muni book's
Open in Telegram
• Ijodiy olamimga xush kelibsiz! Bu yerda kitobga aylanmagan yangi asarlar rivojini kuzatib borasiz ✍🏻 Muallif: @mnvex 💘 instagram.com/muni_books
Show more366
Subscribers
-224 hours
-167 days
-2230 days
Posts Archive
366
1.
Kech boʻlishiga qaramay, tugatganim uchun hozir joylashga qaror qildim. Ilk boʻlim sizni asarga boʻlgan qiziqishingizni oshira oldi deb umid qilaman va fikrlaringizni kommentda kutaman.
366
Mana bu yerda men bexabar kaminani maqtashyabdi ekan)
Birinchi asarim gʻarb mintalitetida boʻlgani uchun bunday yoʻnalish yozuvchisi deb atashlari tabbiy hol albatta. Ammo, rejam boʻyicha komediya, fantastika va milliy drama janrlarida ham navbat bilan oʻzimni sinab koʻrish niyyatim bor. Qaysi birida yaxshiroq yoza olishimni va menga mos yoʻnalishni esa oxirida sizlar bilan birgalikda aniqlaymiz.
366
Bosh qahramon anketasi:
Ismi: Farhod Shokirov
Yoshi: 17
Kelib chiqishi: Oʻziga toʻq oilada dunyoga kelgan. Onasi va singlisi bilan yashaydi. Otasi yoshligidayoq ajrashib, ularni tashlab ketgan. Onasi nufuzli advokat ayol boʻlib, doim oʻgʻlining tarbiyasida qattiqqoʻl boʻlgan va undan yuqori natijalar talab qilib keladi. Shuning uchun ham bu yigit bosim ostida doimiy oʻqish va sportga butun borligʻini berib, onasini ishonchini oqlash uchun uning talablarini amalga oshirish uchun berilib harakat qiladi.
Maʼlumoti: Maktabdagi eng bilimli va zehnli oʻquvchilardan biri. U doim yaxshi boʻlishga va nufuzli universitetga kirishga qattiq harakat qiladi.
Qiziqishlari: Aniq fanlarni yoqtiradi, ayniqsa, fizika va matematikani. Yana, oʻqishdan tashqari shaxmat va sport bilan shugʻullanadi. Undan tashqari, doimo yangi bilimlar oʻrganishga va oʻz maqsadidan chalgʻimaslikka urinadi. Buning oqibatida, koʻpincha tengdoshlaridan ajralib qoladi.
Xarakter: Sokin, oʻychan va oʻzini tiyib olgan. Hatto ichida hislar toʻlib toshsa ham, oʻz emotsiyalarini koʻrsatmaydi. U doim ratsionallikka intiladi va kimnidir aqlini yoʻqotadigan darajada sevib qolishni kuchsizlik belgisi deb hisoblaydi.
#qahramonlar
366
Bosh qahramon anketasi:
Ism: Sofiya Aliyeva
Yosh: 17
Kelib chiqishi: Oilada toʻngʻich farzand, besh yoshli ukasi bor. Otasining millati oʻzbek, onasiniki rus. Otasi Moskva shahrida oʻqishi davomida onasini uchratgan va ular bir-birini yoqtirib qolib turmush qurishgan. Ular oʻz qizini juda yaxshi koʻrishadi va doim har qanday holada farzandlarini qoʻllab quvvatlaydilar. Bu oila onasining millati va otasining koʻp yil chetda yashagani sabab milliy qarashlardan koʻra koʻproq yevropa mintalitetiga xos tarzda hayot kechiradi.
Maʼlumoti: umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olmoqda. Sinfda va butun maktab boʻyicha koʻzga koʻringan iqtidorli va faol oʻquvchilardan biri.
Qiziqishlari: maktab boʻyicha oʻtkaziladigan har qanday tanlov, musobaqa, tadbirlarda faol qatnashishni yoqtiradi. Oʻqishda va sportda doim birinchi boʻlishga uringani sabab hamma sohadan yangi narsalarni oʻrganishdan tinmaydi.
Xarakter: Ekstravert, oʻziga ishongan, eʼtibor markazida boʻlishni yoqtiradi. Dunyoga ochiq, oʻz fikrini va hislarini koʻrsatishdan qoʻrqmaydi. Koʻpincha, biror narsaga ishonchi komil boʻlsa, oxirini oʻylamay ham shu ishga qoʻl uradi.
#qahramonlar
366
Navbatdagi asar uchun ham pleylist yaratdim. Qahramonlar va syujetga mos tarzda qoʻshiqlarni tanlab chiqish yar bir yangi asarni yozish jarayonidagi eng sevimli ishlarimdan biri. Ular bilan hikoya atmosferasiga kirib borish osonlashadi.Bu roʻyxatni hozircha shu yerda qoldiraman. Asar kanalga joylanishni boshlaganida esa, oʻqish jarayonida albatta eshitib koʻrishni tavsiya qilaman. 🎧 Pleylistni musiqiy platformalarda tinglash: Spotify | Yandex Music | Telegram
366
📕 "ILK KOʻRISHDAGI NAFRAT"
Janr: #zamonaviy #roman #komediya #romantika
Boshlangan: 2024, sentyabr
Holati: Tugallanmagan
Syujet: nafratdan muhabbatgacha, kulgili sahnalar, maktab davri, oʻziga xos xarakterli bosh qahramonlar
Ba’zan siz kutmagan odamlar hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuboradi. Ular bilan tortishish, kulishish, vaqti-vaqti bilan turli janjallar olib borish oʻzingiz sezmagan holda hayotingizning bir qismiga aylanadi. Ammo, bir kun kelib, bu oddiy tortishuvlar ortida kutilmagan hislar paydo bo‘lishi ham mumkin. Ikki odamning nozik hislar o‘rtasida kechayotgan o‘ziga xos munosabatlari, ularning ko‘nglida qandaydir o‘zgarishlarni paydo qiladi. Xoʻsh, qahramonlarimiz qachon va qanday qilib ular bu o‘zgarishlarni qabul qilishadi? Ilk uchrashuvdanoq nafratlanib kelgan insonlariga boshqacha koʻz bilan qarashga va gʻururini bir chekkaga ularning surishga qurbi yetadimi?Bularni ushbu asar davomida bilib olasiz. Tez kunda! 📍 Telegram | Instagram
366
Repost from 𝐼𝑗𝑜𝑑𝑘𝑜𝑟𝑙𝑎𝑟𝑓𝑚
Esingizga solib oʻtamiz bugun 21:00 da #Muni bilan interview.
Savollaringizni yoki tanqidlaringizni tayyorlab @IjodkorlarimFM_bot 'ga yuborishingiz mumkin 😄.
Agarda savol bergan shaxs oʻzini kimligini sir tutilishini istasa qiziqqan narsasini anonim havola orqali ham yuborishi mumkin:
http://t.me/anonaskbot?start=7nhdf
366
Repost from 𝐼𝑗𝑜𝑑𝑘𝑜𝑟𝑙𝑎𝑟𝑓𝑚
Assalom xalq...
Nechadir oylardan soʻng yana ajoyib-u gʻaroyib yangiliklar bilan paydo boʻldik...😅...
Bizning bu safargi mehmonimiz ijod olamiga kirib kelganlariga koʻp boʻlmasada oʻzining "Anglab yetilmagan tuygʻular" asari, kreativ gʻoyalari bilan koʻpchilik muhlislarini qalbidan oʻrin egallagan ijodkor #Muni xonim boʻladilar.
Mehmonimiz boʻlmish, #Muni bilan suhbat ertaga, ya'nikim 10— sentyabr 21:00 da boʻlib oʻtadi.
Sizlarni qiziqtirgan savollar yokida tanqidlar boʻlsa @IjodkorlarimFM_bot manzilimizga yoʻllashingiz mumkin.
Manzilimiz: https://t.me/Ra_dioFM
366
Asar butunlay yakunlangach, endi bu savollarni berishni vaqti yetdi deb hisoblayman.
1. Asar haqida fikringiz?
2. Oʻqish davomida duch kelgan kamchilik, xato va siz qoniqmagan jihatlar?
3. Eng sevimli qahramoningiz?
4. Siz yomon koʻrgan qahramon?
5. Eng sevimli sahna yoki iborangiz?
Bularda istagan bittasiga, yoki hammasiga javob yozishingiz mumkin. Muhimi, postni shunchaki oʻtkazib yubormang, chunki har bir fikr men uchun keyingi asarlarda qoʻllanma sifatida xizmat qiladi. Kechga esa sizlar uchun ajoyib bir yangilik tayyorlaganman .
366
#qahramonlar
Qaysi juftlik sizda koʻproq yoqqan?
❤️ — Stiven & Endy
🔥 — Jeyms & Oliver
Bugun 22:00 da esa oxirgi boʻlim joylanadi. Kanal bildirishnomasini yoqib qoʻyishni unutmang! 👉🏻 Instagram sahifa
366
❕Kichik yangilik.
Endilikda, kaminani instagram orqali ham kuzatib borishingiz mumkin. Asar haqidagi har hil qiziq videolar, spoylerlar, yozish jarayoni haqida va art suratlarni o'sha yerda joylab borishga qaror qildim.
Qo'shilish uchun bosing 👇🏻📍 MUNI BOOKS Bundan tashqari, reelslar orqali auditoriyamni kengaytirishni ham reja qilganman. Bunda, albatta sizlarning yordamingizga muhtojman. Shunday ekan, bu postni shunchaki o'tkazib yubormasdan, sahifamga obina bo'lasiz deb umid qilaman! 🫶🏻 (Yuqoridagi rasm esa shaxiy ishim, yaqinda komikslar yaratishga o'tib ketaman bu ketishda 😂)
366
#spoyler
Keyingi bo'limdagi Stiven va Jeyms suhbatdan parcha.
(Bilaman, oxirgi bo'lim odatdagi vaqtdan kech qolyapti. Ammo, asar yakunini shoshilib tugatishni istamayman. Shuning uchun yana bir necha kun kutishingizga to'g'ri keladi.)
366
Avval aytganimdek, yozishimda ilhomlantiradigan asosiy vostilardan biri bu musiqa. Shu sababli, sizlarning ham fikringiz bilan qiziqdim.Agar Stiven va Emilining oxirgi suhbatini bir epizod deb olsak, oʻsha epizod fonida aynan qaysi musiqa yangragan boʻlardi? Oʻz variantingizni kommentda qoldiring, balki, siz tavsiya qilgan qoʻshiq keyingi boʻlimlarda chindan menga yordami tegar.
366
Qahramonlar ishtirokidagi intervyu
(oʻqish uchun link ustiga bosing)👆🏻
Bu maqolaning asar syujetiga aloqasi yoʻq, ammo, qahramonlar harakterini ochib berishda va asar davomida tugʻilgan savollarga ajvob topishda yordam beradi.#Intervyu ni oʻqib koʻrgach, fikrlaringizda sharxlarda yozib qoldirishni unutmang! 2 - qism boʻlishini istasangiz, tepadagi postda koʻrsatilgan anonim bot orqali savollaringizni qoldiring!
366
Repost from muni book's
Tassavur qiling, barcha qahramonlar bir zalga to'plangan va siz ulardan istagan biriga savol berish imkoniyatiga egasiz. Savolingiz kimga qaratilgan va nimadan iborat bo'lardi?
Savollarni anonim tarzda shu yerga yozib qoldirishingiz mumkin.👇🏻
http://t.me/anonaskbot?start=forMuni
Oxirida hammaning xabarlari yig'ilgach, kichik bir bo'limdan iborat intervyu sahnasi yozishga harakat qilaman.
