cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

MENING XATIRCHIM

📜 Siyosiy yangiliklar; 📚 Ibratli videoroliklar; 📘 Kitoblardan iqtiboslar; 💡 Qiziqarli faktlar; Adminlar: @Ismoil_joraqulov1

Show more
Advertising posts
3 105
Subscribers
-2024 hours
-1607 days
+2 23930 days
Posts Archive
Photo unavailable
Давлат фуқаролик хизматчилари учун навбатдаги "Сиёсий-маърифат соати" ташкил этилади! Ўқув соати давомида: ▫️Ўзбекистон ва хориждаги муҳим жараёнлар дайжести ▫️Видеолавҳа намойиши: "Биз учун муҳим" ▫️“Маҳалладан гапирамиз” рукни ▫️“Мутолаа вақти” рукни ❗️Эслатиб ўтамиз, ўқув эртага, 31 май куни соат 9:00да Агентликнинг ilm.argos.uz платформаси ҳамда YouTubeдаги расмий саҳифаси орқали берилади. Каналга уланиш — @argos_uz
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushdi
Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi #abituriyent Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. 📝 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🗓 Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. ‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan: https://t.me/xushnudbek/20045 Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20881 ❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan yashash joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etishlari lozim. Bu haqda batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/23772 Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 1
01:00
Video unavailable
#Huquqiy savodxonlik Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang. Bunday holat o‘zimizda yoki yon-atrofimizda ham tez-tez uchrab turibdi. Yaqinlaringizga ham ulashing. @mening_xatirchim.
Show all...
Photo unavailable
​​Vaqt – insonning eng katta sarmoyasi. Muvaffaqiyat siri ana shu sarmoyadan unumli foydalanishda. Soʻzimiz isboti uchun ulugʻlar hayotiga, qilgan ishlariga nazar tashlasak, kifoya. Ular vaqt isrofidan saqlanishgan, qanday ish boʻlmasin, jiddiylik bilan yondoshishgan, doim izlanishda, intilishda boʻlishgan. Biz koʻpincha vaqt yetishmayotganidan noliymiz. Holbuki, ulugʻlar yashagan davr bilan hozirgi paytning vaqt oʻlchovlari farq qilmaydi. Demak, farq – oʻzimizda. @mening_xatirchim @otabek_khasanov
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰NUTQ ODOBI – nutqiy muloqot qoidalari, tamoyillari va shakllarining yigʻindisi, muomala madaniyati sinonimi, ijtimoiy faoliyat sohalari bilan bogʻliq madaniy meʼyorlar majmui. ◽️Nutq odobining madaniy meʼyorlari minnatdorchilik, tilak bildirish, kechirim soʻrash, iltimos qilish, taklif qilish, maslahat berish. Ishga aloqador suhbatning mazmuni, aniq amaliy masalalarni muhokama qilishdan tashqari, yupatish, hamdardlik bildirish, shuningdek, mulozamat, qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilmaslik usullarini ham odob doirasida ifoda etish va bayon qilish muhim oʻrin tutadi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from Navoiy kundaligi
00:50
Video unavailable
#1_iyun #Xalqaro_bolalar_kuni Navoiylik yoshlar ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand sayohatiga yo‘l oldi. Bugun viloyat ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tashabbusi bilan 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Ma'naviyat tur" loyihasi doirasida viloyatdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan, ta'limi va tarbiyasi bilan yoshlarga o'rnak bo'ladigan faol 50 nafardan ortiq oila farzandlari uchun Samarqand viloyatining tarixiy qadamjolariga sayohati tashkil etildi. Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
Repost from Otabek Hasanov
00:51
Video unavailable
Bolalaringni ogʻzidan sut hidi kelib tursa, boshqalarni koʻngli oʻksimaydimi? 🎬Ilhaq filmidan parcha https://t.me/otabek_khasanov
Show all...
01:54
Video unavailable
#milliy_kontent “Davlatni stakonida choy ichish, farzandi bo'la turib piyola olib bormaslik - bemehrlik!” "Suyunchi" filmidan parcha 🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
02:20
Video unavailable
#ustoz
Kim jamiyatda o‘z o‘rnini topgan bo‘lsa, birinchi navbatda ustozlarining hissasi katta.
"Ustoz" loyihasi mehmoni — pedagogika fanlari doktori, professor Oynisa Musurmonova. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#iqtibos
Kitob - zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va oʻzining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.
✍️Frensis Bekon Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰FAHM-FAROSAT — oddiy turmush hodisalarida ham, murakkab hayotiy munosabatlarda ham muayyan holatni, vaziyatni idrok yordamida tez anglay bilish. Fahm-farosat soʻzlari xalq orasida odatda qoʻshma soʻzlar shaklida qoʻllanadi. Lekin aslida ilmda fahm farosatdan farqlanadi. Fahm – aql, idrok bilan bogʻliq hodisa. Farosat esa insonga koʻproq oddiy kundalik turmushdagi voqelikni idrok etishda koʻmaklashadigan qobiliyat boʻlib, u odob bilan bogʻliq axloqiy hodisa. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
👍 1
00:07
Video unavailable
☀️#Xayrli_tong 🥰Agar sen faqat go'zal narsalarni ko'rishga qodir bo'lsang, bu sening qalbing go'zalligidan dalolatdir! 🌱Assalomu alaykum, go‘zal qalb sohiblari! 🌱Kuningiz xayrli va ezgu amallarga boy bo‘lsin! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
👍 1
04:04
Video unavailable
#Tonggi_musiqa🕊 🎶Erta tongni go‘zal tarona bilan boshlang! 📹 Qodirjon Ahmedov - Otam bor Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
#audio_mutolaa Yozuvchi Arkadiy Averchenkoning "So‘qirlar" hikoyasi (vaqti 00:09:45) Hikoyada yosh yozuvchi Abe bir haftaga qirol vazifasini bajaradi va eng yaxshi deb bilgan qarorini e’lon qiladi. Keyinchalik esa o‘zi chiqargan qaror Abening o‘zini hayratga soladi. 🎙Hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
UYG‘ONMOQ DUNYO BILAN BAROBAR YASHAMOQDIR
Jadidlar yoshlarni G‘arb va Sharqning taraqqiy qilgan mamlakatlariga o‘qishga yuborishga alohida ahamiyat berdilar. Avloniy tilga olgan toshkentlik taraqqiyparvarlar – “jadidlar to‘dasi” “jamiyati xayriya” ochadi. Jamiyatning 1909-yil 12-mayda tasdiqlangan 41 moddalik Nizomidan ma’lum bo‘lishicha, uning muassislari Toshhoji Tuyoqboyev, Nizomiddin Mulla Husainov, Mulla Abdulla Avlonov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Bashirulla Asatillaxo‘jayevlar bo‘lib, viloyat hududidagi nochor, muhtoj musulmonlarning moddiy-ma’naviy ahvolini yaxshilash, jumladan yetimlar, keksalar, nogironlar uchun kasalxona, ambulatoriya, choyxona, oshxona, yotoqjoylar ochishdan tortib, yoshlarni maktabda o‘qitish, so‘ng oliy tahsil uchun chet ellarga yuborishgacha bo‘lgan masalalarni ko‘zda tutar edi.
✍️Begali Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, professor Batafsil: https://manaviyat.uz/posts/133 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from Navoiy kundaligi
Photo unavailable
#Biznikilar🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣Navoiylik 63 nafar pedagog vazir jamg‘armasidan ustama oladi Joriy yilning fevral oyida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024 yilda har oylik ustamaga da’vogar 228 nafar pedagog saralash imtihonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan edi. Vazir jamg‘armasidan har oylik ustamaga nomzod bo‘lgan pedagoglarning 63 nafari belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, vazir jamg‘armasidan ustama olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Endilikda ushbu malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustama to‘lanadi. Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
👍 1
#TARBIYA #FARZAND 📚TARBIYAGA OID 8 KITOB (tavsiya) 1.Usmonxon Aliyev OILADA FARZAND TARBIYASI 2.ALVIDO BOLALIK 3.FARZAND TARBIYASIGA OID 10 QOIDA 4.Imom Al-Buxoriy, AL-ADAB AL-MUFRAD 5.Imom G’azzoliy, EY FARZAND 6.Rasul Hamzatov, BIR XONADON FARZANDLARI 7.SHARQ MUTAFAKKIRLARINIG FARZAND TARBIYASI 8.Muhammadjon Quronov OTALAR KITOBI TARG‘IBOT MATERIALLARIGA KIRISH UCHUN QUYIDAGI HAVOLAGA O‘TING 👉https://t.me/targibotmaterial
Show all...
00:51
Video unavailable
Маънавият ўзи нима? Отабек Хасанов - Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари ✅ Rasmiy kanalimiz👇 https://t.me/marifatli_fargona
Show all...
Repost from Otabek Hasanov
03:20
Video unavailable
#ustoz
Agar ustozning qadri bo‘lsa, millatning kelajagi bo‘ladi.
"Ustoz" loyihasi mehmoni — taniqli yozuvchi Javlon Jovliyev. https://t.me/otabek_khasanov
Show all...
ЭЪЛОН!!! Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга давлат гранти учун тавсиянома бериш жараёнлари бошланади. 🇺🇿 Вазирлар маҳкамасининг 2020 йилдаги 402 сонли қарори ҳамда Ўзбекистон Республикаси Оила ва хотин-қизлар давлат қўмитасининг 2022 йил 25 майдаги 18-сонли “Олий таълим муассасаларига қўшимча давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари доирасида эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга танловда иштирок этиш учун тавсиянома бериш ва уларни ўқишга қабул қилишни ташкил этиш тартиби тўғрисида” ги буйруғига асосан, Тошкент шаҳар Оила ва хотин-қизлар бошқармаси томонидан эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга давлат гранти учун тавсиянома бериш жараёнлари жорий йилнинг 30 май кунидан бошланади. 👇 Тавсиянома олишга талабгорлар: ♦️Кам таъминланган оилалардаги хотин-қизлар (оиланинг ҳар бир аъзосига жами даромад аниқланадиган даврда белгиланган меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 0,527 бараваридан кўп бўлмаган миқдорда тўғри келадиган бир ойлик ўртача жами даромадга эга бўлган оила); ♦️Тўлиқсиз оилада тарбияланаётган, яъни отаси ёки онаси ёҳуд уларнинг иккаласи ҳам вафот этган ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар; ♦️Турмуш ўртоғи вафот этган, вояга етмаган фарзандини ёлғиз тарбиялаётган ижтимоий ҳимояга муҳтож аёллар; ♦️Ногирон фарзанди бўлган, эҳтиёжманд оилалардаги хотин- қизлар; ♦️14 ёшгача бўлган икки ва ундан ортиқ болаларни тарбиялаётган, бошқа қариндошлардан алоҳида (ижарада) яшаётган, итжимоий ҳимояга муҳтож ёлғиз аёлларнинг қиз фарзандлари; ♦️ Ота-оналаридан бири ёки ҳар иккиси ҳам биринчи ёки иккинчи гуруҳ ногирони бўлган эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар. 💠 Эслатиб ўтамиз, ишчи гуруҳлари томонидан талабгорларнинг ҳужжатларини xotin-qizlar.uz платформаси орқали электрон шаклда жорий йилнинг 30 майидан 8 июнига қадар қабул қилинади.
Show all...
👍 1
Photo unavailable
Yoʻl boʻyida sotilayotgan muzqaymoqlarni isteʼmol qilmang – Sanepidqoʻmita Xabarga koʻra, mazkur turdagi muzqaymoq solingan idishlar mahsulotni sifatli tarzda saqlab bera olmaydi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/22867 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Photo unavailable
Bolasiga rahm qilmay, ayovsiz kaltaklagan ona 5 yilga qamaldi Maʼlum boʻlishicha, u eri aliment toʻlamay kelayotgani uchun shu ishni qilgan. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/22861 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Photo unavailable
Endi taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalarga beriladi Shuningdek, kredit miqdori bundan buyon talabaning fanlarni oʻzlashtirishiga qarab oʻzgarib boradi. Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/22859 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube |X
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
00:47
Video unavailable
#jadid_soʼzi
Bizning eng katta dardlarimizdan biri, shubhasiz, jaholat dardidir. Boshimizga har balo kelsa shu bilimsizligimizdan keladir. Biz har musht yesak shu bilimsizligimizdan yeymiz. Bolalarimizning tarbiyasi qancha zarur bo‘lsa, kattalarimiz shuncha johildurlar. Xotinlarimizning tarbiyasi shuncha noqisdur.
✍️Munavvarqori ABDURASHIDXONOV Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#ustoz_loyihasi #OAV_da 🔰Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan "Ustoz" loyihasining Oʻzbekiston Qahramoni, matematik olim, akademik Shavkat Ayupov ishtirokidagi soni O‘zbekiston milliy axborot agentligi ijtimoiy sahifalarida yoritildi. Batafsil bu yerda Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Photo unavailable
#iqtibos “Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma’naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nimaga desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi. Shavkat  Mirziyoyev. @mening_xatirchim
Show all...
Repost from Xushnudbek.uz
❗️ Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun 30-31-may kunlari qo’shimcha attestatsiya oʻtkaziladi. ✅ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga uzrli sababini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Quyidagilar uzrli sabab deya hisoblanishi mumkin: — vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi; — davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi; — respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi; — vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi; — yaqin qarindoshining vafoti; — vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar. Malaka sinovlari ushbu manzillarda oʻtkaziladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
15:05
Video unavailable
Millatni uyg‘otish uchun ziyolilar uyg‘onishi kerak. Ziyolilar uyg‘onishi uchun ularda sharoit bo‘lishi kerak... Otabek Hasanov
Xabaringiz bor, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida elimizning suyukli farzandi, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodiga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi. Batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalida Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from Navoiy kundaligi
02:15
Video unavailable
Mikki Mauslar🐭🐼 Jamiyatimizda yana bir ildiz otgan illat. Xulosa o‘zingizdan... Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
👍 1
Repost from MARKAZ XABARLARI
15:05
Video unavailable
Millatni uyg‘otish uchun ziyolilar uyg‘onishi kerak. Ziyolilar uyg‘onishi uchun ularda sharoit bo‘lishi kerak... Otabek Hasanov
Xabaringiz bor, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida elimizning suyukli farzandi, O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning betakror ijodiga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi. Batafsil "O‘zbekiston 24" telekanalida Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰QOMUSIYLIK – shaxsning juda ko‘p fanlardan muayyan bilimga egaligini bildiruvchi atama. Qomusiy bilimdon shaxslar sifatida Aflotun, Arastu, Mirzo Ulug‘bek, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom kabi allomalarni ko‘rsatish mumkin. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from Navoiy kundaligi
00:50
Video unavailable
#Ibrat 📹 Demak, siz yashayapsiz! Maqsadimiz doimo tafakkur qiling! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
👍 2
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#iqtibos
Biz yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etish masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz.
Shavkat Mirziyoyev Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
Repost from Navoiy kundaligi
Photo unavailable
#Mulohaza Nomus va g‘urur - ayolning haqiqiy boyligi Jazoirga Fransuz armiyasi bostirib kirgan paytdagi askarlardan biri o‘zining xotiralarida quyidagilarni yozadi: – Biz tozalash amaliyotlarini olib borish ilinjida, Jazoirning qishloq va tog‘li mintaqalarida mujohidlarni qidirar edik. Bizni ko‘rgan qishloq ayollari yashin tezligida molxona va qo‘ralar tomon qochishar va tanalariga tezak va hayvon chiqindilarini surib, kelayotgan sassiq hid tufayli bizning tajovuz qilishimizdan saqlanmoqchi bo‘lishar edi. Haqiqatan ham, kelayotgan sassiq hidlar sababli biz ularga yaqinlasha olmas edik. Modomiki, dunyoda yashar ekanman bu holat hech yodimdan chiqmaydi va ko‘nglimda o‘z nomuslarini saqlash uchun tezakda cho‘milgan o‘sha pokdomonlar uchun hurmatim o‘zgacha. Maqsadimiz doimo tafakkur qiling! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
👍 1
01:15
Video unavailable
Malika Tavfiq she'ri. Yaqinlaringizga ham ulashing. @mening_xatirchim.
Show all...
👍 1
#1DaqiqaMutolaa... Bir podshoh farzandini tarbiyalash uchun muallim yollabdi. Bir kuni yosh shahzodani ustozi sababsiz jazoladi. Bola uning zulmidan ranjib, kelajakda hisob-kitob qilishni ko‘ngliga tugdi. Vaqt o‘tib, u taxtga o‘tirdi va qasd olish istagida ustozini chaqirtirdi. “Falon vaqtda meni sababsiz urgansiz, eslaysizmi? Jonimni og‘ritganingiz uchun bugun o‘zingizni qanday oqlaysiz?” u ustoziga darg‘azab tikildi. “Hukmdorim, o‘shanda nohaq zulm qanchalar alamli ekani sizga bir umrlik saboq bo‘lishi, tokim siz ham bu kunlarga yetganda odamlarga adolatli bo‘lishingizni istagan edim," javob berdi ustoz. @mening_xatirchim.
Show all...
👍 2
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailable
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰ZIYOLI MAS’ULIYATI – insonning yuksak ma’naviy talablarga mos xususiyati, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, fazilatlar, bilimlarni mujassamlashtirgan ma’rifatli odamning o‘z sohasi, oilasi, jamoasi, xalqi, Vatani, millati oldidagi burchini anglashi, o‘z hayoti va faoliyatini shu burchni ado etishga og‘ishmay safarbar etishini anglatuvchi tushuncha. Ziyoli mas’uliyati insonda ezgu maqsadlarga safarbarlik hissini paydo qiladi. Barcha zamonlarda ziyoli mas’uliyatini sezish jamiyatning rivojlanishi, ilm-fan taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgani shubhasiz. Bugungi kunda ham aholi, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongida yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqat uyg‘otishda ziyoli mas’uliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Show all...
👍 3
Repost from Navoiy kundaligi
Photo unavailable
🔔Bugun, 25-may-So‘nggi qo‘ng‘iroq Aziz bitiruvchi yoshlar! Sizlarni bugungi o‘ta hayajonli kun – maktab ta’limini muvaffaqiyatli bitirib, katta, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklaymiz. O‘quv jarayonida siz uchun qadrdon bo‘lib qolgan maktabingizda qo‘lga kiritgan bilimlar, mehribon ustoz va murabbiylaringizdan olgan ta’lim-tarbiya va o‘gitu-nasihatlar umringizning yangi, mas’uliyatli bosqichlarida ulkan yutuq va omadlar olib kelishiga tilakdoshmiz. Kelajakdan umid qilgan barcha ezgu orzu va niyatlaringiz amalga oshsin, yangi va mustaqil hayot sari qo‘yayotgan qadamlaringiz qutlug‘ bo‘lsin! Biz bilan birga bo‘ling👇👇 https://t.me/navoiy_kundaligi
Show all...
👍 2
Photo unavailable
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрикПоздравление выпускникам школ нашей страны Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Show all...
👍 1