siz yoki miyangiz bilan o'ylaysiz yoki “yuragingiz” bilan! Boshqacha bo'lmaydi! Miyangiz qanchalik kuchli bo'lsa, qanchalik siz o'zingizda analitik qobiliyatlarni rivojlantirgan bo'lsangiz, siz shunchalik o'sha hissiyotlarni boshqara olasiz. Yanayam aniqroq aytadigan bo'lsam, hissiyotlar sizga deyarli ta'sir qilmay qo'yadi. Sog' bo'ling-omon bo'ling. Miyani rivojlantiring. Poka-poka. Oxirgi gapdan bildingiz menimcha bu gaplar kimga tegishla ekanini 🔥

🌙 Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Ramazon — bu mehr-oqibat, sabr-toqat va xayr-baraka oyidir. Ushbu muborak oy kirib kelishi bilan barchani tabriklaymiz! ✨ Oilalaringizga fayz-u baraka, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sihat-salomatlik tilaymiz. ✨ @SM_mnemonika kanali jamoasi nomidan Yana bir bor tabriklaymiz!

🌙 Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Ramazon — bu mehr-oqibat, sabr-toqat va xayr-baraka oyidir. Ushbu muborak oy kirib kelishi bi
🌙 Ramazon oyi muborak bo‘lsin! Ramazon — bu mehr-oqibat, sabr-toqat va xayr-baraka oyidir. Ushbu muborak oy kirib kelishi bilan barchani tabriklaymiz! ✨ Oilalaringizga fayz-u baraka, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sihat-salomatlik tilaymiz. 🌱 @SM_mnemonika kanali jamoasi nomidan Yana bir bor chin qalbdan tabriklaymiz

Коп ëдлаш ва коп фикрлаш инсонни олим килади. Хусайн Яхë Абдулмажид

ENG KATTA AFSONA "Odamlar oldin aqlliroq bo‘lishgan, hozir esa odamlarning miyasi umuman ishlamayapti" degan gapni eshitgan bo‘lsangiz, bilingki bu — AFSONA. Odamlarning katta qismi doim ahmoq bo‘lgan, doim o‘qimishsiz bo‘lgan, doim ilmsiz bo‘lgan va bu normal holat. Agar atrof muhitga qaraydigan bo‘lsangiz, asosiy hayotimizni o‘zgartirgan ixtirolarni ko‘radigan bo‘lsangiz: samolyot deysizmi, dvigatel deysizmi, elektr-energiyasi deysizmi, tibbiyotdagi antibiotiklar deysizmi, farqi yo‘q. Umumiy dunyoni o‘zgartirgan insonlarning soni bor-yo‘g‘i 200 ta 300 ta odamga yetib qolsa kerak. Hozirgi kunda 8 milliarddan ko‘proq odam yashasa, umumiy yashab kelgan insonlar soni, deylik 100 yoki 90 milliardta bo‘lsa, shuncha odamdan 100 ta 200 tasi dunyoni o‘zgartirdi deya olasiz. QOLGAN INSONLAR SHUNCHAKI YASHAYDI VA BU NORMAL HOLAT. Odamlar doim-doim ahmoq bo‘lishgan. Hozir ahmoq bo‘layotganday tuyilishi mumkin. Lekin hozir internet borligi uchun shu ahmoqlarni taniyapmiz va shu ahmoqliklarni ko‘ryapmiz. Oldin bunaqa narsa ko‘rilmagan, bilinmagan. Va hozirgi kunda ahmoq insonlar mashhur bo‘lishga imkoniyat juda ham katta. Shuni hisobiga hozir shunaqa tuyiladiki: "Hozir odamlar ahmoq bo‘lgan." Lekin umumiy statistika, tadqiqotlar, ma’lumotlar buni hech qanaqasiga tasdiqlagani yo‘q. Bu shunchaki bizga tuyiladigan narsa.

Buni òqib chiqdingmi? Yoki shunchaki e'tiborsiz qoldirdingizmi?

photo content
+5

Taleb Nassimning "Qora oqqush" kitobidan har kuni qisqacha boblaridan rasmlar tashlaylikmi kanalga nima deysila? Birgalashib muhokama qilarmiz balkim🤔

Yangi yildan boshlamoqchi bo'lganlar.. Mana 2026-yil ham keldi📌

Shu yil kimlar talaba bòlish degan bosh oĝriqni òz zimmasiga oldi🥲
Anonymous voting

Sen o‘z hayotingning Cristiano Ronaldosisan. Mehnating, intizoming va ishonching seni cho‘qqiga olib chiqadi. Sen o‘z hayotingning Michelangelosisan. Har kuni o‘zingni qayta-qayta yaratib, hayotingni san’at asariga aylantirasan. ✨ Bu — sening hayoting. Bu — sening sahnang. Va bosh rol ham seniki. Kelayotgan Yangi 2026-yil bilan tabriklayman! Yangi yilda hayotingni asosiy qahramoni o'zing bo'l! @omondavlat_ikramov