Bashiyra
Open in Telegram
583
Subscribers
-324 hours
-187 days
-7130 days
Posts Archive
583
Ba'zan yiqilasan, yana yuzingni qalin qilib, ustingni qoqib turasan.
Ba'zan og'ir bo'ladi, qabul qilishga qiynalasan. To'lib ketasan, hamma ahvolingni so'raganda javobing bitta.
Onangni tizzasiga boshingni qo'yib yotging keladi. O'rniga joynamoz ustida soatlab yotasan. Halovat bor u yerda, hech qayerda topilmaydigan. Keyin yengil tortasan.
Yana mas'uliyatlaringni bo'yninga ilib yo'lga chiqasan...
Bu sinov hayotidan o'tib olishni o'ylaysan. Nima qilib bo'lsa ham Jannatga kirib olishni..
583
-Aslida bu juda ham mantiqli. Hatto bir ota ham bolalarini nima qilsang shuni qil deb o'z holiga tashlab qo'ymaydi. Shunday bo'lgach, Alloh bandalarini tashlab qo'yarmidi?!
#kitobdan
583
Imom Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar:
"Rasululloh ❤️ ga salovat aytish duolar ijobat bo'lishi, gunohlar kechirilishi, Alloh Taolo bandaning g'am-tashvishini aritishi hamda qiyomat kuni Rasululloh ❤️ga yaqin bo'lishiga sabab bo'ladi".
اللهم صل وسلم وبارك على سيدنا محمد ❤️
583
Zino baribir zino, hozirgi zamon uni oddiy holga aylantirib qo'ygan bo'lsa ham, Alloh oldida javob berishingiz borligini unutmang!
583
Ulg'aydik..
Soxta mulozamat bilan samimiy munosabatning farqiga borar yoshga yetdik.
Ko'zlarimiz xiralashdi, ammo qalb ko'zimiz tiniqlashdi..
Endi mezonimiz ko'nglimiz emas, iymonimiz bo'ldi. Aytilgan so'zlarning amalini shariatga mosligini ko'rmaguncha ishonmaydigan bo'ldik..
Boshqalarga emas, o'zimizga talabchan bo'lishni boshladik..
Kelganlarga "marhabo" ketganlarga "alvido" deyishni o'rgandik.
Behuda so'zlarga ishonishga, besamar ishlarga urinishga, noloyiqlar ortidan yugurishga vaqtimiz yo'q endi... istamaymiz ham..
Eng muhimi kimlar va nimalar ekanini angladik.
Alhamdulillah...
583
Repost from By•Aromatic
Allohim, bizlarni niyati buzuq boʻlgan zohiran mehribonlarning yomonligidan asra!
583
Dedim: Husningga oshiqlar sanoqsiz.
Dedi: O'tkinchi husn ishqqa yaroqsiz.
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
583
Qizlar botga ko'p shunaqa xabar yozishadi. Rostan yordam bergim keladi, lekin men psixologmasmanku. Bu borada yoshi katta, oila qurgan, tajribaga ega ayollardan maslahat so'rasangiz, yaxshiroq. Yana eringizmi menga yomonlab yozgan bilan o'zgarib qolmaydi. Uni faqat o'ziz o'zgartirolasiz.
583
Allohdan nima so'rasangiz doim qalbingizni ham rozi qilishini so'rang. Shunday bir rozilikki, qancha umid va orzular ro'yobga chiqmaganda ham, qalbingiz huzur va taslimiyatga to'lsin.
Robbim, har roziligim ortida sening ham roziliging bor deb umid qilaman..
